Tabiiy fanlar metodbirlashmasining 2022-2023- o‘quv yilida o’tkazilgan umumiy yig’ilish bayoni №2
Download 14.87 Kb.
|
2-yigilish TABIIY FANLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- KO’RILADIGAN MASALALAR
- QAROR QILADI
- Yig’ilish raisi: Alijon o’g’li Mansurjon Yig’ilish kotibi: Alijonov Sherali
TABIIY FANLAR METODBIRLASHMASINING 2022-2023- O‘QUV YILIDA O’TKAZILGAN UMUMIY YIG’ILISH BAYONI №2 7 noyabr 2022 yil. Sufon mfy Yig’ilish raisi: Alijon o’g’li Mansurjon- TABIIY fanlar metod birlashmasi rahbari Yig’ilish kotibi: Sh. Alijonov -TABIIY fan o’qituvchisi. Qatnashdilar: Maktab O’TIBDO’ A.Rabbimova va 7 nafar barcha TABIIY fanlar metod birlashmasi a’zolari. KO’RILADIGAN MASALALAR: Maktabda tashkil etilgan TABIIY fan tugaraklar faoliyatini rivojlantirish bo’yicha o‘qituvchilarni tashkil etgan fan to‘garaklar faoliyati bo‘yicha xisobotlari. TABIIY Fanlaridan o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan kunlik dars ko’rgazmalarining “Dars-muqaddas” tavsiyasi asosida ishlab chiqilganligi, dars mashgulotlarida o‘tiladigan mavzuning keng yoritib berilganligi va dars jarayonida qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiyalarning mavzuga mosligi to‘g‘risida O’quvchilar bilimidagi bo’shliqni to’ldirish maqsadida, o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan o’zaro ishlash, darsdan bo’sh vaqtlarida shug’ullanish. Eshitildi: Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan so’zga maktab - TABIIY fanlar metod birlashmasi rahbari Alijon o’g’li Mansurjon chiqib Maktabda tashkil etilgan TABIIY fan tugaraklar faoliyatini rivojlantirish bo’yicha o‘qituvchilarni tashkil etgan fan to‘garaklar faoliyati bo‘yichagapirib o’tdi. To’garaklarga yanada o’quvchilarni qamrab olish lozimligini aytib o’tdi. Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan so’zga maktab - Maktab O’TIBDO’ A.Shaxanov chiqib TABIIY Fanlaridan o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan kunlik dars ko’rgazmalarining “Dars-muqaddas” tavsiyasi asosida ishlab chiqilganligi, dars mashgulotlarida o‘tiladigan mavzuning keng yoritib berilganligi va dars jarayonida qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiyalarning mavzuga mosligi asosida ish olib borilayotganini aytib o’tdi. Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan so’zga maktab - Maktab O’TIBDO’ A. Shaxanov yana so’z olib O’quvchilar bilimidagi bo’shliqni to’ldirish maqsadida, o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan o’zaro ishlash, darsdan bo’sh vaqtlarida shug’ullanish kerakligini ta’kidlab o’tdi. Muzokara uchun so’zga chiqqan TABIIY fanlar metod birlashma a’zolaridan Z. Saidova, O.Hudoyberganov, S. Ahmadjonovlar lar ushbu taklifni ma’qullab ma’lumot hamda amalda qo’llash zarurligini aytib o’tishdi. Yuqoridagilarga asosan TABIIY fanlar metod birlashmasi umumiy yig’ilishi QAROR QILADI Maktabda tashkil etilgan TABIIY fan tugaraklar faoliyatini rivojlantirish bo’yicha o‘qituvchilarni tashkil etgan fan to‘garaklar faoliyati bo‘yicha tayyorlagan xisobotlari qoniqarli deb topilsin va tuman XTB ga taqdim etilsin. TABIIY Fanlaridan o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan kunlik dars ko’rgazmalarining “Dars-muqaddas” tavsiyasi asosida ishlab chiqilganligi, dars mashgulotlarida o‘tiladigan mavzuning keng yoritib berilganligi va dars jarayonida qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiyalarning mavzuga mosligi yaxshi deb topilsin va barcha dars ko’rgazmalari shu tarzda amalga oshirilsin. O’quvchilar bilimidagi bo’shliqni to’ldirish maqsadida, o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan o’zaro ishlash, darsdan bo’sh vaqtlarida shug’ullanish ishlari davom ettilsin. . Yig’ilish raisi: Alijon o’g’li Mansurjon Yig’ilish kotibi: Alijonov Sherali Download 14.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling