Tadbirkorlik va boshqaru


Download 69.96 Kb.
bet1/5
Sana29.04.2023
Hajmi69.96 Kb.
#1401780
  1   2   3   4   5
Bog'liq
denov


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIK INSTITUTI
“TADBIRKORLIK VA BOSHQARU” FAKULTETI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN






MUSTAQIL ISH


MAVZU: O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINI DIVERSIFIKATSIYALASH VA TARKIBIY O’ZGARISH

BAJARDI: 2i-22guruhi talabasi


Abdumo’minov Asliddin
TEKSHIRDI: ____________
DENOV - 2023
REJA
KIRISH
1. О`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BOZOR MUNOSABATLARINING SHAKLLANISHI.
2. IQTISODIYOTDA YUZ BERGAN TARKIBIY O`ZGARISHLAR.
4. O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTINI YANADA DIVERSIFIKATSIYALASH.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Mavzusining dorzarbligi va zarurati. Davlat mustaqilligini qo’lga kiritilishi O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishuchun qulay sharoit va keng imkoniyatlar yaratdi. Bizning diyorimizda bozor munosabatlari yangilik emas. Ming yillar davomida ajdodlarimiz hunarmandlar ishlab chiqargan ajoyib mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini dunyoning to`rt tomonga chiqarib savdogarlik qilgan, mol almashgan.
O’zbekistonning boy imkoniyatlari. geopolitik sharoitidan foydalanib o’ziraizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo`limizni belgilash dastlabki kunlarning eng muhim vazifasi bo`lib qoldi. O’zbekiston tanlagan islohot yo`li ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodini shakllantirishga qaratildi.
Mavzuning maqsadi va vazifalari. Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari Prezident L.Karimov tomonidan ishlab chiqilib dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning yirik mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi va o’zining hayotiyligini namoyish etmoqda. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
- iqtisod siyosatdan ustun turib, mafkuraviy tazyiqlarsiz, o’ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog`i kerak;
- davlat bosh islohotchi o`rnida bo`lib, u islohotlarning ustuvor yo`nalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim;
- bozor munosabatlariga o’tishqonun ustuvorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga araal qilinishi shart;
- bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatint o`tkazish;
- ijtimoiy islphotlarning rivojlanib borishi va yo`nalishini belgilab beruvchi tamoyillardan biri bozor iqtisodiyotiga o’tishevolutsion yo'1 bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur. Yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tishtamoyillari asosida g`oyat ma'suliyatli va murakkab vazifa-iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqildi. Iqtisodiy strategiyaning boshlang`ich nuqtasi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olishdan iboratdir. Bu vazifa markazlashtirilgan, ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o`tishdan iboratdir.
Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko`ra ustuvor vazifalar bosqichma-bosqich hal qilinadi.
Birinchi bosqichda totalitar tizimdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga o’tishdavridagi bir-biriga bog`liq, ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga-to’g’ri keldi: ma'muriy buyruqbozlik tizimining og`ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni barqarorlashtirish va bozor munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu bosqich jarayonida iqtisodiy islohotning g`oyat muhim yo`nalishlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berildi:
- O’tishjarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish;
- qishloq xo`jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;
- ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish.
Iqtisodiy islohotlarni huquqiy asoslovchi qonun-qoidalar yuridik tashkilotlar va yetuk olimlar tomonidan tayyorlandi va jahonning yirik mutaxassislari tomonidan quvvatlanib tan olindi.
Dastlabki vaqtning o’zida iqtisodiy munosabatlarning huquqiy negizini barpo etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun hujjatlari qabul qilingan. Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet el investitsiyalari bo’yicha Prezident huzurida maxsus Idoralararo kengash tuzildi.

Download 69.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling