Taqdimot ishi Qabul qidli : Xidirov D. Mavzu: Saqlanish qonunlari Reja: Saqlanish qonunlari haqida umumiy ma’lumot Mexanikaning saqlanish qonuni Impulsning saqlanish qonuni Saqlanish qonunlari


Download 0.97 Mb.
Sana08.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1342268
Bog'liq
Abdurahimova Saida (2)


Farg’ona Politexnika instituti Yengil sanoat va To’qimachilik fakulteti 84-22guruh talabasi Abdurahimova Saidaning Fizika fanidan tayyorlagan
Taqdimot ishi
Qabul qidli : Xidirov D.
Mavzu: Saqlanish qonunlari
Reja:
1. Saqlanish qonunlari haqida umumiy ma’lumot
2. Mexanikaning saqlanish qonuni
3. Impulsning saqlanish qonuni
Saqlanish qonunlari — baʼzi bir fizik kattaliklarning son qiymatlari istalgan jarayonlarda vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmay qoladigan fizik qonuniyatlar. Saqlanish qonunlaridan eng muximi massa, energiya, impuls, harakat miqdori momenti, elektr va barion zaryadlarning Saqlanish qonunlaridir. Bunday qatʼiy Saqlanish qonunlaridan tashqari, taqribiy Saqlanish qonunlari ham mavjud. Bular faqat maʼlum doiradagi jarayonlar uchungina oʻrinli, mas, juftlikning saqlanishi faqat zaif oʻzaro taʼsirlarda buzilishi mumkin
Impulsning saqlanish qonuni. Absolyut noelastik urilish.
  • Yopiq sistemaga tashqi kuchlar ta'sir etmaydi. Shuning uchun impulsning o'zgarish (2.20) qonunidan impulning saqlanish qonunideb ataluvchi quyidagi qonun kelib chiqadi:

Yopiq sistemaning impulsi vaqt o'tishi bilan o'zgarmaydi:

bu yerda mi va vi - n ta nuqtadan tashkil topgan sistemaning i nchi moddiy nuqtasining massa va tezligi. Shuningdek, yopiq sistema impulsining inersial sanoq sistemasining dekart koordinat o’qlaridagi proeksiyalari ham o'zgarmaydi:

Biz Nyuton qonunlariga asoslanib, impulsning saqlanish qonunini oldik, chunki ayni uning yordamida impulsning o'zgarish qonuni(2.20) keltirib chiqarilgan. Ammo impulsning saqlanish qonuni, Nyuton qonunlaridan farqli ravishda klassik mexanika chegarasidan tashqarida ham o'rinlidir. Masalan, tajribalarning ko'rsatishicha bu qonun mikroskopik jismlar sistemasi uchun qanchalik to’g’ri bo'lsa, hatti-harakati Nyuton mexanikasi bilan emas, balki kvant mexanikasi bilan ifodalanuvchi mikrozarralar sistemasi uchun ham shunchalik to’g’ridir. Bu qonun sistemani tashkil qiluvchijism yoki zarrachalarning tezligi kichik yoki kattaligiga bog’liq bo'lmagan holda relyativistik mexanikada ham bajariladi. Bunda impulsga nafaqat zarracha va jism, balki maydon ham ega bo'lishini nazarda tutish kerak. Buning ko'rgazmali ravishda tasdiqlanishini elektromagnit to'lqinlarning, xususan yorug’likning to’siqdan qaytishida yoki unda yutilishida bosim berishida ko'rishimiz mumkin.


Mexanik energiyaning saqlanishqonuni. Mutloq elastik urilish.
Agar sistemaga ta'sir etuvchi barcha tashqi va ichki nopotensial kuchlar ish bajarmasa (А  0), mexanik sistema konservativ deyiladi, hamma tashqi potensial kuchlar esa statsionardir. Konservativ sistemaning potensial energiyasi faqat sistemaning konfiguratsiyasi o'zgarganda o'zgarishi mumkin. Demak, konservativ sistema potensial energiyasidan vaqt bo'yicha olingan xususiy hosila, bu energiyaning vaqt o'tishi bilan o'zgarish tezligini ifodalaydi va sistema konfiguratsiyasi doimiy bo'lganda bu hosila aynan nolga teng: . Shuning uchun da ko'rinadiki,
Konservativ sistemaning mexanik energiyasi vaqt o'tishi bilan o'zgarmaydi.
Bu qonun mexanik energiyaning saqlanish qonuni deyiladi. Xususan, u yopiq konservativ sistema uchun to’g’ridir:
Agar barcha ichki kuchlar potensial bo'lsa, yoki ish bajarilsa, yopiq sistemaning mexanik energiyasi o'zgarmaydi.
Masalan, tinchlikdagi ishqalanish kuchlari va giroskopik kuchlar ish bajarmaydi. Shuning uchun bunday kuchlarning sistemaga ta'siri uning mexanik energiyasining o'zgarishini keltirib chiqarmaydi.
2. Mexanik energiyaning saqlanishqonunini ikki jismning mutloq elastik to’g’ri markaziy urilishini hisoblashga qo'llanilishini ko'rib o'tamiz. Mutloq elastik urilish deb shunday urilishga aytiladiki, bunda urilayotgan jismlarning mexanik energiyasi boshqa turdagi energiyaga aylanmaydi.
Urilish jarayonida urilayotgan elastik jismlar sistemasini yopiq va konservativ deb hisoblash mumkin. Demak, bu masalani echish uchun impuls va mexanik energiyaning saqlanish qonunlaridan foydalanish mumkin. Urilishdan oldin va urilishdan keyin urilgan jismlar deformatsiyalanmagan bo'ladi, shunday ekan bu ikki holatda sistema potensial energiyalari bir xil va nolga teng. U holda mexanik energiyaning saqlanishqonunidan

Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar: 1.https://uz.wikipedia.org/wiki/Saqlanish_qonunla 2. https://fayllar.org/mexanikada-saqlanish-qonunlari-v3.html 3.https://staff.tiiame.uz/storage/users/145/presentations/


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling