Talabalarning bilim saviyasi, ko'nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo'yicha o'zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi


Download 70.5 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi70.5 Kb.
#1059164
Bog'liq
6 baholash mezoni


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OILY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


BUXORO MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI

FIZIKA” fani bo‘yicha


BAHOLASH MEZONI

Buxoro 2014 yil


Ushbu baholash mezoni 2012 yilda tasdiqlangan va № БД-310.00-3.03 raqam bilan qayd qilingan “Fizika” fani bo‘yicha namunaviy dastur, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 26 avgustda 1981-1-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan, "Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to'g’risidagi nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida"gi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2010 yil 29 avgustdagi 333-sonli buyrug’i bilan amaliyotga joriy etilgan "Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to'g’risida"gi nizomga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar asosida ishlab chiqildi.


Baholash mezonida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to'g’risidagi Nizomni amaliyotga joriy etilish tartibi, yakuniy nazoratda yozma ish va testni o'tkazish tartibi, bakalavriat ta'lim yo'nalishi uchun "Fizika" fanidan baholash tartibi va mezonlari, talabaning fan bo'yicha reytingini chiqarish, reyting qaydnomalarini to'ldirilishi haqida ko'rsatma berilgan.
Mazkur baholash mezoni “Fizika” kafedrasining majlisida ko‘rib chiqilib, 2013 yil _________________-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan.
Talabalarning bilim saviyasi, ko'nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo'yicha o'zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
Har bir fan bo'yicha talabaning semestr davomidagi o'zlashtirish ko'rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.
Ushbu 100 ball nazorat turlari bo'yicha quyidagicha taqsimlanadi:
yakuniy nazoratga - 30 ball;
joriy va oraliq nazoratlarga - 70 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 70 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi).
Talabaning fan bo'yicha o'zlashtirish ko'rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar (keyingi o'rinlarda namunaviy mezonalar deb yuritiladi) tavsiya etiladi:
a) 86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
xulosa va qaror qabul qilish;
ijodiy fikrlay olish;
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo'llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo'lish.

b) 71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:


mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo'llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo'lish.

v) 56-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:


mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo'lish.

g) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0-55 ball bilan baholanishi mumkin:


aniq tasavvurga ega bo'lmaslik;
bilmaslik.
Fizika fani bo’yicha talabalar bilimini baholash 100 ballik reyting tizimi asosida joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkazish orqali o’tkaziladi.
Semestr bo’yicha ikki marta joriy va oraliq nazoratlar, hamda semestr yakunida yakuniy nazorat o’tkazish belgilangan. Ushbu joriy nazoratlarning har biriga 20 balldan, oraliq nazoratlarga 15 balldan va yakuniy nazoratga 30 ball ajrailadi.
“Fizika” fani ma’ruza, amaliy va tajriba mashg’ulotlari ko’rinishida olib borilishini hisobga olib, ma’ruza darslarida olingan bilimlarni oraliq nazorat orqali, amaliy va tajriba mashg’ulotlarida egallagn ko’nikma va malakalarini esa joriy nazorat orqali baholash ko’zda tutiladi.
Talabalar bilimini baholashting reyting tizimi Nizomiga asosan, “Fizika” fanidan bajarildigan mustaqil ishlarni baholash natijalari ham oraliq, joriy va yakuniy nazoratlar tarkibiga kirishi lozim.
“Fizika” kafedrasining 2010 yil noyabr oyida o’tkazilgan 3-sonli majlis qaroriga asosan, birinchi oraliq nazorat ma’ruzada o’tilgan mavzular asosida yozma ko’rinishda, ikkinchi oraliq nazorat esa o’tilgan mavzular yuzasidan barcha tushuncha va qonuniyatlarni o’zida mujassam qilgan test natijasiga asosan o’tkazilishi qaror qilingan. Bundan tashqari, mustaqil ma’ruza mashg’ulotlari natijalari ham oraliq nazorat uchun ajratilgan 30 ball tarkibiga kiradi. Shunday qilib, jami mustaqil ishning 40%i ma’ruzaga, 30 %i mustaqil amaliy va tajriba mashg’ulotiga hamda 30%i yakuniy nazoratga ajratiladi.
Oraliq nazorat uchun ajratilgan 30 ballning 40%i, ya’ni 12 balli mustaqil ma’ruza mashg’ulotlariga ajratiladi. Mos ravishda, birinchi va ikkinchi oraliq nazoratlarga 6 balldan belgilanadi. Ballarning bunday taqsimotidan har bir yo’nalish uchun ajratilgan o’quv mashg’ulotlari soatlaridan kelib chiqqan holda foydalaniladi.
Joriy nazoratga ajratilgan 40 ball esa amaliy mashg’ulot va tajriba mashg’ulotlari natijalariga asosan qo’yiladi. Bundan tashqari mustaqil amaliy va mustaqil tajriba ishlari natijalari ham joriy nazorat tarkibiga kiradi. Bundan kelib chiqadiki, yo’nalishlar uchun ajratilgan mustaqil ishlar soatlari fan bo’yicha bir semestrga ajratilgan soatning 60% ini tashkil qilar ekan, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning mos holda shuncha qismini tashkil etishi lozim. Kafedra qaroriga asosan, fan uchun ajratilgan mustaqil ish soatining 40% ini ma’ruzaga, 30% i mustaqil amaliy mashg’ulotga, 30%i esa mustaqil tajribaga ajratiladi.
Joriy nazorat uchun ajratilgan 40 ballning 30 %i, ya’ni 12 balli mustaqil amaliy va tajriba ishlari uchun belgilanadi. Mos ravishda, birinchi va ikkinchi joriy nazoratlarga 6 balldan belgilanadi. Ballarning bunday taqsimotidan har bir yo’nalish uchun ajratilgan o’quv mashg’ulotlari soatlaridan kelib chiqqan holda foydalaniladi.
Yakuniy nazorat uchun ajratilgan 30 ballning 30%i, ya’ni 9 balli talabalarning mustaqil ishlari uchun belgilanadi (bunda talabalar bilimini baholashning reyting tizimi Nizomiga asosan, referat, slayd, prezentatsiya, plakat, tajriba-konstruktorlik ishi ko’rinishidagi TMIlar e’tiborga olinadi). Yakuniy ball uchun ajratilgan 30 ballning qolgan qismi, ya’ni 21 balli yozmaish yoki test ko’rinishida o’tkaziladigan baholash uchun ajratiladi.
“Fizika” fanidan yakuniy nazorat yozma ish sifatida o’tkazilganda maksimal 21 ballik reyting asosida baholanadi.
Yakuniy nazoratni baholash uchun ma’ruza darslarida o’tilgan mavzular asosida, tayanch iboralar vositasida tuzilgan savollardan variantlar tuziladi va har bir variantda shu savollar ichidan 5 tasi ishtirok etadi. Har bir savolning javobi maksimal 4 ballik reyting bilan baholanadi. Ma’ruzadai faolligi uchun 1 ball ajratiladi. savollar ro’yxati bir oy oldin talabalarga yetkaziladi.
Har bir savolga yozilgan javob quyidagi talbalar asosida baholanadi.
1. Qo’yilgan savolning so’zlar vositasida ifodalangan ta’riflar, qonun va qoidalar ko’rinishidagi javob maksimal 2 ball bilan baholanadi;
2. Qo’yilgan savolning formulalar, fizik kattaliklar va ularning o’lchov birliklari ko’rinishida ifodalangan javob maksimal 3 ball bilan baholanadi;
3. Qo’yilgan savoldagi qonun yoki qoidalar turmush va tabiatdagi hodisalarda namoyon bo’lishi, texnikada qo’llanilishini grafiklarda va chizmalarda asoslangan javoblariga maksimal 4 ball bilan baholanadi.
Barcha jamlangan ballar yig’indisi maksimal 21 ballni tashkil etadi.
Shunday qilib:
Savolga berilgan javobda mavzuning to’liq mohiyati izohlangan bo’lsa, kerakli fizik kattaliklar formulalari, ularning o’lchov birliklari hamda mavzu mohiyatini ochadigan grafiklar, chizmalar mavjud bo’lib, fizik kattalikning texnika va texnologiyada qo’llanilishi misollar asosida keltirilgan bo’lsa, bitta savolga berilgan javob 4 – 3,5 ball atrofida baholanadi
Savolga berilgan javobda mavzuning to’liq mohiyati izohlangan bo’lsa, kerakli fizik kattaliklar formulalari, ularning o’lchov birliklari hamda mavzu mohiyatini ochadigan grafiklar, chizmalar mavjud bo’lib, fizik kattalikning texnika va texnologiyada qo’llanilishi misollar asosida keltirilmagan bo’lsa, bitta savolga berilgan javob 3,4 – 2,9 ball atrofida baholanadi
Savolga berilgan javob mavzuning to’liq mohiyati izohlangan bo’lsa, kerakli fizik kattaliklar formulalari, ularning o’lchov birliklari hamda mavzu mohiyatini ochadigan grafiklar, chizmalarda qo’pol bo’lmagan kamchiliklar mavjud bo’lib, fizik kattalikning texnika va texnologiyada qo’llanilishi misollar asosida keltirilmagan bo’lsa, bitta savolga berilgan javob 2,8 - 2 ball atrofida baholanadi
Savolga berilgan javob mavzuning to’liq mohiyati izohlanmay, kerakli fizik kattaliklar formulalari, ularning o’lchov birliklari hamda mavzu mohiyatini ochadigan grafiklar, chizmalarda qo’pol kamchiliklar mavjud bulib, fizik kattalikning texnika va texnologiyada qo’llanilishi misollar asosida keltirilmagan bo’lsa, bitta savolga berilgan javob 2 balldan past baholanadi va javob qoniqarsiz hisoblanadi.
Yakuniy nazorat test topshiriqlarini bajarish asosida o’tkaziladigan bo’lganda ham maksimal 21 ball belgilanadi. Test topshiriqlari ma’ruzada ko’rsatilgan tayanch iboralar asosida tuzilgan savollar va ularga keltirilgan 4 ta javob namunalaridan iborat bo’ladi. Har bir talaba uchun alohida variantlar tuzilgan bo’lib, unda 30 ta test topshirig’i ishtirok etadi. Har bir to’g’ri javobga 0,7 ball oladi. Jami 21 ball bilan baholanadi.





Download 70.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling