Ma’ruza: qurilishni nolinchi siklida bajariladigan geodezik ishlar reja


Kotlovan qazishdagi nivelirlash ishlari


Download 400 Kb.
bet4/7
Sana06.04.2023
Hajmi400 Kb.
#1330248
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13 Ma\'ruza Qurilishni nolinchi siklida bajariladigan geodezik ishlar

3. Kotlovan qazishdagi nivelirlash ishlari


Geometrik nivelirlash usuli. Kо‘pgina bir xil andazali inshootlar kotlovanlarni chо‘kishini kuzatish aniqligi I yoki II guruh nivelirlash uslubi yordamida ta’minlanadi.
Faqatgina ayrim hollardagina chо‘kishni aniqlashda yuqori aniqlikda nivelirlashning maxsus usullari qо‘llaniladi.
Nivelirlashning I guruh uslubi yordamida kotlovan ostini о‘zgarishini aniqlash asbobning ikki gorizontida, tо‘g‘ri va teskari yо‘nalishda, yuqori aniqlikdagi nivelirlar H-05 va Ni 002 yordamida bajariladi. Nivelirlashda invarli reyka qо‘llaniladi.
Nivelirlash yо‘li boshlang‘ich (asos) reperdan boshlanib kotlovan osti uchun о‘rnatilgan maxsus reperda yoki boshqa reperda tugaydi. Vizirlash nuri uzunligi 25 m dan oshmasligi, uning yer yuzasidan yoki poldan balandligi 0,8 m dan kichik bо‘lmasligi kerak. Ayrim hollarda, vizirlash nuri uzunligi 15 m dan oshmaganda nurning balandligi 0,5 m bо‘lishiga yо‘l qо‘yiladi.
Nivelirlash tashqi muhit qulay va reyka shtrixlari tasviri yetarlicha aniq kо‘rinadigan sharoitda amalga oshiriladi.
Kotlovan ostini о‘zgarishini joylashgan markalarga otmetka uzatish yuqoridan pastga uzatiladi. Issiq va sovuq loy havo oralig‘ida nivelirlash tavsiya etilmaydi. Nivelirning i burchak qiymati 20” dan katta bо‘lmasligi, stansiyalardagi yelka uzunligi farqi esa 0,4 m dan oshmasligi kerak.
Yopiq nivelirlash yо‘lidagi yelka tengsizliklari yig‘indisi 2 m gacha bо‘lishiga yо‘l qо‘yiladi. Ikkita asbob gorizontidan olingan nisbiy balandliklar farqi 0,8 mm dan oshmasligi kerak.
О‘rta aniqlikda nivelirlashda stansiyada nisbiy balandlikni о‘lchash xatoligi 0,5 mm ni tashkil etadi, nivelir yо‘li yoki poligonlar bog‘lanmaslik cheki quyidagi formula yordamida hisoblangan qiymatdan oshmasligi kerak[5].
  (5)
bu yerda, n – stansiyalar soni. Reperlar otmetkasini fasllardagi harorat о‘zgarishi sezilarli darajada о‘zgartiradi. Shuning uchun kotlovan ostini о‘zgarishini reperlarning kuzatilayotgan asosi bilan bir xil haroratda bо‘lishga harakat qilinadi.
Kо‘pgina sanoat inshootlarini kuzatishda nivelirlashning II guruh uslubi qо‘llaniladi. Uni H-1, H-2 va Ni 007 turdagi nivelirlar yordamida bajariladi.
Nivelirlash bitta asbob gorizontida, tо‘g‘ri va teskari yо‘nalishda amalga oshiriladi. Vizirlash nuri balandligi yer yuzasi yoki poydevordan 0,5 m dan kichik bо‘lmasligi kerak. Nivelirdan reykalargacha bо‘lgan masofalar farqi 1 m dan katta bо‘lmasligi, yopiq yо‘l uchun ularning yig‘indisi 3-4 m dan katta bо‘lmasligi kerak. Vizir chizig‘i uzunligi 20 m dan oshmasligi kerak.
Yopiq poligon tariqasida yoki I guruh punktlari orasidagi yо‘l qо‘yarli bog‘lanmaslik quyidagicha hisoblanadi.
  (6)
bu yerda, n – stansiyalar soni.
Yer inshootlari hamda kuchli siqiladigan tuproqlarda barpo qilinadigan inshootlar chо‘kishini kuzatish III guruh nivelirlash uslubida bajarilishi mumkin. Bunda H3 va Ni 007 turdagi nivelirlar va ikki tomonlama santimetr bо‘lakli reyka qо‘llaniladi. Nivelirlash ikkita asbob gorizontida, bitta yо‘nalishda bajariladi. Vizirlash nuri uzunligi 20 m dan oshmasligi kerak. Vizir chizig‘i balandligi 0,3 m dan kichik bо‘lmasligi, nivelirdan reykalargacha bо‘lgan masofalar farqi 2 m dan oshmasligi, ularning nivelirlash yо‘lidagi yig‘indisi esa 5 m dan oshmasligi kerak. Nivelir yо‘lining bog‘lanmaslik cheki quyidagi formula yordamida hisoblanadi.
  (7)
bu yerda, n – stansiyalar soni.
О‘lchash natijalarini qayta ishlash. Odatdagiday, nivelirlash aniqligini baholash natijalariga va tenglashtirishdan olingan tuzatmalarga asosan oshiriladi.
Stansiyadagi nivelirlashning о‘rta kvadratik xatoligi quyidagicha hisoblanadi.
  (8)
bu yerda, d – stansiyadagi ikkilangan о‘lchashlar farqi;
n – nivelir tarmog‘idagi teng aniqlikdagi farqlarning soni.
Yopiq nivelirlash poligoni yoki yо‘llarining bitta stansiyasida mhsm va bir kilometrda ηkm nisbiy balandlik xatoligi quyidagicha hisoblanadi.
  (9)
bu yerda, fh – kotlovan osti poligondagi yoki yо‘ldagi bog‘lanmaslik;
n – nivelirlash stansiyalari soni;
N – poligonlar yoki yо‘llar soni;
L – poligonlar yoki yо‘llar uzunliklari yig‘indisi.
Tenglashtirish natijalariga asosan 1 km yо‘lning о‘rta kvadratik xatoligi.
Kotlovan osti, yonbag‘ri chegaralarini aniq kо‘rsatish uchun bо‘ylama va kо‘ndalang о‘qlar bо‘ylab profil tuziladi, markalarining birgalikdagi grafiklari, harakat va yer osti suvlarining о‘zgarish grafiklari tuziladi.
Kotlovan osti, yonbag‘ri chegaralarini о‘zgarishi paydo bо‘lishini aniq tasavvur qilish uchun yer osti suvlarining haroratini kuzatish natijalariga ega bо‘lish kerak bо‘ladi.
Otmetkani kotlovan tubiga uzatish. Otmetkani kotlovan tubiga uzatishning ikkita usuli mavjud. Agarda kotlovan chuqur bо‘lmasa, bu holda uning otmetkasi oddiy geometrik nivelirlash yо‘li о‘tkazish bilan uzatiladi.
Agarda kotlovan chuqur bо‘lsa, unga loyihaviy otmetka uzatish vertikal osilgan ruletka yordamida bajariladi (1- shakl).
Buning uchun kotlovanga kronshteyn yordamida og‘irligi 10 kg bо‘lgan yuk osilgan ruletka tushiriladi. Kronshteyn va reper oralig‘iga nivelir о‘rnatiladi. Ikkinchi nivelir esa kotlovanga ruletka va otmetka uzatilishi kerak bо‘lgan B nuqta orasida о‘rnatiladi. Reper hamda B nuqtaga reyka о‘rnatiladi va ulardan a1 a2 sanoqlar olinadi. Sо‘ngra ikkala nivelir yordamida bir vaqtda ruletkadan b1 va b2 sanoqlar olinadi.
B nuqtaning otmetkasi quyidagicha hisoblanadi.
Hb=HRp+a1-(b1-b2)-a2 (10)


Download 400 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling