Tasavvuf ilmi va tariqatlari


Download 0.96 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1535480
Bog'liq
dinshunoslik mustaqil ta\'lim1

Tasavvuf ilmi va tariqatlari


Bajardi:Kustavlitova Aida
Tasavvuf, sufiylik — islomda insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yoʻllovchi taʼlimotdir. Tasavvuf soʻzining oʻzagi va mazmuni haqida olimlar turli fikr va taxminlar bildirishgan. Ular ichida Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb eʼtirof etilgan. U "Muqaddima" asarida tasavvuf "suvf" — "jun", "poʻstin" soʻzidan olingan boʻlishi kerak, zero qadimdan tarkidunyo qilgan zohidlar jundan toʻqilgan kiyim yoki poʻstin kiyib yurishni odat qilganlar, bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi ahli dunyolardan farqli hayot tarzini oʻzlarida namoyon etganlar, deydi.

Tasavvuf falsafiy oqim va diniy-ma`naviy hodisa sifatida islom dini doirasida (ko`pgina ichki sabablar va ba`zi tashqi unsurlar - buddaviylik va hinduiylikning ilk diniy tasavvurlari, sharqiy xristian tarkidunyochiligi, neoplatonizm kabilarning ta`siri ostida) paydo bo`ladi.

  • Tasavvuf falsafiy oqim va diniy-ma`naviy hodisa sifatida islom dini doirasida (ko`pgina ichki sabablar va ba`zi tashqi unsurlar - buddaviylik va hinduiylikning ilk diniy tasavvurlari, sharqiy xristian tarkidunyochiligi, neoplatonizm kabilarning ta`siri ostida) paydo bo`ladi.

Tasavvufning muhim jihatlari yirik musulmon ilohiyotchisi Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G`azzoliyning (1059-1111) «Diniy ilmlarning tiriltirilishi» asarida bayon etilgan. Ollohni aql bilan anglash mumkin emasligini ta`kidlaganlar. U faqat qalb, maxsus ruhiy harakatlar - iltijo-ibodatlar ko`magida bilib boriladi. Tasavvufda kubraviya, yassaviya, naqshbandiya tariqat-suluklari keng tarqalgan.

  • Tasavvufning muhim jihatlari yirik musulmon ilohiyotchisi Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G`azzoliyning (1059-1111) «Diniy ilmlarning tiriltirilishi» asarida bayon etilgan. Ollohni aql bilan anglash mumkin emasligini ta`kidlaganlar. U faqat qalb, maxsus ruhiy harakatlar - iltijo-ibodatlar ko`magida bilib boriladi. Tasavvufda kubraviya, yassaviya, naqshbandiya tariqat-suluklari keng tarqalgan.

Bu oqim namoyandalari va tarafdorlarini sufiylar, deb ataganlar va «so`fizm» atamasi shundan paydo bo`lgan. Ilk so`fiylar aholining kambag`al toifasi orasida shakllangan. Ularning qarashlari istilochilar zulmi, adolatsizlik, ijtimoiy tengsizlikka qarshi norozilik belgisi sifatida ham yuzaga kelgan.
Kubraviya tariqatining asoschisi Najmiddin Kubrodir (1154-1226). Xivada tug`ilgan, yozgan asarlari orasida «Sharhussunna val-masolih», «Usuli ashara», «Favoihul-jamol» kabilar mashhurdir. Kubraviya tariqqatining mohiyati o`nta usulda mujassamlashgan.
Bularga quyidagilar kiradi:
  • tangriga o`z xohishi bilan yuzlashish,
  • zuhd fi dune - har qanday lazzatdan o`zini tiyish, tavakkul –
  • Ollohga e`tiqodi pokligi uchun barcha narsalardan voz kechish,
  • qanoat, uzlat - xilvatni ixtiyor qilish,
  • mulozamat az-zikr - uzluksiz zikr,
  • tavajjuh - Haqqda muhabbat qo`yish,
  • sabr - nafs balosidan ozod bo`lish,
  • muroqaba - tafakkurga g`arq bo`lish,
  • rizo - tangri xushnudligini qozonishdan iborat

Yassaviya tariqatining asoschisi Xo’ja Ahmad Yassaviydir (1166 vafot etgan). U Turkistonning Sayram muzofotida tug`ilgan, mashhur mutasavvif Yusuf Hamadoniyning (1140 yilda vafot etgan) ta`lim-tarbiyasi bilan voyaga etgan, orif maqomiga erishgan. Yassaviy ustozining vafotidan keyin muayyan bir muddat uning maqomiga turgan, so`ng esa bu maqomni Abduholiq G`ijduvoniyga qoldirib, Yassi - Turkiston shahriga qaytadi va o`z tariqati, yo`l-yo`riqlarini tashviq etish bilan mashg`ul bo`ladi. Yassaviyning oddiy xalq tushunadigan uslubda ezilgan, tassavvufiy qarashlarini aks ettirgan hikmatlari devonida o`z aksini topgan.

Yassaviya tariqatining asoschisi Xo’ja Ahmad Yassaviydir (1166 vafot etgan). U Turkistonning Sayram muzofotida tug`ilgan, mashhur mutasavvif Yusuf Hamadoniyning (1140 yilda vafot etgan) ta`lim-tarbiyasi bilan voyaga etgan, orif maqomiga erishgan. Yassaviy ustozining vafotidan keyin muayyan bir muddat uning maqomiga turgan, so`ng esa bu maqomni Abduholiq G`ijduvoniyga qoldirib, Yassi - Turkiston shahriga qaytadi va o`z tariqati, yo`l-yo`riqlarini tashviq etish bilan mashg`ul bo`ladi. Yassaviyning oddiy xalq tushunadigan uslubda ezilgan, tassavvufiy qarashlarini aks ettirgan hikmatlari devonida o`z aksini topgan.

Yassaviyning oddiy xalq tushunadigan uslubda ezilgan, tassavvufiy qarashlarini aks ettirgan hikmatlari devonida o`z aksini topgan. Unda ilohiy ishq, Haq vasliga yetishish, uning ishqida parvona bo`lish, undan boshqa narsaga ko`ngil qo`ymaslik haqida fikr yuritilgan. Yassaviy riyozat, chilla, zikrga alohida ahamiyat berib, hayotining aksariyatini chillaxonada o`tkazgan. Yassaviy tariqati Turkiston o`lkasi, Ozarboyjon, Turkiya, Shimolda - Qozongacha, G`arbda - Bolqongacha keng tarqalgan.

  • Yassaviyning oddiy xalq tushunadigan uslubda ezilgan, tassavvufiy qarashlarini aks ettirgan hikmatlari devonida o`z aksini topgan. Unda ilohiy ishq, Haq vasliga yetishish, uning ishqida parvona bo`lish, undan boshqa narsaga ko`ngil qo`ymaslik haqida fikr yuritilgan. Yassaviy riyozat, chilla, zikrga alohida ahamiyat berib, hayotining aksariyatini chillaxonada o`tkazgan. Yassaviy tariqati Turkiston o`lkasi, Ozarboyjon, Turkiya, Shimolda - Qozongacha, G`arbda - Bolqongacha keng tarqalgan.

E'tiboringiz uchun rahmat


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling