Surxon-sнerobod zonasi tuproqlarining shoʻrlanish sabablari va muammolari termiz Davlat Universiteti Tabiiy Fanlar Fakulteti 2-kurs talabasi Boyto’rayeva Ziyoda Shuhrat qizi Ilmiy rahbari O. Normuratov


Download 14.23 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi14.23 Kb.
#1006936
Bog'liq
BOYTO\'RAYEVA ZIYODA tezis


SURXON-SНEROBOD ZONASI TUPROQLARINING SHOʻRLANISH SABABLARI VA MUAMMOLARI
Termiz Davlat Universiteti Tabiiy Fanlar Fakulteti 2-kurs talabasi Boyto’rayeva Ziyoda Shuhrat qizi Ilmiy rahbari O.Normuratov
Surxon-Sherobod zonasi oraligʻida Surxon, Jarqoʻrgʻon, Termiz, Angor, Muzrobod, Qiziriq, Sherobod tumanlari joylashgan. Termiz shahri-viloyatning maʼmuriy-iqtisodiy markazi. U dengiz sathidan 302 m balandlikda joylashgan. Viloyatda eng yuqori harorat 50 daraja issiq yanvarning oʻrtacha harorati 2,8 daraja iliq, iyul oyining oʻrtacha harorati 31,4 daraja issiq. Tekisliklarda yiliga 130 mm yogʻin tushadi.
Surxon-Sherobod vodiysida quruq subtropik iqlimiy sharoit vujudga kelgan. Chunki bu hudud Yevrosiyo materigining ancha ichkaridaligi, respublikaning eng janubiy hududining geografik kenglik mintaqasida joylashganligi, dunyo okeani va ularning yogʻin-sochin keltiradigan oqimlaridan ancha uzoqda joylashganligi, shimoli-gʻarbiy va shimoli-sharqiy tomonidan tabiiy toʻsiq-chegara tarzida Pomir va Hisor togʻlarining oʻnlarcha tizmalari bilan qurshalganligidir.
Surxon-Sherobod vodiysi mamlakatimizda faqat baland haroratli tuman boʻlib qolmasdan, balki u eng serquyosh oʻlkadir. Yil davomida kam bulutlilik va ayniqsa, yozda bulutsizlik Surxondaryoga xos xususiyat. Havo ochiq (bulutsiz) kunlar Termizda 170 kunni tashkil etadi. Yozda bulutsiz kunlarning koʻpga choʻzilishi havo haroratining baland boʻlishiga taʼsir koʻrsatadi. Yozgi absolyut maksimum tekislikda (soyada) 48, tuproq yuzasida esa 65-70 darajaga boradi. Xavo xaroratining bunday baland koʻrsatkichi xavo va tuproq qurgʻoqchiligini keltirib chiqaradi.
Surxon-Sherobod zonasi tuproqlari shoʻrlanishning asosiy sabablaridan biri, bu zonada yogʻingarchilik kam boʻlib, bugʻlanish koʻp boʻlganligi boʻlsa, yer osti sizot suvlarining yer yuzasiga yaqin joylashganligi va suv tarkibidagi tuzlar bugʻlanishi sababli tuproqning yuza qismida qolib, tuproq shoʻrlanishining ikkinchi sababi hisoblanadi.
Yana eng muhim sabablaridan sugʻorish texnikasiga rioya qilmasdan, shudgorlarni koʻllatib suvlash, yer yuzasining bir tekisda shudgorlanmaganligi, yaʼni past-baland xolicha tekislanmasdan shudgorlanib, suvning shoʻri tuproq yuzasida qolib ketishi, yerni obitobiga keltirmasdan sugʻorish ham tuproqning shoʻrlanishga olib keladi.
Tuproq shoʻrlanishining yana bir sababi shudgorlarga ogʻir texnikalarning koʻp kiritilishi, tuproq obitobiga kelmasdan shudgorlash, tuproq gʻovak qatlamining zichlanishiga olib keladi va buning natijasida tuproqning mexanik tarkibi ogʻirlashib, qatlamlarning zichlanishi yuzaga keladi va shoʻr suvlar 3 m dan ham chuqur boʻlganda tuproq yuzasiga koʻtariladi va tuproqning shoʻrlanishiga sabab boʻladi. Bir yilda ekin maydonlarining koʻp martalab sugʻorilishi, tuproq tarkibida har xil tuzlarning toʻplanib borishiga va natijada tuproqning yana qayta shoʻrlanishiga olib keladi.
Shoʻrlangan tuproqlar juda koʻp muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Birinchidan, tuproqlarning dehqonchilik muammosidan chiqib ketishiga va ekin ekish uchun yaroqsiz holga kelib qolishi;
Ikkinchidan, faqatgina galofit oʻsimliklar oʻsib, boshqa oʻsimlik ekishning iloji boʻlmaganligiga;
Uchinchidan, ekilgan ekinlarning juda kamchilik qismi oʻsib chiqib, shunda ham hosil bermasligi, xosildorlikning pasayib ketishi va bundan tashqari shoʻrlangan yerlarda faqatgina shoʻrga chidamli ekinlar ekishga olib kelmoqda;
Toʻrtinchidan, shoʻrlangan yerlarni tiklash, yaʼni rekultivatsiya qilish juda katta mablagʻlarni talab qiladi. Yaʼni, shoʻrlangan yerlarga kollektor-drenajlar oʻtkazish, zovurlar qazish va eskilarini tozalashning oʻzi boʻlmaydi. Buning uchun bir necha oʻnlab texnikalar oylab ishlashi, yoqilgʻining koʻp sarflanishi nosoz texnikalarni ishga jalb qilishdan oldin ularni sozlash ham juda koʻp mablagʻni talab qiladi.
Surxondaryoda boʻz tuproq keng tarqalgan boʻlib uning 3 tipi mavjud.
1. Taqirli boʻz tuproq:
2. Tipik boʻz tuproq:
3. Toʻq tusli boʻz tuproq uchraydi.
Sherobod choʻli hududlarida tuproqlar shoʻrlanib ketmoqda. Shoʻrlanishning bosh zonadan yuqori (balandlik) da suv ombori va boshqa suv havzalarining tashkil qilinganligi va relyefdagi nishablikning yetarli emasligi, bugʻlanish miqdorining gʻoyat kattaligidir. Shu jihatdan sugʻorma dehqonchilik qilinayotgan choʻl zonasida yangidan qoʻshimcha zovur va kollektorlar qazish, eskilarini qayta qazish, tozalash, yopiq drenajlarni qayta taʼmirlash, shoʻr yuvish ishlarini yuksak agrotexnika qoidalari asosida har yili erta bahorda oʻtkazish, suv va shamol eroziyasiga qarshi kurashish tadbirlarini ishlab chiqish muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1.Zokirov X.X., Qoʻldosheva Sh.A. Tabiatni muhofaza qilish va xalqaro hamkorlik. Qarshi. Nasaf 2010.
2. Abdullayev O. Oʻzbekiston ekologiyasi: bugun va ertaga. Fan. Toshkent 1992
Download 14.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling