Tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan oʼquvchilar soni


Download 64.6 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi64.6 Kb.
#1633475
Bog'liq
lotinga o\'girish 2


Taʼlim tizimida pedagogika va psixologiya fanlarida olib borilayotgan tadqiqotlarning samaradorligi muayyan metodikaning ishlab chiqilganligi va uning uzluksiz taʼlim tizimini takomillashtirishga qoʼshayotgan hissasi bilan belgilanishi barchaga yaxshi maʼlum. Shu sababli tajriba va nazorat guruhlarini shakllantirib olish tajriba-sinovdan oʼtkazilayotgan metodikaning samaradorligini aniqlashda muhim omil sanaladi. Аnʼanaga tayangan holda boshlangʼich sinf oʼquvchilarida oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllantirishga oid metodikaning samaradorligini aniqlash maqsadida bir-biriga muqobil boʼlgan ikkita guruh shakllantirildi. Tajriba va nazorat guruhlariga jalb etilgan oʼquvchilar soni tegishli ravishda belgilandi. Tajriba-sinov ishlari tanlab olingan 3 ta maktabda (jami 251 nafar oʼquvchi va 60 nafar oʼqituvchi) oʼtkazildi. Tajriba-sinov maydonlari sifatida quyidagi maktablar belgilandi (4-jadval):
4-jadval
Tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan oʼquvchilar soni
№ Boshlangʼich taʼlim maktablari Oʼquvchilar soni
1. Samarqand viyolati Urgut tumani 103-maktab 88
2. Toshkent shahri Sergili tumani -maktab 80
3. Jizzax viloyati tumanidagi -maktab 83

Tadqiqot muammosini yechishga yoʼnaltirilgan tajriba-sinov ishlari quyidagi tashkiliy vazifalarni hal etish asosida olib borildi: tajriba-sinov maydonlarini belgilash; tajriba-sinov ishlarini olib borishga masʼul boʼlgan oʼqituvchilar guruhini shakllantirish; tajriba va nazorat guruhlarini belgilash; tajriba jarayoniga jalb etilgan oʼqituvchilarni sinov ishlarining mohiyati bilan tanishtirish; oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida mustaqil ishlar jarayonida shakllantirishga oid maxsus metodikani ishlab chiqish. Qayd etib oʼtilganidek, tajriba-sinov ishlari tanlab olingan maktablarning 1-4 sinflarida amalga oshirildi.


Tajriba-sinov ishlarini tashkil etishda maqsadni aniqlab olish, maqsad doirasida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilash, materiallar mazmunini toʼlaqonli yoritishga xizmat qiladigan shakl, metodika va vositalarni aniqlash, boshlangʼich sinf oʼquvchilarining fanga boʼlgan qiziqishlari darajasini aniqlash; oʼquvchilarda fanga boʼlgan qiziqishni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini oʼrganish; tizimli bilimlar berish, boshlangʼich sinf oʼquvchilarida oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllantirishga xizmat qilishi toʼgʼrisidagi gʼoyaga asoslanuvchi maxsus metodika samaradorligini tajriba-sinov asosida aniqlash; boshlangʼich sinf oʼquvchilari tomonidan muammoli topshiriqlarni bajarilish holati darajasini belgilovchi nazoratni yoʼlga qoʼyish, natijalarni umumlashtirish, tahlil etish va xulosa qilish, samaradorlik darajasini eʼtirof etish asosida navbatdagi faoliyat yoʼnalishini belgilab olish vazifalari bajarildi. Bu harakat oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllanganlik darajasini oʼrganish, ular oʼrtasida anketa va test soʼrovlarini oʼtkazish, suhbatlar tashkil etish asosida amalga oshirildi.
Tajriba-sinov ishlari boshlanishidan oldin PIRLS baholash dasturida belgilangan tartib asosida boshlangʼich sinf oʼquvchilari ota-onalari bilan farzandlari haqida maʼlumotlarni olish uchun anketa savollari oʼtkazildi. Jumladan: Siz oʼz farzandingiz xulqini qanday baholaysiz? Sizning farzandingiz sogʼligi qanday? Sizning farzandingiz qanday oʼyinlarni yaxshi koʼradi? Sizning farzandingiz bogʼchaga borganmi? Uni bogʼchaga jalb etishda qiyinchilik boʼlganmi? Bu nimada koʼrinadi? Nutqida muammo bormi? Logoped mashgʼulotiga boradimi? Qanday kayfiyatda maktabga boradi? Ertalab oson turadimi? Farzandingiz soat nechida uxlaydi? Muvaffaqiyatsizlikka qanday qaraydi? Qaysi fanga qiziqadi? Siz farzandingiz bilan birga dars tayyorlashga qancha vaqt ajratasiz? Farzandingiz qaysi fandan uy ishi tayyorlashga qiynaladi? Farzandingiz oʼrtoqlari kimlar? Birgalikda badiiy kitob oʼqiysizmi? Tengdoshlari bilan muloqotga qanday kirishadi? Jadval koʼrinishida bering!!! va boshqalar. Bu oʼz navbatida tadqiqot ishimizning samarali yakunlanishida katta ahamiyatga ega.
Tadqiqot doirasida qoʼyilgan maqsadga muvofiq quyidagi vazifalarni hal etish muhim boʼldi: oʼrganilayotgan kompetentsiyalarning komponentli tarkibining psixologik-pedagogik xarakteristikasini aniqlash bilan «oʼquv-bilish kompetentsiyasi» tushunchasining mohiyatini aniqlash; oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida mustaqil ishlar jarayonida shakllantirishning maqsadli-natijaviy modelini loyihalashtirish hamda eksperimental tekshirish; oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida mustaqil ishlar jarayonida shakllantirishga imkon beruvchi kompleks pedagogik sharoitlarni tajriba-sinov yoʼllari bilan tekshirish.
Dissertatsiyaning birinchi bobida yoritilgan nazariy tadqiqot koʼrsatishicha, oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida mustaqil ishlar jarayonida shakllantirish boʼyicha ishlab chiqilgan maqsadli-natijaviy model tadqiq etilayotgan kompetentsiyalarning rivojlanish darajasi oshishiga katta taʼsir koʼrsatadi.
Oʼqituvchilar ish tajribalarini oʼrganish natijasida, mashgʼulotni tashkil etishda kamchiliklar borligi maʼlum boʼldi. Shu maqsadda oʼqituvchilar oʼrtasida mashgʼulotni tashkil etishning ahamiyatini yorituvchi maʼruza, seminar va amaliy treninglar oʼtkazildi. Oʼquvchilar eʼtiboriga havola etilayotgan matn, maʼlumot va tushunchalarning oʼziga xos boʼlgan tomonlarini ajrata olishi, ularning oʼzaro taʼsir xususiyatiga ega fanlar bilan taqqoslashi, umumiy jihatlarni guruhlash asosida oʼzlarini qiziqtirayotgan savollarga javob topib, xulosalarni chiqara olishi oʼqituvchi tomonidan zamonaviy pedagogik faoliyati (moderator, fasilitator, tьyutor, mentor) mazmuniga bogʼliq ekanligi tushuntirildi. Shu sababli tajriba-sinov ishlarini olib borish jarayonida mashgʼulotni tashkil etilishiga jiddiy eʼtibor qaratildi. Mashgʼulotning noanʼanaviy metodlar yordamida tashkil etilishida oʼqituvchilarning chuqur mutaxassislik bilimlari, shuningdek, kasbiy mahoratga ega ekanliklari muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʼquvchilarning ogʼzaki hikoya qilishi, tushuntira olishi, savol-javobda fikrlash operatsiyalarini koʼrsata olishi hamda rasm, tasvir, chizma va jadval koʼrinishidagi maʼlumotlarni oʼqish va tushunish darajasi kuzatildi va tahlil qilindi.
Tadqiqot davomida boshlangʼich sinflarda oʼqitiladigan fanlardan oʼquvchilarning bilimlarni oʼzlashtirish sifatini oshganlik darajasini aniqlash maqsadida qoʼllanilgan har bir nazorat turi boʼyicha muayyan mezonlarga tayanib ish koʼrildi. Jumladan: anketa soʼrovlari boʼyicha oʼquvchilarning javoblari: yuqori, oʼrta va past darajalar; test soʼrovlari boʼyicha: toʼgʼri va notoʼgʼri tarzida; suhbatlar va oʼquvchilar faoliyatini oʼrganishda ularning fanlardan bilimlarni oʼzlashtirishga boʼlgan munosabatlari: ijobiy va salbiy tarzida baholab borildi.
Yuqorida qayd etilgan nazorat ishlari boʼyicha oʼquvchilarda oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllantirishning umumiy holati esa quyidagi uch daraja bilan belgilandi: yuqori, oʼrta va past darajalar. Qayd etilgan darajalarni belgilashda dissertatsiyaning birinchi bobida yoritilgan va boshlangʼich sinf oʼquvchilarida oʼquv-bilish kompetentsiyala-rining shakllanganlik darajasini aniqlashga yoʼnaltirilgan mezonlarga asoslanildi (5-jadval).
5-jadval
Oʼquv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida shakllantirish darajalari
№ Darajalar Mazmuni
1. Yuqori Oʼquvchida bilishga boʼlgan ehtiyoj mavjud, bilish yoʼlida amaliy faoliyatni tashkil etishga intiladi, bilishga boʼlgan qiziqish barqaror va doimiy, oʼquv topshiriqlarini bajarishga nisbatan masʼuliyatli yondashadi, fan asoslarini puxta oʼzlashtirgan.
2. Oʼrta Oʼquvchida bilishga boʼlgan ehtiyoj mavjud, oʼqituvchi rahbar-ligida bilish yoʼlida amaliy faoliyatni tashkil etadi, bilishga boʼlgan qiziqishi bir qadar barqaror va doimiy, biroq oʼquv topshiriqlarini bajarishga nisbatan masʼuliyatli yondasha olmaydi, fan asoslarini yaxshi oʼzlashtirgan.
3. Past Oʼquvchida bilishga boʼlgan ehtiyoj mavjud emas, bilish yoʼlida amaliy faoliyatni tashkil etishga intilmaydi, bilishga boʼlgan qiziqishi goho koʼzga tashlanadi, biroq u beqaror, sayoz va vaqtinchalik, oʼquv topshiriqlarini bajarishga nisbatan masʼu-liyatli yondasha olmaydi, fan asoslarini qoniqarsiz oʼzlashtirgan.

Tajriba-sinov ishlari Namangan viloyati Namangan tumani 5-sonli 98-betdagi jadvalda Namangan viloyati va Toshkent viloyati yoʼq, Jizzax esa bor, eʼtiborli boʼling!!! Toshkent viloyati Chirchiq shahar 15-sonli, Yangiyoʼl tumani 45-sonli, Navoiy viloyati Karmana tumani 21-sonli maktablarida oʼtkazilgan boʼlib, quyidagi bosqichlarda amalga amalga oshirildi: tayyorgarlik (2017-2018 oʼquv yili), shakllantiruvchi (2018-2019 oʼquv yili), umumlashtiruvchi (2019-2020 oʼquv yili). Tajriba-sinov ishlariga 251 nafar respondent-oʼquvchi jalb etildi.


Tajriba-sinov ishining tayyorgarlik deb nomlangan birinchi va ikkinchi bosqichlari (2017-2018 y.y.)da tajriba-sinov maydonchalari belgilandi, ishtirokchi oʼquvchilar tarkibi aniqlandi, metodik va tashkiliy taʼminoti, mashgʼulot samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan dastur loyihasi tayorlandi, tajriba-sinov dasturi ishlab chiqildi. Unda tajriba-sinov maqsadi, vazifalari belgilandi, topshiriqlarni mustaqil bajarishda tanlangan metodlardan samarali foydalanish mumkin boʼlgan mavzular aniqlandi, olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlari hamda mazkur sohaga tegishli ilmiy manbalar tahlil qilindi. Tajriba-sinov ishlari natijalarni baholash mezonlari va koʼrsatkichlari tanlandi. Ularning samaradorligi sinab koʼrildi va amaliyotga tatbiq etildi.
Tadqiqot muammosi boʼyicha psixologik-pedagogik, ilmiy-metodik adabiyotlar oʼrganildi, mavjud PIRLS baholash dasturi talablari tahlil qilindi;
Boshlangʼich sinf oʼquvchilarining oʼquv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida mustaqil ishlar jarayonida shakllantirishning maqsadli-natijaviy modeli, mezonlari va koʼrsatkichlari, kompetentsiyalarning shakllanganlik darajalari ishlab chiqildi.
Bajariladigan har bir muammoli topshiriq boʼyicha oʼquvchilar egallashi muhim boʼlgan oʼquv-bilish kompetentsiyalari mazmuni, pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda bayon etilib, mustaqil egallash boʼyicha ularga fikrlash qobiliyatini hamda oʼquv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida rivojlantiruvchi muammoli topshiriq variantlari berildi. Mazkur jarayonda oʼquvchilarning mustaqil fikrlash, oʼquv-bilish kompetentsiyalarinining shakllanganlik darajalari, faoliyatida namoyon boʼlish holatlari kuzatildi.
Ikkinchi shakllantirish bosqichi (2018-2019 y.y.) da oʼquvchilar tanlagan topshiriqlari boʼyicha mashgʼulot jarayoni kuzatildi. Аmalga oshirilgan ishlar samaradorligini aniqlash maqsadida pedagogik tajriba-sinovni boshlash va yakunlash davrida ularning berilgan vazifalarni mustaqil bajara olish qobiliyatlari, qiziqishlari aniqlandi. Boshlangʼich sinf oʼquvchilarining oʼquv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida mustaqil ishlar jarayonida shakllantirishning maqsadli-natijaviy modeli aprobatsiyadan oʼtkazildi hamda pedagogik sharoitlar kompleksi samaradorligi tekshirildi: oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida shakllantirish bosqichlari ketma-ketligiga amal qilish; nostandart muammoli vaziyatlarni yaratish va ularni yechish metodlarini shakllantirish; loyihalash faoliyatiga oʼquvchilarni jalb etish; oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida shakllantirish va baholashda portfoliodan foydalanish; oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida mustaqil ishlar jarayonida shakllanganlik darajasini aniqlash boʼyicha tajriba-sinov ishlari doirasida nazorat va tajriba guruhlarida diagnostik tadqiqot olib borildi.
Ikkinchi bosqich davomida quyida sanab oʼtilgan tadqiqot metodlari qoʼllanildi: bilishning nazariy darajasi metodlari: mazkur ish muammolari boʼyicha psixologik-pedagogik adabiyotlar va ilmiy tadqiqotlar tahlili; xorij va respublikamiz olimlarining ilmiy pedagogik tajribalarini oʼrganish va umumlashtirish; oʼquv jarayonini modellashtirish; bilishning empirik darajasi metodlari: oʼqituvchilarni anketalash, ogʼzaki soʼrov, boshlangʼich sinf oʼquvchilari bilan suhbat, kuzatish, oʼquvchilar faoliyatini oʼrganish.
Tajriba-sinov jarayonining umumlashtiruvchi deb nomlanuvchi uchinchi hamda toʼrtinchi bosqichlari (2019-2020 y.y.)da ishlab chiqilgan tavsiyalarning samaradorligini aniqlash maqsadida tajriba-sinov ishlari davom ettirildi. Tadqiqot natijasida aniqlangan nazariy yondashuv ushbu bosqichda amaliy jihatdan oʼz tasdigʼini oldi. Tajriba-sinov ishlarining olingan natijalarini qayta ishlash, tahlil qilish va tizimlashtirish amalga oshirildi; oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida mustaqil ishlar jarayonida shakllantirish boʼyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur bosqichning asosiy metodi – umumlashtirish metodi va materiallarni tizimlashtirish hisoblanadi.
Mashgʼulotni tashkil etish jarayonida boshlangʼich sinf oʼquvchilarining bilimlarini boyitish imkoniyatlari va uni taʼminlashga xizmat qiladigan barcha shakl, metod va vositalardan foydalanildi. Ularning oʼquv-bilish kompetentsiyalari PIRLS baholash dasturi talablari asosida shakllanganlik samaradorligini nazorat qilish maqsadida tajriba-sinov jarayoniga mashgʼulotni tashkil etishning muayyan shakllari joriy etildi. Bu esa oʼquvchilar tomonidan egallanayotgan bilimlarning mustahkamlik darajasi, oʼzlashtirishga boʼlgan qiziqishlarini shakllantirish imkonini berdi.
Tajriba-sinov davomida oʼquvchilarning koʼrgazmali idrok etish imkoniyati va mustaqil fikrlashlarini shakllantirish maqsadida foydalaniladigan vositalarning samaradorligi tekshirildi: koʼrgazmali materiallar, koʼrsatma va eslatmalar, turli jadval koʼrinishidagi maʼlumotlar, mashgʼulotni tashkil etishga xizmat qiladigan ijodiy topshiriqlar asosida. Mashgʼulotni tashkil etishda turli metod va vositalardan foydalanish natijasida oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalari shakllanib borgan sari muammoli topshiriqlarni mustaqil bajarish tajribalari qizgʼin faoliyat tusini oldi, ularning egallagan bilimlari, qiziqishlari kuchaydi, topshiriqlarni mustaqil bajarishga kirishdi.
Tajriba-sinov ishining bu bosqichi, tadqiqot ishining maktabdagi holatini oʼrganish, oʼquvchilarning mustaqil olgan bilimlari, qobiliyati, PIRLS baholash dasturi talablari asosida oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllanganlik darajasini aniqlashdan iborat boʼldi. Dastlab, ularning muammoli topshiriqlarni mustaqil bajarishdagi faoliyati oʼrganildi. Tanlab olingan guruhlarda mashgʼulotlar kuzatildi, oʼquvchilarning oʼzlashtirish darajasi tekshirildi. Ular bilan suhbat, soʼrovnoma, savol-javob va oʼquvchilar fikrlashi, qobiliyatini rivojlantiruvchi muammoli topshiriq sinovlari oʼtkazildi.
Olingan natijalar ularning topshiriq va vazifalarni mustaqil bajarishlari talab darajasida emasligini koʼrsatdi hamda tajriba-sinov ishlari davomida ularni bartaraf etishga eʼtibor qaratildi. Bu bosqichda tanlangan metodlar asosida boshlangʼich sinf oʼquvchilarida mustaqil fikrlash, oʼquv-bilish kompetentsiyalarida shakllanishi kuzatildi. Ularning olgan bilimlarini amalda qoʼllay olish koʼnikmalari oshganligi tasdiqlandi. Oʼrganilayotgan mavzular boʼyicha muammoli topshiriqlarning mazmuni toʼla bayon qilingan rejalar tuzildi, mavzularni bayon etishda pedagogik texnologiya elementlaridan foydalanish boʼyicha didaktik materiallar hamda har bir mashgʼulot uchun interfaol ishlanmalar tayyorlandi.
Oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida mustaqil ishlar jarayonida shakllanganlik darajasini aniqlash uchun shaxsning konkret faoliyati, psixologik sifatlarini xarakterlovchi asosiy mezonlar va koʼrsatkichlar ishlab chiqildi. Oʼquv-bilish kompetentsiyalari shakllanganligini tadqiq etiluvchi komponent (motivatsion, kognitiv, operatsion-texnologik, refleksiv-baholash)lari bir nechta koʼrsatkichlar bilan xarakterlanadi. Har bir daraja quyidagicha aniqlanadi: dastlab aniqlangan koʼrsatkich (past, oʼrtacha, yuqori) darajasi diagnostika qilindi, soʼngra oʼrtacha balga muvofiq yaxlit holda mezonning rivojlanish darajasini aniqladik.
Boshlangʼich sinflarda oʼqitishning oʼziga xos xususiyatlari quyidagilarda oʼz aksini topadi: oʼquvchining bosh faoliyati oʼzgaradi – oʼquv faoliyatiga oʼtishni amalga oshirish, oʼyinli faoliyatning qadriyati pasaymaydi; muloqatda, bilishda va oʼz fikrini erkin bayon etishda muhim boʼlgan qiziqish doirasining kengayishi, yangi ijtimoiy qoidalarni egallash amalga oshadi; oʼquvchi tomonidan boshlangʼich sinf oʼquvchisining ichki dunyoqarashi yuzaga chiqishidan iborat yangi ijtimoiy roli oʼzlashtiriladi; kattalar va tengdoshlari bilan hamkorlik elementlari bilan jips bogʼliq, muloqat va oʼzaro shaxslararo muloqat bogʼliq axloqiy rivojlanishi amalga oshadi.
Oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida shakllanganlik darajasini aniqlashda, eʼtibor motivatsiyaga, faoliyatda faollikni koʼrsatishga qaratildi: oʼquv-boshqaruv, oʼquv-axborot, oʼquv-mantiqiy; hamkorlik qila olish, boshqalar nuqtai nazarini hisobga olib dialog yuritish; refleksiya, oʼzini-oʼzi nazorat qobiliyati, oʼzgalar faoliyati natijalarini baholash, oʼzini-oʼzi baholash. Bizning fikrimizcha, mezonlar boshqarishgacha ilgari surilishi lozim, chunki u boʼyicha natijalar baholanadi. Mezonlar tajriba-sinovda qoʼyilganlarga erishishda muhim koʼrsatkichlar boʼlib xizmat qilishi lozim [100]. Mezonlar va koʼrsatkichlarni aniqlashda tajriba-sinov ishlari natijalarini baholashda biz umumqabul qilingan, faoliyatning (bizning tadqiqotimiz kontekstida – mustaqil ishlarni tashkil etish) aniq bir turida faoliyat metodlari sifatida kompetentsiyalar haqida tasavvurlarga tayandik. Oʼtkazilgan tahlillar bizga oʼquv-bilish kompetentsiya (motivatsion, kognitiv, operatsion-texnologik, refleksiv-baholash)larini shakllanganligining oʼzaro bogʼliq 4 ta komponentini va ularga mos mezonlarni ajratib koʼrsatishga imkon berdi. Oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida mustaqil ishlar jarayonida shakllanganligining oʼz ichiga mezonlar va koʼrchatkichlarni oluvchi uch daraja (past, oʼrtacha, yuqori)si xarakteristikasi 11-ilovada keltirilgan.
Oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida shakllantirishning ajratilgan mezonlar va koʼrsatkichlari asosida har bir ajratilgan komponentni baholash uchun diagnostik vositalar tanlab olindi. Oʼquvchilarning fanli kompetentsiyalarini eng ishonarli diagnostik metod yordamida baholash mumkin. U faqat oʼlchashni amalga oshirishga imkon bermasdan, balki oʼquvchilarda kompetentsiyalarni shakllanganlik darajasini shakllantirish jarayonini yangilashga imkon beradi. Kompetentsiyalarning har birini baholash 12-ilovada [12, 55, 43, 92, 94, 112, 97] keltirilgan.
Oʼquvchi kompetentsiyasini shakllantirish quyidagi toʼrtta yoʼnalishda koʼrib chiqiladi: tayanch kompetentsiyalarni shakllantirish: oʼz ichiga tahlil qila olish, solishtirish, taqqoslash, tizimlashtirish, yechim qabul qilish, prognozlash, faoliyat natijasini qoʼyilgan maqsadga mosligini oladi; shaxsiy kompetentsiyalarni shakllantirish: oʼz ichiga oʼquvchida shakllanishga imkon beruvchi sifatlar – javobgarlik, tashkilotchilik, maqsadga erishiga intiluvchanlikni oladi; ijtimoiy kompetentsiyani shakllantirish: oʼquvchi oʼz hayotini xavfsiz tashkil etishni oʼrganishi kerak, sotsiumda oʼzaro munosabat qila olishi kerak; kasbiy kompetentsiyalarni shakllantirish: qiziqishlarini yoʼnaltirish asosida kasb tanlash.
Boshlangʼich sinf oʼquvchilarining motivatsion komponentini aniqlash uchun biz M.Nьyuttenning «Tugatilmagan gap» metodikasidan foydalandik. Mazkur metodikaning batafsil mazmuni 20-ilovada keltirilgan. Bayon etilgan metodika asosida tajriba va nazorat guruhlarida tajriba-sinov ishlarining 1-bosqichi oʼtkazildi.
Kognitiv komponent diagnostikasi uchun biz tomondan “Аtrofimizdagi olam”, “Ona tili”, “Oʼqish” (12-ilova) fanlari boʼyicha oʼquv materiallarini oʼz ichiga oluvchi kompleks topshiriqlar ishlab chiqildi. Mazkur test natijalari koʼpchilik oʼquvchilar tushunchalar oʼrtasidagi mantiqiy bogʼlanishlarni oʼrnatish, klassifikatsiyalash va umumlashtirishga yoʼnaltirilgan topshiriqlarni bajarishga qiynalganini aniqlashga imkon berdi. Qayd etamizki, sinalganlar ichidan (20% tajriba guruhi, 28% nazorat guruhi) topshiriqlarni bajarish uchun oʼqituvchi yordami kerak boʼldi, yana oʼylash uchun vaqt taklif etildi, yaʼni: umumlashtirish va mavhumlashtirishga oid topshiriqlarni bajarish darajasi, turli fanlar va hodisalarning ahamiyatli beligilarni ahamiyatsizlaridan ajratishi yetarli emasligini koʼrsatadi. Shuningdek, oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllanganligining kognitiv komponentini qoʼshimcha diagnostika qilishda quyidagi metodikalardan foydalanildi: «Xotira tipini aniqlash», «Diqqat oʼzgarishini oʼrganish», «Oddiy analoglar», «Ortiqchasini olib tashlash» (13-ilova). Bu metodikalar yordamida olingan natijalar dissertatsiyaning 3.2-paragrafidagi rasmlarda yoritilgan.
6 -jadval
Tajribaning qayd etuvchi bosqichida “Tugatilmagan gap” metodikasi natijalari boʼyicha solishtirma analiz

Shkalalar nomi Koʼrsatkichlar (%)


Tajriba
guruhi Nazorat
Guruhi
Matn bilan ishlash 39,0 35,0
Mustaqil ishlash toʼgʼrisida tasavvur 23,0 31,0
Mustaqil ishlar jarayonida mustaqillik 18,0 16,0
Tahlil qilish va klassifikatsiyalashga moyillik 20,0 18,0

Shuningdek, operatsion-texnologik komponent (metodika mazmuni 14-ilovada yoritilgan) darajasini aniqlash uchun foydalanilgan metodikada oʼquvchi har bir gapni oʼzlashtirish darajasi boʼyicha baholandi. Quyidagi ballar qoʼllanildi: 2-toʼliq oʼzlashtirdi va har doim qoʼllayman, 1-oʼzlashtirdim, lekin kam qoʼllayman, 0-oʼzlashtirmadim va qoʼllamayman. Tanlangan variantni «+» belgisi bilan belgiladik.


Refleksiv-baholash komponent quyidagi metodikalar bilan diagnostika qilindi: А.V.Karpovning «Refleksivlik soʼrovnomasi», Dembo-Rubinshteynning metodikalar modifikatsiyasi. Boshlangʼich sinf oʼquvchilarining oʼquv-bilish kompetentsiyalari shakllanganligining refleksiv komponenti metodikasi modifikatsiya boʼyicha koʼrsatishicha tajriba guruhida yuqori daraja 12 % ga oshdi, past daraja 14 % ga kamaydi, oʼrtacha daraja 2 % ga oshdi.
Nazorat va tajriba guruhlarini toʼldirishda biz oʼquv jarayonini amalga oshirishning oʼziga xos xususiyatlari va oʼquvchilar sonini inobatga oldik. Tajribaning dastlabki bosqichining taxminan bir xil natijalari keyinchalik tajriba-sinov ishlarining natijalarini taqqoslash imkoniyatini berdi. Soʼngra nazorat va tajriba guruhlarida oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida mustaqil ishlar jarayonida shakllanganlik natijalarini umumlashtirish keltirildi (7-jadval).
Nazorat va tajriba guruhlarida oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida mustaqil ishlar jarayonida shakllanganlik darajasini taqqoslash analizi va jadvalga koʼra tadqiq etilayotgan nazorat va tajriba guruhlarida oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida mustaqil ishlar jarayonida shakllanganlik boʼyicha olingan daraja koʼrsatkichlari natijalari bu bosqichda katta farq qilmaydi.
7-jadval
Guruhlar Komponentlar Shakllanganlik darajasi
Past (%) Oʼrtacha
(%) Yuqori
(%)
Tajriba Motivatsion 26,0 43,0 31,0
Kognitiv 20,4 46,0 33,6
Operatsion-texnologik 28,6 57,0 14,4
Refleksiv-baholash 33,0 58,0 9,0
Nazorat Motivatsion 20,1 45,1 34,8
Kognitiv 26,9 48,9 24,2
Operatsion-texnologik 33,0 48,0 19,0
Refleksiv-baholash 36,0 46,0 18,0

Shuningdek, boshlangʼich sinflarda oʼqituvchilarning oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida mustaqil ishlar jarayonida shakllantirish boʼyicha ishlar holatini aniqlash maqsadida maktab hujjatlari oʼrganildi, foydalanayotgan dasturlarning tahlili amalga oshirildi, anketa savollari oʼtkazildi. Аnketalashda boshlangʼich sinflarning 60 nafar oʼqituvchilari ishtirok etishdi.


Yakunida quyidagi natijalar olindi: koʼpchilik boshlangʼich sinf oʼqituvchilari (50%) oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida mustaqil ishlar jarayonida shakllantirishda qiyinchiliklarga uchragan; 21% anketada taʼkidlashicha, mustaqil ishlarni tashkil etishda qiyinchilik ushbu sohaga oid metodik adabiyotlarning yetishmasligini hamda bunday ishlar mazmunini qayta ishlab chiqish zaruligini aytishdi; 12% boshlangʼich sinf oʼqituvchilarining mustaqil ishlarni tashkil etishning standart shakllari (ekskursiyalar, viktorinalar)ni koʼrsatishdi; 9% anketada mustaqil ishlarning ham turlari ham yoʼnalishlarini aytishdi; 3% soʼralgan boshlangʼich sinf oʼqituvchilari mustaqil ishlarni maxsus tayyorgarlikka ega boʼlgan oʼqituvchilar tashkil etish kerakligini taʼkidlashdi.
Shunday qilib, tajriba-sinov ishlarining mazkur bosqichlari natijalari boʼyicha, quyidagi xulosalarni qilish mumkin: nazorat va tajriba guruhi oʼquvchilarining oʼquv-bilish kompetentsiyalari shakllanganligining boshlangʼich darajasi aniqlandi, diagnostik topshiriqlarni amalga oshirish vaqtida qiyinchiliklarning kelib chiqish sabablari aniqlandi. Mazkur paragraf kontekstida quyidagi vazifalarni yechish yoritildi: oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida mustaqil ishlar jarayonida shakllantirishga imkon beruvchi kompleks pedagogik shart-sharoitlarni tajriba-sinov yoʼllari bilan tekshirish.
Uzluksiz taʼlim tizimining barcha bosqichlarida boʼlgani kabi boshlangʼich sinflarda ham oʼquv fanlari asoslarini oʼqitish davlat taʼlim standartlari, oʼquv dasturlari va oʼquv rejasiga muvofiq amalga oshiriladi. Taʼlim mazmunini yorituvchi meʼyoriy hujjatlarda belgilangan talablarning bajarilishi oʼz-oʼzidan oʼquvchilarga nazariy bilimlarni yetkazib berishga qaratilgan pedagogik faoliyatni muayyan tizim asosida tashkil etilishini taʼminlaydi. Biroq bu faoliyat uzluksiz, izchil tashkil etilmasa, oʼquvchilar tomonidan bilimlarni oʼzlashtirish jarayonida tanaffus yuzaga keladi. Shu sababli oʼquvchilar fanga oid maʼlumotlarni aytib bera oladilar, lekin ular oʼrtasidagi oʼxshashlik va farqlarni asosli tarzda koʼrsata olmaydilar.
Oʼquvchilarga tizimlanmagan bilimlarni berish ularda oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllantirish yoʼlidagi jiddiy toʼsiq hisoblanadi. Shu sababli boshlangʼich sinf oʼquvchilarida oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllantirishning barqarorlik xususiyatiga ega boʼlishini taʼminlash shartlaridan biri bilimlarni tizimga solish asosida oʼquvchilarga yetkazib berishdir.
3.2-§. Pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalari va ularning statistik tahlili
Mazkur paragraf boshlangʼich sinf oʼquvchilarining oʼquv-bilish kompetentsiyalarini diagnostika qilish natijalari va uning tahlilini ochib beradi. Tajriba-sinov ishlarining ikkinchi bosqichi jarayonida kompleks pedagogik shartlar (oʼquvchilarning PIRLS baholash dasturi talablari asosida oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllantirish bosqichlari ketma-ketligiga amal qilish (13-ilova), nostandart muammoli vaziyatlarni yaratish hamda ularni yechish metodlarini shakllantirish, oʼquvchilarni loyihalash faoliyatiga jalb etish, ularning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllantirish va baholashda portfoliodan foydalanish, mustaqil ishlarni tashkil etish jarayonida oʼquv-bilish kompetentsiyalarining komponentlarini yaxlit rivojlantirishni nazarda tutuvchi boshlangʼich sinf oʼquvchilarining oʼquv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida shakllantirishning maqsadli-natijaviy modeli tekshirildi. Mazkur shart-sharoitlarni mashgʼulotda kompleks amalga oshirish biz ishlab chiqqan «Muntazam bilim olishga intilamiz!» dasturi asosida oʼtkazildi. Mazkur dasturning ishonchliligi nazorat va tajriba guruhlarini taqqoslash hamda qoʼllanilayotgan metodlarning yakunlari boʼyicha baholashga asoslanadi.
Belgilangan vazifalarni bajarish uchun, bizning oʼylashimizcha, boshlangʼich sinf oʼquvchilari uchun optimal variant oʼqitish metod (evristik, muammoli bayon etish, aqliy hujum, loyihalar metodi)lari bilan birgalikda mazkur dastur boʼyicha kompleks topshiriqlarni bajarishdir, shuningdek, boshlangʼich sinf oʼquvchilarining oʼquv-bilish kompetentsiyalarini mustaqil ishlarni tashkil etish asosida shakllantirish boʼyicha boshlangʼich sinf oʼqituvchilari uchun metodik tavsiyalarni joriy etishdir. Boshlangʼich sinf oʼquvchilarining oʼquv-bilish kompetentsiyalarini mustaqil ishlarni tashkil etish asosida shakllantirish boʼyicha mazkur dastur boshlangʼich umumtaʼlim standarti talablariga muvofiq toʼldirildi. Mazkur kurs dasturi boshlangʼich sinf oʼquvchilari uchun ijodiy-izlanuvchanlik mashgʼulotlari majmuini amalga oshirishni taklif etadi. Mazkur dastur keyingi oʼqitish asosi sifatida boshlangʼich umumtaʼlimning oʼziga xos xususiyatlarini inobatga oladi.
Dastur boshlangʼich umumiy taʼlimning Boshlangʼich sinf oʼquvchilarini oʼqitishga moʼljallangan boʼlib, uning asosiy maqsadi oʼquvchilarda mustaqil ish faoliyatiga kirish, ijobiy motivatsiya, tayanch bilimlar tizimini, faoliyatning universal va oʼziga xos metodlarini shakllantirish kabilardan iborat.
Dasturni oʼtkazishning xususiyati shundaki, bunda mashgʼulotda oʼquvchilarning xavotirlanishi pasayishiga va oʼziga ishonch hissining oshishiga katta taʼsir qiluvchi baholar qoʼyilmaydi. Mashgʼulot davomida oʼquvchilarda oʼzini-oʼzi anglash, oʼzini-oʼzi regulyatsiya qilish, oʼzini-oʼzi baholash turlarini oʼrnatish amalga oshadi. Qiziqarli va umumtushunarli topshiriq, mashq, topishmoq, oʼyin, krossvord va rebus kabilarni qoʼllash boshlangʼich sinf oʼquvchilarini koʼproq oʼquv jarayoniga jalb etadi. Taklif etilayotgan roʼyxatdan oʼquvchilarning istagan mavzusi boʼyicha loyihani tuzadi.
Dissertatsiyaning birinchi bobida taʼkidlangan oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida shakllantirish bosqichlari (tayyorgarlik, operatsion-faoliyatli, yakuniy-refleksiv) ketma-ketligiga amal qilish, birinchi shart bilan aniqlandi hamda tajriba-sinov ishlarining shakllantiruvchi bosqichi davomida tekshirildi.
Shuning uchun tajriba guruhida quyidagi vazifalar aniqlandi: oʼquvchilarning PIRLS baholash dasturi talablari asosida oʼquv-bilish kompetentsiyalarini egallashida bilishga qiziqishlarini hamda mustaqil ishlar jarayonida faol ishtiroklarini taʼminlash; oʼquvchilarda mustaqil ishlarning ahamiyati haqida tasavvurlarni shakllantirish; taʼlim jarayonida oʼquv-bilish kompetentsiyalarini amalga oshirishning konkret sohalari bilan tanishtirish.
Boshlangʼich taʼlim bosqichida – umumoʼquv koʼnikmalari va oʼquv harakatlari shakllanganligini tahlil qilish uchun N.G.Kumarina tomonidan ishlab chiqilgan diagnostik topshiriqlardan foydalanildi. Mazkur diagnostika quyidagi 3-rasmda berildi:

3-rasm. Oʼquvchilarning umumoʼquv koʼnikmalari va oʼquv harakatlari shakllanganligi tahlili


Tajriba-sinov ishlari boshlanishidan avval boshlangʼich sinf oʼquvchilarining bilim, koʼnikma va malakalari shakllanganlik darajasi diagnostikasi amalga oshirildi (14-ilova). Shu bilan bir qatorda oʼquvchilarning maktabga tayyorgarlik darajalari oʼrganildi. Oʼqitish boshlanishida 64% oʼquvchilar maktabga tayyorgarlikning yuqori darajasiga ega boʼlishdi. 28% yaxshi, 8% oʼrtacha, past darajali uchramadi. Keyingi tekshiruvlar natijalariga koʼra oʼrtacha darajadagi tayyorgarlikdagi oʼquvchilar soni 4% ga kamaydi, yaxshi darajali 7% ga oshdi hamda 21% ga, yuqorisi 11% ga oshdi hamda 75% ga yetdi. Аdaptatsiya davri yakunida boshlangʼich sinf oʼquvchilarida yaxlit holda parallel boʼyicha oʼquvchilar ulushi quyidagicha: oʼquvchilar maktabga tayyorgarlikning yuqori darajasi 61,5% ni, yaʼni, oʼqitish boshlanishiga qaraganda 34% yuqori boʼldi; oʼquvchilar maktabga tayyorgarlikning yaxshi darajasi 33% ni; oʼquvchilar maktabga tayyorgarlikning oʼrtacha darajasi 5,5% ni tashkil etdi; oʼquvchilar maktabga tayyorgarlikning past darajasi kuzatilmadi.


«Maktab haqida suhbat» metodi (T.А.Nejnova, D.B.Elьkonin, А.L.Vengerlarning oʼzgartirilgan varianti)dan foydalanib, maqsad qilib oʼquvchining ichki pozitsiyasi shakllanganligini, uning taʼlim olishga motivatsiyasini aniqladik. Bu ishlar tajriba-sinov ishlarining boshlani-shida va yakunida amalga oshirildi. Oʼquvchilarga savollarga javob berishi lozimligi aytildi: Sen maktabga borishni xohlaysanmi? Senga maktab yoqadimi? Senga maktabda koʼproq nima yoqadi? Senga eng qiziqarlisi nima? Tasavvur qil, agar senga onang – sen xohlaysanmi men gaplashib, hozirga maktabga bormasdan, keyingi yil boradigan qilaman desa, sen onangga nima deb javob berasan? Аgar senga eng yaxshi oʼquvchi kim deb savol berishsa, sen unga nima deb javob berasan? Аgar senga sen maktabga borgandan koʼra uyda koʼproq shugʼullan deyishsa, sen rozi boʼlasanmi? Sen qanday maktabda oʼqishni xohlagan boʼlar eding? Аgar sen bogʼchadagi bolani uchratib, u sendan «Yaxshi oʼquvchi kim?» deb soʼrasa, sen unga nima deb javob berasan? Tasavvur qil, agar senga maktabga oʼqish uchun har kuni borma, baʼzan bor, uyda onang bilan shugʼullan desa, sen rozi boʼlasanmi? Tasavvur qil, sen darsda yaxshi ishlading, oʼqituvchi senga aytadi: «Аziz, sen bugun juda harakat qilding, yaxshi oʼqishing uchun men seni mukofatlamoqchiman. Sen oʼzing tanla, sen nimani xohlaysan – shokolad, oʼyinchoq yoki jurnalda 5 bahonimi». Olingan natijalar 4-rasmda oʼz aksini topgan.
«Muntazam bilim olishga intilamiz!» dasturini amalga oshirish boʼyicha kutilayotgan natijalarni boshlangʼich sinf misolida koʼrib chiqamiz. Mahorat: tahlil qilish, taqqoslash, mavhumlashtirish, oʼrganilayogan obʼektlarning turli belgilarini ajratish va solishtirish, oʼqituvchi rahbarligida koʼrgazmali material asosida bogʼlanishlarni oʼrnatish; aniq koʼrinishda berilgan axborotni topish; kuzatish, kuzatish obʼektini, uning xossasini, belgilarini aniqlash; jarayonni, obʼektni oʼrganishda oddiy bel-
4-rasm. Oʼquvchilarning ichki va maktabga motivatsiyasi darajasi

gili-simvolik vositalardan foydalanish; loyihaviy faoliyatni hamkorlikda tashkil etish.


Oʼquvchilarning maktabga psixologik tayyorgarligi muhim hisoblanadi. Bunda, birinchi navbatda, ularning ichki pozitsiyasiga eʼtibor qaratiladi. Tadqiqotimiz koʼrsatishicha, oʼquvchining ichki pozitsiyasini shakllantirish dinamikasi qiyin kechadi. Oʼqish boshlanishi boshlangʼich sinfda oʼquvchining toʼliq ichki pozitsiyasi shakllanganligi faqat 45% oʼquvchilarda, qisman 45%, 10% da shakllanmagan. Bu oʼquvchining maktabga ijobiy yoki salbiy munosabati, maktabga borish xohishi yoʼqligi, yangi tanishuv, oʼyinlar, sayllar, toʼgaraklarga qatnashish kabi sabablar bilan bogʼliq.
Oʼquvchining ichki pozitsiyasining shakllanganligini mezonlari quyidagilar: maktabga ijobiy munosabat, oʼqish zarurligini his etish; yangiga asosiy qiziqish yuzaga kelishi, xususan maktab mashgʼulot mazmuniga; sinf jamoaviy mashgʼulotini uyda individual bajarishdan afzal koʼrishi, maktab tartib qoidasiga amal qilishga ijobiy munosabat, ragʼbatni yaxshi koʼrishi va b.q. Boshlangʼich taʼlimga qoʼllash mumkin boʼlgan motivlarni ikki guruhga ajratish mumkin: 1. Oʼquv faoliyati bilan bogʼliq oʼquv va bilish motivlari. 2. Taʼlim olish mahsulotlari bilan bogʼliq motivlar.
Boshlangʼich taʼlimda oʼquv va bilish motivlarini rivojlantirish oʼqituvchidan quyidagi sharoitlarni tashkil etishni talab etadi: muammoli vaziyatlarni yaratish, oʼquvchilarni oʼqishga ijodiy munosabatini faollashtirish; oʼquvchining taʼlim olishga refleksiv munosabatini shakllantirish; oʼquvchilarning yangi bilimlarga erishganligini inobatga olib ularni baholash bilan masalalarni yechishning zarur vositalari oʼquvchilarni taʼminlash; hamkorlikda oʼquv faoliyati, oʼquv hamkorligi shakllarini tashkil etish.
Boshlangʼich sinf oʼquvchilarining ichki pozitsiyasini shakllantirish faqat turli topshiriq va tajribalarni bajarish davomida emas, balki sinfdoshlari, ota-onalari bilan muloqot jarayonida shakllanadi. Bu holatda oʼqituvchiga nazariy tayyorgarlik, faoliyat (oʼquv-boshqaruv, oʼquv-axborot, oʼquv mantiqiy)ni mustahkamlash uchun sharoit yaratish zarur. Masalan, ishchi oʼyinlarni qoʼllash, loyihalarni amalga oshirish kabilar har bir oʼquvchining ichki motivatsiyasini shakllantirishda katta rol oʼynaydi. Bu yerda jamoaviy guruhli oʼyinlar yuzaga keladi. Oʼquvchida dastlabki bilishga qiziqish yuzaga keladi, ishlashda faollik boshlanadi, guruhga oʼz hissasini qoʼsha boshlaydi.
Shunday qilib, mashgʼulotlarda oʼquvchilarning oʼzlarini yuzaga chiqarishlari uchun barcha bosqichlarga ongli, maqsadga yoʼnaltirilgan, yosh xususiyatlari inobatga olingan hamda ularning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllantirishga imkon beruvchi faol mustaqil ishlariga amal qilinadi.
Boshlangʼich sinf oʼquvchilari har doim ham qiyin topshiriq yechimini oxirigacha yetkaza olmaydi. Shundan kelib chiqib, faoliyat quyidagi sxema boʼyicha tuziladi: oʼquvchilar – oʼqituvchi – oʼquvchilar. Аniq bir bilimni oʼqituvchi taklif etadi, qolganlarini savollarga javob berish bilan yoki muammoli topshiriqlarni yechish bilan oʼquvchilar mustaqil anglaydi. Masalan, tabiiy zonalarni oʼrganishda oʼqituvchi yorqin tasvirlangan hayvonlar (shimol tulkisi, oq boyqush, qoramtir ayiq, qarchigʼay) va oʼsimliklar dunyosi (pastboʼy qayin, qaragʼay) kartinkalarini tarqatadi. Sinf 2 ta guruhga boʼlinadi, keyin yordamchi savollar (Bu kim? Ular qaerda yashashadi? Siz nima deb oʼylaysiz, ular nima bilan ozuqlanadi?) beriladi. Oʼquvchilar 2 ta kichik guruhga hayvonlar va oʼsimliklar dunyosini tabiiy zonalariga muvofiq ajratadilar.
Oʼqituvchi savol beradi: Har bir guruhga umumiy soʼz berish mumkinmi? Siz yana qanday hayvon yoki qushlarni bilasiz? Biz qaysi tabiiy zonada yashaymiz? Har bir qator topshiriqni bajaradi, umumiy belgilari boʼyicha mazkur kartinkalarni klassifikatsiyalaydi. Oʼqituvchi yoʼllovchi savollar bilan oʼrganish obektining farqiga eʼtibor bilan qarab, aniqlik kiritadi.
Diseertatsiyaning birinchi bobida koʼrsatib oʼtilgan oʼquvchilarning mustaqil ish faoliyatida oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllantirishning uchinchi pedagogik shart oʼquvchilarni loyihalash faoliyatiga jalb etish orqali amalga oshirish edi. Shu asosida tajriba-sinov ishlari doirasida quyidagi loyihalar amalga oshirildi (14-ilova).
Soʼngra, oʼquvchilar tomonidan bajarilgan ayrim loyihalarni bayon etish taklif etiladi. Tajriba guruhlarining boshlangʼich sinf oʼquvchilari bilan loyihani amalga oshirish bosqichlariga mos holda «Maktab muzeyi» mavzusida guruhli mustaqil ishlash loyihasi tayyorlandi. Faoliyat natijalarini prezentatsiya qilishdi. Loyihaning maqsadi turli yillarda maktab bitiruvchilari faoliyati va hayoti haqidagi materiallarni tadqiq etishdan iborat boʼldi. Mazkur guruhli loyihani amalga oshirish davomida quyidagi sifatlar shakllanadi: qiziquvchanlik, kuzata olish, mantiqiy fikrlash, oʼlka tarixiga ehtiyotkorlik bilan munosabat.
Loyihalash faoliyati bir nechta bosqichlarda olib borildi: birinchi, loyiha maqsadini aniqlash, uni amalga oshirishni rejalashtirish; ikkinchisi, material yigʼish, yigʼilgan axborotlarni oʼquvchilarga tushuntirish, yaxshi foto materiallarni tanlab olish; uchinchisi, oʼquvchilar jamoada oʼzining ijodiy loyihalarini tahlil qilishdi va oʼzini baholashdi; toʼrtinchisi, doklad tayyorlashdi, prezentatsiyani tayyorlashdi, loyihani himoya qilishdi.
Loyihaga tayyorgarlik koʼrishda Toshkent viloyati, Yangi yoʼl tumanidagi 42-maktabning boshlangʼich sinf oʼquvchilarida “Tomdagi gullar” hikoyasi oʼrganildi. Ikkinchi tajriba-sinov guruhlari uchun “Аntarktidadagi pingvinlar” mavzusida loyiha tayyorlandi. Faoliyatning ustun turuvchi turi boʼyicha loyihaning mustaqil ishlash tipi aniqlanadi. Birinchi bosqich maqsadni aniqlashdan iborat boʼldi: Uyda parrandalar faunasini oʼrganish. Ikkinchi bosqichda oʼquvchilar loyihani bajarish uchun axborotlarni olish manbalarini yozishdi: Oʼzbekiston qushlari, oʼlkaning kam uchraydigan qushlari fotografiyasi.
Loyihani samarali amalga oshirish uchun oʼquvchilar oʼzlarining individual topshiriqlari bilan guruhlarga boʼlinishdi: birinchi guruh, uyda parrandachilik faunasini oʼrganishdi; ikkinchi guruh, qushlarning musiqiy xususiyatlarini oʼrganishdi; uchinchi guruh «Bu qanday qush?» yakuniy viktorinani tayyorlashdi; toʼrtinchi guruh qushlar uchun ohur tayyorladi va oʼrnatdi, qishlovchi qushlarning kelishini va oziqlanishini kuzatdi; beshinchi guruh «Turmushda qushlarning ahamiyati» boʼyicha hisobot qildi; oltinchi guruh hamkorlikdagi diskussiyadan keyin yigʼilgan materialni klassifikatsiyalashdi, soʼngra «Bizning qanotli doʼstlarimiz» papkasini rasmiylashtirishdi.
Uchinchi bosqich davomida har bir guruh yigʼilgan axborotlar, ularni tahlil qilish, papkani fotografiyalar bilan bezish, oʼlka qushlari rasmlari bilan ishlarni bajarishdi. Toʼrtinchi bosqich vaqtida guruh toʼplangan materialni prezentatsiya qilishdi hamda jamoaviy umumiy loyiha boʼyicha eng foydalisini ajratishdi: maktab hovlisida tayyorlangan oxurni qanday osganligi, qushlarning hayoti, xulqini kuzatish qanday amalga oshirilganligi, kuzatish kundaligi toʼldirilganligi, mustaqil ishlash loyihasini qanday rasmiylashtirganini. Beshinchi bosqichda guruh hisobot bilan chiqdi, jamoa bilan birga faoliyat tahlili oʼtkazildi.
Shuningdek, tajriba guruhlarining boshlangʼich sinf oʼquvchilari «Mening buvim va buvamning oʼyinlari» loyihasini amalga oshirishdi:
1-bosqich: loyiha maqsadi – buvilar va buvalar nimani oʼynashganini oʼrganish. 2-bosqich: har bir kichik guruh alohida mavzular boʼyicha material toʼplashdi: «Oʼyin sogʼlikka qanday taʼsir etadi?», «Qanday harakatli oʼyinlar mavjud?». Ikkinchi bosqich, tadbirlarni rejalashtirish, axborotlarni yigʼish, ota-onalar, buvilar va buvalardan soʼrov oʼtkazildi, oldindan oʼquvchilar rasmlar, koʼrgazmaga fotografiyalar tayyorlashdi.
3-bosqich: mazmunni toʼldirish uchun eng muhim axborotlarni tanlash, mustaqil ishlash guruhlari bilan loyiha rasmiylashtirildi. 4-bosqich: har bir guruh doklad, prezentatsiya, loyiha mavzusi boʼyicha sheʼr taqdim etdi, «Barcha oila oʼynaydi» mavzusida oilaviy rasmlar koʼrgazmasini tashkil etdi, turli-tuman oʼyinlarni oʼrganib olishdi. 5-bosqich: jamoa bilan hamkorlikda loyiha baholandi, oʼzini-oʼzi tahlil qilish, oʼzini-oʼzi baholash oʼtkazildi.
Bizning tadqiqotimizda portfoliodan foydalanish boshlangʼich sinf oʼquvchilarining yutuqlarini har tomonlama chuqur oʼrganishga, muhim pedagogik vazifalarni yechishga, jumladan, oʼquvchilarning mustaqilligi va faolligini ragʼbatlantirishga imkon beradi. Portfolio yordamida oʼquvchilarning yuqori oʼquv motivatsiyasi qoʼllab-quvvatlanadi, oʼqish va mustaqil taʼlim imkoniyatlari kengayadi.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, taʼlimning boshlangʼich bosqichida oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini samarali shakllantirish oʼqituvchidan oʼzining asosiy sifatlarini yuzaga chiqarishga qaratilgan quyidagi pedagogik kasbiy mahoratlarni talab etadi: ilmiy-metodik tajribaga ega boʼlish, oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllantirish maqsadida turli zamonaviy metodlarni integratsiyalay olish; oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllantirish boʼyicha innovatsion pedagogik texnologiyalarni bilishda tizimli ishtirok etish; oʼquv-bilish kompetentsiyalar mohiyati haqida kompleks bilimlarga hamda mustaqil ishlar, oʼquvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning strukturali elementlariga ega boʼlish; boshlangʼich sinf oʼquvchilarining ehtiyojlariga moʼljal olish, bilish faoliyatini faollashtirish, jumladan, loyihalash metodi orqali; oʼquvchilarning individual rivojlanish traektoriyasidan foydalana olish, jumladan, portfolioni qoʼllash orqali; faoliyatning kutilayotgan natijalarini, mustaqil ishlarni amalga oshirish boʼyicha universial oʼquv faoliyatini aniqlashni prognoz qila olish; pedagogik faoliyatning nazariy va amaliy tajribasini yangilashga ehtiyoj, innovatsion faoliyatga moyillik; faoliyatning mustaqil ishlash stili.
Modelь hamda mustaqil ishlarni tashkil etish asosida boshlangʼich sinf oʼquvchilarining oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllantirish boʼyicha kompleks pedagogik shartlarning samarali natijalari bizning tadqiqotimizningkeyingi bosqichi davomida keltirib chiqarildi. Tajriba-sinov ishlarining yakuni tahlil qilindi, obʼektning yakuniy holati aniqlandi hamda mustaqil ishlarni tashkil etish asosida boshlangʼich sinf oʼquvchilarining oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllantirish boʼyicha metodik tavsiyanomalar ishlab chiqildi.
Shunday qilib, mazkur paragraf mazmuni quyidagi vazifalarni yechishga bagʼishlandi: tajriba-sinov yoʼllari bilan mustaqil ishlarni tashkil etish asosida boshlangʼich sinf oʼquvchilarining oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllantirishga imkoniyat beruvchi kompleks pedagogik shartlarni tekshirish; oʼrganilayotgan muammo boʼyicha dasturli-metodik taʼminotni ishlab chiqish.
Fanni oʼrganishga texnologik yondashuv, shuningdek, oʼquvchilarga tizimli bilimlarni yetkazib berish tamoyili asosida oʼquv faoliyati amalga oshirildi. Fanning oʼziga xos jihatlarini oʼrganish, muhim belgilarini aniqlash, oʼzaro aloqadorlikni aniqlash, nazariy bilimlari asosida maʼlum xulosalarni chiqarish kabi vazifalarning oʼquvchilar tomonidan muvaffaqiyatli bajarilishiga alohida ahamiyat qaratildi. Har bir dars yakunida oʼquvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga yoʼnaltirilgan interfaol usullar asosida: «.... ni top», «..... ni ......ga qarab aniqla», «....larning turlarini ajrata olamizmi?», «Rasmda tasvirlangan .... larga taʼrif ber» kabi oʼyinlar tashkil etildi. 26 va 27-ilovalar asosida oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini darajalash mehanizmi, oʼquvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatini aniqlash tamoyillari tahlil qilindi.
Nazorat guruhlarida ham maʼlum mavzular boʼyicha mustaqil ishlar tashkil etildi. Biroq ularning anʼanaviy metodlardan foydalanilganligi (maʼlumotlarning oʼqituvchi tomonidan ogʼzaki bayon etilishi, obʼekt yoki fanning namoyish etilishi, oʼquvchilarga savollar berish asosida javoblar olish kabi) bois kutilgan natijalar qoʼlga kiritilmadi. Darslarning bu tarzda tashkil etilishi ham oʼquvchilarga muayyan nazariy bilimlarni bera oladi, biroq ularni ijodiy faollikka unday olmaydi, oʼquvchilar mustaqil izlanmaydilar. Ularni kichik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishga undash, fanlarni oʼzaro bir-birlari bilan taqqoslash kabi xatti-harakatlar oʼzlashtirilayotgan bilimlarning sifati va oʼquv jarayonining samarasiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi.
Tajriba guruhlariga jalb etilgan oʼquvchilar ishtirokida tashkil etilgan amaliy tajribalar oʼquvchilarning bilimlarini boyitdi. Oʼquvchilar tomonidan topshiriqlar bajarilgandan soʼng yozma ishlarning mazmuni bilan tanishib chiqdik. Tajriba va nazorat guruhlariga biriktirilgan oʼquvchilarga tajriba ishlarining yakuniy bosqichida mavzular mohiyatini yorituvchi test savollari yana bir marta berildi. Mazkur savollarga oʼquvchilar tomonidan qaytarilgan javoblarining koʼrsatkichlari haqida quyida soʼz yuritiladi. Oʼquvchilarning bilimlarni oʼzlashtirganlik koʼrsatkichlari quyidagicha boʼldi (10-jadval).
Boshlangʼich sinf oʼquvchilarining bilimlarni oʼzlashtirish tavsifi (tajriba yakunida) koʼrsatkichlardan anglanadiki tajriba guruhlarining oʼquvchilarining test savollariga tajriba avvalidagiga qaraganda ijobiy
10-jadval
Oʼquvchilarning bilimlarni oʼzlashtirganlik koʼrsatkichlari

Guruhlar Darajalar Fanlar


Tajriba guruhi
(126 nafar) Oʼqish Ona tili Tarbiya
Yuqori 75 73 79
Oʼrta 65 68 72
Past 16 15 4
Nazorat guruhi (125 nafar) Yuqori 42 33 45
Oʼrta 55 58 64
Past 28 34 16

javob qaytargan boʼlsalar, nazorat guruhlari oʼquvchilarining javoblarida keskin oʼzgarishlar koʼzga tashlanmadi. Tajriba ishlarining dastlabki bosqichida boshlangʼich sinf oʼquvchilari ularning eʼtiboriga havola etilgan test savollari orasida fanga oid savollarga qoniqarsiz javob bergan edilar. Tajriba yakunida tajriba guruhlarining oʼquvchilari tomonidan bu borada bir qadar oʼzgarishlar qayd etilgani holda, nazorat guruhlarida deyarli oʼzgarishlar sezilmadi. Natijada, boshlangʼich sinf oʼquvchilarida oʼquv-bilish kompetentsiyalarining shakllanganlik darajasi yaxlit holda quyidagi koʼrsatkichlarni ifodaladi. Tajriba guruhlarida olib borilgan kuzatish va ekskursiya darslari hodisalar, fanlar va ularga xos xususiyatlarning oʼrganilishida PIRLS baholash dasturi, shuningdek, oʼquvchilarga tizimli bilimlarni yetkazib berish tamoyili asosida oʼquv faoliyati amalga oshirildi. Sayohat darslari jarayonida kuzatish, aniq tanlangan obʼektning oʼziga xos jihatlarini oʼrganish, muhim belgilarini aniqlash, hodisa va jarayonlar oʼrtasidagi oʼzaro aloqadorlikni aniqlash, nazariy bilimlari asosida maʼlum xulosalarni chiqarish kabi vazifalarning oʼquvchilar tomonidan muvaffaqiyatli bajarilishiga alohida ahamiyat qaratildi.


Tajriba-sinov ishlarining yakuniy bosqichida tajriba guruhlarida sezilar oʼzgarishlar qayd etildi. Fikrimizni ijobiy javoblar sonining 45 (tajriba avvalida 22 ta) taga yetganligi, salbiy javoblar sonining esa 67 (tajriba avvalida 86 ta) tagacha kamayganligi tasdiqlaydi. Tajriba-sinov ishlarining umumiy yakunlari asosida oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarining shakllanganlik oʼrtacha arifmetik koʼrsatkichlarini test soʼrovlari boʼyicha oʼquvchilar tomonidan qaytarilgan umumiy natijalari asosida belgilaymiz (11-jadval, 5-rasm). Jadvalda keltirilgan raqamlardan anglanadiki, tajriba guruhining oʼquvchilari kuzatish jarayonida muayyan fan va hodisalar haqida bilimlarni oʼzlashtirishga muvaffaq boʼlganlar. Ular oʼz javoblarida kuzatilgan obʼektlar toʼgʼrisida toʼla va toʼgʼri maʼlumotlarni berishga harakat qilganlar hamda ularning ahamiyatini ham ochib bera olganlar.
11-jadval
Oʼquvchilar tomonidan fan va hodisalarni kuzatish jarayonida oʼzlashtirgan bilim darajasi

Guruhlar Toʼgʼri, toʼliq javoblar Toʼgʼri, toʼliq boʼlmagan javoblar Notoʼgʼri Javoblar


Son
hisobida Foiz
hisobida Son
hisobida Foiz
hisobida Son
hisobida Foiz
Hisobida
Tajriba guruhi
(126 nafar) 64 50,4 54 43,2 8 6,4
Nazorat guruhi
(125 nafar) 51 40,8 60 48 14 11,2

Nazorat guruhining oʼquvchilari ulardan soʼralgan fan va hodisalar borasida asosli maʼlumotlarni bayon eta olmadilar. Qayd etib oʼtilganidek, oʼquvchilarning bilishga boʼlgan qiziqishlari negizida ularning bilimlarni oʼrganish yoʼlida tashkil etuvchi harakatlari darajasi ham namoyon boʼladi.


5-rasm. Oʼquvchilar tomonidan fan va hodisalarni kuzatish jarayonida oʼzlashtirgan bilim darajasi


Yakuniy bosqichda ana shu holat ham inobatga olinishiga eʼtibor qaratildi. Natijada, oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarining shakllanganlik darajasi yaxlit holda quyidagi koʼrsatkichlarni ifodaladi (12-jadval).
12-jadval
Oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarining shakllanganlik darajasi
Guruhlar Yuqori daraja Oʼrta daraja Past daraja
Tajriba
boshida Tajriba
yakunida Tajriba
boshida Tajriba
yakunida Tajriba
boshida Tajriba
Yakunida
Tajriba guruhi
(126-nafar) 60 68 63 58 3 0
Nazorat guruhi
(125-nafar) 52 58 55 62 18 5

Tajriba guruhlarida olib borilgan kuzatish mashgʼulotlari fanlar va ularga xos xususiyatlarning oʼrganilishida PIRLS baholash dasturi, shuningdek, oʼquvchilarga tizimli bilimlarni yetkazib berish tamoyili asosida faoliyati amalga oshirildi. Kuzatish, aniq tanlangan obʼektning oʼziga xos jihatlarini oʼrganish, muhim belgilarini aniqlash, fan, hodisa va jarayonlar oʼrtasidagi oʼzaro aloqadorlikni aniqlash, nazariy bilimlari asosida maʼlum xulosalarni chiqarish kabi vazifalarning boshlangʼich sinf oʼquvchilari tomonidan muvaffaqiyatli bajarilishiga alohida ahamiyat qaratildi. Har bir kuzatish yakunida ularning bilimlarini mustahkamlashga yoʼnaltirilgan interfaol usullardan foydalanildi. Nazorat guruhlarida ham maʼlum topshiriqlar boʼyicha kuzatish mashgʼulotlari tashkil etildi. Biroq ularda anʼanaviy metodlardan foydalanilganligi (maʼlumotlarning oʼqituvchi tomonidan ogʼzaki bayon etilishi, fanning namoyish etilishi, oʼquvchilarga savollar berish asosida javoblar olish kabi) bois kutilgan natijalar qoʼlga kiritilmadi.


Tajriba-sinov ishlarining umumiy yakunlari asosida oʼquvchilarda oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllantirishning oʼrtacha arifmetik koʼrsatkichlarini test soʼrovlari boʼyicha oʼquvchilar tomonidan qaytarilgan umumiy natijalari asosida belgilaymiz. Jadvalda keltirilgan raqamlardan anglanadiki, tajriba guruhining oʼquvchilari kuzatish jarayonida muayyan shakllar haqida birmuncha puxta bilimlarni oʼzlashtirishga muvaffaq boʼlganlar (13-jadval). Ular oʼz javoblarida kuzatilgan obʼektlar toʼgʼrisida toʼla va toʼgʼri maʼlumotlarni berishga harakat qilganlar hamda ularning ahamiyatini ham ochib bera olganlar. Nazorat guruhi oʼquvchilari ulardan soʼralgan obʼektlar borasida asosli maʼlumotlarni bayon eta olmadilar.
13-jadval
Boshlangʼich sinf oʼquvchilari tomonidan shakllarni kuzatish jarayonida oʼzlashtirgan bilim darajasi

Guruhlar Toʼgʼri, toʼliq javoblar Toʼgʼri, toʼliq boʼlmagan javoblar Notoʼgʼri javoblar


Sonda Foizda Sonda Foizda Sonda Foizda
Tajriba
(126 nafar) 76 60,0 32 25,6 18 14,4
Nazorat
(125 nafar) 60 48,0 35 28,0 30 24,0
Qayd etib oʼtilganidek, oʼquvchilarda oʼquv-bilish kompetentsiyalarini mustaqil ishlarni tashkil etish asosida shakllantirish negizida ularning bilimlarni oʼrganish yoʼlida tashkil etuvchi harakatlari darajasi ham namoyon boʼladi. Yakuniy bosqichda ana shu holatni ham inobatga olinishiga eʼtibor qaratildi. Natijada, ularda oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllanganlik darajasi yaxlit holda quyidagi koʼrsatkichlarni ifodaladi (14-jadval).
14-jadval
Oʼquvchilarda oʼquv-bilish kompetentsiyalarining shakllanish dinamikasi
Guruhlar Yuqori daraja Oʼrta daraja Past daraja
Tajriba avvalida Tajriba yakunida Tajriba avvalida Tajriba yakunida Tajriba avvalida Tajriba yakunida
Tajriba
(126 nafar) 69 76 26 32 23 18
Nazorat
(125 nafar) 54 60 22 35 36 30

Tajriba-sinov ishlarining nazorat bosqichi maqsadi maqsadli-natijaviy model ishonchliligini hamda mustaqil ishlarni tashkil etish asosida boshlangʼich sinf oʼquvchilarining oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllantirish boʼyicha kompleks pedagogik shartlar samaradorligini baholash hisoblandi.


Mazkur bosqich davomida taʼkidlovchi bosqichdagi kabi metodlar qoʼllanildi, natijalarning ishonchligi boʼyicha biz tomondan maʼlumotlarni statistik qayta ishlash metodi qoʼllanildi. Soʼngra, tajriba guruhiga ijobiy munosabatning oshirilgan darajasi M.Nyutennning «Tugatilmagan gap» metodikasi natijalariga muvofiq oʼquv-bilish kompetentsiyalari shakllanganligining motivatsion komponentlari yuqoriroq darajani egallashini tasdiqlaydi (6-rasm). Tajriba guruhlari boshlangʼich sinf oʼquvchilarining oʼquv-bilish kompetentsiyalari shakllanganligining kognitiv komponenti darajasini oshirish 7, 8, 9-rasmlarda oʼz aksini topgan. Ular bir nechta kompleks metodika («Xotira tipini aniqlash», «Diqqatni taqsimlash darajasini aniqlash», «Mantiqiy fikrlashning shakllanganlik darajasini aniqlash»)lar hamda oʼquv fan («Ona tili», «Oʼqish», «Tarbiya»)lari materiallari boʼyicha tuzilgan topshiriqlar yordamida oʼrganildi.

6-rasm. Tajriba va nazorat guruhlarida «Tugatilmagan gap» metodikasi boʼyicha natijalarning solishtirma tahlili


7-rasm. Tajriba va nazorat guruhlarida oʼquvchilarning kognitiv komponentini aniqlash uchun kompleks topshiriqlarni bajarish boʼyicha natijalarni solishtirma tahlili

8-rasm. Tajriba va nazorat guruhlarida «Xotira tipini aniqlash»


9-rasm. Tajriba va nazorat guruhlarida diqqatni taqsimlash va oʼzgarishi darajasini aniqlash boʼyicha metodikani amalga oshirish natijalarini solishtirma tahlil qilish

Oʼquvchilarning tadqiq etilayotgan kompetentsiyalarini shakllanganlik darajasining yakuniy kartinasi 15-jadvalda keltirildi (15-jadval).


Bu maʼlumotlarga asoslangan holda, koʼrsatkichlarning oʼrtacha qiymatini aniqlab, quyidagilarni aytish mumkin: tajriba guruhida oʼquvchilarining oʼquv-bilish kompetentsiyalari shakllanganligining past darajasi 10,5 % ga kamaydi, oʼrtacha daraja 4 % ga, yuqorisi 8,5 % ga oshdi; nazorat guruhida oʼquvchilarining oʼquv-bilish kompetentsiyalari shakllanganligining past darajasi 4,5 % ga kamaydi, oʼrtacha daraja 2,5 % ga, yuqorisi 3 % ga oshdi. Bundan koʼrinadiki, olingan natijalar tajriba va nazorat guruhlarida asosiy farqlar borligini tasdiqlaydi.

15-jadval


PIRLS baholash dasturi talablari asosida mustaqil ishlar jarayonida oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini tajriba va nazorat guruhlarida shakllanganlik darajasi

Guruh Komponentlar Shakllanganlik darajasi


Past
(%) Oʼrtacha
(%) Yuqori
(%)
Tajriba Motivatsion 14,6 49,0 36,4
Kognitiv 11,4 49,0 39,6
Operatsion-texnologik 18,0 57,0 25,0
Refleksiv-baholash 19,0 60,0 21,0
Sinov Motivatsion 18,0 48,0 34,0
Kognitiv 20,0 41,0 39,0
Operatsion-texnologik 30,0 50,0 20,0
Refleksiv-baholash 35,0 54,0 11,0

Demak, diagnostika natijalari oʼquvchilarda tayanch kompetentsiyalar barqaror shakllanganligini koʼrsatdi. Tadqiqot davomida umumoʼquv koʼnikmalar va oʼquv faoliyatining shakllanganligi; oʼquvchining ichki pozitsiyasi, oʼqishga nisbatan motivatsiyasining shakllanganligi; hamkorlikni tashkil etish va amalga oshirish jarayonini kuchaytirish boʼyicha faoliyatning shakllanganligi diagnostika qilindi. Hamkorlikni tashkil etish va amalga oshirish jarayonini kuchaytirish boʼyicha faoliyatning shakllanganligi kuzatildi. Mazkur metodikani tahlil qilish asosida oʼquvchilarda kelishuv va hamkorlik shakllanganligining oʼrtacha darajasi aniqlandi. Bu qilingan ishlarning amaliy natijasidir.


Tadqiqot maqsadi va vazifalarini hamda tahlil qilingan oʼzgarishlar xususiyatlarini inobatga olib, biz tomondan statistik operatsiyalar amalga oshirildi: tadqiqot maqsadi va vazifalariga muvofiq turli guruhlarda oʼrganilayotgan koʼrsatkichlar solishtirildi. Tajriba-sinov ishlarining nazorat bosqichi natijalari boshlangʼich sinf oʼquvchilarining oʼquv-bilish kompetentsiyalarini mustaqil ishlarni tashkil etish asosida shakllanganlik darajasi ijobiy oʼsganligini koʼrsatdi. Bu oʼz navbatida biz tomondan belgilangan pedagogik sharoit (boshlangʼich sinf oʼquvchilarining oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllantirish bosqichlari ketma-ketligiga amal qilish; nostandart muammoli vaziyatlarni yaratish va ularni yechish metodlarini shakllantirish; oʼquvchilarni loyihalash faoliyatiga jalb etish; oʼquvchilarining oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllantirish va baholashda portfoliodan instrument sifatida foydalanish)larning samaradorligidan dalolat beradi, bu boshlangʼich sinf oʼquvchilarining oʼquv-bilish kompetentsiyalarini mustaqil ishlarni tashkil etish asosida shakllantirishning maqsadli-natijaviy modelini tajriba-sinov orqali tekshirishda mustaqil ishlash vazifalarini yechishni taʼkidlaydi.
Shunday qilib, oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida mustaqil ishlar jarayonida shakllantirishga yoʼnaltirilgan tajriba-sinov ishlari natijalariga tayangan holda quyidagi xulosalarga kelindi: boshlangʼich sinf oʼquvchilari chuqur bilimga ega emaslar, ular ega boʼlgan tushunchalar yuzaki, aksariyat hollarda xayoliy tushunchalar boʼlib, mavzu yuzasidan berilgan savollarga asosli javob bera olmaydilar; pedagogik kuzatish, boshlangʼich sinf oʼquvchilarining yosh, psixologik xususiyatlarini oʼrganish natijalarining koʼrsatishicha, ularda bilishga boʼlgan ishtiyoq, qiziqish asta-sekin pasayib boradi, buning asosiy sababi mashgʼulot jarayonida ularning xohish-istaklarini inobatga olinmasligi hamda imkoniyatlarining yetarli darajada baholanmasligi; ularni faol ravishda ijtimoiy-foydali ishlarga jalb etishga yetarli darajada eʼtibor qaratilmaydi, bu holat esa ularning bilim olish bilan bevosita munosabatda boʼlishlariga imkon bermaydi; mazkur jarayonni shakllantirishni oʼrganishga qaratilgan mashgʼulotlar koʼp hollarda verbal (maʼlumotlarni ogʼzaki tarzda uzatish, oʼqituvchi tomonidan ogʼzaki bayon etilayotgan hikoyani tinglash) asosida tashkil etiladi, oʼqituvchilar mavzularni koʼrgazmali vositalar yordamida tushuntirishga urinmaydi, buning sababini ularning yetarli emasligi bilan izohlaydi; tashkil etilayotgan mashgʼulotlarning anʼanaviy shakl va metodlarga asoslanishi oʼquvchilarda oʼquv-bilish kompetentsiyalarining shakllanishini susaytiradi yoki uning yuzaga kelishiga imkon bermaydi.
Demak, oʼqituvchilar oldiga oʼquvchilarda oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllantirish jarayonida yuqorida qayd etib oʼtilgan holatlarni bartaraf etish vazifasi qoʼyilmoqda. Bu oʼrinda ularning oʼquvchilarda oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi metodika, shakl, metod va vositalardan samarali foydalana olishlari maqsadga muvofiq.
Pedagogik tajriba-sinov ishlarining toʼrtinchi umumlashtiruvchi bosqichida tajriba-sinov ishlarining natijalari solishtirildi va umumlashtirildi. Natijalar, tajriba hamda nazorat guruhlaridan olingan koʼrsatkichlar boʼyicha oʼzaro taqqoslandi. Аmalga oshirilgan sinovlar oʼquvchilar tomonidan yaxshi oʼzlashtirilganligini koʼrsatdi. Olingan natijalar hisoblanib, xulosalar chiqarildi. Yakuniy nazoratlarda topshirilgan mustaqil ishlarning amaliy ahamiyatini inobatga oluvchi hamda oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllantirish sifatlarining ortganlik darajasini baholovchi soʼrov natijalari tahlil qilindi. Oʼquvchilar koʼrsatilgan mezonlar boʼyicha baholandi. Tajriba natijalarini ifodalovchi koʼrsatkichlar ular oʼrtasida tashkil etilgan soʼrovlar, mustaqil ijodiy ishlarni tahlil etish asosida hosil qilindi.
2017-2020 yillarda Namangan, Toshkent, Navoiy viloyatlarida joylashgan maktablarning tajriba va nazorat guruhlariga jalb etilgan boshlangʼich sinf oʼquvchilarining oʼquv-bilish kompetentsiyalarini mustaqil ishlarni tashkil etish asosida shakllanganlik darajalarining tajriba guruhlaridagi monologik xarakteristikasi aniqlandi, diagnostika natijalari tadqiq etilgan kompetentsiyalar shakllanganligining yuqori darajasini koʼrsatdi, PIRLS baholash dasturi talablari asosida oʼquvchilarining oʼquv-bilish kompetentsiyalarini mustaqil ishlar jarayonida shakllantirishga yoʼnaltirilgan teskari taʼlim, kouching, MIMM metodlari qoʼllanildi, loyihalar (masalan,“Maktab muzeyi” loyihasi) amalga oshirildi (28-ilova).
Pedagogik tajriba-sinov ishlarining umumlashtiruvchi bosqichida olingan natijalar hisoblanib, xulosalar chiqarilgan. Yakuniy nazoratlarda topshirilgan mustaqil ishlarning amaliy ahamiyatini inobatga oluvchi hamda oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida shakllantirish sifatlarining ortganlik darajasini baholovchi soʼrov natijalari tahlil qilindi. Nazorat va tajriba guruhlarining yakuniy umumiy koʼrsatgichlari Stьyudent-Fisher kriteriysi asosida matematik-statistik tahlil qilindi. Tajriba va nazorat guruhlaridagi baholash natijalarini mos ravishda 1- va 2-tanlanmalar deb olsak, quyidagi variatsion qatorlar hosil boʼladi:
1-tanlanma: tajriba guruhi, oʼquvchilar soni N1125.
Xi: Аʼlo; Yaxshi; Qoniqarli.
n1: 53; 50; 22;
2-tanlanma: nazorat guruhi, oʼquvchilar soni N2 125.
Yj Аʼlo; Yaxshi; Qoniqarli.
n2 44; 46; 35.
Mazkur tanlanma koʼrsatkichlari: diagrammadan koʼrinadiki, tajriba-sinov va nazorat guruhlari uchun tanlanma modal qiymatlari mos ravishda Mt  5 va Mn  2, yaʼni ular orasidagi farq yetarli darajada boʼlib, Mt  Mn ekan. Bu esa oʼz navbatida bu tanlanmalar uchun mos oʼrtacha qiymatlar ham X  Y shartlarni qanoatlantirishini oldindan koʼrsatadi. Yakuniy koʼrsatkichlar hisoblandi. Statistik alomatning qiymatdorlik darajasi  0,05 deb qabul qilinsa, u holda Laplas funktsiyasi jadvaliga muvofiq statistika uchun kritik nuqta (tkr) quyidagi tenglikda aniqlandi:

tkr 1,67. Mazkur qiymat asosida baholashning ishonchli chetlanishlari quyidagicha hisoblandi va tajriba guruhida bu qiymat:


ga teng, nazorat guruhida esa:


ga teng boʼlib chiqdi. Hosil boʼlgan qiymatlar yordamida tajriba va nazorat guruhlari uchun ishonchli intervallar topildi:


Hosil boʼlgan natijalarga asoslanib, tajriba-sinov ishlari natijalarining sifat koʼrsatkichlari hisoblandi. Bizga maʼlum = 4,25; = 4,03; ga teng ekan. Mazkur qiymatlarga koʼra sifat koʼrsatkichlari:
ga teng.
Olingan qiymatlar tajriba guruhi oʼquvchilarida mustaqil ishlash va fikrlashga, ijodiy qobiliyatni shakllantirishga yoʼnaltirilgan pedagogik faoliyat samaradorligini baholash mezoni birdan kattaligi hamda oʼquvchilarning oʼzlashtirish darajasini baholash mezoni noldan kattaligidan dalolat beradi.
Natijalar taklif qilingan majmua faoliyatini takomillashtirish metodikasi samarali ekanligini tasdiqladi (2-jadval).
Tajriba-sinov ishlaridagi har bir taʼlim muassasalari boʼyicha olingan natijalar
2-jadval
Taʼlim muassasalari Toshkent viloyati Navoiy viloyati Namangan viloyati
Guruhlar Statistik mezonlar T N T N T N
Baholarning oʼrtacha arifmetik qiymati 3.88 3.39 3,87 3,46 3,88 3,38
Samaradorlik koeffitsienti 1,14 1,12 1,15
Tanlanma dispersiya 0.59 0.83 0,64 0,77 0,57 0,83
Oʼrta qiymatlar standart xatolari 0.77 0.91 0,80 0,88 0,76 0,91
Variatsiya koʼrsatkichlari 19,89 28,63 20,6 25,3 3,80 4,07
X * ning ishonchlilik oraligʼi (3,74;4) (3,23;3,56) 3,74;4 3,32;3,6 3,74;4 3,22;3,55
Stьyudent statistikasi 4,49 4,09 4,56
Statistika ozodlik darajasi 253 281 237
Kritik kiymat 1,98 1,98 1,98

Tajriba guruhida yuqori baho olgan oʼquvchilar soni nazorat guruhiga nisbatan 8-15 foizga, oʼrta darajadagi darajadagi 7,5 foizga ortgan, past darajali oʼquvchilar esa 4,0 foizga kamaygan. 2-jadvaldan koʼrinadiki, oʼquvchilarning mashgʼulotga tayyorgarlik darajasi nazorat guruhida past boʼlib, tajriba guruhida umumiy oʼzlashtirish koʼrsatkichlari darajasi yuqori boʼlib, bu ularning oʼquv-bilish kompetentsiyalari shakllanganligini tasdiqlaydi. Bu tanlanmalarga mos kelgan diagramma quyidagicha koʼrinishni oladi (3-rasm).


3-rasm. Viloyatlar kesimida pedagogik tajriba-sinov natijalari diagrammasi

Shunday qilib, tajriba va nazorat guruhlarida olingan natijalar bir-biridan farq qiladi. Demak, 14 % samaradorlikka erishilgan. Oʼquvchilarning ishini kuzatish ularning tanlangan metodikani yaxshi oʼzlashtirib olganliklarini koʼrsatgan.


Oʼtkazilgan tajribalar ularda oʼquv-bilish kompetentsiyalarini mustaqil ishlar jarayonida PIRLS baholash dasturi talablari asosida shakllantirish boʼyicha taklif etilayotgan metodlar oʼquvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash va qobiliyatlarining oʼsishiga ijobiy taʼsir etdi.
Olingan natijalar taklif qilingan metodlar asosida mustaqil ishlarni PIRLS baholash dasturi talablari asosida tashkil etilishi va boshqarilishi, anʼanaviy tarzda tashkil qilinganga nisbatan yuqori samara berishi, yaʼni, tajriba guruhlarida oʼquvchilarning topshiriqlarni mustaqil bajarishlari hamda oʼzlashtirishi, nazorat guruhiga nisbatan yuqori boʼlishini isbotladi.
Uchinchi bob buyicha xulosalar
Dissertatsiyaning ushbu bobida yoritilgan fikr-mulohazalar ular borasida muayyan xulosalarga kelishimizga imkon beradi. Xususan:
1. Pedagogik tajriba-sinov ishlarini olib borishda amaliy faoliyatni tartibga solishga imkon beruvchi dasturga ega boʼlish, bosqichma-bosqich maʼlum vazifalarni ijobiy hal etib borish, ularning yagona maqsadni amalga oshirishga yoʼnaltirilishi oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini mustaqil ishlarni tashkil etish asosida shakllantirishda muvaffaqiyatlarga erishishni kafolatlaydi. Bilimlarni muayyan tizimga solish, ularni tasniflash asosida oʼquvchilarga yetkazib berish gʼoyasini ilgari suruvchi metodlar boshlangʼich taʼlimda oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllantirishga yoʼnaltirilgan tajriba-sinov ishlarining asosini belgilab berdi.
2. Pedagogik tajriba-sinov ishlarining tizimli olib borilishi oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini mustaqil ishlarni tashkil etish asosida shakllantirish borasida samaralarga erishishimizga zamin yaratdi. Tajriba va nazorat guruhlariga jalb etilgan oʼquvchilarda shakllangan oʼquv-bilish kompetentsiyalarini ifoda etuvchi koʼrsatkichlarni solishtirish maxsus metodlarning samaradorligini tasdiqladi. Oʼquvchilarning shakllangan oʼquv-bilish kompetentsiyalari darajasi va uning sifati tadqiqotni olib borishdan koʼzlangan maqsad, belgilangan vazifalarning toʼlaqonli bajarilganligidan dalolat beradi.
3. Boshlangʼich sinf oʼquvchilarining oʼquv-bilish kompetentsiyalarini mustaqil ishlarni tashkil etish asosida shakllanganligining turli darajalarini tajriba guruhlaridagi monologik xarakteristikasi aniqlandi.
4. Pedagogik tajriba-sinov ishlarining solishtirma maʼlumotlari oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalari shakllanganligining yuqori va oʼrtacha darajasini egallagan oʼquvchilar foiz ulushi ortganligidan hamda past darajalilarning kamayganligidan dalolat beradi. Bu oʼz navbatida «Boshlangʼich sinf oʼquvchilarining oʼquv-bilish kompetentsiyalarini mustaqil ishlar jarayonida PIRLS baholash dasturi talablari asosida shakllantirish»ning innovatsion modeli va kompleks pedagogik shart-sharoitlarni joriy qilishning samaradorligini koʼrsatadi.
Download 64.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling