Tabiatdagi matn


Download 0.89 Mb.
Sana13.01.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1090738
Bog'liq
Tabiatdagi matn


Tabiatdagi matn







Bugungi mashqimizda Photoshop dasturida ajoyib matn tayyorlashni o’rganamiz.

1. Demak, boshladik, 1000×400 piksel o’lchamda yangi oyna ochamiz. Keyin orqa fon(Background) va old fon(Foreground) ranglarni
#595c69 va #0f1523 rang kodlariga moslaymiz.
Asboblar qatoridan Gradient(G) asbobini tanlab Linear Gradiyent chizamiz.

2. Bu bosqichda maysa undirish uchun joy tayyorlaymiz. Men Google Imagesga murojaat qildim va mana bu rasmni tanladim,
sizlarga ham shuni tavsiya qilaman.
3. Ushbu rasmni Photoshop dasturida ochamiz va Polygonal Lasso (L) asbobi yordamida quyida ko’rsatilgan joyni belgilaymiz

4. Ctrl+C tugmalarini bosish orqali belgilangan joyni nusxalaymiz va dastlabki oynamizga o’tib nusxalangan joyni joylash uchun
Ctrl+V tugmalarini bosamiz.

5. Matn yozamiz buning uchun Horizontal Type (T) asbobini tanlaymiz va Arial Black (160 pt, Crisp)ga moslab,
boyagi oynaga o’tamiz va tosh ustiga matn yozamiz. Keyin matnni belgilash uchun, Select > Load Selection buyrug’ini tanlaymiz.

Endi Background qavat(layer)ga o’tib ushbu belgilangan joyni nusxalaymiz(Ctrl+C) va dastlabki oynamizga o’tib,
belgilangan joyni joylaymiz(Ctrl+V).

6. Eraser (E) asbobini olamiz va quyidagicha moslaymiz.

Endi esa kerakli joylarni o’chirib chiqamiz.

7. Rectangular Marquee (M) asbobi yordamida har bir harfni belgilab olamiz va har biriga Edit > Free Transform
qilib quyida ko’rsatilgandek oz’gartirib chiqamiz.

8. Endi esa matnli qavat uchun Bevel Embossni moslaymiz:

Natija

9. Dodge (O) asbobini tanlaymiz (Shadows, Exposure: 20%) va matnimizni pastki qismini bo’yab chiqamiz.

10. Tepalikka maysa qo’shamiz. Brush (B) asbobin tanlaymiz va moslaymiz

Yangi qavat(layer)ochamiz (Ctrl+Alt+Shift+N)va ranglarni #678a25 va #faf04f ga moslab quyida ko’rsatilgan joylarni bo’yab chiqamiz.

Ko’rib turganimizdek maysalar hosil bo’lyapti.
11. Endi yana yangi qavat(layer)ochamiz(Ctrl+Alt+Shift+N) va yana maysalarni chizamiz.
Shundan keyin maysalarni gorizontal tomonga o’girish uchun Edit > Transform > Flip Horizontal buyrug’ini tanlaymiz.

12. Yana yangi qavat ochamiz va maysalarni tasvirlaymiz.

13. Endi xuddi yuqoridagi ko’rsatilgandek harflar ostiga kichikroq o’lchamda yana maysalarni tasvirlaymiz.


14. Endi esa orqa fonga:

15. Maysamiz haqiqiy ko’rinishda bo’lishi uchun biroz bo’yash kerak bo’ladi. Dodge (O) asbobini tanlaymiz
(Shadow, Exposure: 20%) va har bir qavat(layer)dagi maysalarni bo’yab chiqamiz.

16. Brush(B) asbobini tanlaymiz va moslaymiz

Rangni #623a1fga moslab, quyida ko’rsatilgan joylarni bo’yab chiqamiz.

Hammasi tayyor, faqat biroz gul va orqa fon uchun bulut rasmlarini joylash qoldi.
Buning uchun yuqoridagi rasmdan foydalanamiz. O’ylaymanki buyog’ini o’zingiz mustaqil bajara olasiz.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling