Tajriba ishi-3 Elektr qarshilik termometri yordamida haroratni anishlash. Ishdan maqsad


Download 284.82 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.09.2020
Hajmi284.82 Kb.
#129988

Tajriba ishi-3 

Elektr qarshilik termometri yordamida haroratni anishlash. 

 

 

Ishdan maqsad: 

Ushbu  laboratoriya  ishi  temperaturani  o’lchash  usullarini  o’rganishga 

mo’ljallangan.  

Talaba  ishni  bajarish  jarayonida  sanoatda  qo’llaniladigan  temperaturani 

o’lchash  usullarini  va  ularning  ishlash  printsiplarini  virtual  stendlar  yordamida 

o’rganib, hisobotda ularning ishlashiga aniq tushuntirish berishlari kerak bo’ladi.  

Talabaga  laboratoriya  ishini  bajarish  uchun  ruxsat  ushbu  uslubiy 

qo’llanmani,  ma’ruza  matnining  va  quyida  keltirilgan  adabiyotlarning  ushbu 

mavzuga ta’luqli bo’limlarini chuqur o’rgangandan so’ng beriladi: 

1.  Yusupbekov  N.R.,  Muqamedov  B.I.,  G’ulomov  SH.M.  Texnologik 

jarayonlarni  nazorat  qilish  va  avtomatlashtirish.  Toshkent.:  “O`qituvchi”,  2011.-

576 b. 


2.  Yusupbekov  N.R.,  Muqamedov  B.I.,  G’ulomov  SH.M.  Texnologik 

jarayonlarni boshqarish sistemalari. Toshkent.: “O`qituvchi”, 1997.- 704 b. 

3.  Muxammedov  B.E.  «Metrologiya,  texnologik  parametrlarni  o`lchash 

usullari va asboblari».- T.: «O`qituvchi», 1991 . – 320 b. 

4. Farzane N.G. i dr. Texnologicheskie izmereniya i pribori. M.: «Visshaya 

shkola», 1989.-456 s. 

 

 

Topshiriq: 



Elektr qarshilik termometrlari ishlash printsiplari bilan tanishish; 

Temperaturani  o’lchash  usullarini  va  ularning  ishlash  printsiplariniga  aniq 

tushuntirishlar berish. 

 

 



Elektr qarshilik termometrlari 

Qarshilik termometrlarining ishlash printsipi, metall o`tkazgichlarning elektr 

qarshiligini  temperatura  o`zgarishi  bilan  o`zgarishiga  asoslangan.  Metallarda 

temperatura  ortishi  bilan  ularning  elektr  qarshiliklari  ortadi.    Qarshilik 

termometrlarining  afzalligi  quyidagilardir:  o`lchashdagi  yuqori  aniqlilik; 

temperaturani  kichik  diapazonda  o`lchash  mumkinligi;  axborotni  masofaga 

uzatishni va avtomatik ravishda yozib borishning mumkinligi.  

Qarshilik termometri materialiga quyidagi talablar qo`yiladi: 

1)  Fizik  va  kimyoviy  xususiyatlarning  temperatura  o`zgarishi  bilan 

o`zgarmasligi  (xususan,  termometr  qarshiligini  temperaturadan  bog`lig`ligini 

o`zgarmasligi);  


2) O`lchov asbobi sezgirligini oshirish uchun, qarshilik termometri materiali 

elektr qarshiligi temperatura koeffitsienti yuqori bo`lishi kerak;  

3).  Termometrni  kichik  razmerda  tayyorlash  maqsadida,  o`tkazgich  katta 

solishtirma qarshilikga ega bo`lishi kerak;  

4). Tayyorlanadigan termometrlarni o`zaro almashinuvchanligini ta`minlash 

maqsadda metallni toza xolda olish mumkin bo`lishi kerak.  

Toza  xolda  olish  mumkin  bo`lgan  metallardan  qarshilik  termometrlari 

tayyorlashga yaroqligi platina (pt) va mis  (Cu) qisoblanadi. 

Eng  yaxshi  material  bo`lib  platina  qisoblanadi,  chunki  u  oksidlanish 

muxitida  kimyoviy  inert  bo`lib,  uni  toza  xolda  olish  mumkin.  Platinining  elektr 

qarshiligi  temperatura  koeffitsienti  -3,94.10

-3

  grad



-1

  va  solishtirma  qarshiligi  - 

0,099 om mm

2

/m.  



Platinali  qarshilik  termometri  yordamida  temperaturani    -200

0

C+650



0

chegarada  o`lchash  mumkin.  Platinani  R



t

    qarshiligi  temperaturani  0

0

C+650


0

C  


chegarasida quyidagi tenglama bo`yicha aniqlanadi  

R



= R

(1+At+Bt



2

A  va  B  -  o`zgarmas  koeffitsientlar,  ularning  qiymati  graduirovkalashda 



aniqlanadi;  

R



- 0

0

C dagi qarshilik. 



Platinali  qarshilik  termometri  (TSP-1,  Gr21)  qurilmasini  ko`ramiz  (rasm-

3.1). 


 

 

rasm-3.1. 



rasm-3.2. 

 

100x10x0,3  mm  o`lchamli,  yon  tomonida  tish  ko`rinishida  qirqilgan, 

slyudali plastinkadan (1) tayyorlangan karkasga bifillyar ravishda 2 m uzunlikdagi, 

0,007  diametrli  platina  simi  (2)  o`ralgan.  Platina  o`ramlari  uchiga  ulash 

korobkasidagi  latun  qishichlarga  ulash  uchun  ikkita  chiqish-kumush  simlari  (3) 

kovsharlangan.  

Slyudali  plastinka  o`ramlari  bilan  o`zidan  kengroq  bo`lgan  slyudali 

yopqichlar  (4)  bilan  ikki  tomondan  izolyatsiyalanib  umumiy  paket  ko`rinishida 

kumush lenta (5) bilan bog`langan.  

Bu  sezgir  element  alyumin  idishga-vkladishga  (6),  u  esa,  alyumindan 

yasalgan  trubasimon  qobig`ga  (7)  tushiriladi.  Kumush  chiqish  simlari  forforli 

busalar (8) bilan izolyatsiyalangan. 

Sezgir  elementli  7-qobig`  po`lat  ximoya  idishiga  joylanadi.  Apparat  va 

trubalarda  o`rnatish  uchun  po`lat  ximoya  idishiga  shtutser  kovsharlanadi.  Po`lat 

ximoya  idishining  tepa  qismida  tashqi  ulash  simlarini  ulash  uchun  qishichlar 

joylashtirilgan korobka mavjud  

Mis qarshilik termometrlari qam ba`zi afzalliklarga ega: arzonligi, toza xolda 

olishning  onsonligi,  qamda  yuqori  elektr  qarshiligi  temperatura  koeffitsientiga 

egaligi (4,26 10

-3

grad



-1

). 


Kamchiligi  –  solishtirma  qarshiligining  kichikligi  0,017  om  mm

2

/m  va 



yuqori temperaturada oson oksidlanishi. 

SHuning  uchun  mis  qarshilik  termometrlarining  ishlatilish  diapazoni 

cheklangandir (-50

0

C + 180



0

C).  


–50+180

0

C intervalda mis qarshiligini temperaturadan t  bog`liqligi quyidagi 



tenglama orqali ifodaladi  

R



= R

0

(1+



t) 


- elektr qarshiligi temperatura koeffitsienti (grad

-1

). 


Platinali  va  misli  standart  qarshilik  termometrlari  (TSP  i  TSM)  ishlab 

chiqariladi. 0

0

C dagi bu termometrlar qarshiligi (R



0

) xar xil qiymatlarga ega va shu 

sababli xar xil graduirovkali qarshilik termometrlari ishlab chiqariladi.  

Platinali  qarshilik  termometrlari  (TSP),  graduirovkasi  Gr  20, 

0

C  dagi 



qarshiliga  R

0

=10  om;  Gr-21, 



0

C  dagi  qarshiliga  R

0

=46  om  va  Gr22, 



0

C  dagi 


qarshiliga R

0

=100 om, shuningdek 50P,  



0

C dagi qarshiliga R

0

=50 om i 100P  



0

dagi qarshiliga R



0

=100 om.  



Mis qarshilik termometrlari (TSM) graduirovkasi Gr23, 

0

C dagi qarshiliga 



R

0

=53  om  i  Gr24, 



0

C  dagi  qarshiliga  R

0

=100  om,  shuningdek  50M,   



0

C  dagi 


qarshiliga R

0

=50 om va 100M  



0

C dagi qarshiliga R

0

=100 om. 



Konstruktsiyasi xar xil qarshilik termometrlari ishlab chiqariladi.  

TSP  I  -  o`lchash  chegarasi  -0+500

0

C,  ishchi  bosim  40  bar  (kgs/sm



2

)gacha, 


qo`zg`almas shtutserli ko`rinishda ishlab chiqariladi.  

TSP  III  -  o`lchash  chegarasi  -0+500

0

C,  atmosfera  bosimida  qo`zg`aluvchi 



shtutser ko`rinishida ishla chiqariladi. Inertsiyasi 4 minutgacha.  

Sushestvuyut  i  drugie  konstruktsii  termometrov  soprotivleniy  (lepestkovie, 

pressovannie,  steklovannie),  kotorie  menee  inertsionni  po  sravneniyu  s 

predidushimi termometrami.                                        

TSP-  XXI,  TSP-XXII    o`lchash  chegarasi  -0+500

0

C,  ishchi  bosim  250  bar 



(kgs/sm

2

)gacha, inertsiyasi – 1 min. 20 sek;  



TSM-X  (Gr23), o`lchash chegarasi –50+100

0

C,  ishchi bosim 40 kgs/sm



2

TSM-XIV  (Gr23), o`lchash chegarasi –50+100



0

C,  ishchi bosim atmosfera 

bosimi; 

TSM-XI  (Gr23),  o`lchash  chegarasi  –50+100

0

C,  ishchi  bosim  40 



kgs/sm

2

gacha; 



TSM-239  (Gr23),  o`lchash  chegarasi  –50+100

0

C,  ishchi  bosim  25 



kgs/sm

2

gacha; 



TSM-  XII  (Gr23),  o`lchash  chegarasi  –50+100

0

C,  ishchi  bosim  atmosfera 



bosimi. 

 Qarshilik  termometrlarining  ko`p  modifikatsiyalari  ishlab  chiqariladi.  Ular 

bir biridan sezgir element kostruktsiyasi, ximoya idishi, ishlatilish shart-sharoitlari 

bilan farqlanadi. 

Shuningdek yarim o`tkazgichli qarshilik termometrlari-termorezistorlar qam 

ishlab chiqariladi. Ular, marganets, mis, kobal’t va nikel oksidlarini preslab yuqori 

temperaturada  ishlov  berib  tayyorlanadi.  Termorezistorlar  teskari  elektr  qarshiligi 

temperatura  koeffitsientiga  ega,  shuning  uchun  ularda  temperatura  oshganda 

ularning elektr qarshiliklari kamayadi.  

Silindr  ko`rinishida,  tsilindr  ximoyalangan  va  busikli  ko`rinishda  ishlab 

chiqariladi.  

MMT  termistorlarimarganets va mis qotishmalaridan tayyorlanadi.  



Termistorlarning asosiy kamchiligi, xarakteristikalarining xar xilligi sababli 

ularning  o`zaro  almashtirish  imkonining  yo`qligi.  Bunda,  ularda  nominal 

qiymatdan chetlashish

 20% ni tashkil etadi. 



Qarshilik  termometrlari  bilan  ishlaydigan  ikkilamchi  o`lchov  asboblari 

sifatida  muvozanatlangan  avtomatik  o`lchash  ko`priklari,  muvozanatlanmagan 

o`lchash ko`priklari va logometrlar qo`llaniladi. 

 

 



Laboratoriya ishini bajarish tartibi 

Kompyuterda  elektr  qarshilik  termometrlarining  virtual  stendlari  keltirilgan 

faylni  topib  oching.  Dasturni  ishga  tushirib,  elektr  qarshilik  termometrlar  ishini 

kuzating,  so’ngra  virtual  stendlardagi  kuzatuv  bo’yicha  o’lchov  asbobi  ishlash 

printsipini yozing. 

 

Xisobotni tayyorlash 

Hisobot  o’rganish  natijasida  o’lchov  asboblarining  chizmalari  va  ishlashi 



to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. 

 

Download 284.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling