Ma’ruza № shaxta maydonlarini quritish. Shaxtalarda suv chiqarib tashlash. Kon lahimlarini yoritish


Download 17.03 Kb.
bet2/3
Sana02.06.2024
Hajmi17.03 Kb.
#1837864
1   2   3
Bog'liq
Ma\'ruza-17 (1)

Suvni chiqarib tashlash – yer osti lahimlaridan sirtga shaxta suvlarini chiqarib tashlash. Suvni chiqarib tashlash bo‘yicha ishlarga quyidagilar kiradi: nasos stansiyasiga va suvni chiqarib tashlash stavlariga xizmat ko‘rsatish, mahalliy suv o‘tkazuvchi uskunalarni qurish va ularga xizmat ko‘rsatish, suv to‘plagichlarni tozalash va sh.k.
Agar kon stvollar bo‘lib qazilgan bo‘lsa, unda suvni chiqarib tashlash suvni quvurlardan ko‘tarib amalga oshiriladi. SHtolnyalar bo‘lib qazilganda, suv kondan o‘z oqimi bilan ariqchalardan oqib chiqib ketadi.
SHaxtaga suv oqib kelishi manbalari: suvga to‘yingan tog‘ jinslari suv chiqarishi, yuqorida yotgan suvli gorizontlardan yoki suvga to‘lgan yer osti bo‘shliqlaridan darzlar bo‘yicha suv filtrlanishi, sirtdagi suv havzalaridan (daryo, ko‘l, botqoq va sh.k.) darzlar yoki o‘pirilgan hududlar orqali suv o‘tishi va atmosfyer a yog‘inlari.
Suv oqimi bilan kurashish usullari:

  • SHaxta maydonini sirtdagi suvlardan himoyalash;

  • Kondagi jinslarni quritish;

  • Yer osti lahimlaridan suvni bevosita chiqarib tashlash;

  • Yer osti lahimlarini suv bosishidan himoyalash.

SHaxta maydonini sirtdagi suvlardan himoyalash, shaxta maydoni sirtidagi suv havzalarini quritish yoki oqimining yo‘nalishini o‘zgartirish, yirik suv havzalari ostida muhofaza seliklarini qoldirish, yer osti lahimlariga suv o‘tkazadigan darzlarga beton yoki loy to‘ldirish orqali amalga oshiriladi.
Kichik daryolar va hovuzlar, odatda, shaxta maydonidan chetlab o‘tib yo‘naltiriladi, mayda ko‘llardan va botqoqlardan suvni chiqarib tashlab, quritiladi.
Konlarni quritish (selgitish) ruda jismlari ustidagi jinslarda joylashgan suvli gorizontlardan suvni chiqarib tashlash orqali amalga oshiriladi. Suvli gorizontlar bir nechta bo‘lishi mumkin, ba’zilarida suv katta bosim ostida bo‘lishi mumkin. Ohakli jinslarda ko‘pincha suvga yoki qum-loyli suvga to‘yingan matyer iallarga to‘lgantabiiy bo‘shliqlar (karstlar) bo‘ladi. Rudani qazishda yotgan jinslar surilishi va yorilishi yoki qulashi kuzatilsa, unda yuqoriroq yotgan suvli gorizontlardan suv yorib o‘tishi mumkin. Bu holat tog‘ lahimlari, suvli gorizontlar bilan bog‘liq bo‘lgan yirik tektonik darzlarni yoki karst bo‘shliqlarni kesib o‘tganda ham yuzaga kelishi mumkin. Ko‘pincha yer osti lahimlari, suvli gorizontlar tarkibiga kiradigan yoki darzlarni yoki karst bo‘shliqlarni to‘ldiradigan suvga to‘yingan qumlar bilan to‘lgan bo‘ladi.
Bunday hodisalar oldini olish uchun shaxta maydonlarini sirtki, yer ostki yoki kombinatsiyalangan quritish qo‘llanadi.
Sirtki quritish usulida sirtdan shaxta maydoni chegaralaridan suvni kamaytiruvchi, yutuvchi va chiqarib tashlovchi quduqlar burg‘ilanadi. Suvni kamaytiruvchi quduqlarga suvni sirtga so‘rib chiqaradigan nasoslar joylashtirilgan. Suvni yutuvchi quduqlar suvli gorizontdan ruda jismidan pastroqda joylashgan yutuvchi gorizontga suvni o‘tqazish uchun xizmat qiladi. Suvni chiqarib tashlovchi quduqlar yuqori bosimli suv saqlovchi gorizontlarga burg‘ilanadi, va suv ulardan sirtga o‘z oqimi bilan o‘z bosimi ta’sirida chiqib ketadi.

Download 17.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling