Taqdimot loyihasi 60-20 guruh talabasi Xazratqulov Xusniddin
Download 136.96 Kb.
|
Taqdimot loyihasi falsafa fanidan ppt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
- ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Farg’ona politexnika instituti Energetika fakulteti ET va E 60-20 guruh talabasi Abdullayev Xurshidbekning Falsafa fanidan tayyorlagan TAQDIMOT LOYIXASIMavzu:Shaxs ma’naviyatining shakllanishiga ijtimoiy muhit va davr ruhining ta’siri
• Shaxs, mohiyatiga koʻra, madaniylashgan, ong, aql orqali faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlgan, ijtimoiytarixiy anʼana, turmush tarzi va tajribaga asoslangan muayyan avlodlar vakili. Shaxs fenomeni inson olamining butun murakkabliklarini oʻzida mujassam etadi. Uni har tomonlama oʻrganish maqsadida turli davrlarda tadqiqot olib borilgan. Ayniqsa, sharqda u yuksak axloqiymaʼnaviy meʼyorlar orqali tushunilgan va oliy xilqat, bebaho qadriyat deb hisoblangan. Inson shaxs sifatida komillikka intiladi, hayot mazmunini boyitadi, shu asosda kishilik jamiyatining goʻzal va farovon boʻlishiga ehtiyoj sezadi.• “Har bir millat,har bir xalq o’z ma’naviyatini,uning qadriyatini bilsa va asrab-avaylasa,unday millatning,unday davlatning kelajagi buyuk bo’lishi muqarrar”. • I.A.Karimov • Ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon- e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini u’ygotadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir” Islom Karimov Manaviyat insondagi yaratuvchilik qudratidir, insonda shu qudratni uygotish va harakatga keltirishga muvaffaq bоlinsa, barcha ulugvor rejalarni amalga oshirish uchun zarur imkon vujudga keladi. • Fiziologiya va ruhshunoslik fanining ko‘rsatishicha, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror - bir qobiliyatning ruyobga chiqishi va rivojlanishi manbai - layoqat bilan tug‘iladi. Layoqat o‘zicha rivojlana olmaydi, rivojlanishi uchun qulay muhit kerak. Bola o‘z tug‘ma layoqatiga mos sharoitda o‘sib, zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, layoqat erta ko‘rinib rivojlanishi, aksincha, bunday muhit bo‘lmasa, yo‘q bo‘lishi yoki “mudroq” ligicha qolib ketiishi mumkin. Demak, boladagi irsiy belgilarning o‘sishi, kamol topishi insonlar muhiti, yashash sharoiti va tarbiyaga bog‘liq desak bo‘ladi. • Bunga tarixda misollar juda ko‘p. A.Navoiy onasidan-shoir, Eynshteyn-fizik, Ulug‘bek-astronom, Ibn Sino tabib bo‘lib tug‘ilmagan albatta. Inson bolasi, agar ijtimoiy muhitga emas,boshqa muhit, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib qolsa, odamlarga xos sifatlar shakllanmasligi mumkin. • Muhit – bu o‘ziga xos munosabat va qoidalar tizimiga ega bo‘lgan turli xil insonlar birligi. • .Agar bolani mikromuhitga kiritishda ijtimoiylashuv va individuallashuv jarayonlari orasida muvozanat belgilansa, ya’ni bola, bir tomondan, mazkur jamiyatda o‘zlashtirilgan me’yor va qoidalarni o‘zlashtirsa, boshqa tomondan unga o‘ziga tegishli individualligini qo‘shsa, muhitda bolaning integratsiyasi sodir bo‘ladi. Agar bolaning guruhga moslashish jarayoni sodir bo‘lmasa, unda o‘ziga ishonmaslik, tortinchoqlik, tashabbussizlik sodir bo‘lishi , bu esa shaxsni jiddiy deformatsiyaga olib kelishi mumkin. • XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishida naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.
• Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishni ijtimoiy omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog‘liq, deb ko‘rsatadilar.
Xulosa:
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 136.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling