Ma’ruza: qurilishni nolinchi siklida bajariladigan geodezik ishlar reja


- shakl. Otmetkani kotlovan tubiga uzatish sxemasi


Download 400 Kb.
bet5/7
Sana06.04.2023
Hajmi400 Kb.
#1330248
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13 Ma\'ruza Qurilishni nolinchi siklida bajariladigan geodezik ishlar

1- shakl. Otmetkani kotlovan tubiga uzatish sxemasi.


4. Yer osti injenerlik kommunikatsiyalarini syomka qilish


Yer osti kommunikatsiyalarining turlari. Hozirgi zamon sanoat va fuqaro inshootlari katta tarmoqli yer osti kommunikatsiyalari bilan xarakterlanadi. Yer osti kommunikatsiyalarini texnik rо‘yxatga olishda, ya’ni joyning kadastrini barpo etishda ularni barcha о‘zgarish va qо‘shimchalari bilan aniq va tо‘liq tasvirlangan plani kerak bо‘ladi.
Geodezik о‘lchashlar nuqtai nazaridan barcha yer osti kommunikatsiyalarini uch turga bо‘lish mumkin.
1.О‘zioqar quvur о‘tkazgichlar – ifloslangan suvlarni tozalash inshootlariga yuboradi.
Ular 600mm va undan katta diametrli quvurlardan quriladi. Bu turdagi kommunikatsiyalarga drenajlarni ham kiritish mumkin.
О‘zioqar quvur о‘tkazgichlarni yotqizishda loyihaviy nishabliklarga katta ahamiyat beriladi, nishablikning eng kichik qiymati 200 mm diametrli quvur uchun 0,003-0,001 va undan katta diametrli quvurlar uchun 0,0005 ni tashkil etishi kerak.
2. Bosimli quvur о‘tkazgichlar – metall quvurlardan yasalgan bо‘lib, suyuq va gaz mahsulotlari bosim ostida oqiziladi.
3. Kabel tarmoqlari – elektr uzatish va yoritish uchun ishlatiladigan yuqori va past kuchlanishli kabellar hamda telefon va telegraf aloqasi, radioeshittirish, signallashtirish uchun ishlatiladigan tarmoqlarga bо‘linadi.
Plan olish usullari. Eng sodda va shu bilan birga eng aniq va ishonchli plan olish usullaridan biri, zovurlarga yotqizilgan yer osti kommunikatsiyalarini ijroiy planini olish hisoblanadi. Planda burilish burchak uchlari, quduqlar va boshqa xarakterli nuqtalar geodezik asos punktlariga yoki inshoot о‘qlariga bog‘lanadi. Balandlik hisobini aniqlash uchun quvur о‘tkazgich nivelirlanadi.
Ijroiy hujjatlar mavjud bо‘lmagan shahar hududlarida, yer osti kommunikatsiyalar planini tuzish uchun shurflash usuli qо‘llaniladi, bir-biridan ma’lum masofalarda joylashgan chuqur bо‘ylama zovurlar qaziladi. Zovurlar joyda quvur о‘tkazgichlar va kabellar zarar yetkazmagan holda ehtiyotlik bilan qaziladi.
Keyingi yillarda yer osti kommunikatsiyalarini aniqlash uchun maxsus induktivli asboblar - quvurqidirgichlar keng qо‘llanilmoqda. Bu asboblar asosan uch qismdan: generator, antennali qabul qilish qurilmasi va ta’minlash manbaidan iborat bо‘lib, metaldan yasalgan quvur о‘tkazgichlar va kabel yо‘nalishlarini planli holati va chuqurligini aniqlashga mо‘ljallangan.

Download 400 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling