Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfini
Download 112.49 Kb. Pdf ko'rish
|
SUVDA HAMDA QURUQLIKDA YASHOVCHILAR SINFINI O\'RGANISHNING ZAMONAVIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- ORGANISHNING ZAMONAVIY USULLARI Reja
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
1 19.81-GURUH TALABASI: USMONOV HOSHMXON 2 SUVDA HAMDA QURUQLIKDA YASHOVCHILAR SINFINI O'RGANISHNING ZAMONAVIY USULLARI Reja: 1. Suvda va quruqlikda yashovchilar sinfining umumiy tavsifi. 2. Suvda va quruqlikda yashovchilarning vakili sifatida baqaning tashqi tuzilishi. 3. Suvda va quruqda yashovchilarning sistematik obrazi 8 Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar 3 1.Suvda va quruqlikda yashovchilar sinfining umumiy tavsifi. Suvda va quruqda yashovchilar – quruqda yashovchi umrtqalilarning birinchi sinfi bo’lib, suvda yashagan qadimgi ajdodlarning bir qancha belgilarini ham saqlab qolgandir. Bu hayvonlarning individual rivojlanishida muhitning almashinib turishi juda ham harakterlidir. Amfibiyalarning dastlabki rivojlanishi suvda o’tadi va suvda yashashga layoqatlashgan lichinkasi (itbaliq) metomorfozlashib quruqlikda yashovchi etuk hayvonga aylanadi. Quruqda yashovchi umrtqalilar singari amfibiyalarda besh barmoqli bo’g’imli oyoqlar bo’ladi. Bosh skeleti umrtqa pog’nasiga harakatchan birikadi. O’pka va terisi nafas olish organlari vazifasini bajaradi. O’pka orqali nafas olish munosabati bilan ikkita yurak bo’lmasi ikkita qon aylanish doirasi yuzaga keladi. Eshituv organida ichki quloqdan tashqari o’rta quloq (noora pardasi) bo’lishi eshituv organini havoda tovush to’lqinlarini eshitishga layoqatlashgandir. Sistematikasi – suvda va quruqda yashovchilar – umrtqalilarning hammadan ko’ra turlari kam sinfi bo’lib, hozir 1900 turni o’z ichiga oladi. Umrtqalilarning barcha sinflaridan suvda va quruqda yashovchilar erning hammadan kam qismini ishol qiladi. Ular chuchuk suv havzalarining chetki qismlaridagina yashaydi va dengizda ham okeanda ham uchramaydi. Hozirgi amfibiyalar uchta turkumga bo’linadi: 1. Oyoqsizlar (Apoda) 2. Dumlilar (Urodela) 3. Dumsizlar (Anura) Turlari eng ko’p bo’lgan turkum bu dumsiz amfibiyalardir, ular uzun orqa oyoqlarining yordamida, quruqlikka sakrab yurishga moslashgan bo’lib, hamma materiklarga tarqalgandir. Tipik vakillari: triton, salamandra bo’lmish birmuncha primitivroq dumli amfibiyalar ancha kam uchraydi va faqat Shimoliy yarim sharda (150 ga yaqin turi) tarqalgan. Nihoyat uchinchi turkum oyoqsizlardir bu turkumning turlari juda oz (50 tacha) bo’lib unga faqat tropik chervyagalar kiradi, chervyagalar juda qadimgi kosali (panstirli) amfibiyalarning erni kovlab hayot 4 kechirishga layoqatlanganligi orqasida hozirgi zamonga qadar yashab qolgan qoldiqlari bo’lsa ajab emas. Tashqi ko’rinishi – baqaning tanasi kalta va keng bo’lib, kattagina yassi boshiga bilinmasdan qo’shilib ketadi, chunki baqaning bo’yi ko’rinib turmaydi. Dumi yo’q, boshining ikki tomnida bo’rtib chiqqan ko’zlari joylashgan, bu ko’zlarda pastki va ustki qavoqlar mavjud. Hamda uchinchi qovoq yumgich parda bor. Oiz katta, uning ustida bekitgich klapanli burun teshigi bor. Oldingi oyoqlarida 4 ta barmoq bo’lib, ketingi oyoqlariga nisbatan kalta, (faqat shular uchun xos) orqa oyoqlari juda uzun, pardali beshta barmoi bor. Tanasining oxirida chiqaruv teshigi kloaka bor. Gavdasi teri bilan qoplangan, terida maxsus shilimshiq ajratib chiqaruvchi bezlar bor. Teri qoplaichlari – suvda va quruqda yashovchi barcha hayvonlarning terisi singari, baqa terisi ham muhim nafas olish, suv almashishi organidir. Terisida shox tuzilmalar umuman bo’lmaydi, shilimshiq chiqaradigan bezlar nihoyatda ko’p. Baqaning terisi boshidan oxirigacha gavdaga yopishgan bo’lmaydi, ma’lum joylardagina gavdaga yopishgan bo’ladi. 1-rasm ko’l baqasining umumiy tuzulishi 5 Skeleti – yurishga moslashishi natijasida, baqa oyoqlarining juda boshqacha bo’lib tuzilganligi va dum bo’limi yo’q bo’lib ketganligiga yarasha baqa skeletida juda ham o’ziga hos bo’lib tuzilgan belgilar bor. Umrtqa poanasi – faqat to’qqizta umrtqadan tashkil topgan bo’lib 4 ta bo’limga 1. Bo’yin 2. Tana 3. Dumaza 4. Dum Hamma amfibiyalarda bo’ynida faqat bitta umrtqa bor. Tana bo’limida 7 ta dumaza 1 ta umrtqadan iborat. Dum bo’limi bitta uzun suyak urostil (Urostyl) dan iborat. Bosh skeleti – suvda va quruqda yashovchilarning bosh skeleti ikki qismga: 1. Miya qutisi 2. Vissteral bosh skeletdan iborat. Baqaning miya qutisi ham bir oz xondrial suyaklarga ega bo’lib, ega bo’lib deyarli nuqul toaydan iborat, bu toay juda kam qoplagich suyaklar bilan qoplangan. Miya qutisining ensa bo’limida bo’rtmalar bor bular harakatchan bitta bo’yin umrtqasiga birikadi. Vissteral bosh skeleti ustki va ostki ja suyaklaridan iborat va bir nechta tanglay suyagi, yonoq suyagi, tish suyaklaridan iborat, bularda qisman suyak bo’ladi. Elka kamari – bu kurak va o’mrov suyaklaridan iborat bo’lib, bularda ko’krak qafasi yo’q shuning uchun to’sh suyagi umrtqa poonasi bilan birikmagan. Chanoq kamari – uch juft elementdan 1. yonbosh 2. quymich 3. qov Yonbosh elementi (suyak) uzun bo’lib, proksimal uchi dumaza o’simtasidagi ko’ndalang o’simtaga birikadi distal uchlari esa bir-biriga qo’shilib, qo’ymich 6 kosasi, ya’ni son suyagining boshchasi kelib birikadigan chuqurchani hosil qilishda ishtirok etadi. Qo’ymich kosa hosil qilishda uchala tos elementlarining ishtirok etishi barcha umrtqalilar uchun xosdir. Erkin oyoqlar skeleti – baqaning erkin oyoqlar skeleti umuman quruqda yashovchi barcha umrtqali hayvonlar uchun xarakterli bo’lgan tipik besh barmoqli oyoqlar kabi tuzilgandir. Baqaning oyoqlari skeleti sxemasi tubandagidek. 1. Oldingi oyoq: elka – (elka suyagi) bilak (ikkita suyakdan bilak va tirsak) oyoq kafti, barmoq suyaklaridan iborat. 2. Ketingi oyoq: Son-bitta (Son suyagi) boldir – ikkita (katta boldir, kichik boldir) oyoq kafti-uchta kenja bo’limdan: tovon kaft-barmoq. Muskul sistemasi – baqaning muskul sistemasi , asosan, oyoq muskullarining ancha takomil etganligi va ayrim muskullarning murakkab sistemadan iborat bo’lishi, tana muskullarining ko’pincha differenstiyalanganligi bilan baliqlar muskul sistemasidan farq qiladi. Nerv sistemasi: ikkiga a) bosh miya b) orqa miya Bosh miya asosan oldingi miyaning ko’p takomil etganligi, yarim sharlarga ro’yrost ajralganligi va miyachaning ajralmay qolganligi. Bosh miyadan o’n juft bosh miya nervlari chiqadi. XII juft miya qutisidan tashqariga qolib ketadi, XI juft esa umuman rivojlanmagan. Baqada orqa miya nervlari o’n juft bo’ladi uch jufti oldingi oyoqni inervastiya qiluvchi elka nerv chigilini 4 jufti esa orqa oyoqlarini nerv bilan ta’minlovchi bel-dumaza chigilini hosil qiladi. Qo’ruv organlari – quruqda yashovchilar uchun xarakterli bo’lib, havoda hiyla uzoq masofadagi narsalarni ko’rishga moslashgan. Bu moslanish ko’z gavxarining ikki tomonlama qavariq linza shaklida ekanligi, ko’zni qurib qolishdan saqlaydigan harakatchan qovoqlar borligi bilan xarakterlanadi. 7 1-rasm Ko’l baqasining tayanch harakat sistemasi 1 miya qutisi 2yelka kamari 3 umurtqa pog’onasi 4 oyoq kamari 5 6 son 7.8 boldir 9 yelka 10 bilak 11 panja Eshituv organlari - eshituv organida ichki quloqdan tashqari, yana ikkinchi bo’lim – o’rta quloq va noora parda bilan qoplangan. Noora pardani uzangi suyakchani bir uchi tegib turadi. Uzangi suyakcha noora parda tebranishlarini ichki quloqqa o’tkazadi. Hidlov organlari – baqalarning tashqi va ichki burun teshiklari xonalari bo’ladi. Tashqi burun teshiklarida maxsus burun klapanlari bo’ladi, bu klapanlar nafas olishda katta rol o’ynaydi. Hazm qilish organlari – baliqlar singari suvda ham quruqda ham yashovchilarda ham umumiy oiz, halqum bo’shlii, ichak yo’lining keng toraygan qismidangina iborat bo’lgan oshqozonga ochiluvchi katta qizil o’ngach bor. Oshqozon o’z navbatida chin ichakka aniq chegarasiz qo’shilib ketadi. Chin ichakka oldingi ichak o’rta ichakdan bilinar-bilinmas darajada chegaralashib turadi. Lekin (orqa) to’ri ichak juda yaxshi ochilib yopilib turadi, u keng bo’lib kloakaga ochiladi. Oiz bo’shliida so’lak bezlari bor. Ovqat hazm qilishda ko’z soqqalari ham qatnashadi. 8 Tishlari oddiy suyakka birikkan konussimon shaklda bo’ladi va ovqatni ushlab turishda asosiy rol o’ynaydi. Tishlari eyilangan sari tushib o’rniga boshqasi chiqib turadi. Tili oiz bo’shliining tubida bo’lib, maxsus muskullardan iborat, tashqariga cho’zilib chiqa oladi. Ovqatni tortishi uchun xizmat qiladi. Tilni ustida doimo yopishqoq suyuqlik bo’ladi. Nafas olish organlari – voyaga etgan katta baqaning nafas organi o’pka Download 112.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling