Suvoq ishlari texnologiyasi, ishlarini bajarish va


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
Sana14.12.2020
Hajmi0.51 Mb.
#167152
Bog'liq
Tema 7 maruza matni


7-ma’ruza 

SUVOQ ISHLARI TEXNOLOGIYASI, ISHLARINI BAJARISH VA 

ULARGA QO’YILADIGAN ASOSIY TALABLAR. SUVOQTALAB 

YUZALARNI KBTJ QURUQ TAYYOR QORISHMALARI VOSITASIDA 

QO’LDA SUVASH VA PARDOZLASH 

Turli-tyman  asbob-uskuna  va  dasgohlar  turkimi,  ularning  uy-joy  uzasini  “Quruq” 

usulda qo’lda pardozlashda ishlatilishi. 

   Mudarrislik-axborot  texnologiyalari:  Jumboq  echim  masalali  tortishuv  shaklida 

tashkil qilingan  ma’ruzalar, zamonaviy computer  texnikasi  va  texnologiyalaridan, 

texnika o’qitish jihozlari va tarqatma materiallar tizimidan foydalanish. 

    Manbaa: /1/, /10/, /12/ 4-bo’lim (N4-ma’ruza)”Ma’ruzalar matni”. /16, 17/, /19-

21/, /46/. 



 

SUVOQ ISHLARI TEXNOLOGIYASI, ISHLARINI BAJARISH VA ULARGA 

QO’YILADIGAN ASOSIY TALABLAR 

 

 

              Suvoq qilinishi rejalashirilayotgan yuzani tayyorlash xaritasi: 

 

Suvalalishi rejalashtirilgan uza chang-to’zon, qotib qolgan qatlamlardan tozalanadi va dag’ur-

dug’r joylari oyboltada chopib tekislanadi, uzada joylashgan metal jihozlar uzasi zanglashdan 

saqlash maqsadida qoplamalar bilan to’siladi. Suvalayotgan uza quruq va mustaham bo’lishi, 

hamda harorati 5 grad C dan kam bo’lmasligi kerak: 

1.  Suvalishi  rejalashtrilayotgan  uza  maxsus  eritma    bilan  qoplanadi  (bu  harakat 

“Gruntovka”deb  ataladi).  Namlik  va  suvni  tez  so’rib  oluvchi  yuzalar,  masalan 

gipsokarton, gipstolali xontaxta listli, silikat g’ishtli uzalar valik, cho’tka yoki purkagich 

nasos  yordamida  KNAUF  “Grundirmittel”  deb  nomlanuvch  suyuqlikning  suv  bilan  1:3 

yoki  1:5  nisbatdagi  eritmasi  bilan  gruntovka  qilinadi.  Zichligi  yuqori  va  silliq  uzali 

(masalan  beton  yoky  simonsuvoq  uzalar)  KNAUF  “Betokontakt”  deb  nomlanuvchi 

suyuqlik bilan gruntovka qilinadi, Gruntovka qilingandan so’ng uza quritiladi. Gruntovka 

qilingan uzaga chang va chirk o’tirishiga ruxsat etilmaydi; 

2.  Suvalishi  rejalashtirilayotgan  uzaga  rux  bilan  qoplangan  zanglamaydigan  metal 

mayoqcha  naychalar  ornatiladi.  Metall  mayoqcha  naylar  oldindan  (taxminan  har  30  sm 

masofaga)  surkalgan    KNAUF  “MP75”  suvoq  loyi  ustiga  ma’lum  interval  qadam  bilan 

o’rnatilib bir tekis qilib obtarozi yordamida loyga botiriladi. Mayoqcha naylar orasidagi 

masofa  ko’dalang gazcho’p “pravila” uzunligidan oshib ketmasligi kerak; 

3.  Suvalishi  rejalashtirilayotgan  uza  burchak-qirralariga  burchak  naylari  xuddi  mayoqcha 

nayari kabi bir tekislikda o’rnatiladi. Buning uchun burchak nayining ichki tomoniga oz-

ozdan (taxminan har 30 sm masofaga)  KNAUF-“MP75” loyidan syrkalib devor qirrasiga 

qo’yiladi va o’rtadan chetga tomon botirilib taxlanadi. 

 

Suvoq ishlarini amalga oshrish xaritasi: 

 

1. Tayyorgarlik  ishlari. Odatda  masinada suvoq ishini ustalar brigadasi  bajaradi. Buning uchun 

suvoq  masinasini  uning  ekspluatasiya  yo’riqnomasiga  asosan  shaylanadi.  Mashinaning  suv 

ta’minot jo’mragi rostlanib, soatiga 650 litr yoki har bir qop quruq qorishmaga 18 litr suv sarfi 

meyorlanadi.  Mashina  qorishtirish  oxuriga  oldin  suv  quyilib  so’ngra  quruq  qorishma  solinadi. 

Mashina loy tayyorlash oxuriga bir qop KNAUF “MP75” quruq kukuni solinadi.  Buning uchun 

qopni  ikki  suvoqchi  ko’tarib  suvoq  mashinasining  loy  tayyorlash  oxuri  ustiga  qo’ysa    kifoya, 


oxur ustiga metal panjara va panjara ustida arra pichoq o’rnatilgan bo’lib, bu arra pichoq qopni 

ikki  bo’lakka  bo’ladi  va  qop  ichdagi  quruq  kukunsimon  massa  oxurga  tkilib  tushadi.  Shunda  

mashina suv ta’minot jumragi buralib, bir qop quruq kukunsimon massaga etarli miqdordagi suv 

oxurga quyiladi. Mashina bir zumda kukun va suvdan aralashtirib suvoq loyini tayyorlaydi. 

2.  Suvoq  loyini  ishlov  berilayotgan  uzaga  sepish.  Tayyor  loysuvoq  qorishmasini  mashinada 

uzalarga sepishda quyidagi amallarga rioya qilinadi: 

  suvoq  loyini  purkash  to’pponchasi  mavjud  bo’lib,  bu  to’pponcha  ishlov  berilayotgan 

uzaga  perpendikulyar  ravishda    taxminan  30  sm  masofada  (to’pponcha  uchligigacha)  

tutiladi; 

   suvoq  loyi  qalinligini  suvoqchi  usta  to’pponchani  harakati  bilan  tartibga  solib  turadi, 

sekin  harakatlantililsa  suvoq  loyi  ko’proq  purkaladi,  to’pponcha  tezroq  siljatilsa  loy 

qalinligi yupqaroq bo’lib tushadi va h.k.; 

   devor  uzasini  suvashini  chapdan  o’nga,  yuqoridan  pastga  tomon  (chapdagi  tepa 

burchakdan  pastga tomon),  bir qamrovi taxminan 70 sm li masofada  purkalib boriladi. 

Bunda  purkagich  to’pponcha  ilgarlanma-qaytish  harakatida  bolib,  purkash  markazi 

suvoq uzasining pastki  qismiga yo’naltirilishi kerak; 

  har qaysi keyingi qamrovga o’tishda oldingi qamrovni 5…10  sm  li uloq  bilan  bog’lab 

ketish tavsiya etiladi; 

  shift  uzasiga  loysuvoq  qorishmasini  purkashni  deraza  romlariga  qarama-qarshi 

tomondan boshlagan maqulroq; 

  suvalayotgan  uza  to’liq  loysuvoq  bilan  qoplanishi  bilan  suvoq  mashinhasining  loy 

purkash to’pponchasida joylashgan siqilgan havoni uzatish jumragi yopilsa  loy purkash 

ham to’xtaydi. 

   


  Diqqat  - Loysuvoq  qorishmasi  rezina  ichaklar  ichida  15  min  dan  ortiq  harakatsiz 



qolmasligi kerak.  

3.  Purkalgan  loysuvoq  qorishmasi  uzun  gazcho’p  yordamida  tekislanib,  kemtik  va  o’yiq 

joylar  toldiriladi.  Agar  uzaga  tekislik  mayoqcha  naylari  o’rnatilmagan  bo’lsa,  suvalgan 

uza  obtarozi,  rajja  yoki  gazcho’pnining  o’zi  yordamida  vertical  va  gorizontal 

yo’nalishlarda  tekshirilib  tekisligi  aniqlanadi.  Kerakli  joylarga  qo’shimcha  loysuvoq 

surkalib tekislanadi. Burchak va  tokcha qirralaridagi loy suvoq qoldiqlari maxsus randa 

yordamida  yo’nilib  to’g’irlanadi.  Loy  suvoq  qurishi  bilan  suvalgan  uzalarga  KNAUF 

“Tifengrund”  suyuq  eritmasi  yordamida  gruntovka  qilinadi.  Suv  to’g’ridan-to’g’ri 

tushadidan uzalar  KNAUF “Flexendixt” eritmasi bilan gidroizolyasiya qilinadi va songra 

uzalarga  KNAUF  “Flizen”  elimi  yordamida  sopol  koshinlarni  o’rnatishni  boshlash 

mumkin. Sopol koshinlar elimlanadigan uzada syvoq qoplamasining qalinligi 10 mm dan  

kam bo’lmasligi tavsiya etiladi. 

4.  Agar  suvalgan  uzaga  bo’yoq  surilishi  yoki  gulqogoz  elimlash  pejalashtirilgan  bo’lsa, 

bunda  ozroq  (taxminan  15  daqiqa)  muddatdan  so’ng  suvalgan  uza  suv  bilan  to’yintirib 

ho’llanadi  va    dag’al  gubkali  yoki  kigizli  andavalar  yordamida  aylanma  harakat  bilan  

ishqalab silliqlanadi. 

5.  Unchalik  ko’p  bolmagan  vaqt  davomida  suvoq  uzasiga  dam  berib,  uza  xiralasha 

boshlashi  bilan  keng  pichoqli  shpatel  yoki  zanglamas  metal  andava  yordamida  suvoq 

uzasi uzun harakatlarda andavalanadi. Shu usulda silliqlangan uzaga gulqog’oz elimlash 

mumkin bo’ladi. Agar yanada silliq va yaltiroq uza hosil qilish talab etilsa, kun davomida 

lekin  2.5…5  soatdan  ka  bolmagan  vaqt  ichida  suvoq  uzasi  yana  suvlanib  keng  picoqli 

shpatel  yordamida  silliqlab  suriladi.  Bunda  shpatel  qirrasida  suvoqdan  hosil  bo’luvchi 

qaymoqsimon  massa  yig’iladi,  shu  massa  kamtuk  joylarga  surkalib  shpatel  yordamida 

surkaladi,  natijada  yaltiroq,  tekis  yuza  hosil  bo’ladi  va  bu  yuzani  to’g’ridan-to’g’ri  

bo’yoq  bilan  bo’yash  mumkin.  Ynga  qayta  shpaklevka  bilan  ishlov  berish  talab 

etilmaydi. 



6.  Ish  yuritishda  har  doim  toza  va  soz  asbob-uskunalar  ishatilishi  tavsiya  etiladi.    Suvoq 

uzasiga elvizak-ilon o’tdi shamollar ta’siri  ruxsat etilmaydi. Suvoq mashinasini tozalash 

va yuvish ekspluatasiya yo’riqnomasiga asosan bajarilishi kerak. 

7.   


             

 

 



            26-rasm.                                                                     27-rasm. 

 

            KNAUF butlovch tizimlari jamlanmasidagi simon asosli quruq suvoq qorishmalari. 

     Simon asosli quyidagi quruq suvoq qorishma tarkiblari bolib, bu qorishmalar nam, hol, tashqi 

atmosfera ta’sirida turguvchi konstruksiyalar, fasad elementlari uchun ishlatiladi: 

  KNAUF  “Grunband”  rusumli  haroratni  saqlovchi,  simon  asosli  quruq  suvoq 

qorishmasi tarkibi; 

  KNAUF “Unterputs-210” rusumli simon asosli  quruq fasad suvog’i; 

  KNAUF “Zokelputs-310” rusumli simon asosli quruq sokol-poydevor quruq suvog’i; 

  KNAUF “Diamant-260” rusumli simon asosli  dekorativ-pardoz quruq suvog’i; 

  KNAUF    “VP-332”  rusumli  simon  asosli  dekorativ-po’stinsimon  quruq  suvoq 

qorishmasi. 

 

 



 

 

 



 

 

Simon asosli quruq suvoq qorishmalari texnik ko’rsatkichlari quyidagi jadvalda 

keltirilgan:                             7-jadval 

Qorishmaning 

nomi 

Sarflanish 

miqdori 

Tarkibi 

Ishlatilish 

sohasi 

Xususiyat va fazilati 

KNAUF 


Suvoq 

Simon, 


Tosh va 

Harorat saqlovchi, namlik va 



“Gryunband”, 

haroratni 

saqlovchi 

qatlami 


qalinligi  

10 mm 


bo’lsa, 12 

kg/m2 

penopolistirol 

donalari va 

maxsus 

qo’shimchalar 



g’ishtin 

tashqi 


devorlarni 

qoplash, 

dekorativ 

suvoq ostidan 

suvni o’tkasmas, 

kamyoriluvchan, bir qamrovda 

30 mm gacha qatlam yotqizish 

mumkin, mashinada purkash 

mumkin 

KNAUF 


“Unterputs-

210”, fasad 

suvog’i 

Suvoq 


qatlami 

qalinligi  

10 mm 

bo’lsa, 


16.5 

kg/m2 


Simon,  

maxsus 


qo’shimchalar 

Tashqi fasad 

devorlarini va 

namligi 


yuqori 

xonalar 


suvogi 

Suv va ayozli sovuq haroratga 

chidamli, yopishqoq, 

kamxarajat, bir qamrovda 20 

mm gacha qatlam yotqizish, 

mashinada purkash mumkin 

KNAUF 

“Zokelputs-



310”, sokol-

poydevor 

quruq suvoq 

qorishmasi 

Suvoq 

qatlami 


qalinligi  

10 mm 


bo’lsa, 

16.5 


kg/m2 

Simon,  


maxsus 

qo’shimchalar 

Tashqi 

poydevor 



uzasi, namligi 

yuqori 


xonalarni 

tashqi va 

ichki suvog’i 

Quritilsa o’lchmi qisqarib 

yoriqlar hosil qilmaydi, 

mustahkam, suv va ayozli 

haroratga 

chidamli,kamxarajat,yopishqoq, 

bir qamrovda 20 mm gacha 

qatlam yotqizish, mashinada 

purkash mumkin 

KNAUF 


“Diamant-

260”, 


dekorativ-

pardoz quruq 

suvoq 

qorishmasi 



Suvoq 

qatlami 


qalinligi  5 

mm bo’lsa, 

3.8 kg/m2 

Ohakli-simon 

qorishmasi, 

qirrali 


shakldagi 

mineral 


to’dirgichlar 

GKL va GTL 

qoplamali va 

boshqa xil 

devorlar 

uzasiga 


dekorativ-

manzarali 

po’stinnusqa 

ko’rinish 

berish 

Suv va ayozli haroratga 



chidamli,  mashinada purkash 

mumkin, turli ranglardagi 

tuslanish hosil qiladi 

KNAUF  “VP-

332”, 

dekorativ-



manzarali 

quruq suvoq 

qorishmasi 

Suvoq 


qatlami 

qalinligi  5 

mm bo’lsa, 

5…8 


kg/m2 

Simon, kvars 

qumi va 

maxsus 


qo’shimchalar 

bilan 


boyitilgan 

Sepma 


tekislovchi 

qatlam hosil 

qilish, ichki 

va tshqi 

suvoq ishlari 

uchun 


Uqori yopishqoqlik xususiyatli, 

ayozli haroratga chidamli 

 

 

Suvoq qilinishi rejalashirilayotgan yuzani tayyorlash xaritasi: 

 


1.  Suvalalishi  rejalashtirilgan  uza  chang-to’zon,  qotib  qolgan  qatlamlardan 

tozalanadi  va  dag’ur-dug’r  joylari  oyboltada  chopib  tekislanadi,  uzada 

joylashgan  metal  jihozlar  uzasi  zanglashdan  saqlash  maqsadida  qoplamalar 

bilan  to’siladi.  Suvoq  uzasi  quruq  va  mustaham  bo’lishi,  hamda  harorati  5 

grad C dan kam bo’lmasligi kerak; 

2.  Suvalishi rejalashtrilayotgan uza maxsus eritma  bilan qoplanadi (bu harakat 

“Gruntovka”deb  ataladi).  Namlik  va  suvni  tez  so’rib  oluvchi  yuzalar, 

masalan  gipsokarton,  gipstolali  xontaxta  listli,  silikat  g’ishtli  uzalar  valik, 

cho’tka  yoki  purkagich  nasos  yordamida  KNAUF  “Grundirmittel”  deb 

nomlanuvch  suyuqlikning  suv  bilan  1:3  yoki  1:5  nisbatdagi  eritmasi  bilan 

gruntovka  qilinadi.  Zichligi  yuqori  va  silliq  uzali  (masalan  beton  yoky 

simonsuvoq uzalar) KNAUF “Betokontakt” deb nomlanuvchi suyuqlik bilan 

gruntovka qilinadi, Gruntovka qilingandan so’ng uza quritiladi. Gruntovka 

qilingan uzaga chang va chirk o’tirishiga ruxsat etilmaydi; 

3.  Suvalishi  rejalashtirilayotgan  yuzaga  rux  bilan  qoplangan  zanglamaydigan 

metal  mayoqcha  naychalar  ornatiladi.  Metall  mayoqcha  naylar  oldindan 

surkalgan  KNAUF  “Rotband”  suvog’i  ustiga  ma’lum  interval  qadam  bilan 

o’rnatilib  bir  tekis  qilib  obtarozi  yordamida  loyga  botiriladi.  Mayoqcha 

naylar  orasidagi  masofa    ko’dalang  gazcho’p  “pravila”  uzunligidan  oshib 

ketmasligi kerak; 

4.  Suvalishi  rejalashtirilayotgan  uza  burchak-qirralariga  burchak  naylari  xuddi 

mayoqcha  nayari  kabi  bir  tekislikda  o’rnatiladi.  Buning  uchun  burchak 

nayining  ichki  tomoniga  oz-ozdan  KNAUF-“Rotband”  loyidan  syrkalib 

devor qirrasiga qo’yiladi va o’rtadan chetga tomon botirilib taxlanadi. 



 

 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling