Tabiat to‘g‘risida qadimgi sharq mamlakatlaridagi tasawurlar


Download 17.88 Kb.
Sana25.04.2020
Hajmi17.88 Kb.
#101265
Bog'liq
3-maruza


Tabiat to‘g‘risida qadimgi sharq mamlakatlaridagi tasawurlar

Organik olamning tarixiy rivojlanishi haqidagi ta ’limot XIX asr o ‘rtalarida yaratilgan bo‘lsa-da, biroq evolyutsion ta’Iimotga doir ba’zi m a’lum otlar, g'oyalar juda qadimgi davrlarga borib taqaladi. Organik olamning paydo bo‘lishi to'g'risidagi tasaw urlar ko‘p jihatdan tirik tabiatni biiish darajasiga bog'liq. Inson tabiatni ijtimoiy m ehnat faoliyatining dastlabki qadam laridanoq o ‘rgana boshlagan. Uning bu sohadagi tajribasi, bilimi foydali o‘simliklarni topish va ekish, yowoyi hayvonlarni ovlash va xonakilashtirish jarayonida to ­ bora ortib borgan, takomillashgan. Keyinchalik bu bilimlar turli tarixiy davr va ijtimoiy formatsiyalarda amaliy biologiya, tibbiyot, qishloq xo‘jalik sohasi bo‘yicha sekin-asta kengaya borgan. Qadimgi sharq mamlakatlarida yozilgan ba’zi asarlarda olamning moddiyligi, tabiat qonunlarining tabiiy xarakteri va tirik mavjudotlarning tabiiy ravishda vujudga kelishiga mansub ayrim fikrlar uchraydi. Chunonchi, Qadimgi Misrda ko‘p shifobaxsh 0‘simliklar, davolash vositalari, gigiena qoidalari m a’lum bo‘lgan, jarrohlikning nisbatan yuksak rivoji esa anatomiya asoslarini bilishga imkon berdi. Eramizdan 3000 yil muqaddam misrliklar bug‘doyning 3 turi, arpaning 3 turi, tariq, no‘xat, zig‘ir, tok va boshqa o ‘simliklarni ekkanlar. l l H indistonliklarning eram izgacha bo‘lgan davrdagi V III asrda yozilgan «Hayot kitobi» nom li asarida olam ning m oddiyligi va uning 5 ta elem ent (yer, suv, olov, havo, efir) dan iboratligi haqida fikr yuritiladi. Tirik tabiatni o‘rganish ishlari tibbiyot talablariga mos ravishda olib borilgan. Shu sababli, ular 760 ta xilma-xil shifobaxsh o ‘simlikni bilganlar. M urtakning rivojlanishi ustida olib borilgan dastlabki kuzatishlar ham qadimgi hindilarga tegishlidir. Bu o ‘sha davrda H indistonda anatom iya, embriologiya kabi fanlarning rivojlanish darajasi nisbatan yuqori ekanligidan dalolat beradi. Qadimgi Xitoyda ham tabiatshunoslik birm uncha rivojlangan. Qishloq xo‘jaligida almashlab ekish joriy etilgan. Yerlarni o ‘g‘itlashda, sug‘orishda birm uncha yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Eram izdan 3000—4000-yillar ilgari hayvonlarning yangi zotlarini (ot), o'sim liklarning navlarini (m anzarali o ‘simliklarni) chiqarishda tanlash usuli qo‘llanilgan. Qadimgi Xitoy tibbiyotida qo‘llaniIgan davolash usullarining ba’zilari (ninaterapiya, kuydirish yo‘li bilan davolash) hozirgacha ham aham iyatini yo‘qotgani yo‘q. Eram izdan oldin 298—238-yillarda yashagan xitoylik faylasuf Syun Szi odam bilan hayvonlar o'rtasidagi farq haqida gapirib, inson aql-idrokka ega, jam iyatda yashab, o ‘z harakatlarini birlashtiradi, bu esa o ‘ziga qaraganda kuchliroq bo‘lgan hayvonlar ustidan hukm ronlik qilishga, ulardan o ‘z m aqsadlarida foydalanishga im kon beradi, degan edi. 0 ‘simliklar bilan hayvonlar olam ini xitoylar qadim dan o ‘rganganlar. Ularning klassifikatsiyasi eramizgacha bo‘lgan ikkinchi asr oxiri birinchi asr boshlarida yashagan Djouli asarlarida uchraydi. U o ‘simliklarni 5 guruhga — danaklilar, qo‘zoqlilar, sharbatlilar, yotib o'suvchilar va butalarga b o ‘lgan. Hayvonlar ham 5 guruhga boMingan. U lar ju n bilan qoplanganlar, qanotlilar, zirh bilan qoplanganlar, tangacha bilan qoplanganlar va chig'anoq bilan qoplanganlar deb nomlangan. Qadimgi xitoylarning tasaw uriga ko‘ra, organizm larda bir form aning boshqa formaga o‘tishi nihoyatda turli-tum andir. 12

2. Tabiat haqida qadimgi Yunoniston va Rimdagi tasawurlar

Qadimgi sharq m adaniy merosi Qadimgi Y unoniston fani va m adaniyati rivojiga o‘z ta ’sirini ko‘rsatgan. Shu sababli ham Qadimgi Y unoniston tabiatshunos faylasuflaridan Fales, Anaksim andr asarlarida sharq diniy afsonalari bilan bir qatorda, tabiiy bilimlar asosida rivojlangan yangi ijtimoiy xo‘jalik amaliyoti ham o‘z ifodasini topgan. Ular barcha borliq asosida dastlabki materiya yotadi, tabiat doim o harakatda bo‘ladi, o‘zgaradi, degan g‘oyani ilgari surdilar. Eram izgacha bo‘lgan 530—470-yillarda yashagan G eraklit barcha borliq va tafakkur asosini qaram a-qarshiliklar kurashi tashkil etadi, koinot yaratilm agan u olov, havo, suv va yerning bir-biriga aylanishi natijasidir, degan. Organizmlarning tabiiy ravishda vujudga kelishi g‘oyasi keng o ‘rin oladi. Masalan, Fales barcha tiriklik suvdan, Anaksimen hayvonlar va odam dastlabki loyqadan, Anaksim andr esa hayvonlar nam likdan vujudga kelgan, odam dastlab baliqlarga o'xshagan ular esa o ‘z navbatida boshqa hayvonlar turidan paydo bo‘lgan, degan fikrlarni quw atlaganlar. Keyinchalik Qadimgi Yunon olim laridan Levkipp (eram ­ izgacha bo‘lgan 500—440-yillar) va Dem okrit (4 6 0 -3 7 0 - yillar) atomistik nazariyani yaratdilar. Bu nazariyaga ko‘ra, koinot jismlari, yer, undagi barcha borliq, shu jum ladan, tirik organizm lar atom lardan tashkil topgan. D em okrit fikricha, nam lik va loyqadan tabiiy yo‘l bilan tirik organizmlar paydo bo‘lgan. Eram izdan oldin V asrda yashagan shifokor va shoir Em pedokl (eram izgacha bo'lgan 483—423-yillar) tabiatning asosini 4 elem ent (suv, yer, olov va havo) tashkil etadi, ular doimiy, yo‘qolm ay bir-biriga qo‘shiladi va yana ajraladi, deb e’tirof etgan. Shunday qo‘shilish natijasi muvofiq va nom uvofiq bo‘lishi mumkin. Organlarning bir-biri bilan muvofiq 13 qo‘shilishidan norm al organizm lar paydo bo‘ladi va ular yashayveradi, nomuvofiq qo‘shilishidan esa anorm al organizmlar vujudga kelib, ular tezda nobud bo‘ladi. Y uqorida keltirilgan misollardan m a’lumki, qadimgi yunonlarda tabiat to ‘g‘risidagi bilimlar cheklangan, tor doirada bo‘lsa-da, lekin ular yirik falsafiy masalalarga yo‘naltirilgan. Y unon olimlaridan G ippokrat (eramizgacha bo‘lgan 460—477-yillar) va uning shogirdlari tibbiyot nazariyasini yaratishda biologiya bilim laridan keng foydalanganlar, tajriba va kuzatishlar olib borganlar. 0 ‘sha davrda anatom iyafiziologiya sohasidagi m a’lum otlar uncha puxta bo‘lmasligiga ham da ichki organlam ing tuzilishi va funksiyasi haqidagi tasaw urlarda kam chiliklar mavjudligiga qaramay, gippokratchilar biologiyaga oid ko‘p masalalarni hal etishga harakat qildilar. Ayniqsa, G ippokratning irsiyatga doir fikrlari diqqatga sazovordir. U ning irsiyat haqidagi tasaw uriga ko‘ra, erkak va ayolning urug‘i butkul organizmdan hosil bo‘ladi. B aquw at organizm dan kuchli, nimjon organizmdan kuchsiz nasi rivojlanadi. Agar ota organizmning urug‘i ona organizmnikiga qaraganda bir necha marta ko‘p bo‘lsa, nasi otaga, agar onaniki ko‘p bo‘lsa, onaga o'xshash bo'ladi. Qadimgi Y unonistonda tabiatshunoslikning rivojlanishi birinchi muallim nom ini olgan Aristotel (eramizgacha b o ‘lgan 384—322-yillar) hayvonlar klassifikatsiyasining asosini tuzgan, qiyosiy anatom iya, embriologiya sohasida dastlabki fikrlarni bayon etgan ham da organlar korrelyatsiyasi va tabiatdagi asta-sekin rivojlanish to ‘g‘risida ba’zi fikrlarni ilgari surgan. U ning fikricha, tabiat sekin-asta jonsiz narsalardan hayvonlar tom on rivojlanadi. Bu jarayonlar uzluksiz bo'lganligi uchun ular o ‘rtasidagi chegarani aniqlash qiyin. Aristotel — hayvonlarning 500 ga yaqin turini bilgan ham da hayvonot olam ining klassifikatsiyasiga asos solgan olim. U hayvonlarni klassifikatsiyalashda ularning ayrim xossalariga 14 emas, balki ko‘p belgilariga e ’tibor berish kerakligini e’tirof etgan. U barcha hayvonlarni 2 ta guruhga — «qonlilar» va «qonsizlar»ga bo‘lgan. Bu guruhlar hozirgi «umurtqali» va «umurtqasiz» hayvonlarga to ‘g‘ri keladi. «Qonlilar»ni 5 ta «katta avlod»ga ajratgan. Aristotelning katta avlodlari umurtqali hayvonlarning hozirgi sinflariga to ‘g‘ri keladi. «Qonsizlar»dan unga faqat 130 tu r m a’lum bo‘lgan. Olimning uqtirishicha, bir qancha formalar (meduza, aktiniya, dengiz yulduzlari va bulutlar) tuzilishiga ko‘ra, oraliq xarakterda bo‘lib, bir tom ondan, shilliq qavatlilarga, ikkinchi tom ondan esa o ‘simliklarga yaqin turadi. Shuning uchun ham Aristotel ularni zoofitlar deb atagan. Aristotelning «Hayvonlar tarixi», «Hayvonlar tanasining qismlari haqida», «Hayvonlarning paydo bo'lishi haqida» nomli asarlarida klassifikatsiya asoslari, har bir hayvonlarning tuzilishini qiyoslash prinsiplari, antik embriologiya asoslari yoritilgan. U Aflotun idealizmini tanqid qilsada, materiya passiv, harakatlanish kuchiga ega emas, lekin unda aktivlik, rivojlanish imkoniyatlari bor, shu im koniyatlarning ro‘yobga chiqishi uchun shakllanliruvchi m anba — entelexiya zarur, degan fikrni bayon etgan. Entelexiya—bu m a’lum maqsadlarni ko‘zlovchi sabab, rivojlanishning ichki maqsadlarini amalga oshiruvchi dastlabki kuchdir. Binobarin, Aristotelning tabiiy-ilmiy asarlari u materialistik oqim bilan idealistik oqim o‘rtasidagi beqaror dualistik oqim ekanligidan dalolat berdi. Aristotelning «Hayvonlarning paydo bo'lishi» haqida nomli asarida chog‘ishtirma anatom iya usulining ajoyib nam unasini ko‘rish mumkin. 15 Aristotel Uning uqtirishicha, em brion m a’lum izchillikda rivojlanadi, oldin zoofitlarga, keyin um uman hayvonlarga, so‘ngra o ‘z turiga xos tuzilishga, belgilarga v a nihoyat shaxsiy xossalarga ega ■ bo‘ladi. Bu mulohaza bo‘lajak organizmning belgi-xossalari urug‘ yoki tuxum da oldindan shakllangan bo‘ladi, degan g'oyaga Aristotel qarshi ekanligidan dalolat beradi. Shunga o ‘xshash misollarga asoslanib, olim barcha hayvonot olam ining tuzilishi bir ekanligini ta ’kidlaydi. Uning qayd qilishicha, qonli hayvonlarning ham m asida ichki organlar o‘zaro o ‘xshash va bir xilda joylashgan bo‘ladi. Odam bilan to 'rt oyoqli hayvonlar tuzilishida ham o ‘zaro o ‘xshashlik mavjud. Bir organda yuz bergan o'zgarish, boshqa organda ham o ‘zgarishni vujudga keltiradi. Harakat bir xil form alam ing abadiy o ‘rin almashinishidan iborat. Lekin organik olam ning evolyutsiyasi tabiiy tarixiy jarayon ekanligi haqidagi g'oya Aristotel uchun yotdir. Yer yuzida asta-sekin yangilanish jarayoni ham ro‘y beradi. Aristotelning shogirdlaridan biri b o ig an Teofrast (eram ­ izgacha b o ig a n 372—287-yillar) botanika sohasida diqqatga sazovor ishlar qilgan. U o ‘simliklarning 400 dan ortiq turini o ‘rganib, ularning organlari tuzilishini, fiziologiyasini tasvirlab bergan ham da o'sim liklarning amaliy ahamiyati haqidagi m a’lum otlarni to ‘plagan. Teofrast o ‘simliklarning bir turi boshqa turga aylanishi mum kin, degan fikrni quw atlagan. Levkipp va D em okritning izdoshi boigan Epikur (eram ­ izgacha b o ig an 341 —270-yillar) barcha organizmlarning 16 tanasi mayda, bo‘linmas atom zarrachalaridan iborat. U larning qo‘shilishi va ajralishi tufayli olam vujudga keladi va yo‘qoladi. Jon ham atom lardan tashkil topgan.Tabiatdagi ham m a narsa tabiiy sabablarga ko‘ra ro‘y beradi, degan fikr bilan maydonga chiqadi. Epikurning tabiat haqidagi falsafiy qarashlarida rivojlanish g‘oyasining elementlari uchraydi. Eram izdan oldin tabiiyot fani Rimda ham birm uncha rivojlangan. Epikurning izdoshi Lukretsiy Kar (eramizgacha bo‘lgan 99—55-yillar) tabiatga antiteleologik jihatdan yondashgan. U falsafadagi afsonaviy qarashlarga qarshi chiqib, tabiat doim o rivojlanishini, unda sifat o'zgarishlari ro‘y berishini birinchi mualliflar qatori e ’tirof etgan. Agar Qadimgi Yunon falsafasi harakat bir xil formalarning m a’lum doira ichidagi o ‘rin almashinishidan iborat deb tushungan bo‘lsa, Lukretsiy harakat m a’lum davrda ro‘y beradigan tarixiy o‘zgarishlardan iborat, deb qayd qilgan. U bir tur boshqa turga aylanishini tan olm asa-da, lekin tabiatda moslashmagan organizm lar nobud bo'lishini, o ‘zi va naslini oziq bilan ta’minlaydigan, dushm anlardan him oya qila oladigan organizmlar yashab qolishini ta ’kidlagan edi. Lukrctsiyning «M oddalar tabiati to ‘g‘risida» degan asarida grek falsafasining barcha ijodiy tom onlari o ‘z ifodasini topgan. U nda keyinchalik rivojlangan barcha dunyoqarash tiplari murtak holida bayon etilgan. Lukretsiy Aristotel teleologiyasiga qaram a-qarshi pozitsiyada turgan. Rim imperiyasining boshqa m amlakatlar bilan keng aloqasi tabiatshunoslikda yangi-yangi m a’lum otlar to ‘planishiga sabab bo‘ladi. Biroq rimliklarning o ‘simliklar bilan hayvonlarni tekshirish sohasidagi izlanishlarida morfologik yo‘nalish o ‘rniga organizmlarning hayot sharoiti, o ‘zaro munosabati, 0‘simliklar bilan hayvonlardan inson manfaatlari yo‘lida foydalanish kabi yo‘nalishlar keng tus oladi. Shu jihatdan Kay Pliniy ijodi diqqatga sazovordir. U eramizning 23—79 yillarida yashagan. Kay Pliniy 37 bo‘limdan iborat «Tabiiy tarix» nomli asar yozgan. Bu asarni yozishda o ‘z kuzatishlariga va 2000 ga yaqin adabiy manbalarga asoslangan. Asarning zoologiya bo‘limida Aris^otelga nom a'lum bo,‘lgan 17 155 hayvon turi tasvirlangan. U hayvonlarni guruhlarga ajratishda ularning tuzilishiga emas, balki ekologiyasiga asoslangan. Barcha hayvonlar suvda yashaydigan, havoda uchadigan va yerda yashaydigan guruhlarga boiingan. U tasvirlagan har bir form adan inson qanday foydalanishi kerakligi haqida batafsil to ‘xtalgan va bu masala asarning asosiy maqsadi ekanligini qayd qilgan. Asarning botanika bo‘limida rim agronomiyasi va sistematikasi, chunonchi, o‘simliklarni parvarish qilish, tuvak yasash, payvandlashga doir m a’lum otlar keltirilgan. Shunday qilib, qadimgi tabiatshunos faylasuflar kelajak fanlarning rivoji uchun zarur b o ig an bir qator xulosalarni ilgari surganlar. U lar dunyo qanday b o isa, uni xuddi shunday anglashni. dunyoning birligi va umumiyligi haqidagi g‘oyani ta rg ib etganlar. Evolyutsion qarashlarning rivoji uchun quyidagi g'oyalarning: 1) o iik ham da tirik m oddalarning birligi va shu asosda tabiiy ravishda tirik mavjudotlar paydo boiishi; 2) tirik mavjudotlarning birligi va xilma-xilligi; 3) o ‘zgaruvchanlikning umumiyligi va tirik mavjudotlar bir shakldan ikkinchi shaklga aylanishi mumkinligi; tirik mavjudotlarning yashash uchun kurashi va eng garm onik ham da moslashgan form alam ing yashab qolishi haqidagi g‘oyalarning paydo boiishi, ayniqsa, muhimdir. Xulosa qilib aytganda, qadimgi zam on mutafakkirlarining taiim o tid a evolyutsion tushunchalarning asosiy qoidalari eng boshlangich shaklda o ‘z ifodasini topgan.
Download 17.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling