Ta’limda axborot tenologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 36.86 Kb.
bet1/6
Sana28.12.2022
Hajmi36.86 Kb.
#1008917
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1.Informatika va axborot tenologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.


Ta’limda axborot tenologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.


Reja:





  1. Axborot texnologiyalari faniga kirish.

  2. Axborot texnologiyalarining axamiyati.

  3. Axborot texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari




  1. Kirish.

Birinchi prezidentimiz I.A Karimov mamlakatimizni XXI asr arafasida rivojlanish strategiyasi oliy ustivor yo’nalishiga bo’lib, har biri to’g’risida alohida to’xtalib o’tdi : «Biz oldimizga qanday vazifa qo’ymaylik, gap oxir-oqibat, baribir kadrlarga va yana kadrlarga borib taqalaveradi». Axborot texnologiyalari bo’yicha informatika sohasida kadrlar tayyorlash, shu jumladan Internet texnologiyalarini barcha sohalarda keng joriy qilish dolzarb masalasi ekanligini alohida uqtirdilar.
Informatika jadal suratlar bilan tez rivojlanayotgan fan yo’nalishi bo’lib, hozirda u qamrab olmagan biror sohani topish qiyin.
Axborot – so’zi lotincha “informatio” so’zidan kelib chiqqan bo’lib tushuntirish, tanishtirish, bayon etish degan ma’noni anglatadi.
Axborotning o’zini esa biror ob’ekt, atrof muxitni ma’lum bo’lagi yoki jarayon haqidagi, aniqmaslik darajasini kamaytiradigan belgilar (parametrlar), tafsilotlar, yo’riklar va h.q. majmuasi deyish mumkin.
O’z navbatida xabar axborotni tasvirlash formasi bo’lib, u nutq, matn, tasvir, grafik, jadval, videotasvir, tovush va h.q. ko’rinishda ifodalanadi.
Umuman, zamonaviy mazmunda olganda- axborot bu odamlar orasidagi, odamlar bilan jonli va jonsiz tabiat, xususan EHM orasidagi ma’lumot almashinuvi bo’lib, keng ma’nodagi ilmiy tushunchadir.
Informatika - bu insoniyat faoliyatining bir sohasi bo’lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida ularni qayta ishlash, shu bilan bir qatorda tadbiq muhiti bilan o’zaro bog’liq bo’lgan jarayonlarining aloqadorliklarni o’z ichiga oladigan, ko’nikma va vositalar tizimidir.
Informatika atamasi 60 yillar oxirida Franstiyada vujudga keldi. U axborot (information) va avtomatika (automatique) so’zlarini birlashtirishdan hosil bo’lib, «ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash» degan ma’noni bildiradi. Ingliz tilida gaplashadigan mamlakatlarda kompyuter fani Computer science deb ataladi.
Mustaqil fan sifatida inormatika 40 yillar oxirida texnika, biologiya, ijtimoiy va boshqa sohalarda boshqarishning umumiy prinstiplari haqidagi- kibernetika fani bazasida vujudga keldi.
Informatikaning asosiy vazifasi – axborotning qayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish, hamda ularni qo’llashdan iboratdir.
Informatika quyidagi masalalarni echadi:

  • Ixtiyoriy informastion jarayonlarini tekshirish;

  • Informastion jarayonlarini tekshirish natijasida olingan bazani qayta ishlash uchun eng yangi texnika texnologiyalarini yaratish va takomillashtirish;

  • Jamiyatning barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan unumli foydalanishning ilmiy va injenerlik muammolarini echish.

Shartli ravishda informatikani uchta o’zaro bog’liq qismga bo’lish mumkin:

  • Apparatli texnika vositasi.

  • Dastur muhiti.

  • Algoritmlar muhiti.

Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikastiyalar yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog’liq bo’lgan sohadir.
Hususan, axborotning eng asosiy turlaridan biri – iqtisodiy axborot. Uning farqli tomoni shundaki, u odamlarning katta jamoalari bilan, tashkilotlar bilan, korxonalar va shu singari boshqa iqtisodiy strukturalardagi boshqarish jarayonlari bilan bog’liqligidadir.
Axborotning amalda qo’llanilishi zarur sharti uning o’z vaqtidaligi va adekvatligidir. Adekvatlik bu olingan axborot asosida qurilgan obrazning haqiqiy ob’ektga qanchalik mosligini beradi va u uchta formada ifodalanadi:

  • Sintaktik adekvatligi – bu axborotni uzatish tezligi, aniqligi, kodlashtirish tizimi, tashqi ta’sirlarining mavjudligi va shu kabi jarayonlardan iborat.

  • Semantik adekvatligi – uzatiladigan axborotning ma’naviy tarkibi, ob’ekt obraziga va haqiqiy ko’rinishiga mos kelishligi hisobga olinadi.

  • Pragmatik adekvatligi – olingan axborotning asosiy boshqariladigan jarayon bilan mos kelishini belgilaydi.

Ko’p xollarda kompyuterga kiritiladigan axborot bilimlar yoki ma’lumotlar bazasi sifatida namoyon bo’ladi, unda hosil qilingan axborot esa o’z iste’molchisiga ega bo’lgan yuqori baholarga ega tovar sifatida qadrlanadi.
Hulosa qilib aytganda, bir tomondan eng xoridorgir tovar yangi ma’lumotni yaratish, qayta ishlash va uzatish bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lib etishish, talablarga bo’lgan mutaxassislarni shakllantirish bo’lsa, ikkinchi tomondan bu maqsadga erishishda ularga murabbiylikni va sharoitlarni ta’minlash olimlarning vazifasidir.
Kompyuterlar imkoniyatlari takomillashuvi, hamda ishlab chiqarish va hayotni turli sohalariga intensiv tarzda kirib borishi mos fan sohasini informatika fani predmetini bir necha bor tubdan yangilanishiga olib kelgan.




  1. Download 36.86 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling