Takrorlash formativ (shakllantiruvchi) baholash
Download 1.88 Mb.
|
FORMATIV BAHOLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- K.Jalilov.
- (kuzatish, og‘zaki savol-javob qilish, kichik hajmli testlar olish, yozma ishlar va h.k.)
- HAR DOIM tahliliy fikr- mulohazalar
O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashda zamonaviy yondashuvlar. Baholash topshiriqlarini yaratish va ular uchun mezonlar ishlab chiqish FORMATIV BAHOLASH Kamolova Uljon TAKRORLASH Formativ (shakllantiruvchi) baholash (o‘rganish uchun baholash) - ta’lim jarayoni davomida ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish sifatini baholab borish. K.Jalilov. “Baholash nazariyasi asoslari” Formativ baholash muntazam ravishda o‘tkazilib boriladi. U ta’lim jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni tezkor aniqlab borish, o‘quv jarayonini muvofiqlashtirish va ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi qaytar aloqani ta’minlash imkonini beradi. Formativ baholashda o‘quvchilarning ishni bajarilish tempi, mavzuni o‘zlashtirish yo‘llari va boshqalar inobatga olinadi, o‘quvchining yutuqlari va rivojlanishiga e’tibor kuchaytiriladi. Formativ baholash summativ baholashdan farqli ravishda bevosita o‘qituvchi tomonidan, asosan, norasmiy shakllarda (kuzatish, og‘zaki savol-javob qilish, kichik hajmli testlar olish, yozma ishlar va h.k.) o‘tkaziladi. Formativ baholash (o‘rganish uchun baholash):
Formativ baholashdan keyin o‘quvchilarga HAR DOIM tahliliy fikr- mulohazalar beriladi. Fikr-mulohaza bildirishning yana bir muhim jihati o‘quvchilarning motivatsiya olishidir. Shuni hisobga olgan holda, fikr-mulohaza bildirish, asosan, ruhlantirish kayfiyatida bo‘lishi tavsiya etiladi. Ammo ruhlantirish va maqtov haddan oshib ketsa, o‘quvchida ichki motivatsiya tushib ketishi, o‘quv jarayonining maqsadidan chetlashishi, o‘zining asl holatidan xabarsiz qolishi holatlari kuzatilishi mumkin va bu akademik jarayonga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Qanday fikr-mulohazalar o‘quvchi o‘qishga bo‘lgan qizishni yo‘qotadi?
Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling