Ma’ruza: qurilishni nolinchi siklida bajariladigan geodezik ishlar reja


Transheya, quduqlar va truboprovodlarni rejalash ishlari


Download 400 Kb.
bet3/7
Sana06.04.2023
Hajmi400 Kb.
#1330248
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13 Ma\'ruza Qurilishni nolinchi siklida bajariladigan geodezik ishlar

2. Transheya, quduqlar va truboprovodlarni rejalash ishlari

Inshootlar loyihasini joyga kо‘chirish aniqligini belgilashda qurilish jarayonida yо‘l qо‘yilgan barcha chetlanishlarni (loyihadan), hamda qurilgan obyektlarning haqiqiy koordinatalari va otmetkalarini aniqlashda shunaqa plan olishlar amalga oshiriladi. Bunday plan olishlar qurilish jarayonida, uning ba’zi bir bosqichlari tugatilgandan keyin bajarilib boriladi va tayyor inshootni planli-balandlik planini olish bilan tugatiladi.


Shunday plan olishga geodezik asosi bо‘lib, quyidagilar xizmat qiladi:
– alohida bino va sexlar uchun
– poydevor о‘qlarining joyda mahkamlangan uchlari va ishchi reperlar tarmoqlari;
– qurilish maydoni miqyosida
rejalash asosi punktlari, qо‘shimcha poligonometriya va nivelirlash yо‘llari;
– qurilish maydoni chekkasida
– geodezik asos punktlari hamda maxsus barpo etilgan planli va balandlik tarmoqlari.
Ijroiy plan olish odatda, geodezik asos punktlaridan quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi: qutbiy usul, perpendikulyar va stvor, burchak va masofa kesishtirish usullari.
Ijroiy plan olishda asosiy e’tibor inshootning yashirin elementlari, kotlovanlar, transheya va quduqlar, yer osti quvur о‘tkazgichlar, truboprovodlar, kabellar va shu kabilarga qaratiladi.
Yer osti kommunikatsiyalarida burilish burchaklar, quduqchalar markazlari, boshqa kommunikatsiyalar bilan kesishish joylarining koordinatalari aniqlanadi. Trubolar, quvurlar ularning diametrlari va orasidagi masofalar о‘lchanadi. Nivelirlash orqali kotlovan va transheyalar va quvurlar ustki qismining otmetkalari topiladi.
Truboprovodlar. Magistral truboprovodlar neft, gaz va neft mahsulotlarini tashish uchun xizmat qiladi. Magistral truboprovodlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
200 dan 1000 mm gacha bо‘lgan quvur о‘tkazgichlar; bosh inshoot, nasos va kompressor stansiyalari.
Quvur о‘tkazgichlarni qidiruv ishlari 2 bosqichda olib boriladi. Qidiruv ishlari tarkibiga quyidagilar kiradi: iqtisodiy, injener – geologik, gidrologik, geodezik.
Magistral truboprovodlarni qidiruv ishlarining boshqa inshootlardan о‘ziga xosligi, joyni birmuncha boshqacha baholashda ifodalanadi. Agarda yо‘llar uchun joyning о‘rtacha nishabligi juda muhim hisoblansa, bu holatda asosiy hisoblanmaydi. Bu yerda tuproq xarakteri muhimroq, ular yumshoq, korroziyaga qarshi, botqoq va tuzli joylardan о‘tmasligi maqsadga muvofiq, bular esa qurilishni qimmatlashtiradi. Elektr uzatish liniyasiga parallel о‘tkazish ham maqsadga muvofiq emas. Avtomobil va temir yо‘llar bilan kesishmani tо‘g‘ri burchak ostida о‘tkazishga, daryo va jarliklarni kesib о‘tishda bir tekis, chuqur bо‘lmagan joylarni tanlashga harakat qilinadi. Truboprovodlarni mavjud yо‘llar bо‘ylab о‘tkazish va katta maydondagi о‘rmonlardan о‘tmaydigan loyihalarni ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Ular aholi yashash punktlariga ham yaqin о‘tmasligi tavsiya etiladi. Quvurо‘tkazgich trassaning planli asosi bu magistral teodolit yо‘li.
Texnologik ashyolar holatini ijroiy planga olish rejalash tarmoqlari punktlariga nisbatan geodezik usullarda bajariladi.
Kо‘pchilik hollarda inshootlar va ashyolar joylashishini xarakterlash uchun turli xildagi tashkil qiluvchi yuzalar ehtimoli hisoblanadi. Tо‘g‘ri chiziqli kо‘rinishdagi inshootlar uchun ehtimoliy tо‘g‘ri chiziq parametrlari hisoblanadi:
Y Ax + C (2)
A va C qiymatlarni topish uchun normal tenglamalar tizimi yechiladi:
    (3)
bu yerda x va y – nuqtalar absissa va ordinatalari;
n – kuzatilayotgan nuqtalar soni.
Har qanday nuqtaning tо‘g‘ri chiziqdan chetlashishi quyidagi tenglama orqali hisoblanadi:
yJ = yJ - AxJ - C , (4)
bu yerda, yJ – J nuqta ordinatasi.
Bosh plan loyihasi bino va inshootlarni loyihasini tayyorlash jarayonida tuziladi va u loyihani joyga kо‘chirishda asosiy hujjat bо‘lib hisoblanadi.
Ijroiy bosh plan esa doimiy va vaqtincha inshootlar qurilishi tugagandan sо‘ng, ijroiy plan olish natijalariga asosan tuziladi.
Agarda bosh planda binolar devor о‘qlari orqali kо‘rsatiladigan bо‘lsa, ijroiy bosh planda bino va inshootlar egallab turgan haqiqiy maydonlari, turtib chiqib turgan joylari, kyuvetlar va boshqalar tо‘liq kо‘rsatiladi.
Joriy va tugallangan ijroiy bosh planlar mavjud.
Joriy ijroiy bosh plan qurilish boshlang‘ich bosqichidan tuzib boriladi va qurilish jarayonidagi doimiy, yordamchi va vaqtincha qurilayotgan bino va inshootlarni tо‘liq ifoda etib boradi.
Bu bosh plan qurilish jarayonida sodir bо‘ladigan barcha masalalarni yechishda asos bо‘lib xizmat qiladi.
Joriy bosh ijroiy plan yer osti kommunikatsiyalari qurilishida muhim ahamiyatga ega. Yerga yotqizilgan kommunikatsiya planiga ega bо‘lgan holdagina mexanizmlar ishini tо‘g‘ri tashkil qilish mumkin va yangi xandaqlar (transheya) qazishda avval yotqizilgan tarmoqlarga zarar yetkazilmaydi.
Joriy bosh plan qurilish maydonining о‘lchami va inshoot murakkabligiga bog‘liq ravishda 1:1000 yoki 1:2000 masshtabda, shartli koordinatalar tizimida tuziladi.
Joriy bosh plan asosida qurilishning navbatdagi plani tuziladi. Bu planga quriladigan barcha doimiy va vaqtincha bino va inshootlar tushiriladi. Navbatchi plan masshtabi shunday tanlab olinadiki, qurilayotgan inshootning barcha qismlari tо‘liq ifodalanishi va undan foydalanish qulay bо‘lishi talab etiladi.
Planga barcha loyihaga binoan qurilgan doimiy bino va inshootlar tushiriladi. Tugallangan bosh plan qurilgan binoning asosiy hujjati hisoblanadi va unga asosan binodan foydalanishga, ta’mirlash va kengaytirishga talluqli bо‘lgan barcha injenerlik masalalari yechiladi. Shu sababli u katta aniqlikda, tо‘liq va batafsil tuzilishi kerak. Bu plan ijroiy plan olish natijalariga binoan tuziladi.
Tugallangan ijroiy bosh plan tarkibida 1:1000-1:2000 masshtabdagi umumiy bosh plan, 1:200-1:500 masshtabdagi alohida ashyolar va murakkab qismlar bosh plani va 1:1000-1:2000 masshtabdagi kommunikatsiyalarning maxsus planlari kiradi.
Ijroiy bosh plan muhim hujjat hisoblanganligi uchun u yagona nusxada tuziladi va kо‘paytirish mumkin emas.
Umumiy bosh planga quyidagilar tushiriladi:
a) barcha saqlanib qolgan triangulyatsiya, poligonometriya, qurilish tо‘ri punktlari va reperlar;
b) loyihalashtirilgan relyef;
v) loyihaga asosan qurilgan barcha bino, inshootlar va kommunikatsiyalar;
Yer osti tarmoqlarida barcha quduqchalar, tarmoqlarning binoga kirish joylari beriladi.
Maxsus bosh planda binolarning tо‘liq sonli xarakteristikasi beriladi
Umumiy holda ularni quyidagilarga bо‘lish mumkin:
1) gorizontal va tik tekislash;
2) kanalizatsiya;
3) trubaprovod, vodoprovod va issiqlik tarmoqlari;
4) texnologik quvur о‘tkazgichlar;
5) osma tarmoqlar.
Bosh planni tuzishni umumiy tartibi quyidagidan iborat:
a) barcha geodezik asos punktlari planga tushiriladi; binolar va yо‘llar; yer osti va yuzadagi kommunikatsiyalar; tafsilotlar;
b) relyef ifodalanadi;
v) shakliylashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Avval barcha konturlar va raqamlar qalam bilan bajariladi, tо‘g‘riligiga ishonch hosil qilingandan keyin tegishli ranglarda tush bilan rasmiylashtiriladi.
Ijroiy bosh planga quyidagilar ilova qilinadi:
a) geodezik asos tarmoqlari sxemasi, punktlar koordinatalari katalogi va reperlar otmetkalari vedomostlari;
b) barcha dala geodezik hujjatlari;
v) qurilish jarayonidagi geodezik ishlar va chо‘kishni kuzatish ma’lumotlari haqidagi izohlar.

Download 400 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling