Ta’lim asoslari


Download 182.03 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi182.03 Kb.
#1580462
  1   2   3
Bog'liq
2-topshiriq

TA’LIM ASOSLARI

Tashbulova X


Abduqodir Shakuriyning yangi usul maktablarini tashkil etishdagi marifatparvarlik xizmatlari.

Reja:

  • 1) Abduqodir Shakuriy haqida.
  • 2) Abduqodir Shakuriylarning yangi usul maktablarini tashkil etishdagi ma'rifatparvarlik xizmatlari.
  • 3) Abduqodir Shakuriy ijodi.

Abduqodir Shakuriy haqida.

  • Abduqodir Shakuriy 1875 -yili Samarqandning Rajabamin qishlog'ida bog'bon oilasida tug'ilgan. Shakuriy eski usuldagi maktabni tamomlagach, Samarqand shahridagi madrasaga o'qishga kiradi. Shakuriy o'zbek va tojik tillarida yozgan tarjimai hollarida rus gimnaziyasiga borib uning ichki tartibqoidalari va o'qitish usullari bilan tanishganligini qayd etadi. Shundan keyin yosh muallimda o'z xalqining bolalari uchun ham shu tartibdagi yangi maktab tashkil qilish orzusi paydo bo'ladi. Shakuriy do'stlari yordamida Qo'qon shahriga boradi va u erda o'n kun davomida yangi maktabdagi o'qish-o'qitish usullari bilan tanishadi. Samarqandga qaytib kelgach, bu yangi usullarni o'zi ochgan maktabda qo'llay boshlaydi. Shakuriy dastlab maktabda o'quv jihozlarini o'zgartiradi. U ustalarga parta va doskalar buyuradi. Shu asosda birinchi marta o'z qishlog'i Rajabaminda 1901-yilning kuzida yangi usuldagi maktab tashkil qiladi.

Abduqodir Shakuriy haqida.


Samarqand maktablariga Shakuriy birinchi bo’lib mehnat va musiqa darslarini kiritdi. U bolalarni qishloq xo'jalik va bog‘dorchilik ishlari bilan tanishtirishdan tashqari, ularga muqovasozlik, duradgorlik va boshqa hunarlarni ham o'rgatar edi, bu mashg'ulotlar uchun alohida soatlar ajratgan edi. 1923-yilning boshlarida «Pravda» gazetasi mamlakatimiz bo'yicha eng namunali ilg'or maktab hamda mohir va tajribali o'qituvchilar uchun tanlov e’lon qildi. 1923-yilning 8 iyulida gazetada shu tanlov natijalari e’lon qilinadi.

Abduqodir Shakuriy haqida.

  • U davrlarda darslik va qo'llanmalar bo'lmaganligi sababh Shakuriy harflarni doskaga yozib qo'yar, o'quvchilar esa shuni o'z daftarlariga ko'­ chirib yozar edilar. U qisman tatar tilida yozilgan kitoblardan ham foydalanardi. Shakuriy o'z xotiralarida tatar pedagogi Abdulhodiy Maqsudiyning «Muallimi avval», «Muallimi soniy» kabi darsliklaridan o'z vaqtida foydalanganligini ko'p marotaba eslaydi. Chor hukumatining mahalliy amaldorlari bu maktabning ochilishiga rasman qarshi bo'hb, uning o'quv dasturini qattiq nazorat qilardilar. Ular maktabda o'tiladigan diniy darsliklarga hech qanday to'sqinlik qilmas, ammo dunyoviyfanlarning o'qitilishidan tashvishlanar edilar. Shogirdlarining aytishicha, Shakuriy qiyinchiliklar bilan qo'lga kiritgan yagona globusni faqat maxsus vaqtda sinfga olib kirar, boshqa vaqtda esa yashirib qo'yar ekan. Shakuriy maktabida o'zbek va tojik bolalari birga o'qitilar edi. Bu yerda tojik tili asosiy til hisoblanar, bolaning savodi chiqqach, o'zbek va tojik tillarida yozilgan kitoblar o'qitilar edi.

Download 182.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling