Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari


Download 27.56 Kb.
Sana09.11.2023
Hajmi27.56 Kb.
#1759906
Bog'liq
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari (2)


Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari

Har qanday faoliyat, ayniqsa, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lsa, aniq belgilangan maqsad asosida amalga oshiriladi. SHu bilan birga faoliyat o’zida ustuvor tamoyillarni ham ifodalaydi. O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosati ham muhim, ahamiyatli tamoyillarga asoslanadi. Respublikaning ta’limga oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilar: (“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun 3-modda. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari.)



  • ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;


  • ta'limning uzluksizligi va izchilligi;


  • umumiy o`rta, shuningdek o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi;


  • o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo`nalishini: akademik liseyda yoki kasb-hunar kollejida o`qishni tanlashning ixtiyoriyligi;


  • ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;


  • davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi;


  • ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;


  • bilimli bo`lishni va iste'dodni rag`batlantirish;


  • ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg`unlashtirish.


Davlat siyosatining ta’lim sohasidagi asosiy tamoyillari fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, irqi, tili, e’tiqodi, ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar ta’lim olishda teng huquqqa ega ekanliklarini ifodalaydi.


Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish-yangi kasbiy bilimlar, mahoratlar, zamonaviy ko‘nikmalar hamda boshqaruv va pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur hajmda va yetarli darajada hamda davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv-ta’lim jarayoniga talab qilinadigan sifatni ta’minlaydigan darajada vakolatlarni nazarda tutadigan oliy ta’limdan keyingi o‘qitish shakli.


Maktabdan tashqari ta'lim maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta'lim muassasalarida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo'nalishlarda yo'lga qo'yilib, bolalar hamda o'smirlarning taiimga bo'lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularningbo'sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida olib boriladi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelinmg asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish.

Shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlaming iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchidir.
Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim olish va kasb-hunar tayyorgarligidart o‘tish kafolatlanadi. Ta’lim olish jarayonida shaxs davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablami bajarishi shart.
Shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatadi va o'z bilimi hamda tajribasini o‘rgatishda ishtirok etadi».

Davlat va jamiyat ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir.
Davlat va jamiyat ta’lim muassasalarining yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislami tayyorlash yo’lidagi faoliyatini ham uyg'unlashtiradi hamda quyidagilarga kafolat beradi: - -fuqarolaming bilim olish, kasb tanlash va o‘z malakasini oshirish huquqlarning ro'yobga chiqarilishiga;
- majburiy umumiy o'rta ta’lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yo'nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limini olishga;
- davlat grantlari yoki pulli-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni olish huquqiga;
- davlat ta’lim muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashga;
- ta’lim oluvchilarning o‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalarning hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga;
- ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab- quvvatlashga;
- sog‘liq va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslaming ta’lim olishiga.


Uzluksiz ta’lim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlari, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi.
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bo‘lib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlami yaratadi.
Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:
- maktabgacha ta’lim;
- umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
- kasb-hunar ta’limi;
- oliy ta’lim;
- oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
- kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
- maktabdan tashqari ta’lim.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri sifatida fan, yana shuningdek, «ta’lim mazmunini tubdan yangilashda: ta’lim standartlari, ta’lim dasturlari, o‘quv darsliklari va qo‘llanmalar tayyorlashda, ilmiy-metodik ta’minotni amalga oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi».
Download 27.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling