Taqqoslanish asosiga qarab indekslar bazisli va zanjirsimon indekslarga bo’linadi


Download 199.12 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi199.12 Kb.
#1574439
  1   2
Bog'liq
Statistika javoblar


1. Indekslar to’g’risida tushuncha va ularni turlari(statistikada indeks, miqdor va sifat ko’rsatkichlar indekslari, umumiy agregat indekslar)

Indeks so’zi lotincha “Index” atamasidan olingan bo’lib, belgi, ko’rsatkich degan ma’noni bildiradi. Lekin har qanday ko’rsatkich ham indeks deb atalavermaydi. Indeks – bu bevosita qo’shib bo’lmaydigan bo’laklardan tashkil topgan ikki to’plamni taqqoslashga aytiladi.


Indeks metodi yordamida murakkab hodisalarning vaqt bo’yicha va hududiy o’zgarishi, reja va buyurtmalar bajarilishi o’rganiladi. Mana shu vazifalarga qarab indekslar quyidagi turlarga bo’linadi: dinamika indekslari; hududiy indekslar; reja yoki buyurtmalarning bajarilishi indekslari. Indekslar to’plam birliklarini qamrab olishiga qarab yakka va umumiy indekslarga bo’linadi.
Taqqoslanish asosiga qarab indekslar bazisli va zanjirsimon indekslarga bo’linadi.
Indekslashtirilayotgan miqdorlarning xarakteri va mazmuniga qarab indekslar miqdor(hajm) va sifat ko’rsatkichlari indekslariga bo’linadi.
Qancha miqdor ko’rsatkichi bo’lsa, shuncha miqdor indeksi mavjuddir. Mahsulot hajmi shunday miqdor ko’rsatkichlardan biridir.
Umumiy indekslar agregat va o’rtacha shakllarda bo’ladi. Agregat indekslar deb, maxsus taqqoslagichlar (vazn) yordamida joriy va o’tgan davrlar uchun hisoblangan to’plamlarni o’zaro taqqoslashga aytiladi.
Indekslar yordamida nafaqat miqdor ko’rsatkichlari, balki sifat ko’rsatkichlari ham o’rganiladi. Ularga baho, tannarx, hosildorlik, mehnat unumdorligi, rentabellik darajasi va boshqalar kiritiladi.
2. Statistik ko’rsatkichlar(mutloq miqdorlar, nisbiy miqdorlar, nisbiy miqdor turlari)
Statistik ko’rsatkichni olimlar har xil tushunishadi. N.Soatov statistik ko’rsatkichni o’rganilayotgan hodisa va jarayonni me’yoridir1 deb hisoblaydi, Merestini fikricha statistik ko’rsatkich-hodisa tasvirini adekvat ifodalovchi miqdorlardir
Statistik ko’rsatkichlar iqtisodiy kategoriyalarni aks ettirib, o’zaro bog’langan miqdor va sifat tomonlarga egadir.
Statistiok ko’rsatkich
Darajasiga qarab -Makroiqtisodiy kursatkichlar Mikroiqtisodiy ko’rsatkichlar
Aniqlash usuliga ko’ra- Jamlama ko’rsatkichlar Hosilaviy ko’rsatkichlar Mutloq son Mutloq qiymat Mutloq Nisbiy O’rtacha
Hodisa birliklarini qamrab olishiga ko’ra - Individual Guruhli Umumiy
Mutlaq miqdorlar umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarning bir turidir. Statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash natijasida o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarning hajmini, sonini, darajasini va uchrashish tezligini xarakterlovchi miqdorlarga ega bo’lamiz.
Nisbiy miqdorlar to’g’risida tushuncha, ularning ifodalanishi va turlari Mutlaq miqdorlar hodisa va jarayonlarning miqdori, hajmi, razmeri va shu kabilar bilan tekshiruvchini tanishtirib boradi, ular umumlashtirish qudratiga ega, lekin ular orqali hodisa va jarayonlarning rivojlanish darajasini, o’zgarish intensivligini xarakterlab bo’lmaydi.

3. Aholi harakati statistikasi(aholini tabiiy harakati ko’rsatkichlari, mexanik harakati ko’rsatkichlari)


Aholining harakati ko’rsatkichlari mazmunan bir-biridan farq qiluvchi ikki guruh ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi. Birinchi guruhga aholining tabiiy harakatini, tug’ilishi va o’lishini, nikohdan o’tganlar va ajralganlar sonini, ikkinchi guruhga esa aholining migratsiyasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar kiradi


4. O’rtacha miqdorlar(arifmetik o’rtacha miqdor, garmonik o’rtachalar)
O’rtacha miqdorlar deb, bir xildagi va bir turdagi hodisalarni o’zgaruvchan belgilari asosida umumlashtirib xarakterlovchi, ta’riflovchi miqdorlarga aytiladi. Ular ijtimoiy-iqtisodiy bilishning asosiy qurollaridan biridir.
Statistik o’rtachalar ko’rish va ko’p yillik tajriba asosida emas, balki ommaviy ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
O’rtacha miqdorlar yordamida, kuzatish birliklaridagi u yoki bu sabablar orqali bo’lgan farqlarni tekislash jarayoni amalga oshiriladi.
O’rtacha arifmetik - o’rtachaning eng ko’p tarqalgan, sodda va amaliyotda keng qo’llaniladigan turidir. U o’z navbatida oddiy va tortilgan ko’rinishga bo’linadi.
O’rtacha garmonik. Statistikada o’rtacha arifmetik bilan bir qatorda o’rtacha garmonik ham keng qo’llaniladi. O’rtacha garmonik– bu o’rtacha arifmetik miqdorning teskari , ya’ni z=-1 bo’lgan darajasiga tengdir. O’rtacha garmonik miqdor ham o’rtacha arifmetik miqdorga o’xshab oddiy va tortilgan shakllariga ega. Agarda variantlar va ularning chastotalari ko’paytmasining yig’indisi bir xil bo’lsa, oddiy o’rtacha garmonik formulasi qo’llaniladi.
5. Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi(bojxona statistikasi, eksport, import, tashqi savdo ko’rsatkichlari)
Tashqi iqtisodiy aloqa - bu turli mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar bo’lib, iqtisodiy naf ko’rish maqsadida olib boriladi. Bu munosabatlar quyidagi shakllarda bo’ladi:  xalqaro savdo-sotiq;  ishlab chiqarish kooperatsiyasi;  kapital migratsiyasi;  ishchi kuchi migratsiyasi;  o’zaro to’lovlar va hisob valyuta operatsiyalari va boshqalar.
Eksport (ing. export, lot. exportare - chetga chiqarish) deganda tovarlar, xizmatlar va kapitalni tashqi bozorga chiqarish tushuniladi. Ya’ni:  tovar eksporti - moddiy ne’matlarni chetga chiqarish;  xizmatlar eksporti – bu xorijdagi sheriklarga ishlab chiqarish yoki iste’molga oid to’lovli xizmat ko’rsatish;  kapital eksporti – bu mamlakat tashqarisida kapital qo’yish (korxona va ob’ektlar qurish va ishga tushirish) va boshqalar.
Import (lot. importo – olib kelish) – deganda ichki bozorda sotish uchun mamlakatga xorijiy tovarlar, texnologiya, kapital kiritish va xizmatlar keltirish tushuniladi. Import miqdori va tarkibi mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o’rniga bog’liq.
Tashqi savdo-sotiqni tavsiflovchi ko’rsatkichlar
Regionning eksport kvotasi (K E )- Regionning real eksport kvotasi (KRE )- Regionning import kvotasi (K I )- Importning mamlakat iste’molidagi salmog’i (KDI )- Regionning tashqi savdo kvotasi (KTS )- Xalqaro raqobatbardoshlik koeffitsienti (KRB )- Import koeffitsienti (K I )- Jon boshiga to’g’ri kelgan savdo oboroti (KA)- Regionning xalqaro savdo-sotiqdagi salmog’i (KTSO)
6. Statistik kuzatish va guruhlash(statistic kuzatish, guruhlash metodlari, kuzatish xatoliklari)
Har qanday statistik tekshirish o’sha o’rganilayotgan ob’ekt haqida tegishli ma’lumotlarni to’plashdan, ya’ni statistik kuzatishdan boshlanadi, shuning uchun ham statistik kuzatish har qanday statistik tadqiqotning birinchi bosqichi deyiladi.
Statistik kuzatish deganda o’rganilayotgan hodisa va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ma’lum bir yagona ilmiy-tashkiliy dastur bo’yicha qayd qilishga va to’plashga tushuniladi.
Statistik kuzatish tashkil etilishiga qarab: statistik hisobot va maxsus uyushtirilgan statistik kuzatishlarga bo’linadi.
Guruhlash metodi oldida o’rganilayotgan to’plam birliklarini tiplarga ajratish, hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlarni va to’plam tuzilishini o’rganish vazifalari ham turadi. Bu vazifalar guruhlashning uch (tipologik, analitik, tuzilmaviy) turidan foydalanish orqali hal qilinadi.
Statistik kuzatish xatosi o’z navbatida: -qayd qilish xatosi; -reprezentativ (vakolatli) xatoga bo’linadi.
7. Mehnat bozori statistikasi (mehnat resurslari, ishsizlar, iqtisodiy faol va nofaol aholi)
Mehnat bozori deganda bir tomondan ish beruvchilar, ikkinchi tomondan ishga talabgorlarning (yollanuvchilarning) o’zaro munosabati amalga oshuvchi bozor iqtisodiyotining maxsus bo’lagi tushuniladi va u quyidagi komponentlardan tashkil topadi: mehnatga talab; mehnat taklifi; ishchi kuchi bahosi; ishchi kuchi qiymati; raqobat.
Mehnat bozori sub’ektlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: – ishlab chiqarish vositalari egalari va ularning manfaatlarini yoqlovchi organlar; – yollanma ishlovchilar va ularning manfaatlarini yoqlovchi tashkilotlar; – davlat ish beruvchi va yollanib ishlovchilar o’rtasida vositachi sifatida.
Mehnat resurslari - mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi hamda mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlayotgan shaxslar.
Iqtisodiy faol aholi - mehnat bilan band bo’lgan fuqarolar va ishsizlar.
Iqtisodiy faol bo’lmagan aholi - mehnat bilan band va ishsiz deb hisoblanmaydigan shaxslar, shu jumladan: ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan hamda ish haqiga yoki mehnat daromadiga ega bo’lmagan o’quvchilar va talabalar; ishlamayotgan uchinchi guruh nogironlari; uy bekalari hamda bolalarni parvarish qilish bilan band bo’lgan ishlamayotgan ayollar; ko’char va ko’chmas mulkdan daromad olayotgan ishlamayotgan shaxslar; ixtiyoriy ravishda mehnat bilan band bo’lmagan shaxslar.
(ishsizlar) - qonun hujjatlariga muvofiq rasman ishsiz sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan shaxslar, shuningdek haq to’lanadigan ishga yoki daromad keltiruvchi mashg’ulotga ega bo’lmagan, mustaqil ravishda ish izlovchi va bunday ish taklif etilsa, ishga joylashishga tayyor bo’lgan mehnatga layoqatli yoshdagi vaqtincha mehnat bilan band bo’lmagan shaxslar
8. Tanlanma kuzatish(tanlanma kuzatish afzalliklari, vakolatli xatolari)
Tanlama kuzatish – qisman kuzatish usuli bo’lib, bunda to’plamning hammasi emas, balki ma’lum tanlash qoidalari asosida ajratib olingan va butun to’plamni umumiy holda tavsiflay oladigan uning bir qismi(1/10, 1/20, 1/50 va h.k. qismi). tekshiriladi va tekshirish natijalari butun to’plamga tatbiq etiladi.
Demak, tanlama kuzatish deyilganda statistikada o’rganilishi lozim bo’lgan to’plamdan zaruriy miqdordagi birliklarning maxsus usullar bilan tanlab olinishi va ularning butun (bosh) to’plamga tarqatilishi tushuniladi.
Tanlama kuzatish quyidagi maqsadlarda qo’llaniladi: vaqt va mablag’ni tejashda; kuzatish jarayonida sifati buziladigan yoki qiymatini butunlay yo’qotadigan birliklar miqdorini qisqartirishda; umumiy to’plam haddan tashqari ulkan bo’lib, uni yoppasiga kuzatish imkoniyati bo’lmaganda; kuzatish ob’ektini to’laroq, chuqurroq o’rganishda; yoppasiga kuzatish natijalarini tekshirish va nazorat qilishda.
Tanlama kuzatishga xos bo’lgan xatolarni reprezentativ xatolar yoki vakolatli xatolar deyiladi. Ular tanlama kuzatish ma’lumotlari bilan bosh to’plam ma’lumotlarining to’g’ri kelmaslik darajasini tavsiflab beradi. Reprezentativ xatolar tasodifiy va muntazam xatolarga bo’linadi.
Tasodifiy xatolar kuzatish yoppasiga bo’lmaganligi sababli to’plamni etarli darajada aniq ko’rsata olmaganligidan kelib chiqadi. Ularning miqdori katta sonlar qonuni va ehtimollar nazariyasiga asoslangan holda etarli aniqlik bilan hisoblanadi.
Muntazam xatolar kuzatish uchun tanlangan to’plam birligini ajratishda tasodifiylik tamoyilining buzilishi natijasida kelib chiqadi. Masalan, kollejda o’zlashtirishni yuqori darajada ko’rsatish uchun a’lochi talabalarni maxsus tanlab olish.
9. Aholi turmush darajasi statistikasi (aholi turmush darajasi ko’rsatkichlari, aholi daromadlari, aholi iste’moli va boshqalar)
Aholi turmush darajasi sotsial iqtisodiy tushuncha bo’lib, u kishilarning moddiy va ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojining qoldirilishi hamda turmush sharoitining yaxshilanish darajasini tavsiflaydi.

Aholi turmush darajasini dastavval qo’yidagi ko’rsatkchilar umumlashtirib ifodalaydi: jon boshiga to’g’ri kelgan sof milliy daromad; nominal va real daromad indekslari; turmush qiymati indeksi; inson barkamolligi indeksi; qashshoqlik indeksi; aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi; yashash minimumi va boshqalar.


Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi pul daromadlarining manbalarini va xarajatlar miqdori, tarkibini xarakterlaydi. U quyidagi ko’rinishga ega (3-jadval). Balansning daromadlari qismida mulk shakllaridan qat’iy nazar barcha korxona va muassasalardan aholi ixtiyoriga tushgan pul mablag’lari, naqd pulsiz o’tkazmalar, natura shaklida to’langan ish haqi va boshqa daromadlar kiradi.
Ish xaqi. Dividendlar. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotishdan olingan daromad. Pensiya va nafaqalar. Stipendiya Moliya tashkilotlaridan tushumlar. a) sug’urta to’lovlari b) shaxsiy qurilish va boshqa maqsadlar uchun olingan qarzlar. v) omonatdan tushumlar g) zayyom yutug’lari d) lotoreya yutuqlari e) nogironlarga ajra-tilgan yordam (yonilg’i, avtomashnani tamirlash uchun) pullar Chet el valyutasini sotishdan tushgan daromad Boshqa tushumlar: a) shaxsiy buyumlarini sotishdan tushgan mablag’lar. b) boshqa daromadlar Uzatmalar evaziga tushgan tushumlar (+,-) Ja’mi pul daromadlari Xarajatlarning daromaddan oshgan qismi
Tovarlar va xizmatlarni sotib olish, sh.j. a) turli shoxobchalardan sotib olingan tovarlar b) xizmatlarni to’lash va boshqa xarajatlar, sh.j.  uy-joy va maishiy xizmatlar to’lovi.  kommunal xizmatlar uchun to’lovlar.  maorif xizmatlari uchun to’lovlar.  dam olish, sanatoriya yo’llanmalari uchun to’lovlar.  medetsina va turizm uchun to’lovlar.  kino, teatr, turli tamoshalar uchun to’lovlar  transport to’lovlari  aloqa uchun to’lovlar  boshqa xarajatlar

10. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash uslubyati(makroiqtisodiy ko’satkichlar tizimi,


YaIM, YaMM)
YAIM – kimga tegishli bo’lishidan (rezident yoki norezident) qat’iy nazar, ushbu mamlakat ichida olingan daromadlar. Shu sababli ushbu ko’rsatkichga mamlakat fuqarolarining xorijda olgan daromadlari kiritilmasdan, norezidentlarga tegishli bo’lgan ushbu mamlakatda olingan daromadlar qo’shiladi.
1) Ishlab chiqarish usuli - bunda yalpi ichki mahsulot barcha qo’shilgan qiymatlar yig’indisi sifatida aniqlanadi.
Yalpi ichki mahsulot = ⅀ QQ


  1. Harajatlar usuli - bunda yakuniy iste’molchilarning harajatlari yig’indisi sifatida aniqlanadi.




Yalpi ichki mahsulot = C + I + G + Xn
Bu erda C - shaxsiy iste’mol harajatlari; I- investitsiya harajatlari ya’ni xususiy ichki investitsiyalar ; G - davlat harajatlari ya’ni tovar va xizmatlarnin davlat xaridi ; Xn - chet elliklarning harajatlari, ya’ni sof eksport;
3 ) Daromadlar usuli - bunda yalpi ichki mahsulot barcha yakuniy iste’molchilarning daromadlari yig’indisi sifatida aniqlanadi. Shu bilan birga yalpi ichki mahsulot tarkibiga biznesga egri soliqlar va amortizatsiya ham kiritiladi.
YaIM = amortizatsiya + biznesga egri soliqlar + ijara haqi + foiz ko’rinishidagi daromadlar + yollanma ishchilarning ish haqi + yakka tartibdagi qo’yilmalardan daromadlar + korporatsiya foydasiga soliqlar + dividentlar + korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi.

Download 199.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling