Tanlangan sport turininig tavsifnomasi. Reja: Shaylanish beruvchi hakamlar. Katta shaylanish beruvchi


Download 6.07 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi6.07 Kb.
#1787821
Bog'liq
Tanlangan sport turininig tavsifnomasi. Reja Shaylanish beruvch-hozir.org


Tanlangan sport turininig tavsifnomasi. Reja: Shaylanish beruvchi hakamlar. Katta shaylanish beruvchi

Tanlangan sport turininig tavsifnomasi.

Reja:

1. Shaylanish beruvchi hakamlar.

2. Katta shaylanish beruvchi.

3. Yuqori miqyosli musobaqalarda
3.6.1. Shaylanish beruvchi hakamlar shaylanish beruvchilar qo'mitasi tarkibiga kiruvchilardan saylanadi.
3.6.2. Har bir shaylanishda shaylanish beruvchi hakamlar .•brigadasi—guruhi, 200—400 m; 4x100 m; 4x400 m masofalarga yugurishda shaylanish beruvchi bosh hakam shaylanish beruv-chining bir yoki bir necha yordamchilari bo'ladi.
3.6.3. Bosh shaylanish beruvchining asosiy vazifasi — shaylanishni shunday berishi kerakki, shaylanish signali berilguncha birorta ham musobaqa ishtirokchisi yugurishni boshlamasligi kerak. Qo'shimcha shaylanish beruvchilarning vazifasi shaylanish qoidalari buzilganda signal berish va ishtirokchilarni o'z joylariga qaytarishdan iborat.
3.6.4. Shaylanish beruvchi katta hakam vazifalari:
a) har bir shaylanish berish oldidan marradagi hakamlar, xronometrchilar va fotomarradagi hakamlarning o'z vazifalarini bajarishga tayyorligidan xabardor bo'lishi kerak;
b) musobaqa ishtirokchilarining sport kiyimlari talabga javob berishini, ko'krak raqamlari, shaylanish olish joyini tayyorlashga belgilangandan oshmasligini, ishtirokchilarni shaylanishga chaqirishni, shaylanishga tayyor bo'lishlarini kuzatadi va nazorat qiladi;
d) shaylanishda turuvchilarni to'g'ri joylashganliklarini kuzatadi;
e) shaylanish buyruqlari va yugurishni boshlash haqidagi signalni to'pponchadan otib yoki ovoz chiqarish bilan bir vaqtda bayroqchani pastga tushirib beradi. Shaylanish beruvchi shaylanish berish vaqtida shunday joyni tanlashi lozimki, u shaylanishdagi hamma yuguruvchilarni yaxshi ko'rsin, o'zi esa xronometrli hakamlarga yaxshi ko'rinsin. Aralash shaylanishli alohida-alohida yo'laklardan yugurishda, buyruqlar ovoz kuchaytirgich asbob orqali beriladi. Shaylanish beruvchi mikrofon orqali signal beradi, bunda reproduktor o'rnatilishi shart. Shunday asbob bo'lmasa, shaylanish beruvchi har bir shaylanish oluvchi bilan o'zi orasidagi masofani bir xil qilib joy tanlashi kerak.
3.6.5. Biror-bir musobaqa ishtirokchisi shaylanish berish signalidan oldin yugurishni boshlasa, katta shaylanish beruvchi yoki yordamchilaridan birortasi signal berib, sportchilarni to'xtatadi va ularni shaylanish chizig'iga qaytaradi.
3.6.6. Katta shaylanish beruvchi shaylanish bilan bog'liq hamma muammolarni o'zi hal qiladi. Bunda u shaylanish vaqtida buyruq berilguncha turgan chiziqdan boshqalardan oldinga chi-qishi kerak (bosh shaylanish beruvchi ishtirokchilarni o'z joy­lariga qaytishi uchun signal bermasa), qo'shimcha shaylanish beruvchi yugurishni to'xtatishdan tashqari hamma muammodan "xabardor bo'lishi lozim.
3.6.7. Katta shaylanish beruvchi o'z kiyimining rangi bilan boshqa hakamlardan ajralib turib, shaylanish berish paytida hammaga yaxshi ko'rinishi kerak.
3.6.8. Qo'shimcha shaylanish beruvchi shaylanish ishlarini tashkil qilishga yordam beradi, sportchilarni shaylanishdagi ho-latlari to'g'riligini tekshiradi, biror ishtirokchi yugurishni oldin boshlasa (buni bosh hakam ko'rmay qolsa) signal berib (to'pponchadan otib yoki ovoz berib) uni to'xtatadi.
3.6.9. Shaylanish beruvchi yordamchisi:
a) navbatdagi guruh ishtirokchilarini tekshiradi (ismi, familiyasi, ko'krak raqami, tashkilot belgisi, sport kiyimlari musobaqa qoidalariga mos kelishini solishtirib ko'radi), kelganlarni qayd-nomada belgilaydi. Yugurish va yurish musobaqalari ishtirokchilari shaylanish joyiga hakamlar va boshqa sportchilar bilan birga yetib kelmasa, bu vazifa shaylanish beruvchi yordamchisiga topshiriladi;
b) yo'lakcha va shaylanish joyi uchun musobaqa ishtirokchilari orasida qur'a tashlaydi, marra va axborot vositalari xizmatchilari (radio va tablo) shaylanishga kelmagan musobaqa ishtirokchilari va yo'laklarni ishtirokchilar orasida taqsimlanganligi haqida xabar beradi (shaylanish boshlanmasdan oldin);
d) har bir ishtirokchini o'ziga taalluqli yo'lakka yoki yig'ilish chizig'iga yo'naltiradi;
e) shaylanishda yuguruvchilar holatini nazorat qiladi, agar xatoga yo'l qo'yilsa bu haqida tezda katta shaylanish beruvchini ogohlantiriladi;
f) bayonnomaga ishtirokchilar qoidani buzganliklari haqida bosh hakam tomonidan qilingan ogohlantirishlar va u qabul qilgan qarorni kiritadi;
g) shaylanish uchun kerakli jihozlarni oldindan tekshiradi, agar bo'lmasa, qisqa vaqt ichida bu jihozlar bo'lishini ta'minlaydi;
h) musobaqa davomida yoki dasturdagi biror-bir tur tuga-gandan so'ng shaylanish beruvchi guruh a'zolari imzo chekkan shaylanish bayonnomasini kotibga beradi.
3.6.10. Katta shaylanish beruvchining yordamchisi bo'lmasa, uning vazifalarini qo'shimcha shaylanish beruvchi bajaradi.
3.6.11. Yuqori miqyosli musobaqalarda shaylanish beruvchilar brigadasini boshqarish uchun bosh hakam saylanib, uning vaztfalariga quyidagilar kiradi:
a) musobaqada shaylanish beruvchilar guruhi ishini tashkil qilish;
b) shaylanish joyiga qatnashuvchilarni chiqarishni tashkil qilish;
d) shaylanish joyida umumiy tartib-qoidani saqlash;
e) shaylanishni qabul qilgan sportchilar kiyimlarini kiyinish joyiga yetkazuvchi hakamlar ishini va xizmatchilarni boshqarish.
3.6.12. Estafetali yugurishni o'tkazishda shaylanish beruvchi guruhning vazifalari quyidagilardan iborat:

a) 4x100 m estafetali yugurishda 1-bosqichdagi musobaqa ishtirokchilarini ro'yxatga olish;



b) 4x400 m estafetali yugurishning hamma bosqichida ishtirokchilarni ro'yxatga olish va hamma bosqichlarda estafeta tayoqchasining to'g'ri berilishini nazorat qilish.
http://hozir.org
Download 6.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling