Eritmalar: - Ikki yoki bir necha tarkibiy qismlardan tashkil topgan suyuq yoki qattiq gomogen sistema eritma deb ataladi.
- Moddalar qaysi birining massa ulushi katta bo‘lsa, shu modda erituvchi hisoblanadi. Eritma mehanik aralashma bilan kimyoviy birikmalarning oraliq holatini egallaydi. Eritma tarkibiy qismlari orasida kimyoviy jarayon amalga oshganda hajmiy va energetik o‘zgarishlar kuzatiladi.
- Eritmalar tipik va jonsiz tabiatda, fan va texnikada muhim rolni bajaradi. Hayvon va o ‘simlik organizmidagi fiziologik jarayonlar, tabiatda cho‘kindi jinslarning hosil bo‘lishi, ko‘pchilik sanoat jarayonlari eritmalardagina sodir bo’ladi.
Eritmalar konsentratsiyasi: - Eritmaning ma’lum massa miqdorida yoki hajmida erigan modda massasi yoki modda miqdori eritma konsentratsiyasi deb ataladi. Ular bir necha usullarda ifodalanishi mumkin.
- Erigan modda massasini eritmaning umumiy massasiga nisbati erigan moddaning massa ulushini tashkil etadi:
- (bu formulada m(x)—erigan modda massasi). Massa ulushi o’lchamsiz qiymat, uni 100%ga ko‘paytirilsa, massa ulushi foizlar bilan ifodalangan bo’ladi. Masalan, 70 g suvda 15 g Na2CO3 eritilsa, eritmaning massa ulushi:
yoki foizlarda w(Na2CO3)% =0,176*100%= 17,6% bo’ladi.
Rauolt qonuni Bu tuz yoki organik birikma singari uchuvchan bo'lmagan eruvchan moddani eritishi tufayli eritmada mavjud bo'lgan bug 'bosimining pasayishi yoki pasayishini tushuntirish uchun ishlatiladi. - Rauolt qonuni Bu tuz yoki organik birikma singari uchuvchan bo'lmagan eruvchan moddani eritishi tufayli eritmada mavjud bo'lgan bug 'bosimining pasayishi yoki pasayishini tushuntirish uchun ishlatiladi.
- Ushbu qonun, shuningdek, fazada ularning aralashmasi mavjud bo'lgan eritmada joylashgan gaz fazasidagi uchuvchan erituvchilar tarkibini tahlil qilish va tavsiflash uchun ham qo'llaniladi. Qonun uning yaratuvchisi Fransua-Mari Rauolt (1830-1901) sharafiga nomlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |