Ta’lim muassasasi menejmentining asosiy tamoyillari va qonuniyatlari


Download 0.57 Mb.
bet1/2
Sana12.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1089927
  1   2

Ta’lim muassasasi menejmentining asosiy tamoyillari va qonuniyatlari.

Reja:

1.Boshqaruvning mohiyati va tizimi. 2.Pedagogik tizimni boshqarish tamoyillarning o’ziga xosligi. 3.Pedagogik tizimni boshqarishning umumiy qonuniyatlari.

ASOSIY TAMOYILLAR

  • 1.Menejmentning asosiy tamoyili boshqarishda markazlashgan va markazlashmagan tamoyilni optimal qo‘shib olib borish bo‘lib u qaror qabulqilishda vakolatlarni optimal taqsimotiga asoslanadi.
  • 2. Yakkaboshlik va kollegiallik tamoyili. Uning mohiyati konkret darajadagi rahbar va huquq doirasiga kiradigan masalalarni yolg‘iz hal qilishida ifodalanadi.Kollegiallik aniq qarorlarni ijrochilar hamda turli darajadagi rahbarlar fikri asosida kollektiv qarorlar qabul qilishni ifodalaydi.
  • 3. Ilmiy asoslanganlik tamoyili. U tashkilotni ijtimoiy-iqtisodiy qayta qurishda vaqt bo‘yicha rejalashtirish, voqealarni oldindan ilmiy ko‘ra bilishni ifodalaydi.Uning asosiy mazmuni shundan iboratki, barcha boshqarish harakatlari ilmiy uslublar va yondashuvlarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
  • 4. Rejalilik tamoyili. Istiqbolda tashkilotni rivojlantirish ko‘lamlari va asosiy yo‘nalishlarini rejalashda ifodalanadi.
  • 5. Erkinlik va qisman avtonomlik tamoyili. Bunda barcha tashabbuslar harakatdagi qonunshunoslik doirasida o‘z xohishi bilan boshqarish funksiyasini bajarayotgan, erkin harakat qilayotgan iqtisodiy subyektlardan chiqishini taqozo qiladi. Masalan: kasbiy erkinlik, raqobat erkinligi, shartnomalar erkinligi.

6.Iyerarxiya va qayta aloqalar tamoyili. U o‘z organining boshlang‘ich guruhi keyingi darajadagi rahbarlik organ nazoratida bo‘luvchi ko‘p bosqichli strukturani yaratishda ifodalanadi.Barcha guruhlar faoliyati ustidan doimiy nazorat qayta aloqalar orqali amalga oshiriladi.

  • 6.Iyerarxiya va qayta aloqalar tamoyili. U o‘z organining boshlang‘ich guruhi keyingi darajadagi rahbarlik organ nazoratida bo‘luvchi ko‘p bosqichli strukturani yaratishda ifodalanadi.Barcha guruhlar faoliyati ustidan doimiy nazorat qayta aloqalar orqali amalga oshiriladi.
  • 7.Huquq, majburiyat va mas’uliyatni birga qo‘shib olib borish tamoyili.Tashkilotda har bir bo‘ysunuvchi o‘ziga qo‘yilgan topshiriqlarni bajarish va u haqda ma’lum davrda hisobot berib borishi kerak.
  • 8. Motivlashtirish tamoyili. Agar menejer rag‘batlantirish va jazolash tizimini qunt bilan amalga oshirsa, uni ko‘zda tutilmagan holatlarni hisobga olgan holda qarab chiqsa, tashkiliy elementlarni birga qo‘shib olib borsa motivlashtirish dasturi samarali bo‘ladi.
  • 9.Boshqarishni demokratiyalash tamoyili. Uning mohiyati, asosan,boshqarishda barcha xodimlar qatnashishini taqozo qiladi. Qatnashish shakli turlicha bo‘lishi mumkin: boshqarishda yagona ma’muriylik, birgalikdagi pul mablag‘lari, boshqarish qarorlarini kollegial hal qilish va hokazo.
  • 10.Farmoyishlik va javobgarlik tamoyili. Ishlab chiqarish birligi yoki firma tomonidan qabul qilingan rejalar, yo‘riqnomalar, korxonaning yillar davomida to‘plangan an’analariga bo‘ysunishi va ularni bajarilishini ta’minlash farmoyishlik tamoyilining asosini tashkil qilib, kelajakni ta’minlovchi omillardan bo‘lib hisoblanadi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling