Tabiatdagi to`lqin hodisalari haqida


Download 3.73 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi3.73 Kb.
#1459640
Bog'liq
Tabiatdagi to`lqin hodisalari haqida-fayllar.org


Tabiatdagi to`lqin hodisalari haqida

Tabiatdagi to`lqin hodisalari haqida

Reja:

To`lqinlar


  • Fazoda chekli tezlik bilan tarqaluvchi modda yoki muhitning holat o`zgarishlaridir. To`lqinlarning tarqalish jarayonida energiya fazoning bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga uzatiladi, lekin zarralari ko`chmaydi. Turli xil mexanik, issiqlik, elektromagnit holat o`zgarishlariga turli xil to`lqinlar mos keladi.

To`lqinlarning turlari


  • Elastik to`lqin, sirtiy to`lqin, elektromagnit to`lqinturlari keng tarqalgan. Tovush to`lqini va yer qobig`idan seysmik to`lqin elastik to`lqinning xususiy holi hisoblanadi.

  • Ikki muhit chegarasi sirti bo`ylab tarqaluvchi to`lqinlar sirtiy to`lqinlardir.

  • Elektromagnit to`lqinlar- xususam radio to`lqinlar, yorug`lik to`lqinlari, ultrabinafsha to`lqinlar, rentgen va gamma to`lqinlar –tarqalayotgan o`zgaruvchi elektromagnit maydonlardan iborat. Bundan tashqari gravitatsion to`lqinlar ham mavjud.

Tabiatda uchraydigan to`lqinlar

Dengiz to`lqinlari-ular okean jismlarida suv va havo chegarasida tarqaladi va shamol tufayli kelib chiqadi.

Seysmik to`lqinlar-yer turg`un jism emas uning ichida turli qatlamlar bo`ylab harakatlanadigan buzukishlar osdir bo`ladi

Molekulalarning kichik tebranishlariga tegishli bo`lgan mulohazalar quyidagi punktlardan iborat:


Molekula o`zaro ta`sirida bo`lgan atomlarning yopiq sistemasidir. Bunday sistemaga 3 xil harakat xosdir- butunligicha ilgarilanma harakat, butunligicha aylanma harakat va atomlarning bir biriga nisbatan tebranishi. Butunligicha ilgarilanma va butunligicha aylanma harakatlarni chiqarib tashlash kerak
Butunlikcha ilgarilanma harakatni chiqarib tashlash uchun molekulaning to`liq impulsini nolga tenglashtirish kerak: P==0
Bu degani molekulaning inersiya markazi sistemasiga o`tilde degani:
R==const
Harbir atomning radius vektori ra=ra0+d0 ko`rinishda olinsin, bu yerda ra0- a atomning muvozanat holati, d esa muvozanatdan chetlashish vektori . Tashqi maydonda bo`lmagan sistemaning inersiya markazi o`z o`zidan o`zgarishishi mumkin emas shuning uchun
R==const
Demak,
=0
Bo`lishi kerak.
Molekulaning butunlikcha aylanishini chiqarib tashlash uchun uning to`liq harakat miqdori momentini nolga tenglashtirishi kerak. Kichik tebranishlar haqida gap ketayotganini hisobga olib birinchi tartibli kichik sonlar yaqinlashuvida
M====0
deb olish mumkin
Hosila ostidagi kattalik o`zgarmas song teng, da larning nolga teng bo`lganida ham u o`sha son bo`lishi kerak bo`lgani uchun
=0
Deb olish kerak.
Tebranishlarga mos keluvchi erkinlik darajalari sonini, ya`ni, mustaqil tebranishlar sonini topaylik. N ta atomdan iborat molekulaning 3n ta erkinlik darajasi bor. Yuqoridagi ikki ta vektor shartlarning soni 6 taga teng.
Demak, n atomli molekulaning tebranish erkinlik darajalari umumiy holda 3n-6 ta ekan. Agar atomlar bir to`g`ri chiziqda joylashgan bo`lsa, bu o`q atrofida aylanish haqida gapirishning ma`nosi yo`q, demak, bu holda tebranish erkinlik darajalari soni 3n-5 ga teng.
http://fayllar.org
Download 3.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling