Ma’ruza: qurilishni nolinchi siklida bajariladigan geodezik ishlar reja


Kotlovan yon bag‘ri chegarasini hisoblash


Download 400 Kb.
bet2/7
Sana06.04.2023
Hajmi400 Kb.
#1330248
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13 Ma\'ruza Qurilishni nolinchi siklida bajariladigan geodezik ishlar

Kotlovan yon bag‘ri chegarasini hisoblash. Inshootlar qurilish jarayonida chо‘kish nafaqat ularning pastki qismida, balki ular atrofida ham sodir bо‘ladi. Bu hodisa yer qatlamini unga qurilgan barcha inshootlar bilan birga chо‘kishiga olib keladi. Bu yerdan chо‘kish varonkasini chegaralarini aniqlash bino atrofida yuz berishi mumkin bо‘lgan turli hodisalarning oldini olishga imkon beradi.
Muhim hisoblangan chо‘kish varonkalari yer osti inshootlarini, ayniqsa katta tunellar, plotinalar va boshqa gidrotexnik inshootlar qurilishida yuzaga keladi.
Chо‘kish varonkalari о‘lchamlarini aniqlashda va ularning keyingi о‘sishini xarakterlash uchun qurilish obyektiga yaqin joylashgan bino poydevorlariga nivelir markalari о‘rnatiladi. Markalar balandligini aniqlash bir nechta bosqichda nivelirlash asoslovi punktiga nisbatan bajariladi. Birinchi va oxirgi bosqich II guruh nivelirlash orqali bajarilishi maqsadga muvofiq. Birinchi bosqich yer ishlari boshlanishidan oldin amalga oshirilishi kerak. Nivelirlash ishlaridan tashqari yer osti suvining sathini, jinslarning namligi va boshqa faktorlarini kuzatib borish zarur.
Quvur о‘tkazgichlarni yotqizish uchun qaziladigan zovurlarni rejalash ishlari shundan iboratki, rejalash chizmasi asosida teodolit bilan trassa о‘qi joyga kо‘chiriladi va har 5-10 m oraliqda qoziqlar bilan mahkamlanadi. Shu bilan bir vaqtda zovur chekkalari va xandaqlar (kolodets) markazlari joyda qoziqlar bilan mahkamlanadi. Zovur qazish jarayonida qoziqlar yо‘q bо‘lib ketishini inobatga olib, quvur о‘tkazgich xandaqlari holati ihota devorlari (obnoska) yordamida mahkamlanadi.
Ihota devori zovur chekkasidan 1.5 m dan kam bо‘lmagan masofada о‘rnatilgan ustunlardan iborat bо‘lib, 0.5-0.7 m balandlikda ustunlarga 40-50 mm qalinlikda taxtaga gorizontal holatda mix bilan qoqilgan bо‘ladi. Taxtachaga kraska bilan xandaq nomeri va yotqiziladigan quvur diametri yozib qо‘yiladi.
Ihota devoriga teodolit yordamida zovur о‘qi kо‘chiriladi va mix bilan belgilanadi. Keyinchalik ushbu mixlarga ip tortiladi va shovun yordamida quvur о‘tkazgich о‘qlari zovurning pastki qismiga kо‘chiriladi.



Download 400 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling