Takroran monitoring mobaynida


Download 14.35 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi14.35 Kb.
#1262941

  • Quyida keltirilgan startap loyihalar monitoring bosqichlarida bir necha marotaba og‘zaki va yozma ogohlantirilganligiga qaramasdan, loyiha rahbarlari tomonidan takroran monitoring mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yozma tarzda ketma-ket ikki chorak hisobot hujjatlari taqdim qilinmagan.

  • 2021-yil 30-sentabrdagi S-PF-83-son shartnoma asosida loyiha ijrochisi “AliʻS” MCHJ rahbari B.Shalabayev tomonidan umumiy moliyalashtirish qiymati 600,000 ming so‘m bo‘lgan, o‘rganish davriga qadar 403 482,0 ming so‘m ajratilgan “Avtomobil shinalarini qayta ishlab, xom-ashyo koʻrinishiga keltirib, xom-ashyodan rezina plitkalar ishlab chiqarish” startap loyihasi;

  • 2021-yil 26-noyabrdagi S-PF-90-son shartnoma asosida loyiha ijrochisi “SherTrade” MCHJ rahbari Oʻ.Oʻsarov tomonidan umumiy moliyalashtirish qiymati 500,000 ming so‘m bo‘lgan, o‘rganish davriga qadar 475 000,0 ming so‘m ajratilgan “Baliq mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash” startap loyihasi bo‘yicha



Shuningdek,  2020-yil 14-dekabrdagi S-PF-47-son shartnoma asosida loyiha ijrochisi “BOSTANOVA NESIBELI” MCHJ rahbari P.Jaylibayev tomonidan umumiy moliyalashtirish qiymati 400 000 ming so‘m bo‘lgan “Orolboʻyida baliqchilikni rivojlantirish, shuningdek yoʻqolib ketishi xavfi ostida turgan baliq turlarini tiklash” startap loyihasi 2022-yil I – II chorak yakunida monitoring uchun hisobot hujjatlari umuman taqdim etilmagan.
Startap loyihalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalarning 32-bandiga ko‘ra, Talabgor tomonidan loyiha doirasida ishlar kalendar reja talablari hamda ushbu shartnoma shartlari asosida bajarilmagan, oraliq bosqichida loyiha hujjatlari va hisobotlari rasmiylashtirilmagan yoki oʻz muddatlarida topshirilmagan holatlarda Buyurtmachining Ishchi organi taqdimnomasiga asosan “Buyurtmachi” qarori bilan loyihani moliyalashtirish to‘xtatilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Mazkur loyihalarning kalendar rejasiga asosan monitoring o‘tkazish yuzasidan belgilangan muddat ichida hisobot hujjatlari topshirilmaganligi, bundan tashqari, joriy yilning 31-may sanasida №01-01/147-sonli xat orqali startap loyiha ijrochi va rahbarlariga hamda Hududiy boshqarmalarga hisobot hujjatlarini topshirishni so‘rab murojaat qilingan bo‘lsada, yuqoridagi loyihalar bo‘yicha tegishli hisobot hujjatlari taqdim etilmadi.
Download 14.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling