Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q


Download 13.2 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi13.2 Kb.
#217216
Bog'liq
Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q


Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q

TARIX — tabiat va jamiyatdagi har qanday o‘zgarish va rivojlanish jarayonini ifodalovchi atama; insoniyat va uning hayoti, avlodlar almashuvi, sivilizatsiyalar, jamiyat va davlatlar shakllanishi, o’tmishi va taraqqiyoti bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganuvchi fan.

Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi. Inson uchun tarixidan judo bo‘lish — hayotdan judo bo‘lish demakdir... Bu g’oyaning zamirida xalqimizning o‘zligini anglashi yotadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o‘zlikni anglash mumkin emas".Tarix fani — insoniyatning butun o‘tmishi davomida jamiyat hayotida sodir bo’lgan voqea, hodisa va jarayonlarni yaxlit tarzda o’rganadi. Bu fan ijtimoiy-gumanitar fanlar (falsafa, siyosatshunoslik, sotsiologiya, iqtisod, psixologiya, san'atshunoslik) tizimining tarkibiy qismiga kiradi. Turli ijtimoiy va gumanitar fanlar inson va jamiyat hayotining alohida jihatlarini o‘rgansa, tarixning tadqiqot mavzui — aholi, jamiyat, mamlakat, davlat hayotining o‘tmishi va hozirgi davri xususidagi dalil va ma'lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish, to‘plangan bilimlarni ma'lum bir tizimga solish va nazariy jihatdan,umumlashtirishdi.

Hozir Ozbekiston deb ataluvchi hudud, yani bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bolganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan.Ota-bobolarimizning asrlar davomida toplagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini ozida mujassam etgan bu nodir qolyozmalarni jiddiy organish davri keldi.Olimlarimiz tariximizning turli davrlariga doir risolalar yozishmoqda, tarixiy mavzuda yirik nasriy, nazmiy, sahna asarlari yaratilmoqda. Ommaviy axborot vositalari manaviy qadriyatlarimizni keng targib qilayotgani, suhbatlar, muloqotlarda fikrlar rang-barangligi paydo bolayotgani diqqatga sazovor



Ozbek xalqining tarixiy otmishi, ozligi, manaviyati haqida gapirayotganda, bizda chuqur ilmiy asosga tayangan tahlil, muayyan masalalarda aniq yondashuv yetishmayapti. Ilmiy tilda aytganda, yaxlit konsepsiya yoq. Ozlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbottalab bolmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga kotarilishi zarur.Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb elon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan ozgalarga ibrat boladigan bilimli, marifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bolmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib koradi. Oz fikr-oyi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam boladi.

Kim bolishidan qati nazar, jamiyatning har bir azosi oz otmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yoldan urish, har xil aqidalar tasiriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o`rgatadi, irodasini mustahkamlaydi.
Download 13.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling