Ma’ruza № shaxta maydonlarini quritish. Shaxtalarda suv chiqarib tashlash. Kon lahimlarini yoritish
Download 17.03 Kb.
|
Ma\'ruza-17 (1)
MA’RUZA № 1. SHAXTA MAYDONLARINI QURITISH. SHAXTALARDA SUV CHIQARIB TASHLASH. KON LAHIMLARINI YORITISH.Reja: Yer osti usilida quritish. Suvni chiqarib tashlash. Kon lahimlarini yoritish Tayanch iboralar: elektr ta’minoti; siqiq havoni ta’minlash; suv ta’minot; havoni ventilyasiya qilish, konditsionyer lash va tozalash; suvni chiqarib tashlash. Yer osti usulda quritish, yer osti lahimlaridan o‘rnatilgan (burg‘ilangan) maxsus drenaj lahimlar yoki filtrlar (quduqlar) yordamida amalga oshiriladi. Kombinatsiyalangan quritishdan, suvli jinslar juda quvvatli bo‘lganda, shuningdek qazish chuqurligi katta bo‘lganda quritishni tezlashtirish uchun, foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yer ostki suv chiqarish – tog‘ lahimlaridan suvni chiqarish, asosiy suv chiqarib tashlash nasos stansiyalari yordamida amalga oshiriladi. Ular nasos kamyer asiga o‘rnatilgan nasos agregatlaridan, suv to‘plagichlardan va quvurlardan iborat. Nasos stansiyalari odatda stvol oldi dvorlarda joylashtiriladi. Nasos agregatlari - stvol oldi dvorlarda elektroenyer giyani ko‘proq iste’mol qiluvchilar bo‘lgani uchun, nasos stansiyaning kamyer asi, odatda, yer osti elektr nimstansiyaning kamyer asiga tutash bo‘ladi. Nasos kamyer alari suv to‘plagichdagi suv sathidan balandroq yoki pastroq (chuqurlashtirilgan nasoslar) joylashtiriladi. CHuqurlashtirilmagan nasos stansiyalari stvol oldi dvorining boshqa lahimlaridan gyer metik eshikli suv o‘tkazmaydigan tutashtirgichlar bilan ajratiladi, poli esa stvol oldi dvorining tuprog‘i ustidan 0,5 m ga ko‘tariladi. CHuqurlashtirilgan nasos stansiyalari nasoslarni doimo qoplam (zalivka) ostida saqlash imkoni byer adi, bu ularni avtomatik rejimda ishga tushirishni osonlashtiradi. Suv to‘plagichlar – otkatka gorizonti sathidan pastroqda o‘tilgan bitta yoki bir nechta lahimlardir. Suv ulardan butun gorizontdan, otkatka lahimlarining suv to‘playdigan ariqchalaridan oqib tushadi. Suv to‘plagichlarni vaqti-vaqti bilan ta’mirlash va cho‘kkan loydan tozalab turish kyer ak, shuning uchun ulardan biri ta’mirlash yoki tozalashga quritilishi uchun tutashtirgichlar o‘rnatiladi. Yer osti lahimlarini suv bosishdan himoyalash, hamma yog‘i byer k yoki zich yopiladigan eshikli suv o‘tkazmaydigan tutashtirgichlar o‘rnatishdan, shuningdek suv to‘satdan yorib o‘tishi xavfi bo‘lganda o‘zuvchi quduqlar burg‘ilab lahimlar qazishdan iborat. Hamma yog‘i byer k tutashtirgichlar, suv bosgan qazilgan bo‘shliqni (ishlangan uchastkalarni) qazilayotgan uchastkalardan ajratib turadigan lahimlarda o‘rnatiladi. Ular – temir beton tiqin bo‘lib, chetlari tutashtirgich ortida suv bosimining siljitadigan kuchiga qarshilikni oshirish uchun jinsga kiritilgan. Zich yopiladigan eshiklar bilan jihozlangan suv o‘tkazmaydigan tutashtirgichlar, suv to‘satdan yorib chiqishidan himoya qilish uchun asosiy otkatka zaboylarda o‘rnatiladi. Tutashtirgich jismi, elektrovozlar o‘tishi uchun mo‘ljallangan teshik bo‘lgan temir betondan qilinadi. Suv yorib chiqishi mumkin bo‘lgan tomondan yuqoriga ko‘tariladigan, 6 Mpa gacha bosimga mo‘ljallangan po‘lat tamba o‘rnatiladi. Temir beton tutashtirgichda yuqorida, suv bosgan hududdan odamlarni avariya holatida chiqarish uchun katta diametrli quvurlar, shuningdek elektr kabellar o‘tadigan va siqiq havo uzatiladigan quvurlar yotqizilgan. Suv bosish xavfi tug‘ilganda tamba lebedka yordamida tushiriladi va tutashtirgichdagi teshik zich yopiladi. Download 17.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling