Tajriba maqsadi


Download 114.13 Kb.
bet1/2
Sana27.03.2023
Hajmi114.13 Kb.
#1301018
  1   2
Bog'liq
QUYOSH KOLLEKTORINING EFFEKTIVLIGINI QIZDIRILAYOTGAN SUV HAJMINING FUNKSIYASI SIFATIDA ANIQLASH


QUYOSH KOLLEKTORINING EFFEKTIVLIGINI QIZDIRILAYOTGAN SUV HAJMINING FUNKSIYASI SIFATIDA ANIQLASH

Tajriba maqsadi:
- Temperatura egriligini majburiy sirkulyasiya vaqtining funksiyasi sifatida olish
- Quyosh kollektorining effektivligini baholash
Kerakli jihozlar: quyosh kollektori, cho’g’lanma lampa, suv nasosi, transformator, ulovchi kabel, CASSY, temperatura datchigi, po’latli o’lchash poloskasi, taymer, plastik stakan, silicon quvurlar.


NAZARIY TUSHUNCHA
Quyosh kollektori quyosh radiasiyasini yutadi va o’zi hamda to’ldirilgan suvni qizdiradi. Quyosh kollektorining effektivligi η suv yutgan issiqlik energiyasining ∆Q kollektorga tushayotgan radiasion energiyaga Ε nisbati bilan o’lchanadi:

Bu yerda radiasion energiya quyidagidan aniqlanadi:
,
bunda F radiasiya quvvati.
Kollektor atrof muhitga nisbatan issiqroq bo’lganda, u atrof muhitga nurlanish, konveksiya va issiqlik o’tkazuvchanlik orqali issiqlik ajratadi. Shu yo’qotishlar sababli kollektorning effektivligi kamayadi. Tajribada suyuqlikning majburiy sirkulyasiyasi nasos yordamida amalga oshiriladi. Sistema (kollektor, quvurlar va bak) tomonidan yutilgan issiqlik energiyasi asosan suvda mujasam-lashganligi uchun quyosh kollektorining temperaturasi juda yuqori bo’lib keta olmaydi. Tajribalarda quyosh kollektori issiqlik izolyasiyasi bilan hamda usiz qo’llaniladi. Bunda bakda suvning temperaturaviy xarakteristikalari o’lchanadi.
Quyosh kollektorining yuqori temperaturasi tufayli issiqlik energiyasining yo’qotilishi ko’proq. Tajriba qurilmasida elektr lampaning qo’llanilishi qurilma effektivligining yomonlashuviga olib keladi. Lampa 1000 W quvvat ajratadi. Bu energiyaning bir qismi lampani qizdirishga sarf bo’ladi. Energiyaning boshqa qismi quyosh kollektorini yoritish uchun qo’llanilmaydi va yana bir qismi esa akslanib qaytadi. Shunday qilib, quyosh kollektori olgan radiasion energiya 1000 W dan ancha kam. Suv yutgan issiqlik energiyasining miqdori Q, massa m va solishtirma issiqlik sig’imi koeffisiyenti orqali quyidagi formula bilan hisoblanishi mumkin:




Download 114.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling