Taqdimod madrimov Shahzod


Download 63.74 Kb.
bet1/2
Sana07.04.2023
Hajmi63.74 Kb.
#1339986
  1   2
Bog'liq
bankning operatsion xarajatlarini hisobga olish

TAQDIMOD

Madrimov Shahzod


Mavzu: Bankning operatsion xarajatlarini hisobga olish.
REJA:
  • Tijorat banklarining xarajatlari va ularning tarkibi. 
  • Foizli xarajatlar. 
  • Foizsiz xarajatlar. 
  • Operatsion xarajatlar. 

1. Tijorat banklarining xarajatlari va ularning tarkibi
Bankning daromadliligi, birinchi navbatda, xarajatlarni kamaytirishga bog`liq. Bank ishi texnologiyasidagi muvaffaqiyatlar joriy xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. 
Odatda, banklar o`z zimmasiga operatsiya xarajatlari, ustama foizlarga ketgan mablag`lar, shuningdek, kredit riski bilan bog`liq bo`lgan yo`qotishlarni qoplash uchun ajratmalarni oladilar. Bank xarajatlari tarkibida eng asosiy salmoqni ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar tashkil etadi. 
Soliq va yig`imlar xarajatlari ham salmoqli ulushga ega.
2. Foizli xarajatlar 
Foizli xarajatlar-barcha majburiyatlar bo`yicha to`plangan foiz summasi demakdir. Bizga ma`lumki tijorat banklari kredit resurslari tashkil etishda talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hamda muddatli depozitlar qabul qiladi. Ushbu depozitlarga banklar ma`lum belgilangan foizlarda pul to`laydilar. Tijorat banklari bank qarz majburiyatlari bo`yicha foizlar to`laydilar, shu jumladan, qimmatli qog`ozlarining sotuv narxi bilan nominal qiymati orasidagi salbiy tafovut bo`lganida, ba`zi bir keltirilgan, lekin to`lanmagan foizlarni to`lashda banklarda foizli xarajatlar yuzaga keladi.
Banklar foizli xarajatlarining yana biri kredit va unga bog`liq operatsiyalardir. Banklar, eng avvalo, Markaziy bankdan, boshqa tijorat banklaridan, byudjetdan tashqari fondlardan, bank bo`lmagan moliyaviy muassasalardan kreditlar olishi mumkin. Olingan kreditlar uchun to`lanadigan qarz- foizli xarajatlarga kiradi. Bank avvalgi yillar (hisobot yiliga nisbatan) hisobiga to`lagan foizlar va vositachilik yig`imlari, hamda o`tgan yillarda bank mijozlardan ortiqcha undirgan foizlar, hamda vositachilik yig`imlarini qaytarishi bilan foizli xarajatlar qiladi. Foizli xarajatlar hisobvaraqlar rejasining 50100-54904 hisobvaraqlarida hisobga olinadi.

Download 63.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling