Portlovchi moddalarning sezgirligi. Portlovchi moddalarning zichligi. Darsning maqsadi


Download 23.25 Kb.
bet2/5
Sana14.12.2022
Hajmi23.25 Kb.
#1003973
1   2   3   4   5
Bog'liq
12-mavzu (1)

Qo'llanish sharoiti bo'yicha
Sanoat portlovchi moddalar qo'llanish sharoiti bo'yicha saqlagichli va saqlagichsiz portlovchi moddalarga bo'linadi . Ular o' z navbatida 8 ta sinfga bo'linadi.
1-sinf: faqat ochiq kon ishlariga mo'ljallangan saqlagichsiz sanoat PM lari, ushbu portlovchi moddalar belgisi tashqi qadog'ida oq rangli chiziq tortilgan bo'ladi . Bu sinf 4 ta guruhga bo'linadi:
1 guruh: mustahkam va o'ta mustahkam suvli tog ' jinslarida portlatish ishlarini olib borishga mo'ljallangan suvga chidamli granulali portlovchi modddalar. Ushbu portlovchi moddalarga alyumatol, granulatol, grammonit 50/50B, grammanit 30/70B misol bo’ladi.
2 guruh: quruq va suvli sharoitlarda joylashgan mustahkam va o' ta mustahkam tog' jinslarida portlatish ishlarini olib borishga mo'ljallangan, suvga to'yintirilgan PMlar. Ularga akvatol, ifzanit, karbatol, emulsiali portlovchi moddalar misol bo'ladi .
3 guruh: kar'yerlarda negabaritlarni ikkilamchi maydalash uchun qo'llaniladigan kumulyativ tashqi zaryadlar .Ularga ЗКН ЗКП turkumiga kiruvchi tashqi kumulyativ zaryadlar misol bo’ladi.
4 guruh: sezgirligi past bo`lgan portlovchi modda zaryadlarini initsiyalash uchun qo`llaniladigan oraliq detanatorlar. (Initsiyalash bu portlovchi moddaning zaryadiida detanatsiyani qo`zg`atish).
2- sinf: gaz va chang portlash havfi mavjud bo`lgan shaxtalardan tashqari ochiq va yer osti kon ishlarida qo`llaniladigan saqlagichsiz portlovhi moddalar, ularning alohida belgisi tashqi qadog’ida qizil rangli chizig’i bo’ladi. Ushbu sinf quyidagi 3 ta guruhga bo’linadi.
1 guruh: granulali portlovchi moddalar bo’lib o’z navbatida quyidagi kichik guruhlarga bo’linadi:

  1. Suvli sharoitda joylashgan o’rtacha mustahkam va mustahkam tog’ jinslarini portlatishga mo’ljallangan portlovchi moddalar. Ularga Granulit AC4B, AC8B lar misol bo’ladi.

  2. Nam sharoitda joylashgan o’rtacha mustahkam va mustahkam tog’ jinslarini portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallangan suvga chidamsiz portlovchi moddalar. Ularga: granulit AC4, granulit AC8, grammonit 79-21, grammonit 80-20, grammonit 82-18 portlovchi moddalari kiradi.


Download 23.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling