T. N. Qori Niyoziyning pedagogik qarashlari Reja: T. N. Qori Niyoziyning hayot yo’li


Download 79.51 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi79.51 Kb.
#222141

T.N.Qori Niyoziyning pedagogik qarashlari

Reja:

  1. T.N.Qori Niyoziyning hayot yo’li

  2. T.N.Qori Niyoziyning asarlari

  3. T.N.Qori Niyoziyning asarlaridagi pedagogik qarashlar

Mashhur olim va ijtimoiy fan arbobi, o‘zbek sovet maktabining asoschisi va unga birinchi darslikni yaratuvchi, birinchi akademik va O‘z SSR FA ning birinchi rahbari Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy 1897 yilda Xodjand shahrida kosib oilasida tug‘ilgan.

T. N. Qori-Niyoziy hayotning katta maktabligini bildi, xalqning orasidagi urf-odatlarni, borliqni yaxshi o‘rgandi. U og‘ir, lekin shuhratli yo‘lni bosib o‘tdi. T. N. Qori-Niyoziyning mehnat faoliyati erta boshlandi.



U 1917 yilda 20 yoshida Farg`onada birinchi o`zbеk maktabini tashkil qildi.

1920 yilning oxirida barpo etilgan maktabning va o‘qituvchilik kurslari negizida u Qo`qonda pеdagogika tеxnikumini tashkillashtiradi. Bu esa, shu yillari Farg‘onada pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha muhim markaz sanalardi.

1924-yili pedagogik texnikumning birinchi bitiruvchilari bitirib chiqdi. “Farg‘ona” gazetasi 26-maydan boshlab hamma sonini shunga bag‘ishladi. U gazetada “Bu o‘n uchta bitiruvchi o‘n uch mingta bo‘lsin” deb yozgan edi. Chunki, birinchi bitiruvchilar soni o‘n uch kishi – “o‘n uch qaldirg‘och” edi. Gazetada bu qaldirg‘ochlar o‘zbek ta’limini va o‘zbek ilmini olamga olib chiquvchilar ma’nosida yozilgan edi. Bu o‘n uchta qaldirg‘ochni uchishga T.N.Qori-Niyoziy tayyorlagan edi.

U o‘zbeklar orasida O‘ODU (O‘rta Osiyo Davlat Universiteti) fizika-matematika fakultetiga birinchilardan bo‘lib o‘qishga kirdi va 1930-yili o‘qishni muvaffaqiyatli tugatdi.

1931 yildan 1933 yilgacha universitetning rektori lavozimida ishlaydi.

Qori-Niyoziyga o‘zbeklardan birinchi bo‘lib 1931-yili professor unvoni berildi, 1939-yilda esa fizika – matematika fanlari doktori ilmiy darajasi berildi.

1939-1943 yillar davomida T.N.Qori-Niyoziy O‘zbekistonning jamoatchilik, madaniyat, maorif va jamoatchilik hayotida muvaffaqiyatli joriy etgan va kirill yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosini qayta ishlashga rahbarlik qildi.

1946 yildan boshlab T.N.Qori-Niyoziy doimiy ravishda TIQXMMI (Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti) oily matematika kafedrasi mudiri bo‘lib ishladi.

T.N.Qori-Niyoziy o‘zbek matematika terminologiyasi, oliy va o‘rta o‘quv muassasalari uchun haqiqiy matematik adabiyotlar asoschisi hamda fan tarixi bo‘yicha yirik mutaxassis hisoblanadi. Uning uch yuzdan ortiq ilmiy ishlari nashr qilingan, jumladan, fan sohasida olamshumul ixtiro sifatida chuqur tan olingan «Ulug‘bekning astronomiya maktabi» monografiyasi 1952 yilda davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Olim 1940 yildan deyarli 10 yil davomida buyuk olim astronom Ulug‘bekning qo‘lyozma manbalarini o‘rgandi va uning ilmiy ishlarining davomiga tadqiqot ishlarini olib bordi. Bu ishlarning natijasida u Ulug‘bekning astronomiya maktabi to‘g‘risida yirik ilmiy ish yaratdi.

T.N.Qori-Niyoziyning «Ulug‘bekning astronomiya maktabi» nomli kitobi birinchi marta Moskvada 1950 yilda SSSR Fanlar Akademiyasida (rus tilida) nashr qilindi.

Qori-Niyoziy ko‘p monogrаfiya, uslubiy qo‘llаnmаlar vа “Sho‘rа dаvridаgi O‘zbеkistonning mаdаniyati tаriхi” аsаri muаllifi. Olimning аsаrlаri sаkkiz tomli nаshrni tаshkil qildi. Hаr bir sаtr xаlqqа muhаbbаt, uning obodligi, odаmlаr mа’nаviyati, ilm vа mаdаniyatning yashnаshi kаbi tuyg‘ulаrgа boy.

Uni O‘zbеkiston ziyoliylаri oqsoqoli dеb аtаshаdi. T.N.Qori-Niyoziy butun umrini ilm vа mаdаniyatgа xizmаt qilishga bag‘ishlаgаn. O‘zbеkistondа ilm vа mаdаniyatning rivojlаnishi bеvositа Qori-Niyoziy nomi bilаn bog‘liq.

Olim 50 yildаn ortiq bor kuchini xаlqqа xizmаt qilishga bаg‘ishlаgаn. U jаmiyat ijtimoiy vа siyosiy hаyotidа fаol ishtirok etgаn, yoshlаr tаrbiyasigа ko‘p kuch vа quvvаt sаrflаgаn.

1941 yili O‘zSSR hukumati tomonidаn Sаmаrqаnd shаhridаgi Аmir Tеmur vа tеmuriylаr Go‘ri Аmir mаjmuаsigа ekspеditsiya tаshkil qilinаdi, shulаrdаn : T.N.Qori-Niyoziy (rаis), M.M.Gеrаsimov (SSSR FА хodimi, аntropolog hаykаltаrosh), profеssor аntropolog L.V.Oshаnin, profеssor shаrqshunos А.А.Sеmеnov vа boshqаlаr.

1937-1940 yillаrdа T.N.Qori-Niyoziy O‘zbеkiston XKK qoshidаgi Fаnlаr qo‘mitаsi prеzidiumining rаisi, O‘zbеkistondаgi SSSR FА filiаli rаisi bo‘lgаn.

1939-1943 yillаrdа – O‘zSSR XKK rаisining fаn, mаdаniyat vа sаn’аt bo‘ychа muovini.

1943 yili аkаdеmiklikka sаylаngаn vа 1943-1947 yillаrdа O‘zbеkiston Fаnlаr Аkаdеmiyasi birinchi rаisi bo‘lgаn.

U O‘zbеkiston tаriхiy obidаlаr vа mаdаniyatini himoya qilish Jаmiyati prеzidiumining rаisi muovini, Xаlq univеrsitеtlаri Rеspublikа Kеngаshi rаisi, “Fаn vа turmush” jurnаli muhаrriri vа bir qаtor ilmiy jаmoаt kеngаshlаr vа jаmiyatlаr а’zosi bo‘lgаn.

T.N.Qori-Niyoziy ko‘p xаlqаro kongrеslаr vа simpoziumlаrdа ishtirok etgаn, 1954 yilda Xаlqаro аstronomik jаmiyati а’zosi, 1968 yilda Fаnlаr tаriхi bo‘yichа 12 Xаlqаro kongrеssidа Bosh Аssаmblеyasi а’zosi etib sаylаngаn. Ko‘p chеt el dаvlаtlаridа bo‘lgаn (Yaponiya, Hindiston, Itаliya, Bolgаriya, Аfg‘oniston vа boshqа).

Toshmuhаmmad Niyozovich Qori-Niyozov 1970 yil 17 mаrtidа Toshkеnt shаhridа vаfot etgаn. Buyuk olim hаqidаgi xotirаlаr hаmishа bizning yurаgimizdа sаqlаnib qolаdi.

Qori Niyoziyning pedagogik faoliyati. Sobiq shо‘rolar hokimiyati barpo

etilgan birinchi kunlardanoq, 1917-yil 9-noyabrda “Davlat maorif komissiyasini

ta’sis qilish tо‘g‘risida”gi dekret e’lon qilindi. Jamiyatni о‘z g‘oyalari ruhida

tarbiyalashni rejalashtirgan shо‘rolar hokimiyati vayron bо‘lgan xо‘jalik

sharoitida, qahadchilik va ocharchilik hukmron bо‘lgan g‘oyat darajada murakkab

sharoitda xalq maorifini tashkil qilishga jiddiy e’tibor qaratdi. Bunda Qori

Niyoziyga о‘xshagan millatining, xalqining, Turkiston о‘lkasining ertangi kuni

haqida qayg‘urib yashayotgan mahalliy ziyolilar vujudga kelgan imkoniyatdan

yerli xalqni savodli qilish maqsadida foydalanishga harakat qilindi. Shuning uchun

ham Toshmuhammad Niyozovich 1917-yil noyabr oyida Skobelev shahrida

Farg‘onadagi yangi tipdagi birinchi о‘zbek maktabini tashkil qilish haqidagi

topshiriqni bajarishga jiddiy kirishdi. Maktab mudiri sifatida Qori Niyoziy oldida

turgan eng murakkab masala – maktabni о‘qituvchilar bilan ta’minlash masalasi

edi, chunki yerlilar orasidan о‘qituvchilik talabiga tо‘liq javob beradigan kishini

topish juda katta muammo edi. Maktabga о‘qituvchilik vazifasiga jalb etilgan

birinchi о‘qituvchi (Qori Niyoziyning bо‘lg‘usi rafiqasi) Oyshaxon О‘razayeva edi.

U tarjimonning qizi bо‘lib, 1914-yilda Farg‘ona shahridagi qizlar gimnaziyasini

bitirgan va Andijonda rus-tuzem maktabining rus sinfida о‘qituvchi bо‘lib

ishlagan.

Maktabda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish yо‘lidagi jiddiy

qiyinchiliklardan yana biri о‘quv rejasi va о‘quv dasturining yо‘qligi edi. Birinchi

oyning oxirlarida Toshmuhammad Niyozovich va Oyshaxon О‘razayeva

tomonidan tuzilgan о‘quv rejasiga muvofiq maktabda ona (о‘zbek) tili, rus tili,

geografiya va tabiiyot о‘qitilgan, sо‘ngra gimnastika darsi kiritilgan. О‘zbek tilida

PEDAGOGIKA

2017, 4-son

10

darslik bо‘lmaganligi uchun birinchi paytlarda turli ruscha kitioblardan



foydalanib, о‘zbek tilida konspekt tuzishgan.

1918-yilda Qо‘qondan Farg‘onaga kо‘chib kelgan Hamza Hakimzoda

Niyoziy ham о‘qituvchilikka jalb etilgan. Hamza Hakimzoda bir tomondan

maktabda qо‘shiq (“sharqiy”) darsini olib borgan va ikkinchi tomondan

maktabning tashkiliy ishlarida Qori Niyoziyga yaqindan yordam bergan.

1920-yilda yangi tipdagi birinchi о‘zbek maktabi Farg‘ona viloyati ikkinchi

bosqich maktabiga aylantirildi. Bu maktab ham butun Turkiston о‘lkasida

tо‘ng‘ich maktab bо‘lgan, chunki bu vaqtda о‘lkaning hech qaysi yerida hali

ikkinchi bosqich maktabi ochilmagan edi. О‘quvchilar uchun maktab qoshida

internat ochilgan. Birinchi о‘zbek maktabi va uning bazasida yaratilgan viloyat

ikkinchi bosqich maktabi, keyinchalik Farg‘ona shahrida va uning atrofidagi

tumanlarda ochilgan maktablar uchun muhim rol о‘ynadi. Masalan, har yili yozda

maktab jamoasining faol ishtiroki bilan о‘qituvchilar tayyorlash uchun qisqa

muddatli kurslar ochilgan, yangi maktablarga yо‘l-yо‘riq kо‘rsatib yordam

qilingan.

Farg‘ona shahar va uyezd shо‘rolar hokimiyati tomonidan 1920-yil 15-

yanvarda Toshmuhammad Niyozovichga berilgan 122-mandatda, unga Farg‘ona

va uning uyezdidagi maktablarga yо‘l-yо‘riq kо‘rsatish vazifasi topshirilib, maktab

mudirlariga: “Qori Niyozovning kо‘rsatmalariga va qonuniy talablariga itoat qilish

taklif qilinadi”, – deyilgan.

Shunday qilib Toshmuhammad Niyozovich 1920-yillardayoq Farg‘ona

viloyatida barchaning domlasi sifatida rasman tan olingan edi.

Turkiston о‘lkasida ochilgan maktablar soni 1920-yildayoq 2000taga yetgan

edi. Tabiiyki, bu maktablarga eng avval о‘qituvchi kerak edi, ular esa asosan ikki-

uch oylik kurslarda tahsil olganlar orasidan tanlanardi. Shu yo‘sinda 1917-1920-

yillarda о‘qituvchilik qilib turganlarning kо‘pida, hatto, о‘rta maktab ma’lumoti

yо‘q edi. Qisqa muddatli kurslarda berilgan ma’lumot esa, albatta, о‘qituvchilik

uchun kifoya qilmas edi. Ikkinchi tomondan, boshqa yо‘l ham yо‘q edi, chunki

yildan-yilga maktablarning soni о‘sib borardi.

Xalq maorifi oldida turgan eng muhim, eng murakkab masala tezlik bilan

ochilayotgan maktablarni hech bо‘lmaganda о‘rta ma’lumotga ega bо‘lgan

о‘qituvchilar bilan ta’minlashdan iborat edi. Shuning uchun ham о‘lkada tо‘rt

yillik “ta’lim-tarbiya texnikumi” degan yangi tipdagi pedagogik о‘rta maktablar

vujudga kela boshladi. Farg‘ona viloyatida uni tashkil qilish Toshmuhammad

Niyozovich zimmasiga yuklatildi. Shu munosabat bilan Farg‘onadagi “Viloyat

ikkinchi bosqich о‘zbek maktabi” butun jihozlari va о‘quvchilari bilan maxsus

esholonda viloyatning yangi markazi – Qо‘qonga kо‘chirib keltirildi. Kо‘p fursat

PEDAGOGIKA

2017, 4-son

11


о‘tmay ushbu maktab va “Dorul muallimin” degan ta’lim-tarbiya kursi asosida

“Farg‘ona viloyat ta’lim-tarbiya texnikumi” tashkil qilindi va unga

Toshmuhammad Niyozovich mudir etib tayinlandi. Texnikum huzurida “Namuna

maktabi” va internat bо‘lib, о‘quvchilar davlat hisobiga yashar, ularga oziq-ovqat,

kiyim-kechak, о‘quv qurollari berilar edi.

Texnikumda matematika, tabiiyot, kimyo, fizika, til va adabiyot laboratoriya

xonalari va kabinetlari, duradgorlik, muqovasozlik, haykaltaroshlik, chilangarlik

hunarxonalari tashkil qilingan edi. Qizlar esa bichish-tikish hunarxonasida ish

о‘rganar edilar. Bu maskanda Qori Niyoziy ayniqsa matematika fanini hayotga

bog‘lab o‘qitishga harakat qilardi.

Texnikum huzurida har yili Farg‘ona viloyati uchun о‘qituvchilar tayyorlash

va qayta tayyorlash kurslari, yosh о‘qituvchilar uchun konsultatsiyalar, metodika,

pedagogikaga doir va umumiy-ilmiy tematikalarda ma’ruzalar tashkil qilingan.

Xullas, texnikum Farg‘ona viloyatining eng yirik pedagogika markaziga

aylangan edi. Bu texnikumdan chiqqanlarning kо‘plari ajoyib pedagog, injener,

agronom, olim, jamoat va davlat arboblari bо‘lib yetishdilar. 1924-yilda texnikum

Qо‘qondan Farg‘ona shahriga kо‘chirildi. Bu yerda texnikumning faoliyati yanada

keng miqyosda rivojlanib bordi. 1930-yilda texnikum Farg‘ona davlat pedagogika

institutiga aylandi. O‘zbekiston madaniyati tarixidagi o‘rni g‘oyat muhimdir.

Toshmuhammad Niyozovich о‘qituvchilik bilan birgalikda mustaqil ishlab,

1918-1920-yillarda о‘rta maktab hajmidagi ma’lumotga ega bо‘ldi. Navbatdagi

masala bu ma’lumotini davom ettirish edi. U 1920-yilning kuzida Toshkentda

ta’sis etilgan О‘rta Osiyo davlat universitetida о‘qishni niyat qilgan edi, lekin

yaqindagina tashkil etilgan texnikumni mustahkamlamasdan о‘qishga ketib

qolishni vijdonsizlik deb hisobladi. Shuning uchun ham о‘qishni yana mustaqil

davom ettirib, universitet fizika-matematika fakultetining birinchi kursida

о‘tiladigan fanlarni Qо‘qonda turib mustaqil o‘rganishga muvaffaq bо‘ldi.

Toshmuhammad Niyozovich 1926-yilda Toshkentga kelib universitet fizika-

matematika fakultetining birinchi kursiga konkurs asosida qabul qilingandan

sо‘ng birinchi kurs dasturi bо‘yicha imtihonlarni topshirib, tez fursatda ikkinchi

kursda о‘qiy boshladi. Qori Niyoziy universitetda о‘qib yurgan vaqtidayoq, 4-

kursdan boshlab о‘zbek tilida matematik analiz va boshqa matematika

kurslaridan ma’ruzalar о‘qiy boshlaydi.

1930-yilning fevral oyida universitetni bitirgan Toshmuhammad Niyozovich

ilmiy, pedagogik va tashkiliy ishlar bilan mashg‘ul bо‘lgan. 1931-yildan

universitetning professori, keyinchalik uning rektori bо‘lib ishlagan.

Respublikada ilmiy kadrga ehtiyoj shu darajada zо‘r ediki, Toshmuhammad

Niyozovichga ayni zamonda universitetdan boshqa yana bir necha oliy

maktablarda matematikadan ma’ruza о‘qishga tо‘g‘ri kelgan, masalan, 1930-

PEDAGOGIKA

2017, 4-son

12


yildan boshlab О‘rta Osiyo paxtachilik va irrigatsiya politexnik institutida,

Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida, 1932-yildan 1937-yilgacha

Toshkent pedagogika instituti matematika kafedrasida (mudir bо‘lib), 1938-

yildan boshlab universitet fizika-matematika fakultetining umumiy matematika

kafedrasida (mudir bо‘lib) ishlashiga tо‘g‘ri kelgan

1

.



Qori Niyoziy 1937-1938-yillarda О‘zbekiston Xalq maorif ministri hamda

shu yillarning о‘zida (va keyin) Fanlar komiteti prezidiumining raisi vazifalarida

ishlagan. Bu davrda yildan yilga kо‘payib ketayotgan maktablarni zamona

talablariga javob bera oladigan о‘qituvchilar bilan ta’min qilish masalasi turar edi.

Shuning uchun pedagogika institutlari tizimiga katta ahamiyat berildi va ular

maorif ministrligining diqqat markazida bо‘ldi.

Qori Niyoziyning pedagogik qarashlari. Qori Niyoziyning fikricha,

о‘qituvchida о‘z kasbiga samimiy muhabbat bо‘lishi kerak. Uning ishiga ishtiyoqi,

samimiy muhabbati shu darajada zо‘r ediki, “sharoitning og‘irligiga qaramay,

kechasi-yu kunduzi fikr-u zikri faqat maktab masalalari ustida borar edi. Buning

asosiy sabablaridan biri maktab oldidagi oliyjanob maqsad bо‘lsa, ikkinchisi ijodiy

mehnatning zavq-u shavqi edi”

2

.


Toshmuhammad

Niyozovich

fikricha,

о‘qituvchining

bilimi

о‘z


shogirdlarining bilimidan doimo hech bо‘lmaganda bir necha bosh yuqori turishi

kerak, aks holda bolalar oldida uning obrо‘si bо‘lmaydi, chunki kutilmagan

savollarga о‘qituvchi javob bera olmay qolishi mumkin. Holbuki, bola sezgir

bо‘ladi va juda tez fursatda о‘qituvchining “mulla”ligi oshkor bо‘lib qoladi.

О‘quvchilar oldida yо‘qotilgan obrо‘ni tiklash juda qiyin, hatto ba’zi vaqtlarda

mumkin ham emas.

Qori Niyoziy shunday yozadi: ijodiy hayot bilan yashagan, aqliy mehnat

bilan shug‘ullangan har bir kishining, ayniqsa, olimning, о‘qituvchining

xususiyatlaridan biri kuzatish qobiliyatidan, kо‘rinishda “arzimaydigan”, “mayda-

chuyda”larga diqqat qilib yurishdan iborat deb hisoblaydi. Darhaqiqat, kо‘rishda

kо‘rish, qarashda qarash bor. Ya’ni biror hodisani ayni zamonda kо‘p kishi

kо‘rgani bilan, undan har biri tо‘g‘ri xulosa chiqara olmasligi mumkin.

Qori Niyoziy “Kuzatish qobiliyatini mashq vositasi bilan rivojlantirib borish

mumkin. Shuning uchun umuman о‘qituvchilar, eng avval о‘zlarining kuzatish

qobiliyatlarini rivojlantirib, sо‘ngra о‘z shogirdlarini ham bu sohada sistemali

ravishda tarbiya qilishlari lozim”.

Domla samimiyat insonning eng oliyjanob fazilatlaridan biri ekanligini

ta’kidlaydi. Samimiyat rostgо‘ylik bilan chambarchas bog‘langan: bu

1

Султон Акбарий. Устод (Қори-Ниёзий ҳаётидан лавҳалар). – Тошкент: Ўзбекистон, 1970.



– Б. 29.

2

Қори-Ниёзий Т.Н. Ҳаёт мактаби. – Тошкент: Фан, 1970. – Б. 34.



PEDAGOGIKA

2017, 4-son

13

tushunchalardan har biri ikkinchisini taqozo etadi. О‘qituvchi bilan о‘quvchi



orasida aloqa samimiy bо‘lishi kerak. Samimiy bо‘lmagan aloqaning asosida biror

shaxsiy manfaat turadi. Bu esa yosh avlodning tarbiyasiga zarar keltiradi.

Toshmuhammad Niyozovichning matematika haqidagi fikrlari о‘quvchilar

va turli sohalarda ta’lim olayotgan bugungi yoshlar uchun ham katta ahamiyatga

egadir. U shunday yozadi: “Matematikaning eng qimmatbaho xususiyati

shundaki, u kishining mantiqiy muhokama qobiliyatini о‘stira boradi. ... Holbuki,

matematikaning formula va qoidalarini yod olish bilan uni egallab bо‘lmaydi.

Matematikaning joni tafakkurda, mantiqiy muhokamada bо‘lib, undagi

haqiqatlarni qat’iy, ketma-ket, mantiqiy muhokama bilangina oshkor qilish

mumkin. Shunday qilib, mantiqiy tafakkur malakasiga ega bо‘lgan kishiga har

qanday fan bilan shug‘ullanish uchun mustahkam zamin vujudga keladi”.

Qori Niyoziy bolaning yoshligidagi, ayniqsa, hayotning maktabgacha davri

tarbiya nuqtai nazaridan g‘oyat murakkabligini ta’kidlaydi. Shuningdek,

“О‘qituvchi oliy ma’lumotli bо‘lgani bilan u pastki sinflarda dars berish talabiga

mutlaqo javob bera olmasligi mumkin”, – deb hisoblaydi. Uning fikricha:

“О‘qituvchi eng avval bola ichki dunyosini, uning psixologiyasini, talab va zaruriy

ehtiyojlarini juda yaxshi bilib, о‘quvchilarning ustidan kundalik va har taraflama

ijodiy nazorat olib borishi lozim. Xullas, maktabning pastki sinflari iste’dodli,

tajribali, mohir о‘qituvchilarning qо‘lida bо‘lishi kerak, chunki buning uchun

yolg‘iz formal ma’lumot kо‘p vaqt kifoya qilmaydi!”

1

.


Toshmuhammad Niyozovich о‘qituvchilik kasbi haqidagi fikrlarini yakunlab

shunday xulosaga keladi: “Umuman, о‘qituvchining ishi, uning qaysi sinfda va

nimadan dars berishidan qat’iy nazar, ijodiy bо‘lishi lozim. Aks holda uning sо‘zi

qolipga aylanib, о‘qituvchining о‘zi oddiy kosibga о‘xshab qolishi mumkin.

Maktabda sodir bо‘ladigan kо‘p kamchiliklarning ildizi, ularning asosiy manbai

ham shunda!”

2

.


Qori Niyoziyning asarlari haqida. Toshmuhammad Niyozovich “elementar

matematika, oliy matematikaning dastlabki bо‘limlari (analitik geometriya,

differensial va integral hisob, oddiy differensial tenglamalar)ning о‘zbek tilida

terminologiyasini tuzdi. Uning bu ishda asos qilib olgan asosiy prinsiplaridan biri

internatsional xarakterda bо‘lgan terminlarning о‘zini qabul qilib, qolganlarining

о‘rniga о‘zbekcha mosini (ekvivalentini) topishdan iborat edi”

3

.


1

Қори-Ниёзий Т. Н. Ҳаёт мактаби. – Тошкент: Фан, 1970. – Б. 38.

2

Қори-Ниёзий Т. Н. Ҳаёт мактаби. – Тошкент: Фан, 1970. – Б. 46.



3

Салоҳиддинов М., Қаюмов А. Академик Т. Н. Қори-Ниёзий (Академик Тошмуҳаммад

Ниёзович Қори-Ниёзийнинг илмий-ижодий фаолиятидан айрим лавҳалар). – Тошкент, 2007.

– Б. 17.

PEDAGOGIKA

2017, 4-son

14

Domla о‘zbek tilida darslik yaratish bо‘yicha ulkan ishlarni amalga oshirdi.



U о‘zining dastlabki pedagogik faoliyatidan boshlab yangi tipdagi о‘zbek

maktablari va texnikumlari uchun matematikadan va ayrim boshqa fanlardan

darsliklar, qо‘lyozmalar, metodik kо‘rsatmalar yaratgan. “Tabiatdan bir parcha”

(1919), “Ochiq havoda amaliy mashg‘ulotlar” (1927), “Tekislik analitikasi” (1928),

“Tо‘g‘ri chiziqli trigonometriya va uning kosmografiyaga tatbiqi” (1929),

“Trigonomeriyadan sistematik kurs” (1930) va boshqalar shular jumlasidandir.

Toshmuhammad Niyozovichning universitetlar va pedagogika oliy о‘quv yurtlari

uchun mо‘ljallangan “Analitik geometriya” darsligining birinchi qismi 1931-yilda,

1933-yilda esa ikkinchi qismi bosilib chiqdi. Bu kitoblar keyinchalik qaytadan

ishlanib va tо‘ldirilib, 1937-yilda “Analitik geometriyaning asosiy kursi” nomi bilan

bosilib chiqdi. “Asosiy matematik analiz kursi” darsligining birinchi tomi 1937-

yilda, ikkinchi qismi 1939-yilda bosilib chiqdi. Ushbu darslik 1941-yilda qayta

nashr qilingan. Darslik 1968-1969-yillarda qayta ishlanib va tо‘lidirib, Qori

Niyoziyning sakkiz tomlik “Tanlangan asarlar”i doirasida uch tomdan iborat bо‘lib

bosilib chiqqan.

Toshmuhammad Niyozovichning “Asosiy matematik analiz kursi” darsligi

universitetlarda, pedagogika institutlarida о‘tiladigan matematikaning asosiy

kursini о‘z ichiga olgan. Shuning uchun ham u terminlarga va turli matematik

tushunchalarning ta’riflariga boy bо‘lib, ayni vaqtda matematik til sohasida asosiy

qо‘llanma rolini о‘ynagan. Bu darslik bosilgan vaqtda, unga kiritilgan masalalar

bо‘yicha о‘zbek tilida amalda adabiyot yо‘qligi e’tiborga olinsa, kurs

universitetlar, pedagogika institutlari va texnika oliy о‘quv yurtlari studentlarini

matematik tayyorlashda nihoyatda muhim ahamiyat kasb etganligi ravshan

bо‘ladi.

Akademik Qori Niyoziy fors tilini mukammal bilar, fors, arab, eski о‘zbek

tilidagi qо‘lyozma manbalar ustida erkin ishlar, ulardagi boy ilmiy ma’lumotlardan

tо‘la foydalana olar edi. Toshmuhammad Niyozovich 1940-yildan boshlab deyarli

о‘n yil ichida tinimsiz ishlab buyuk astronom olim Ulug‘bek merosini о‘rgandi va

izlanishlar natijasida Ulug‘bekning astronomiya maktabi tо‘g‘risida ulkan bir asar

yaratdi. Bu kitob “Астрономическая школа Улугбека” (“Ulug‘bekning

astronomiya maktabi”) nomi bilan 1950-yilda Moskvada sobiq Ittifoq Fanlar

akademiyasi tomonidan nashr etildi (rus tilida). Asarda Ulug‘bekning jahon fanida

tutgan о‘rni, hissasi, uning ilmiy merosi keng yoritilgan. Ilmiy, tarixiy

ma’lumotlarga boy bu asarda Ulug‘bek nomi bilan ilm-fan sohasida nom

chiqargan astronomik jadvallarni tuzishda qо‘l keladigan hisoblash yо‘l-

yо‘riqlarini о‘rgandi, trigonometrik jadvallar tuzish ta’limoti uchun ilk qadam

PEDAGOGIKA

2017, 4-son

15

hisoblangan masala – bir gradusning sinusini aniqlash masalasi ustida olib borgan



tadqiqotlarni yoritib berdi. Shuningdek, bu asarda XV asrda Ulug‘bek

boshchiligidagi Samarqand rasadxonasida gullagan astronomik maktab

vakillaridan al-Koshiy, Qozizoda ar-Rumiy, Ali Qushchi, va boshqalarning ham

matematika, astronomiyaga doir ishlari ilk bor tahlil qilingan.

Akademik Qori Niyoziyning shoh asari bо‘lmish “Ulug‘bekning astronomik

maktabi” 1952-yilda о‘sha davrning eng yuksak davlat mukofotiga sazovor

bо‘lgan. Garchi bu asar asosan astronomiya va matematika fanlariga tegishli

bо‘lsa ham, uning muallifi о‘sha masalalarni yoritishda О‘zbekiston xalqlarining



qadimiy madaniy hayoti tо‘g‘risida, bu yerda yashagan xalqlar og‘zaki ijodining

rivoj topgani, qahramonlik eposining keng yoyilganligi haqida yozadi.
Download 79.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling