Surxondaryo viloyati Uzun tumani 9-maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi Muhammadiyeva Gulnora Muhammadrahim qizining


Download 4.55 Mb.
bet1/4
Sana24.10.2023
Hajmi4.55 Mb.
#1718135
  1   2   3   4
Bog'liq
Muhammadiyeva Gulnora metodik tavsiya




Surxondaryo viloyati Uzun tumani 9-maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Muhammadiyeva
Gulnora Muhammadrahim qiziNING
"BOSHLANG’ICH SINFLARDA NOMANFIY BUTUN SONLAR O’N ICHIDA NOMERLASHGA O’RGATISH"
MAVZUSIDAGI
Metodik tavsiyasi





Taqriz.
Bugungi kunda mamlakatimizda bo`layotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, ta’lim-tarbiya sohasida qabul qilingan qonun va qarorlarda belgilab berilgan buyuk maqsadlar hozirgi kun o`qituvchisini yanada ko`proq mehnat qilishga, izlanishga udamoqda. Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo‘lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish bilan bog‘liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug‘ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog‘liqdir. O‘qituvchilarning matematika fanlarini o‘qitishda yo‘naltirilgan darslar jarayonini noan’anaviy shakllarda tashkil etish, ta’lim jarayonini mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarning puxta, chuqur o‘zlashtirilishi, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarning hosil bo‘lishining kafolati bo‘la oladi. Ta’lim jarayoni o‘quv materiali mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi muayyan mavzu bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar majmuini ifoda etish imkonini beradi. Ta’lim mazmunida, shuningdek, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan tushuncha, ko‘nikma hamda malakalarning hajmi ham o‘z ifodasini topa olishi lozim.

Download 4.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling