Talaba bo’lmoqchumusiz, unda, albatt o’qing!


Download 13.89 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi13.89 Kb.
#1403073
Bog'liq
KL-Motivotsiya

Talaba bo’lmoqchumusiz, unda, albatt o’qing!

Abituriyent-bu hayotini o’zgartirish uchun yo’lga chiqqan shaxs.Hamma ham odam bo’lib tug’iladi,ammo kimdir inson bolib,kimdir odamligicha vafot etadi.Dunyoda birovga yomonlik qilmasdan yashaganing sening yaxshi inson ekanligingdan dalolat emas.Agar hamma narsaga loqayd bo’lsang ,faqat o’zingni o’ylasang ,dangasa, tanbal bo’lsang va hech bo’lmasa ,bir marta hayotingni o’zgartirishga urinib ko’rmasang, insonlikka da’vo qilma.Inson uchun doimo harakatda bo’lmoq –tiriklikning belgisi.


Sen bugundan abituriyentsan ,bu degani talabalik tomon yo’l olding. Demak,sen hayotingni oz’gartirishni xohlaysan.Shunday ekan quyidagilarni yodda tut:
1.Hech qachon vaqtim yo’q dema-xohish bo’lsa, vaqt topiladi.Dunyoni boshqarayotgan mashhurarning vaqti senikidan ortiq emas.!
2.Hech qachon eslab qolmayman dema,inson istasa, hamma narsani yodda saqlaydi,Alloh senga bergan hotiraga shubha qilma.Xotirangni bo’ysundir!
3.Hech qachon tushunmayman dema.Dunyoda tushunish qobilyati va ong berilgan yagona tirik jon sensan.O’zingni hayvonlarga teng tutma!
4. Hech qachon ertaga dema-erta hech qachon kelmaydi ,har doim bugun bo’ladi!
5.Barcha chalg’ituvchi vositalardan voz kech-Texnika seni emas,Sen texnikani yaratgansan,unga qul bo’lma!!! Har qanday zamonda kitob o’qigan insonlar,film tomosha qilgan insonlar ustidan hukumronlik qilgan.TANLA:Boshqarasnmi? Bo’ysunasanmi?
6.O’zinga hech qachon past baho berma-sen istasang,albatta,qila olasan.Alloh insonga imkoni yo’q narsani xayol surdirmaydi.Qaysi o’rinni orzu qilyapsan,uni egalla.Hozir bo’lmasa qachon? Sen bo’lmasang kim?
7. Vaqtingni qadirla uni sotib ololmaysan,arzon odamlarga qimmatli vaqtingni sariflama!
8.O’zinga ishon-inson o’ziga ishonmay turib boshqalarni o’ziga ishontira olmaydi. Sen g’alaba uchun tug’ilgansan!
9.To’g’ri niyat qilishni o’rgan-hech qachon oxigi o’rinda bo’lsam ham kirib olsam bo’ldi dema.Alloh mimgni so’ra, birni beraman degan.Uning marhamatiga shubha qilma,hamisha 1-GRAND MENIKI deb o’qi.Orzu emas maqsad qil!
10.Senga berilgan imkonni qadirla-bugun sen turgan joyda turishni orzu qilishga haddi sig’maydigan insonlar bor.Bugun senda bor ne’matlarni tushida ham ko’rmaydigan insonlar bor.Shukur qil va yanada yaxshi bo’lishga intil.Faqat o’z hayoting yaxshi bo’lishiga emas,odamlarga kerakli inson bo’lishga intil.Shunday joyda o’tirginki, birov kelib suril deyolmasin.Qayerda bo’lsag ham,shunday iz qoldirginki,o’rningni hechkim bosa olmasin.Sen chindan ista va harakat qil,qolganini Allohga qo’yip ber!
Fikirlar dunyoni boshqaradi, sen fikr egasi bo’l.Dunyo bir kundir-u ham bugundir.Ishning omadi o’z vaqti.Alpinist cho’qqini zabt etolmasa,ayb choqqida emas.Imkoniyatlaringni devorga urib,undan eshik hosil qilishga sariflama! Talaba va talaba bo’lmagan abituriyentga yuborilgan xatning birgina farqi bor: “siz talabalikka tavsiya etildingiz”,”siz talabalikka tavsiya etilmadingiz “Birgina ma qo’shimchasi seni talabalardan ajratib turadi.Bularni qayta-qayta o’qi va amal qil yoki qilma!
Download 13.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling