Portlovchi moddalarning sezgirligi. Portlovchi moddalarning zichligi. Darsning maqsadi


Download 23.25 Kb.
bet5/5
Sana14.12.2022
Hajmi23.25 Kb.
#1003973
1   2   3   4   5
Bog'liq
12-mavzu (1)

Portlovchi moddalar - tashqi taʼsirlar (zarba, issiklik va boshqalar) natijasida katta tezlik bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, koʻp issiklik va gaz ajratib chiqaradigan kimyoviy bi-rikmalar yoki moddalar aralashmasi. Bu reaksiyalar Portlovchi moddalarning qizishi, unga berilgan zarb, ishqalanish, shuning-dek, boshqa Portlovchi moddalarning portlashi yoki qandaydir tashqi taʼsir natijasida sodir boʻladi va zaryad boʻylab issiqlik tashigich (yonish) yoki zarbiy toʻlqin (detonatsiya) yordamida energiya uzatish hisobiga tarqaladi. Kondensatlangan qattiq va suyuq moddalar, gazlar, shuningdek, gazlardagi qattiq yoki suyuq moddalarning muallaq zarralari Portlovchi moddalar boʻla oladi. Detonatsiyada reaksiya shid-datli boradi va gazsimon mahsulotning temperaturasi bir necha ming gradusgacha koʻtarilib, hajmi zaryadning dastlabki hajmigacha siqiladi, bosimi bir necha yuz ming kg .kuch/sm2 gacha koʻtariladi. Siqilgan gaz tez kengayib, tevarakka kuchli zarb bilan tarqaladi — portlash yuz beradi. Portlay oladigan koʻpgina moddalardan 20—30 ga yaqini Portlovchi moddalar si-fatida ishlatiladi. Shulardan asosiylari: trinitrotoluol, tetril, geksogen, oktogen, nitroglitserin, ten (tet-ranitropentaeritrin) va boshqa
Portlovchi moddalarning (PM) zichligi – portlovchi modda massasining uning egallagan hajmiga bo‘lgan nisbati (g/sm3, kg/dm3 yoki t/m3) bilan ifodalanadi va bu ko‘rsatkich uning muhim xarakteristikasi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichga portlovchi moddalarning boshlang‘ich impulsni qabul qilishi, brizantligi va portlash energiyasining to‘planishi ko‘p darajada bog‘liq.
Portlovchi modda patronining zichligi – patronning uning ustki g‘ilofi bilan massasining hajmiga nisbatidan iborat. Portlovchi moddaning muhim o‘lchamidan biri uning kritik zichligidir, ya’ni maksimal zichlik, bunda ma’lum diametrdagi zaryadda portlash turg‘un va maksimal tezlikda tarqaladi. Yerosti sharoitida portlatish ishlari olib borishda asosan patronlangan portlovchi moddalar qo‘llanadi. Kukunsimon portlovchi modda patronining zichligi 0,85–1,5 g/sm3, shneklangan yoki presslangan patron zichligi 1,3–1,5 g/sm3, plastik holatdagi zichligi esa 1,45–1,5 g/sm3 bo‘lishi zarur. Ammiak-selitrali portlovchi moddalarning zichligi uni saqlash davrida o‘zgarishi mumkin, asosan ammiak-selitraning qayta kristallanishi natijasida zichlanishi mumkin. Kukunsimon portlovchi moddalarning zichligi guruhlab va har xil vaqtda, ko‘mir kavjoyida portlatilganda yondosh zaryad impulsi ta’sirida ham ortishi mumkin.
Portlovchi moddalarning plastikligi (qayishqoqlik). Plastik portlovchi modda deb, konsistensiyasida zaryadining yengil deformatsiyalash imkonini beruvchi yumshoq va kerakli shaklga kiritib, bu shaklni saqlab qoluvchi ma’lum qattiqlik xususiyatlari birgalikda mavjud bo‘lgan moddalarga aytiladi. Plastik portlovchi moddalar kukunsimon portlovchi moddaga nisbatan yuqori zichlikka ega bo‘lib, shpurdagi portlovchi moddani zaboynik (yog‘och zichlagich) bilan zichlanganida yuqori zichlikka ega bo‘lib, shpurning barcha kesim yuzalari to‘ldirishi natijasida zaryadda bir xil zichlik hosil bo‘ladi. Plastik portlovchi moddalarga yuqori foizli dinamitlar va suv to‘ldirilgan jelatinalangan plastic strukturali portlovchi moddalar ham kiradi.
Download 23.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling