1. Loyiha tuzish uchun boshlang’ich ma’lumotlarni yig’ish. Loyihalashga topshiriq tuzish, uning mazmuni


Download 133.4 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.01.2023
Hajmi133.4 Kb.
#1146122
Bog'liq
2-Maruza2 (2)



Ma’ruza 2: Loyiha tuzish uchun boshlang’ich ma’lumotlarni yig’ish. 
Loyihalashga topshiriq tuzish, uning mazmuni. Topshiriqqa ilova qilinadigan 
hujjatlar. 
 
1. Loyiha tuzish uchun boshlang’ich ma’lumotlarni yig’ish. 
2. Loyihalashga topshiriq tuzish, uning mazmuni. 
3. Topshiriqqa ilova qilinadigan hujjatlar. 
1. Odatda loyiha tuzish va loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash uchun 
boshlang’ich ma’lumotlarni Bosh loyihachi yoki uning tavsiyasiga muvofiq maxsus 
tashkilot, loyihaga buyurtma beruvchi tashkilot yoki shaxs bilan alohida kelishilgan 
shartnoma asosida tuzishi mumkin, lekin o’zini korxonasini loyihalash uchun 
boshlang’ich ma’lumotni buyurtmachining o’zi tuzishi maqsadga muvofiq keladi.
Konni qazib oluvchi sanoat korxonasini loyihalash uchun asosiy boshlang’ich 
materiallarga quyidagilar kiradi:
Foydali qazilma konlarini ishlatish huquqini beruvchi litsenziya, yer ostini 
ishlatishga ruxsat etilgan maydonni sxemasini tushuntirish teksti bilan (s gornim 
otvodom) yer ostidan foydalanishdagi operatsiyalarini amalga oshirish kontrakti: 
loyihalanadigan binolar, inshootlar ro’yxati, geologik ma’lumotlar, shu jumladan, 
rudalarni sanoat zahirasi va ruda tarkibidagi foydali birikmalarni miqdori, umumiy 
qurilish inshootlari haqida ma’lumotlar, elektr ta’minoti haqida ma’lumot, transport 
suv ta’minoti, kanalizatsiya (oqava suv), issiqlik manbai va ta’minoti, korxonani 
tovar mahsulotini bozor bahosi, mehnat unumdorligi, uning me’yoriy, o’lchamlari 
haqida u yoki bu ishni bajarish uchun sarflanadigan mehnat sarfining me’yorlari va 
boshqalar ko’rsatiladi. 
2. Yangi yoki ishlab turgan konchilik korxonasini qayta qurishni loyihalashga 
topshiriqni, qabul qilingan biznes-reja yoki texnikaviy-iqtisodiy asoslashga TIA 
(TEO) muvofiq tuziladi. Konchilik korxonasini loyihalashga beriladigan topshiriqda 
quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: korxonani nomi, loyihalash uchun asos, qurilish 
uchun ajratilgan yer maydoni haqidagi malumotnoma, ishlab chiqariladigan 
mahsulotni nomenklaturasi haqida ma’lumot, foydali qazilmaga xarakteristika va 
uning sifati haqida ma’lumot, foydali qazilmani tasdiqlangan sanoat zahirasi, 
korxonani ishlab chiqarish quvvati, ishlash rejimi, foydali qazilmani iste’mol 
qiluvchilar haqida ma’lumot, asosiy texnologik jarayonlar, uskuna va mashinalar 
haqida ma’lumot, elektr energiya manbai, suv ta’minoti, atrof muhitni muhofaza 
etish talablari, uy-joy va madaniy-maishiy obyektlarni loyihalash uchun ma’lumot, 
belgilangan me’yoriy qurilish muddati, uni amalga oshirish tartibi va ishlab 
chiqarish yoki qazib chiqarish quvvatini ishga tushirish, qurilishga sarflanadigan 
mablag’lar miqdori va asosiy texnikaviy iqtisodiy ko’rsatkichlari, optimal loyihalash 
yechimini tanlash uchun loyiha variantlarini ishlab chiqishga talablar, konchilik 
ishlari natijasida buzilgan yerni rekultivatsiyalash loyihasi, loyihalash bosqichlari, 
buyurtmachini nomi, bosh loyihachi va quruvchi tashkilot, bosh pudratchi va 
buyurtmachi oldiga qo’yiladigan talablar.


Shaxta, rudnik va karyerlarni loyihalash topshirig’ini vazirlik, deportament, 
aktsiyadorlik jamiyati, kompaniya va boshqa mulk egalari tasdiqlaydi. Loyihalash 
uchun tasdiqlangan topshiriq loyiha ustida ishlash uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Rudniklar, shaxta va karyerlarni loyihalashga berilgan topshiriq tasdiqlangan 
qaror tuman, shahar yoki viloyat hokimiyati bilan kelishilgan bo’lishi kerak: bunda 
asosiy masala elektr energiya ta’minoti, oqava suv kanalizatsiyasi va transport 
sxemasi, ya’ni loyihalanadigan obyektni sanoat tuguni bilan birlashtirish imkoniyati. 
Bulardan tashqari loyihalash topshirig’i Davlat kon texnika nazorati inspektsiyasi 
bilan ham kelishilgan bo’lishi kerak, agar loyihada xavfsizlik qoidasidan chekinish 
zaruriyati bo’lsa. 
Loyihalashga berilgan topshiriqni, loyihalovchi tashkilot uni tasdiqlagan 
instantsiyani ruxsatsiz topshiriqga o’zgartirish kiritishi taqiqlanadi. 
3. Buyurtmachi topshiriq bilan birga loyihalovchi institutga foydali qazilma 
konini ishlatishga huquq beruvchi litsenziya va konchilik ishi uchun ajratilgan yer 
osti maydonini o’lchami haqidagi dalolatnomani (gornootvodnoy akt) va qazib olish 
shart-sharoitlari belgilangan kontrakt va tuman, viloyat hokimiyatini qurilish 
maydonini tanlash, va yer maydonini ajratib berish haqidagi qarori ham qo’shib 
topshiriladi . 
Korxonani, bino va inshootlarni loyihalash ishlari bir yoki ikki bosqichda 
bajarilishi mumkin (konchilik korxonasini bosqichlarga bo’lib loyihalash sxemasiga 
qaralsin) bir bosqichli loyihalashda ishchi loyiha bilan jamlama smeta narxi 
birgalikda tuzilganida qo’llaniladi. Ular texnikaviy nuqtai nazardan murakkab 
bo’lmagan korxona, bino va inshootlarni qurishda, namunaviy loyiha va qayta 
qo’llaniladigan individual loyihalar bilan qurish ehtimoli yuzaga kelganida 
qo’llaniladi. Loyihada faqat namunaviy, yoki qayta qo’llaniladigan individual 
loyihada bo’lmagan chizmalarnigina ishlab chiqarishi mumkin. 
Loyiha tarkibida ishchi chizmalardan tashqari quyidagi materiallar bo’lishi 
kerak: tushuntirish bayonnomasi, texnikaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlari va namunaviy 
yoki qayta qo’llaniladigan individual loyihalarni loyihalanayotgan kon sharoitiga 
bog’lash natijasida olingan ma’lumotlar va boshqa ko’rsatkichlarni ham qo’shib 
topshirish kerak. Korxonani bosh rejasi, namunaviy va qayta qo’llaniladigan 
individual loyiha materiallari va ushbu loyihani o’zgartirilishi bilan bog’liq bo’lgan 
materiallar ro’yxati ham qo’shilishi kerak. Bulardan tashqari qurilish ishini tashkil 
etish loyihasi, buzilgan yerni qayta tiklash loyihasi va smeta hujjatlari ham 
qo’shilishi kerak. 
Loyiha tarkibiga yuqoridagi hujjatlardan tashqari qisqacha tushuntirish 
bayonnomasi, unda konni xarakteristikasi ham ko’rsatilgan bo’lishi kerak, qurilishni 
mahalliy sharoiti, loyihada qabul qilingan yechimi, qurilish-jamlash ishlar hajmi, 
qurilish muddati haqida ma’lumot, obyektni loyihadagi qazib chiqarish quvvati, 
konni ochish sxemasi va shaxta maydonini tayyorlash, qazib olish tizimi, shaxtani 
ko’tarish qurilmasi, transport, shamollatish, shaxta suvni chiqarish va yana qazib 
chiqarish taqvimiy rejasi va boshqalar kiradi. 
Yirik va murakkab obyektlar qatoriga yangidan qurilayotgan ruda qazib olish 
korxonasi va murakkab kon geologik sharoitda qayta qurilayotgan korxonalar kiradi. 


Loyihalashda ikki bosqichli loyihalash usuli qo’llaniladi. Bu bilan obyektni qurilish 
narxini belgilovchi jamlama smeta hisobi va loyiha tayyorlanadi (birinchi 
bosqichdagidek) va ishchi hujjatlar (ikkinchi bosqichdagidek). 
Loyiha tarkibiga jamlama smeta hisobi va umumiy tushuntirish bayonnomasi, 
texnologik va qurilish yechimi, zarur bo’lgan chizmalari bilan, korxona ishchi 
xizmatchilari uchun uy-joy qurilish loyihasi va ularning smeta hujjatlari ham kiradi. 
Loyiha shundan iboratki, uning tarkibiga kiradigan loyiha-smeta hujjatlari 
komplektida barcha texnikaviy masalalar, rudnikni qurish, kengaytirish va qayta 
qurishga taalluqli bo’lgan masalalar uzil kesil oxirgi nuqtagacha yechimini topgan 
bo’lishi kerak, rudnikni umumiy narxi, uning qurilish muddati va asosiy texnikaviy-
iqtisodiy ko’rsatkichlarini hisobi ham beriladi. 

Download 133.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling