Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar


Download 17.2 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi17.2 Kb.
#1326365
Bog'liq
4. TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR (2)


TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR


1. Ishlab chiqarish omillari nimalardan iborat?
Ishlab chiqarish omillari — Bevosita ishlab chiqarish jarayonida qoʻllanadigan resurslar boʻlib; yer (tabiat), ishchi kuchi, kapital, tadbirkorlik faolligi (tadbirkorlik qobiliyati) kabi omillar hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi, miqdori ulardan foydalanish darajasiga boglik, boʻladi.
2. Ishchi kuchi nima, uning mehnat tushunchasidan nima farqi bor?
Ishchi kuchi (inglizcha: Labor force, nemischa: Erwerbspersonenpotenzial) — bu inson aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yigʻindisi[1] boʻlib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega boʻlgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning oʻzi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir. Jamiyatning milliy mahsuloti hisobiga ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, yaʼni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi.
3. Kapital tushunchasiga ta’rif bering va uning tarkibiga nimalar kirishini tushuntirib bering.
Kapital (nem. Kapital; lot. capitalis — bosh, asosiy), sarmoya — keng ma'noda — o'z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo'lgan jami vositalar va mablag'lar; yangi qiymat keltiruvchi, o'zini o'zi ko'paytiruvchi qiymat.
4. Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini va uning ikki tomonini tushuntiring.
Ishlab chiqarish jarayoni - bu kishilarni o’zlarining iste’moli uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko’rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir.
5. Oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning mohiyati nimada?
Takror ishlab chiqarish - sarflangan ishlab chiqarish omillari (tabiiy zaxiralari, ishchi kuchi va ishlab chiqarish. vositalari)ni qayta ishlab chiqarish yoʻli bilan tiklash Uning oʻzgarmas koʻlamda qaytarilib turishi oddiy takror ishlab chiqarish hisoblanadi. Agar shu jarayon yangidan kengaytirilgan koʻlamda takrorlansa kengaytirilgan takror ishlab chiqarish deyiladi.

Oddiy takror ishlab chiqarish.da foydalanilayotgan ishlab chiqarish. omillari, shu jumladan, kapital va mehnat hajmi, muayyan muddat davomida oʻzgarmaydi. Bu omillarning ilgarigidek unumdorligi natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori kamaymaydi (aks hodda toraygan ishlab chiqarish. paydo boʻladi) ham, koʻpaymaydi ham. Kengaytirilgan T.ishlab chiqarish.da, boshqa hamma sharoitlar bir xil boʻlgan hodda, ishlab chiqarish. omillari hajmining oʻsishi ishlab chiqarish.ning va ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining oʻsishiga olib keladi. Ishlab chiqarish.ning bir yoki bir necha omillarining koʻpayishi hisobiga yuzaga keladigan kengaytirilgan T.ishlab chiqarish. uchun, odatda, qoʻshimcha kapital qoʻyilmalar talab etiladi (ishlab chiqarish.ga investitsiya jalb etiladi). Iqtisodiy taraqqiyot faqat kengaytirilgan T.ishlab chiqarish. boʻlgandagina yuz beradi. Butun jamiyat miqyosida yalpi ichki mahsulotni (YAIM) kengaytirilgan T.ishlab chiqarish. oldingi davrda jam/arma uchun ishlab chiqarilgan YAIMning bir qismidan foydalanishni taqozo etadi. Mamlakatning tiklanadigan va tiklanmaidigan tabiiy resurslari uning milliy boyligining bir qismi xisoblanadi. Tiklanadigan boyliklar — oʻrmonlar, baliq zaxiralari, qishloq xoʻjaligi. yer maydonlari va boshqadir. Bu tabiiy zaxiralar, odatda, uzok, muddatli T.ishlab chiqarish. takror hosil boʻlish sikliga egaligi bilan ajralib turadi. Koʻpgina foydali qazilmalar — neft, toshkoʻmir, boksit, temir rudasi tiklanmaidigan zaxiralarga kiradi. Shuning uchun ulardan tejamkorona va samarali foydalaniladi.


6. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalarini tushuntirib bering.
Ishlab chiqarish jarayonida turli omillarning birgalikda ishlatilishi natijasida mahsulot, ya'ni tovar va xizmatlar vujudga keladi. Ma'lumki ishlab chiqarish, o`zaro bir-biri bilan aloqador, o`zaro bog`langan individual ishlab chiqarishlardan tashkil topgan.Ana shu individual ishlab chiqarishlar yig`indisi ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etadi.

Ijtimoiy ishlab chiqarishda, turli omillarning harakati natijasida juda ko`p turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo`lgan milliy mahsulot vujudga keladi. Ilgari mamlakat bo`yicha ishlab chiqarishda vujudga keltirilgan mahsulotlar yig`indisi yalpi ijtimoiy mahsulot deb atalar edi. Yalpi ijtimoiy mahsulotda yil mobaynida yaratilgan moddiy ne'matlar yig`indisi hisobga olinar edi, unda xizmat ko`rsatish sohalarida vujudga keltirilgan ma'naviy ne'matlar va xizmatlar hisobga olinmas edi. Lekin bir ishlab chiqarish sohasidan chiqqan xom ashyo, materiallar, yonilg`i va energiyalarning qiymati boshqa sohalarda ishlatilib, bir necha bor takror-takror hisobga olinib, mahsulotning hajmi sun'iy ravishda oshirib ko`rsatilar edi, iste'molga borib tushadigan tayyor mahsulot esa undan bir necha barobar kam bo`lar edi.


7. Yaratilgan mahsulotning natural va qiymat tarkibi nimalardan iborat?
Har bir korxona yoki ishlab chiqarish bwg`inida turli omillarning birgalikda ishlatilishi natijasida mahsulot, ya`ni tovar va xizmatlar vujudga keladi. Bu yaratilgan tovar va xizmatlar har bir korxona yoki bwlinma uchun ishlab chiqarishning umumiy natijasi bwlib hisoblanadi. Lekin bunday korxonalar soni juda kwpdir. Masalan, 2004 yil oxirida Wzbekistonda faoliyat yuritayotgan kichik korxonalar soni 237,5 mingta edi. Agar bunga yirik davlat korxonalari, qwshma korxonalar, aktsiyadorlik jamiyatlari va kompaniyalarini qwshsak xwjaliklar soni yanada kwpayadi. Yuzaki qaraganda har bir korxonadagi individual ishlab chiqarish bir-biridan ajralgan holda mustaqilga wxshab kwrinadi. Ammo xilma-xil tovarlar va resurslarning uzluksiz oqimida individual mablag`larning harakatlari bir-biri bilan qwshilib, wralib chatishib ketadi. 
8. Zaruriy va qo‘shimcha mahsulot nima, qo‘shimcha mahsulot normasi va massasi formulasini yozib tushuntiring.
Zaruriy mahsulot deb ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo'lgan zaruriy ish vaqtida yaratilgan ishchi kuchini normal holatda saqlash va qayta ishlash uchun zarur bo'lgan mahsulotga aytiladi.

Zaruriy mahsulot sof milliy mahsulotning muxim qismi bo'lib, bevosita ishchi va xizmatchilarga tegishlidir. Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi ya'ni qo'shimcha ish vaqtida yaratilgan qismi qo'shimcha mahsulot deyiladi.


9. Qo‘shilgan mehnat, qo‘shilgan kapital va qo‘shilgan mahsulot tushunchalarini izohlab bering.
Qoʻshilgan qiymat - ishlab chiqarish (xiz matlar koʻrsatish) jarayonida muayyan bir firma, korxonada yangidan yara-tilgan, bevosita oʻstirilgan, mahsulotning oldingi qiymatiga qoʻshilgan qiymat. Firma tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, tovarlar, xizmatlarni sotishdan olgan tushumlar bilan firmaning boshqa fir-malardan resurslar (materiallar, yarim fabrikatlar) sotib olish uchun qilgan xarajatlari ayirmasi tarzida aniqlanadi. Qoʻshilgan qiymat — ishlab chiqarishning pirovard natijasidir. Mazmunan Qoʻshilgan qiymat ishlab chiqarilgan yoki yaratilgan tovar va xizmatlar narxining bir qismi sifatida gavdalanadi.
10. So‘nggi qo‘shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borish qonunining mohiyati nima va u hozirgi davrda amal qiladimi?
Mehnat nizolari - amaldagi mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni tadbiq etish yoki yangi mehnat shartlarini belgilash yoxud mavjud shartlarini oʻzgartirishga doyr masalalar boʻyicha yuzaga keladigan va qonunda oʻrnatilgan tartibda hal etiladigan kelishmovchiliklar. Mehnat nizolarini hal etish bilan bogʻliq barcha masalalar OʻzRning Mehnat kodeksi (259—281moddalar), Fuqarolik protsessual kodeksi (1, 5, 6, 31, 110, 149, 158, 185, 219, 239, 259moddalar)da koʻrsatib oʻtilgan. Mehnat nizolari yakka tartibdagi Mehnat nizolari va jamoaga doir Mehnat nizolariga boʻlinadi. Ya kka tartibdagi Mehnat nizolari — ish beruvchi va xodim oʻrtasida mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni, mehnat shartnomasipz. nazarda tutilgan mehnat shartlarini qoʻllanish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir. Jamoaga doir Mehnat nizolari — ish beruvchi va xodimlar jamoalari oʻrtasida mehnatning yangi shartlarini belgilash va mavjud shartlarini oʻzgartirish, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzish, oʻzgartirish va bajarish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir. Ish beruvchi bilan xodimlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklar mehnat shatnomasida qatnashuvchi har 2 tarafning harakati yoki harakatsizligi natijasida kelib chiqishi mumkin. Har qanday kelishmovchiliklarhamM.n. darajasiga borib yetmaydi. Yuzaga kelgan kelishmovchiliklar mehnat huquqi subʼyektlari tomonidan turlicha baholanishi mumkin. Baholashdagi kamchiliklar Mehnat nizolarini koʻrib chiquvchi organga murojaat qilingandan boshlab Mehnat nizolari darajasiga borib yetadi.



Download 17.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling