Ta’lim to’g’risidagi


Download 15.94 Kb.
Sana18.06.2020
Hajmi15.94 Kb.
#119861
Bog'liq
1-sinf moslashuv ma'ruza


Mavzu: 1-sinfga qabul qilingan 6-yoshli o’quvchilarning maktabga moslashuvi

“Ta’lim to’g’risidagi” qonun, kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida bolalarni maktabga o’qishga tayyorgarlik darajasini o’rganishga kompleks yondashish, o’tkaziladigan psixologik-pedagogik tashxisning samaradorligini oshiradi. Maktabga psixologik tayyorgarlik bolaning ilk o’quv motivlarining shakllanganligi, yangi ijtimoiy muhitga moslashuvi va jamoaviy hamkorlik ko’nikmalari mavjudligi, ma’naviy ruhiy salohiyat, aqliy imkoniyatlarini munosibligi bilan izohlanadi.

Shundan kelib chiqqan holda Yunusobod tumani Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limining buyrug’iga asosan 105-sonli maktabga 2018-2019-o’quv yilida 76-nafar 7 yoshli va 6-yoshli o’quvchilar qabul qilingan. Shundan 6-yoshli bolalar soni 22 nafar bo’lib ulardagi qizlar 10 nafarni o’g’il bolalar 12 nafarni tashkil etadi.

Maktab PPD komissiyasidan 2012-yilda oktabr, noyabr, dekabr oylarida tug’ilgan bolalar o’tkazilgan bo’lib ular 11 nafarni tashkil etdi.

Tashxis PPD komissiyasi ko’rigidan 2012-yil 1-yanvardan 1-sentabrgacha bo’lgan bolalar o’tkazildi, ular 11 nafarni tashkil etdi. Maktabning 1-sinfiga qabul qilingan 6 yoshli o’quvchilarning moslashuvini o’rganish bo’yicha chora-tadbir rejasi tuzildi. Shu asosida noyabr, dekabr oylarida sinf rahbarlari ishtirokida kuzatuv ishlari olib borildi.

Noyabr oyida “Xotira” mashqi.

O’tkazishdan maqsad: ko’rish idroki, tasavvur ko’lami, diqqati, xotirasi barqarorligi, mantiqiy va taxminiy fikrlarini o’rganish.

Dekabr oyida. “Korreksiya” mashqi.

Maqsad: Bolaning psixologik rivojlanishi va moslashuvi haqida umumiy ma’lumotlar olish, tafakkuri, aqliy rivojlanishi, qo’l motorikasi, uning ruhiy holatini o’rganish.

Tashxis natijasiga ko’ra:



  • Maktabga mutlaq moslashgan bolalar- 18 nafarni

  • Maktabga me’yorida moslashgan bolalar – 2nafarni

  • Moslashish jarayoni sekin kechayotgan bolalar – 2 nafarni tashkil etdi.

Maktabga yoshdagi individual-psixologik xususiyatlardan kelib chiqadigan bo’lsak, ushbu yoshdagi asosiy faoliyat turi o’yin hisoblanadi. Shu sababli 6-yoshli bolalar bilan ishlashda psixologik-pedagogik tashxisning asosiy sharti: “Bolani imtixon qilish emas, u bilan o’ynash hisoblanadi”. Topshiriqni erkin bajarish uchun tabiiy sharoit yaratish lozim. Tashxis jarayonida ota-onaning ishtirok etishi, ayrim topshiriqlarni ular yordamida bolaga bajartirish ham ana shu tabbiy muhitni sodir etadi. Shu ababli 6-yoshli o’quvchilarning ota-onalariga quyidagi tavsiyalar berildi. Uy sharoitida:

  1. Kichik qo’l motorikasini rivojlantirish uchun mashqlar. (plastilin bilan ishlash)

  2. Diqqatni jamlash mashqi. (Onaning oshxona jihozlarini joylashuvi).

  3. Xotirani rivojlantirish mashqi. (Uy jihozlarini joylashuvi).

6-yoshli bolalarni moslashuvini o’rganish bo’yicha tuzilgan chora tadbirlarga asosan yil davomida 1-sinf o’quvchilarini o’qishga moslashuvini kuzatish, o’zlashtirishda ortda qolayotgan o’quvchilar nuqsonlarini aniqlash, sababini o’rganish, ular bilan korreksion ishlar olib borish nazarda tutilgan.
Download 15.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling