Ma’ruza: qurilishni nolinchi siklida bajariladigan geodezik ishlar reja


Download 400 Kb.
bet6/7
Sana06.04.2023
Hajmi400 Kb.
#1330248
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13 Ma\'ruza Qurilishni nolinchi siklida bajariladigan geodezik ishlar

Induktivli qidirish asboblari. Yer osti kommunikatsiyalarini qidirishda ishlatiladigan barcha asboblar bir xil prinsipda tuzilgan va faqat sxemalari va texnik xarakteristikasi bilan farq qiladi.
Ular ikkita blokdan tuzilgan bо‘ladi: uzatuvchi va qabul qiluvchi (2-shakl).

2-shakl. Induktivli qidirish asbobi sxemasi.
Uzatuvchi blok tarkibiga boshqaruvchi qurilmali generator Г, batareya Б1, yerga ulangan sim 3 va quvur yoki kabelga ulanuvchi kontakt K lar kiradi. Qabul qiluvchi magnitli antenna A - ta’minlash manbai Б bilan kuchaytirgich У va indikator И dan tashkil topgan[5]. Quvur-kabel qidiruvchi asboblar o‘zlarining texnik xarakteristikasi bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi.
1 guruh asboblari 35-50 Вт quvvatli generatorga ega bо‘lib, qidiruv konturining kuchaytirish koeffitsiyenti – 10000. Qulay sharoitda kommunikatsiyalarni eshitish uzoqligi 2km ni tashkil etadi. Bu guruh asboblariga ВТр-I, ВТр-V, ТПК-1 kiradi.
2 guruh asboblari 20 Вт gacha quvvatli generatorga ega bо‘lib, qidiruv konturining kuchaytirish koeffitsiyenti - 2000. Qulay sharoitda bu guruhdagi asboblar bilan eshitish uzoqligi 1km ni tashkil etadi. Bu guruh asboblariga ВТР - IV, И-2, ТКИ-2 larni kiritish mumkin.
3- guruh asboblari kabellar о‘rnini aniqlashda qо‘llaniladi (ИП-7, ГКИ). Ular katta bо‘lmagan quvvatga (2 Вт gacha) ega va eshitish uzoqligi 0,5km gacha bо‘lishi mumkin.


5. Poydevorlarni qurishdagi rejalash ishlari

Poydevorlarni qurishda bajariladigan rejalash ishlari judayam mas’uliyatli hisoblanadi. Binolarni barpo etishning ushbu bosqichida yо‘l qо‘yilgan xato uning mustahkamligini kamaytirishga olib kelishi mumkin va keyingi montaj ishlarini bajarilishini qiyinlashtiradi.


Rejalash ishlarini olib borishning hajmi, aniqligi va ketma-ketligi qurilishning konstruktiv va texnologik jihatlariga bog‘liq. Poydevor elementlarining loyihaviy holatidan chetlanish xatolik cheki qurilish meyori va qoidalari asosida belgilanadi.
Poydevorlar shakli bо‘yicha lentasimon, ustunsimon va uzluksiz, tayyorlash usuli bо‘yicha monolit va yig‘ma turlarga bо‘linadi. Poydevorlar asosan tosh, plita, beton va temir-betondan quriladi.
Beton va temir-beton poydevorlarni rejalash ancha aniq bajariladi. Ularni о‘rnatish uchun opalubka (qolip), betonga kerakli shakl beradigan, taxta yoki temir shitdan tayyorlangan vaqtinchalik qurilmadan foydalaniladi. Opalubkani о‘rnatish aniqligi va beton tо‘ldirish jarayonida о‘zgarib ketmasligiga geodezik kuzatish yо‘li bilan erishiladi.
Opalubkani (qolipni) rejalashda poydevorlar о‘qlarining plan bо‘yicha siljishi 15-20 mm dan oshmasligi kerak. Uning kо‘ndalang о‘lchami loyihaviy qiymatdan kichik bо‘lishiga yо‘l qо‘yilmaydi va 5 mm gacha kattaroq (kengroq) bо‘lishi mumkin. Opalubka plan bо‘yicha pо‘lat ruletka yordamida rejalanadi, tikligi shovun bilan tekshiriladi.
Opalubkaning shovun chizig‘idan chetlashi har 1 m balandligiga 2 mm dan oshmasligi kerak. Otmetka uzatish, qurilish ishchi reperlaridan nivelirlash orqali amalga oshiriladi. Ayrim hollarda opalubkalarni о‘rnatishning ijroiy sxemasi tuziladi. Poydevorni montaj qilish inshootning burchaklariga bloklar qо‘yishdan boshlanadi. Bunday bloklar ihota devorlariga tortilgan iplar yoki teodolit yordamida о‘rnatiladi. Bloklarning gorizontal holati nivelir yordamida tekshiriladi.
Kо‘p qavatli binolar poydevorlarini qurishdagi rejalash ishlari birmuncha murakkab xarakterga ega bо‘ladi. Bunda poydevor kotlovani asosi tozalanadi va beton ishlariga tayyorgarlik amalga oshiriladi. Poydevor plitasining haqiqiy otmetkasining qiymati loyihaviyga nisbatan ±10 mm dan oshmasligi kerak. Ushbu elementlarning tik holati nivelir yordamida tekshiriladi va tegishli tuzatishlar kiritiladi. Betonlashga qadar barcha о‘rnatish qismlarining ijroiy plani olinadi. Binoning bо‘ylama va kо‘ndalang о‘qlari metalsterjenlarga belgilanadi. Rejalash ishlari ma’lumotlariga asosan yuqorgi plitalar karkasi barpo etiladi. Armaturaning yuqorgi sterjenida belgilangan ankerboltlarining о‘qlari bо‘yicha opalubkani rejalash amalga oshiriladi. Yuqorgi plitalar betonlangandan keyin poydevorning ijroiy plani olinadi.
Keyingi rejalash ishlarini bajarish uchun binoning qurilish о‘qlari poydevorning yuqorgi plitasiga kо‘chiriladi.
Asosiy о‘qlar (bо‘ylama va kо‘ndalang) poydevorga teodolit yordamida kо‘chiriladi. Barcha qolgan qurilish va montaj о‘qlarini poydevor plitasiga rejalash uchun aniq geodezik asos – bazis tо‘ri barpo etiladi. Poydevor plitasida geodezik asos polgonometriya yoki trilateratsiya usulida tuziladi.
Katta bо‘lmagan uzunlikdagi binolar uchun geodezik tо‘rtburchakni tashkil etuvchi trilateratsiya usuli qо‘llaniladi. Tarmoq tomonlari 24 m uzunlikdagi invar sim yoki ruletka yordamida, burchaklar esa yuqori aniqlikdagi teodolit bilan о‘lchanadi. Kolonnalar (ustunlar) tagi poydevorlarini о‘rnatish usullari ularning tuzilishiga bog‘liq.
Temir-beton ustunlar tagiga asosan stakansimon poydevorlar о‘rnatiladi. Poydevor о‘qining loyihaviy holatdan chetlanishi ±5 mm dan oshmasligi, tayanch yuzaning loyihaviy otmetkadan chetlashishi esa ±3 mm dan oshmasligi kerak.
Montaj ishlari boshlanishidan oldin nivelir va reyka yordamida poydevor yuzasining gorizontalligi va bu yuzaga asosiy о‘qlarning tо‘g‘ri kо‘chirilganligi tekshiriladi. Barpo etilgan binoning sokoliga tashqi va ichki devorlar hamda nolinchi gorizont о‘qlarini kо‘chirish, nolinchi bosqich ishlaridagi geodezik rejalashning yakuniy bosqichi hisoblanadi.
Nol ishlar bosqichi tugagandan keyin ijroiy plan olinadi va binoning barcha о‘qlari, ular orasidagi masofalar hamda podval ustki yuzasining haqiqiy otmetkalari kо‘rsatilgan ijroiy sxema tuziladi.

Download 400 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling