Tarixdan javoblar


Download 240.9 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.05.2020
Hajmi240.9 Kb.
#111306
Bog'liq
Majburiy fan, tarix, 6-sinf

background image
t.me/stsobirov 

Tel:                 93 580 10 11            93 391 46 66               90 348 24 48 

TARIXDAN JAVOBLAR 

1. Moddiy manba - Qadimgi odamlarning suyak qoldiqlari, ular yashagan makon, 

turarjoylarning, shuningdek, qal’a va shaharlarning,  sug‘orish inshootlarining, uy-ro‘zg‘or 

hamda zeb-ziynat buyumlarining qoldiqlari zarb etilgan tangalar, gerblar, muhrlar hamda 

mehnat qurollari 

2. Yozma manba - Qoyatosh va qattiq buyumlarga o‘yib tushirilgan bitiklar, hayvon terisi, 

daraxt po‘stlog‘i, keyinchalik qog‘ozga yozilgan yozuvlar, turli davrlarda yozilgan 

qo‘lyozmalar, kitoblar, shuningdek, arxivlarda saqlanayotgan tarixiy hujjatlar 

3. «Kalendar» lotincha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «qarz daftari», «har oyning birinchi kuni» degan 

ma’nolarni anglatadi. Hayotimizda esa kalendar vaqtning kunlarga, haftalarga, oylarga va 

yillarga bo‘lib hisoblanishidir 

4. Misr kalendaridagi xatolik har 4 yilda 1 sutkani tashkil qilgan 

5. Yuliy kalendaridagi xatolik har 400 yilda 3 kunni tashkil qiladi 

6.  Grigorian kalendari 1582-yilda qabul qilingan 

7. Milod (arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «tug‘ilish» degan ma’noni anglatadi) – hozirgi yil 

hisobimizning boshi. Tarix kitoblarida «milod» so‘zining o‘rnida «era» so‘zi ham ishlatiladi. 

«Era» so‘zi «boshlang‘ich raqam», ya’ni yil hisobining boshi ma’nosini anglatadi 

8.  Iso payg‘ambar tug‘ilganidan avval bo‘lib o‘tgan voqealarga nisbatan «miloddan avvalgi» 

(qisqacha: mil. avv.) iborasi qo‘shib yoziladi 

9. «Xronologiya» so‘zi yunoncha (grekcha) «xronos» – vaqt va «logos» – fan so‘zlari birikmasidan 

iborat bo‘lib, tarixiy voqea va hodisalar ro‘y bergan vaqtni aniqlovchi fandir 
background image
t.me/stsobirov 

Tel:                 93 580 10 11            93 391 46 66               90 348 24 48 

10.Xarita Yer yuzasi, osmon jismlari yoki osmon gumbazining qog‘ozga kichraytirilib 

tushirilgan tasviridir 

11.

 Abu Rayhon Beruniy o‘z davri uchun ancha mukammal globus yaratishga erishdi 



12. Miloddan avvalgi III asrda qadimgi yunon olimi Eratosfen birinchi bo‘lib Yer meridiani 

yoyi uzunligini hisoblab chiqqan va yer yuzining xaritasini tuzgan. Qadimgi yunon olimi 

Ptolemey, buyuk bobolarimiz Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy va Mahmud 

Qoshg‘ariylar ham o‘z davrlari uchun muhim xaritalar yaratgan edilar 

13. Globus – lotincha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «shar» degan ma’noni anglatadi 

14. Xarita yaratish uchun zarur bo‘lgan barcha talablarga amal qilingan holda yaratilgan 

xaritalar zamonaviy xaritalar deyiladi 

15. Homo habilis – “ishbilarmon odam”, dastlabki mehnat qurolini yasay olgan ajdodlarimiz 

16. Homo sapiens – “aql-idrokli odam” 

17. Pitekantrop, sinantrop, neandertal, kromanyon 

18. Kromanyon odami o`q-yoyni ixtiro qildi 

19. Ibtidoiy odamlar temirdan omoch, bolt ava boshqa muhim buyumlar yaratadi 

20. Terib-termachilab oziq-ovqat topish va ovchilik o‘zlashtiruvchi xo‘jalik deb ataladi 

21. Ishlab chiqaruvchi xo`jalik – dehqonchilik va chorvachilik 

Download 240.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling