Portlovchi moddalarning sezgirligi. Portlovchi moddalarning zichligi. Darsning maqsadi
Download 23.25 Kb.
|
12-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 sinf
2 guruh: quruq va suvli sharoitlarda portlash ishlarini olib borishga mo’ljallangan patronlar ichiga joylashtirilgan suvga chidamli, yuqori quvvatli zichlashtirtilgan portlovchi moddalar.
3 guruh: suvga chidamli kukunsimon portlovchi moddalar bo’lib, ular o’z navbatida quyidagi 4 ta kichik guruhlarga bo’linadi Quruq yoki suvli sharoitlarda joylashgan mustahkam tog’ jinslarida portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallagan standart diametrli patronlar ichiga joylashtirilgan suvga chidamli, yuqori quvvatli portlovchi moddalar. Ularga Ammonit skalniy №1 portlovchi moddasini misol qilish mumkin. Quruq va suvli sharoitlarda joylashgan o’rtacha mustahkam tog’ jinslarida portlatish ishlariga mo’ljallangan standart diametrli patronlarga joylashtirilgan va qadoqlanmagan o’rtacha quvvatli, suvga chidamli portlovchi moddalar. Ularga Ammonit №6JV (etalon portlovchi modda) portlovchi moddasini misol qilish mumkin. Quruq va suvli sharoitlarda joylashgan mustahkam tog’ jinslarida portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallangan standart va kichik diametrli patronlar ichiga joylashtiriligan nitroglitserinli portlovchi moddalar. Ularga Detonit M Detonit 10A portlovchi moddalarini misol qilish mumkin. Quruq va suvli sharoitlarda joylashgan mustahkam tog’ jinslarida portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallangan plastik portlovchi moddalar. Ularga Akvanal №1, Akvanit portlovchi moddalarini misol qilish mumkin. 3 sinf: gaz va chang portlash xavfi mavjud bo’lgan shaxtalarda portlatish ishlariga mo’ljallangan saqlagichli sanoat portlovchi moddalari. Ular 3 guruhga bo’linadi. 1 guruh: bo’sh tog’ jinslarida portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallangan suvga chidamli sanoat portlovchi moddalari. Ularga Ammonit AП 5ЖB portlovchi moddasini misol qilish mumkin. 2 guruh: oltingugurt shaxtalarida portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallangan sanoat portlovchi moddalari.Ularga Oltingugurtli ammonit №1ЖB portlovchi mioddasini misol qilish mumkin. 3 guruh: og’ir uglevodorodlar ajralib chiqish xavfi mavjud bo’lan shaxtalarda portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallangan sanoat portlovchi moddalari.Ularga Neftli ammonit 3 ЖB portlovchi moddasini misol qilish mumkin. 4 sinf: ko’mir va yonuvchi slanets shaxtalarida ko’mir yoki slanets changi ajralib chiqish xavfi mavjud bo’lgan va metan gazi ajralib chiqishi xavfi mavjud bo’lmagan shaxtalarda portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallangan saqlagichli sanoat portlovchi moddalari. Ularga Ammonit ПЖB portlovchi moddasini misol qilish mumkin. 5 sinf: metan gazi ajralib chiqish xavfi mavjud bo’lgan ko’mir shaxtalarida shpur zaryadi yuzasi kovjoydagi yoki yoriqlarda to’plangan metan gazi bilan kontaktda bo’lmagan sharoitlarda qo’llanilanishga mo’ljallangan saqlagichli sanoat portlovchi moddalari. Ularga uglenit E 6, uglenit №5 kabi nitrogliyserinli portlovchi moddalar hamda politelin qobiq ichiga to’ldirilgan potronli portlovchi moddalar kiradi. 6 sinf: metan gazi ajralib chiqish xavfi mavjud bo’lgan ko’mir shaxtalarida shpur zaryadi yuzasi kovjoydagi yoki yoriqlarda to’plangan metan gazi bilan kontaktda bo’lgan sharoitlarda qo’llashga mo’ljallangan saqlagichli sanoat portlovchi moddalari. Ularga shu portlovchi moddalarga politelin qobiq patron ichiga joylashtirilgan eritmali portlovchi moddalar kiradi. Download 23.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling