Ta`limda multimediani qollashdagi yutuqlar nimalardan iborat?


Download 17.57 Kb.
Sana03.07.2020
Hajmi17.57 Kb.
#122807
Bog'liq
Joriy nazorat


TOPSHIRIQLAR.


  1. Ta`limda multimediani qollashdagi yutuqlar nimalardan iborat?

  2. O`zbekiston va horij davlatlarida ta`lim tizimidagi farqlarni T sxema ko`rinishida tasvirlang.

  3. Pedagogik talablarga qo`yiladigan talablar.



  1. Ta’lim jarayonida multimedia vositalarini qo’llash pedagogik va psixologik nuqtai nazardan juda katta ahmiyatga ega. Unda beriladigan material chuqurroq o’zlashtiriladi, vaqtni tejash imkoniyatiga erishiladi, olingan malumot kishi xotirasida uzoq vaqt saqlanadi, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning passiv tinglovchi sifatida ishtirok etishi qisqarib, izlanuvchanlik va bilish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan multimedia dasturlari tadbiq etiladi, ta’lim jarayoniga badiiylik kiritiladi. Boshqacha qilib aytganda, multimedia ta’limning emotsionalestetik ta’sirlanish, maqsadga intilish, tadqiqotchilik kabi motivlarni faolashtiradi. Ma’lumki, ta’lim oluvchi birinchi marta eshitgan mavzusining faqat to’rtdan bir qismini, ko’rgan materiallarining esa uchdan bir qisminigina eslab qoladi; ham ko’rib, ham eshitsa axborotning ellik foizini yodda saqlaydi. Interaktiv multimedia tehnologiyalaridan foydalanganda esa bu ko’rsatkich 75 % tashkil etadi.









Asosiy farqlar:

1) ta’lim umumiy yoki maxsus o’quv dasturlari asosida tashkil etiladi;

2) umumiy o’rta ta’lim mussasalarida ta’lim olish majburiy, ixtisoslashgan umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’qish esa ixtiyoriy; 3) ixtisoslashgan umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ta’lim uchun ajratilgan soatlarning asosiy qismi maxsus fanlarning chuqur o’qitilishi uchun ajratiladi;

4) ta’lim samaradorligi; a) umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilarning fanlar bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichlari; b) ixtisoslashgan umumiy o’rta ta’lim muassasalarida qo’shimcha ravishda ta’lim o’quvchilarning turli yo’nalishlarda tashkil etilgan tanlov, ko’riklardagi muvaffaqqiyatli ishtiroki bilan ham belgilanadi.



Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim tizimi deb nomlanib, bu paragrifda, hususan, AQSH, Fransiya, Yaponiyakabi rivojlangan mamalakatlarda ta’lim tizimlariga to’xtalib o’tishga imkon qadar harakat qilindi. Hozirgi paytda rivojlangan mamalakatlar integratsiyalashgan o’quv dasturini ta’lim tizimiga kiritishmoqda. Yana bir e’tiborli masala, ta’lim tixzimini tabaqalashtirish eng dolzarb masala, deb qaralmoqda, o’quvchilarni tabaqalashtirib o’qitish asosan boshlang’ich kursdan keyin amalga oshiriladi. Fransiya pedogoglari sinf o’quvchilarini 3 tabaqaga ajratib o’qitishni afzal ko’radilar. Bular quyidagilar: 1. Gomogenlar – matematika va gumanitar fanlar yo’nalishidagi o’quvchilar. 2. Yarim gomogenlar – tabiiy fanlarni o’zlashtirayotgan o’quvchilar. 3. Geogenlar – barcha fanlarni har hil saviyada o’zlashtirayotgan o’quvchilar. Tabaqalashtirish jarayonining yangi muhum yo’nalishi – to’ldiruvchi ta’lim hozirgi kunda shakllanib kelmoqda

  1. Darsga qo’yiladigan zamonaviy tarbiyaviy talablar: O’quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, eng yaxshi axloqiy sifatlarni, olgan bilimini hayot bilan bog’lay olishni, Vatanni uning tarixi, madaniyati, urf – odatlarini, eng asosiysi, insonni hurmat qilishni, ilmiy dunyoqarashni, iqtisodiy, huquqiy, ekologik madaniyatni tarkib toptirishni tarbiyalash kerak. Darsga qo’yiladigan psixologik talablar: O’quvchilarning individual – psixologik xususiyatlarini bilgan holda ularda xotira, ongli idrok etishni, mustahkam irodani, tasavvur qila olishni, o’quvchilarda davlat ta’lim standartlari qo’ygan talablarni ular yoshiga mosligini hisobga olishni ta’minlashdan iboratdir. Darsga qo’yiladigan gigiyenik talablar: Sinfdagi havo harorati, yorug’lik miqdori, uning tozaligi, estetik did bilan jihozlanishi o’quvchilarga beriladigan topshiriqlarning ular yoshiga mosligini hisobga olish kabilarga rioya qilish shart.

Zamonaviy darsga qo’yilgan didaktik talablar.

  1. Darsning ta’limiy – tarbiyaviy maqsadini aniqlash.

  2. Dars mavzusini qiziqarli, ilmiy faktlar bilan belgilash.

  3. Dars mavzusining mohiyatini o’quvchilarning o’zi mustaqil fikrlab o’zlashtirishga erishish.

  4. Darsda barcha o’quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash.

  5. O’quv materiallarini o’quvchilar tomonidan sodda tarzda qabul qilishga, hayot bilan chambarchas bog’lashga erishish.

  6. Mavzu mazmuniga mos talim metodlarini tanlash va ulardan koproq oquvchilarning foydalanishiga erishish.

  7. Mavzu mazmuniga mos ta’lim metodlarini tanlash. Bu metodlar asosan qisman izlanish hamda izlanish darajasiga bo’lishi zarur.

  8. O’quvchilarning bilim manbalari bilan mustaqil ishlashga o’rgatib borish.

  9. Oquvchilarning dars mazmuniga mos ravishda milliy istiqlol mafkurasi, oz tarixi, tili, urfodatlari hamda boy madaniyatimiz bilan faxrlanishga orgatish.

  10. Dars mavzusini boshqa o’quv fanlari bilan asoslanib o’rganish.

  11. Dars mavzusini o’lkashunoslik tamoyiliga bog’liqligini ta’minlash.

  12. O’quvchilarda dars mavzusiga mos ravishda iqtisodiy, huquqiy, ekologik madaniyatni tarkib toptirish.

  13. Darsda davlat ta’lim standartlariga o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yilgan talablarni to’liq bajarishga erishish.

  14. O’quvchilar o’zlashtirgan bilim sifatini xolisona baholanishiga erishish.

Download 17.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling