MA’RUZA: QURILISHNI NOLINCHI SIKLIDA BAJARILADIGAN GEODEZIK ISHLAR
Reja:
1. Kotlovan qazishdagi rejalash ishlari
2. Transheya, quduqlar va truboprovodlarni rejalash ishlari
3. Kotlovan qazishdagi nivelirlash ishlari
4. Yer osti injenerlik kommunikatsiyalarini syomka qilish
5. Poydevorlarni qurishdagi rejalash ishlari
1. Kotlovan qazishdagi rejalash ishlari
Poydevor siljishini kuzatish, qurilish kotlovanidan tabiiy bosim (tuproq qatlami) olib tashlangandan keyin, uning tag qismini bо‘rtishini о‘rganishdan boshlanadi. Chuqur kotlovanlar qazilganda tog‘ jinslariga bо‘lgan tabiiy bosim о‘zgaradi va buning natijasida kotlovan tag qismida kо‘tarilish kuzatiladi.
Kotlovan tagi bо‘rtishini kuzatishdan maqsad turli xil nuqtalardagi kо‘tarilishni ta’riflovchi ma’lumotlar yig‘ishdir. Bu ma’lumotlar poydevorning keyingi chо‘kishi haqida kengroq о‘rganishga imkon beradi. Katta gidrotexnik inshootlar qurilishida 20-50 m chuqurlikda kotlovanlar qaziladi. Bunday kotlovanlar tag qismining bо‘rtish qiymati bir necha santimetrdan 20-30 sm gacha borishi mumkin.
Qurilish kotlovanlarining kо‘tarilishi qiymatini о‘lchash uchun avvaldan belgilangan joyda quduq qaziladi va unga maxsus konstruksiyadagi marka о‘rnatiladi. Quduq chuqurligi quyidagicha hisoblanadi:
Hk=H1-(H2-0,8) (1)
Bu yerda, H1 – quduqning ustki qismi otmetkasi;
H2 – kotlovan tagining otmetkasi.
Kuzatish markasi quduq orqali tushirilgandan keyin inver ruletka yordamida yaqinroq joylashgan reper otmetkasi unga uzatiladi. Nisbiy balandlikni uzatish aniqligi barcha tuzatmalarni kiritgandan keyin 1 mm о‘rta kvadratik xatolik bilan harakatlanadi.
Quduqlar geodezik asoslov punktlari bilan geodezik bog‘lanadi va koordinatalari aniqlanadi.
Kotlovanni qazishda oldingi va keyingi holatlarda markaning aniqlangan koordinatalar farqi bо‘rtish qiymatini kо‘rsatadi. Kо‘tarilish katlovanning markazida kattaroq bо‘lib, uning chekka qismlarida kichikroq bо‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |