Taqqoslanish asosiga qarab indekslar bazisli va zanjirsimon indekslarga bo’linadi
Download 199.12 Kb.
|
Statistika javoblar
Yalpi milliy mahsulot (YaMM)- millliy xoʻjaliklarda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita isteʼmolchilarga borib tushishi mumkin boʻlgan tayyor pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatidan iborat boʻladi.
YaMM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni koʻp marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, xalq xoʻjaligining barcha barcha tarmoqlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatlar yigʻindisini olinadi. 11. Korrelyatsion-regression tahlil(bog’liqlik kuchi, bog’liqlik tenglamasi) O’zaro bog’lanishlarni o’rganishda eng keng qo’llaniladigan metodlardan biri korrelyatsion-regression tahlildir. Ko’pchilikning ta’kidlashicha, korrelyatsionregresion tahlilni qo’llash uchun quyidagi talablarni bajargan ma’qul: o’rganilayotgan to’plam iloji boricha katta bo’lishi; o’rtalashtirilayotgan belgi miqdori ob’ektiv bo’lishi; taqsimot qatorlari normal taqsimot qonuniga bo’ysunishi va iloji boricha unga yaqin bo’lishi kerak va h.k. Yana shu ham ma’lumki, korrelyatsion-regression tahlil asosida quyidagi vazifalar hal qilinadi: omil belgi bilan natijaviy belgi o’rtasidagi bog’liqlik aniqlash va bog’liqlik turini belgilash; belgilar o’rtasidagi bog’lanishni ifodalovchi regressiya tenglamasini aniqlash va uning parametrlarini hisoblash; bog’lanish zichligi va kuchini o’lchash. Korrelyatsion tahlil o’rganilayotgan belgilarni tanlashdan boshlanadi. Bu erda omil belgidan ko’ra natijaviy belgini tanlash muhimroqdir. Chunki regressiya tenglamasi shaklini tanlash natijaviy belgiga bog’liq. To’g’ri chiziqli bog’lanishni ifodalaydigan regressiya tenglamasini quyidagicha yozish mumkin: Y a a x x 0 1 Bu erda: a0 – ozod xad; a1 –regressiya tenglamasining koeffitsenti. a0 va a1 larni tenglama parametrlari ham deyishadi. Bu parameterlarni aniqlash uchun, kichik kvadratlar usulidan foydalanib, quyidagi tenglamalar sistemasini echish zarur: na0 a1x Y a0 x a1 x^2 yx Korrelyatsiya koeffitsienti –1 dan +1 gacha oraliqda bo’ladi. Agar korrelyatsiya koeffitsienti manfiy ishora chiqsa, bog’lanish teskari, musbat bo’lsa to’g’ri chiziqli bog’lanish mavjudligi tan olinadi. 12. Yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichini hisoblash metadalogiyasi YAIM – kimga tegishli bo’lishidan (rezident yoki norezident) qat’iy nazar, ushbu mamlakat ichida olingan daromadlar. Shu sababli ushbu ko’rsatkichga mamlakat fuqarolarining xorijda olgan daromadlari kiritilmasdan, norezidentlarga tegishli bo’lgan ushbu mamlakatda olingan daromadlar qo’shiladi. YAIM ma’lum davr mobaynida (chorak, yil) mamlakat hududida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymati sifatida aniqlanadi. 1) Ishlab chiqarish usuli - bunda yalpi ichki mahsulot barcha qo’shilgan qiymatlar yig’indisi sifatida aniqlanadi. Yalpi ichki mahsulot = ⅀ QQ Harajatlar usuli - bunda yakuniy iste’molchilarning harajatlari yig’indisi sifatida aniqlanadi. Yalpi ichki mahsulot = C + I + G + Xn Bu erda C - shaxsiy iste’mol harajatlari; I- investitsiya harajatlari ya’ni xususiy ichki investitsiyalar ; G - davlat harajatlari ya’ni tovar va xizmatlarnin davlat xaridi ; Xn - chet elliklarning harajatlari, ya’ni sof eksport; 3 ) Daromadlar usuli - bunda yalpi ichki mahsulot barcha yakuniy iste’molchilarning daromadlari yig’indisi sifatida aniqlanadi. Shu bilan birga yalpi ichki mahsulot tarkibiga biznesga egri soliqlar va amortizatsiya ham kiritiladi. YaIM = amortizatsiya + biznesga egri soliqlar + ijara haqi + foiz ko’rinishidagi daromadlar + yollanma ishchilarning ish haqi + yakka tartibdagi qo’yilmalardan daromadlar + korporatsiya foydasiga soliqlar + dividentlar + korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi. 13. Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi(TSA, tashqi savdo, capital migratsiyasi) Tashqi iqtisodiy aloqalarni tahlil qilishda makroiqtisodiy statistika quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblaydi. xalqaro savdo-sotiqni tavsiflovchi ko’rsatkichlar; xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasini tavsiflochi ko’rsatkichlar; xalqaro kapital migratsiyasini ifodalovchi ko’rsatkichlar; xalqaro ishchi kuchi migratsiyasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar; o’zaro to’lovlar va hisob valyutalari operatsiyalarini ifodalovchi ko’rsatkichlar Tashqi savdo oboroti (TSO) eksport (E) va import (I) yig’indisidan tashkil topadi: TSO=E+I Uning hajmi oldi-sotdi bo’ladigan tovarlar va xizmatlarning umumiy miqdori va ularning narxiga bog’liq. Oborot ikki usulda hisoblanadi: 1) absolyut miqdorda, masalan, shuncha milliard dollarga teng deb olinadi; 2) nisbiy miqdorda, ya’ni u yaratilgan va ishlatiladigan mahsulotlarning shuncha foizini tashkil qiladi deb qaraladi. Mamlakat jahon bozorida qanchalik faol qatnashsa, uning tashqi savdo oboroti shunchalik katta bo’ladi. Xalqaro iqtisodiy aloqalarda davlatlararo kapital migratsiyasi, uni taqsimlash barqaror o’sishni faol omili bo’lib xizmat qiladi. Iqtisod baynalmilallashgan sari kapital faoliyati milliy doiradan chiqib xalqaro mazmun kasb etadi. Mamlakatlararo kapital eksporti yuz beradi. Pul jamg’armalarining investitsiyalarga aylanishi kapitalning xalqaro miqyosdagi migratsiyasini anglatadi. Bu migratsiya quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin: pul mablag’lari, maqsadli bank omonotlari, paylar, aktsiyalar, sug’urta guvohnomalari va boshqa qimmatli qog’ozlar; harakatlanuvchi asosiy kapitallar, shu jumladan texnologiyalar; mualliflik huquqlari va boshqa intellektual boyliklar. Download 199.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling