Tarmoq xavfsizligi fanidan tayyorlagan
Download 138.38 Kb.
|
Maxammadiyev N 2-mustaqil ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: Qodirov.I Qabul qildi: Rustamov A. QARSHI-2023 1. Simsiz tarmoqlar infrastrukturasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI “KI” FAKULTETI ATS 11-20 GURUH TALABASINING “TARMOQ XAVFSIZLIGI” FANIDAN TAYYORLAGAN 2-MUSTAQIL ISHI Bajardi: Qodirov.I Qabul qildi: Rustamov A. QARSHI-2023 1. Simsiz tarmoqlar infrastrukturasi Simsiz tarmoqlarda simli tarmoqda ishlatiladigan komponentlar ishlatiladi. Ammo, simsiz tarmoqlarda axborot havo muhiti (medium) orqali uzatishga yaroqli ko'rinishga o'zgartirilishi lozim. 2.1-rasmda simsiz tarmoqlarda ishlatiladigan komponentlarning asosiylari ko'rsatilgan. Ularga foydalanuvchilar, kompyuter qurilmalari, bazaviy stansiyalar va simsiz infrastruktura kiradi. Foydalanuvchilar. Simsiz tarmoq foydalanuvchiga hizmat qilishligi sababali, foydalanuvchiga simsiz tarmoqning muhim qismi sifatida qarash mumkin. Foydalanuvchi simsiz tarmoqdan foydalanish jarayonini boshlaydi va uning o'zi tugallaydi. Shu sababli unga "ohirgi foydalanuvchi" atamasi joiz hisoblanadi. Odatda, foydalanuvchi simsiz tarmoq bilan o'zaro aloqani ta'minlash bilan bir qatorda, muayyan ilovalar bilan bog‟liq boshqa vazifalarni bajaruvchi kompyuter qurilmalari (computer device) bilan ish ko'radi. Mobillik - simsiz tarmoqning eng sezilarli afzalliklaridan biridir. Masalan, mobillik hususiyatidan qandaydir bino bo'yicha harakatlanuvchi va o'zining PDAsi Simsiz tarmoq infrastrukturasi Kompyuter qurilmasi Bazaviy stansiya Bazaviy stansiya 2.1-rasm. Simsiz tarmoqda ishlatiladigan asosiy komponentlar 34 yordamida elektron pochtani oluvchi yoki jo'natuvchi odam foydalanadi. Bu holda PDA simsiz tarmoq infrastrukturasiga uzluksiz yoki tez-tez tiklanuvchi ulanishni ta'minlashi lozim. Ba'zi foydalanuvchilarga faqat kompyuter qurilmasining portativligi zarur, ya'ni ular vaqtning ma'lum oralig‟ida simsiz tarmoq bilan ishlaganida bir joyda bo'ladilar. Bunday foydalanishga misol tariqasida majlislar zalida simsiz tarmoqqa ulangan noutbukda ishlovchi hodimni ko'rsatish mumkin. Kompyuter qurilmalari. Kompyuter qurilmalarining (ba'zida ularni mijozlar deb atashadi) ko'pgina hillari simsiz tarmoq bilan ishlay oladi. Ba'zi kompyuter qurilmalari foydalanuvchilar uchun atayin qurilgan bo'lsa, boshqalari ohirgi tizim hisoblanadi. 2.2-rasmda simsiz tarmoqlarning kompyuter qurilmalari keltirilgan. Mobil ilovalar ishini ta'minlash va odamlarga o'zlari bilan uzoq vaqt mobaynida olib yurishlarida qulaylik tug‟dirish uchun kompyuter qurilmalari ihcham bo'lishi lozim. Odatda, ular katta bo'lmagan ekranga, kam sonli tugmachalarga va o'lchamlari kichik batareyaga ega. Kompyuter qurilmalari mobillikka ega bo'lgan holda faqat ba'zi ilovalarni madadlaydi. Nisbatan yuqori harakteristikalarni talab etuvchi ilovalarni bajarishda katta ekranga va katta klaviaturaga ega bo'lgan o'lchamlari katta kompyuter qurilmalaridan foydalaniladi. Ammo ular massasining kattaligi va bir joydan ikkinchi joyga ko'chirishning noqulayligi muammo hisoblanadi. Simsiz tarmoqlarning kompyuter qurilmalari serverlar, ma'lumotlar bazasi va Web-uzellar kabi ohirgi tizimlarni ham o'z ichiga oladi. [8] Foydalanuvchilar mavjud kompyuter qurilmalarini simsiz tarmoqda ishlatish uchun (masalan, simsiz tarmoq interfeysi platasini noutbukka o'rnatish orqali) moslashtirishlari mumkin. Tarmoq interfeysi platasi yoki tarmoq adapteri (network interface card) kompyuter qurilmasi va simsiz tarmoq infrastrukturasi orasida interfeysni ta'minlaydi. Bu plata kompyuter qurilmasi ichiga o'rnatiladi, ba'zida tashqi tarmoq adapteri ham ishlatiladi. Bunday adapterlar, ishga tushirilishi bilan kompyuter qurilmasi tashqarisida qoladi. Kompyuter qurilmalari Windows-XP, Linux yoki MAC OS kabi operasion tizimga ham ega bo'lib, bu operasion tizim simsiz tarmoq ilovalarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan dasturiy ta'minotni ishga tushiradi. Havo muhiti. Havo kompyuter qurilmalari va simsiz infrastrukturaga orasida axborot oqimini uzatish kanali hisoblanadi. Simsiz tarmoqlar orqali aloqani nutq orqali muloqotga o'hshatish mumkin. Agar suhbatdoshlar orasidagi masofa oshaversa, ular bir-birlarini yomon eshita boshlaydilar. Simsiz tarmoqlarning axborot signallari ham havo orqali tarqaladi, ammo o'zining hususiyati evaziga nutq signalariga qaraganda anchagina katta masofaga tarqalishi mumkin. Bu signallar odamga eshitilmaydi, shu sababli ularni, so'zlashga halaqit berishidan qo'rqmay, yanada yuqori sathlargacha kuchaytirish mumkin. Ammo aloqa sifati to'siqlarning mavjudligiga bog‟liq. To'siqlar signallar tarqalishiga halaqit qiladi yoki ularni susaytiradi, natijada signallar sathi pasayadi, ularning tarqalish uzoqligi kamayadi. Yomg‟ir, qor, tuman, tutun (smog) simsiz tarmoqlarda axborot signallarini 36 tarqalishiga ta'sir etuvchi obi-havo sharoitlari hisoblanadi. Masalan, kuchli jala aloqa uzunligini ikki martaga kamaytirishi mumkin. Binolar va darahtlar kabi boshqa to'siqlar tarqalish sharoitlariga va simsiz tarmoq harakteristikalariga ta'sir etishi mumkin. Simsiz regional va global tarmoqlarni joylashtirishni rejalashtirishda bu muammolarning muhimligi ortadi. Simsiz tarmoq infrastrukturasi foydalanuvchilar va ohirgi tizimlarning o'zaro simsiz aloqalarini ta'minlaydi. Uni bazaviy stansiyalar, foydalanish kontrollerlari, ulanish o'rnatilishini ta'minlovchi ilovalarning dasturiy ta'minoti va taqsimlovchi tizim tashkil etishi mumkin.[10] Bazaviy stansiya infrastrukturaning tarqalgan komponenti hisoblanadi. U havo muhiti orqali tarqaluvchi simsiz tarmoq axborot signallarining simli tarmoqqa uzatilishini ta'minlaydi. Bazaviy stansiyani ba'zida taqsimlovchi tizim deb ham yuritishadi. Demak, bazaviy stansiya Web-sahifalarni ko'zdan kechirish servislari, elektron pochta va ma'lumotlar bazasi kabi tarmoq hizmati yo'nalishidan foydalanishni ta'minlaydi. Bazaviy stansiyada ko'pincha simsiz tarmoq interfeysi platasi bo'lib, bu plata foydalanuvchi kompyuteridagi simsiz tarmoq interfeysi platasining ishlash prinsipidan foydalanadi. Bazaviy stansiya "nuqta-nuqta" yoki "nuqta-bir necha nuqta" kabi ulanishlarni madadlashi mumkin (2.3-rasm). “Nuqta-nuqta" tizimi signallar oqimini bir bazaviy stansiyadan ikkinchisiga yoki bir kompyuterdan ikkinchisiga uzatish imkoniyatiga ega. "Nuqta-bir necha nuqta" konfigurasiyasi holida bazaviy stansiya bittadan ortiq kompyuter qurilmasi yoki bir necha bazaviy stansiyalar bilan bog‟lanishi mumkin. Bunday hil bog‟lanishni, masalan, simsiz lokal tarmoq tarkibidagi foydalanish nuqtasi ta'minlaydi. Foydalanish nuqtasi bitta qurilma bo'lib, ko'pgina kompyuter qurilmalari bir-birlari bilan hamda simsiz tarmoq infrastrukturasidagi tizimlar bilan bog‟lanish maqsadida u bilan ulanishni o'rnatadi. Foydalanish kontrolleri. Foydalanish kontrollerlari, odatda, tarmoqning o'tkazuvchi qismida, foydalanish nuqtasi va tarmoqning himoyalanish qismi orasida joylashgan apparat uzeli hisoblanadi. Foydalanish kontrollerlari ochiq Nuqta-nuqta Nuqta-bir necha nuqta 2.3-rasm. Bazaviy stansiyaning “nuqta-nuqta” va “nuqta- bir necha nuqta” ulanishlarini madadlashi 38 simsiz tarmoq va muhim resurslar orasida trafikni tartibga solish maqsadida foydalanish nuqtalarini markazlashtirilgan nazoratini ta'minlaydi. Ba'zi hollarda foydalanishni boshqarish vazifasini foydalanish nuqtasi bajaradi. Foydalanish kontrollerlari keng qo'llaniladi. Umumfoydalanuvchi simsiz lokal tarmoqda, foydalanish kontrolleri foydalanuvchilarni autentifikasiyalash va avtorizasiyalash bilan Internetdan foydalanishni tartibga soladi. Ulanish o'rnatilishini ta'minlovchi ilovalarning dasturiy ta'minoti. Internet dan va elektron pochtadan simsiz tarmoq orqali, odatda, oson foydalaniladi. Buning uchun mijoz qurilmasida brauzer va elektron pochta dasturi o'rnatilishi lozim. Foydalanuvchilar vaqti-vaqti bilan simsiz ulanishdan mahrum bo'lishlari mumkin, ammo nisbatan murakkab bo'lmagan ilovalarni bajarishda ishlatiluvchi protokollar etarlicha barqaror hisoblanadi. Ammo, bunday oddiy ilovalar bilan bir qatorda mahsus, yanada murakkab ilovalar ishlashini ta'minlovchi dasturiy ta'minot zarur. Quyida ulanishni ta'minlovchi ilovalarning asosiylari keltirilgan. Terminal emulyatori (therminal emulation). Terminal emulyatorining dasturiy ta'minoti kompyuter qurilmasida bajarilib, uni foydalanuvchini nisbatan sodda interfeys bilan ta'minlashga imkon beruvchi terminal kabi ishlashga majbur etadi. Bu sodda interfeys foydalanuvchiga boshqa kompyuterda bajariluvchi ilovalar bilan o'zaro aloqa qilishga imkon beradi. Ma'lumotlar bazasi bilan to'g’ridan-to'g’ri ulanish (direct database connectivity). Ma'lumotlar bazasi bilan to'g‟ridan-to'g‟ri ulanishda (ba'zida mijozserver tehnologiyasi deb ataladi) ilova foydalanuvchi kompyuterida bajariladi. Bunday konfigurasiyada ohirgi foydalanuvchi qurilmasidagi dasturiy ta'minot ilovaga yuklangan barcha vazifalarni bajaradi va, odatda, markaziy serverda joylashgan ma'lumotlar bazasi bilan o'zaro aloqada bo'ladi. Oraliq dasturiy ta'minot (Wireless middleware). Oraliq dasturiy ta'minot foydalanuvchining kompyuter qurilmasi va ilova dasturiy ta'minoti yoki serverdagi ma'lumotlar bazasi orasida oraliq ulanishni amalga oshiradi (2.4-rasm).[7] Oraliq dastur simli tarmoqqa ulangan qo'shimcha kompyuterda (oraliq shlyuzida) bajariladi. U foydalanuvchining kompyuter qurilmasi va serverlar orasida aylanuvchi paketlarni ishlaydi. Bu dasturiy ta'minot simsiz tarmoqda samarali va ishonchli bog‟lanishni yaratishga imkon beradi, chunki ma'lumotlar bazasiga ulanish va ilovalarning dasturiy ta'minoti bilan o'zaro aloqa yanada ishonchli simli tarmoq orqali amalga oshiriladi. Ba'zida bu tehnologiyani chidamli bog‟lanish (session persistence) deb atashadi. Taqsimlangan tizim. Simsiz tarmoq kamdan-kam to'la ma'noda simsiz ishlatiladi. Tarkibida ko'pincha simli ulanishlar bo'lgan taqsimlovchi tizim odatda foydalanish nuqtalarini, foydalanish kontrollerlarini va serverlarni bir butunga birlashtirish uchun zarur bo'ladi. Aksariyat hollarda taqsimlovchi vazifasini oddiy Internet tarmog‟i bajaradi. Download 138.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling