T/r
|
Bajariladigan ishlar mazmuni
|
Bajarilishi muddati
|
Ijrochilar
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Davlat dasturlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, universitet rektorining buyruqlari, Hay’at va universitet Kengashi Qarorlarining «Marketing va talabalar» amaliyoti bo‘limiga tegishli topshiriqlari ijrosini ta’minlash.
|
Yil davomida
|
Bo‘lim boshlig‘i va xodimlari
|
|
Termiz muhandislik-texnologiya institutida tayyorlanayotgan oliy ma’lumotli kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning ehtiyojini o‘rganish asosida ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
|
Noyabr
|
Dekanatlar va mutaxassis chiqaruvchi kafedralar, bo‘lim xodimlari
|
|
Tayyorlanayotgan kadrlar sifatini oshirishga tegishli dolzarb masalalar Termiz muhandislik-texnologiya institutining Kengashlarida muhokamaga qo‘yish uchun kiritish, bu borada institutning tegishli bo‘limlari bilan hamkorlik qilish.
|
Yil davomida
|
Bo‘lim boshlig‘i, xodimlari va boshqa bo‘limlar
|
|
Termiz muhandislik-texnologiya institutida kadrlar tayyorlash va davlat granti asosida bitiruvchilarni ishga taqsimlash monitoringini yuritish.
|
Yil davomida
|
Dekanatlar va mutaxassis chiqaruvchi kafedralar
|
|
Termiz muhandislik-texnologiya instituti bitiruvchilarini ishga joylashish jarayonlarini tizimli tahlil qilish va baholash.
|
Dekabr
|
Dekanatlar va mutaxassis chiqaruvchi kafedralar, bo‘lim xodimlari
|
|
Ta’lim sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish, yosh mutaxassislarga bo‘lgan talab ko‘rsatkichlari asosida bitiruvchi bakalavr va magistrlar uchun real «buyurtmalar portfeli» ni shakllantirish.
|
Dekabr
|
Dekanatlar va mutaxassis chiqaruvchi kafedralar, bo‘lim xodimlari
|
|
Termiz muhandislik-texnologiya instituti joylashgan hududdagi muassasa, korxona va tashkilotlarining kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlari qondirilishiga institut faoliyatini yo‘naltirish.
|
Yil davomida
|
Bo‘lim boshlig‘i va xodimlari
|
|
Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy soha tarmoqlarida bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha raqobatli ta’lim xizmatlarini paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xizmatlar bozori konyukturasining o‘zgarishini tahlil qilib borish hamda yangicha rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash yuzasidan takliflar tayyorlash.
|
Yanvar
|
Bo‘lim boshlig‘i va xodimlari
|
|
Oliy ta’lim tizimida marketing xizmati jarayonlarining tez o‘zgaruvchanligi va mehnat bozori rivojlanish dinamikasi bilan o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda potensial ish beruvchilar (iste’molchilar) bilan hamkorlikda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarining oliy ma’lumotli yosh mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini hududlar bo‘yicha o‘rganish.
|
Dekabr
|
Bo‘lim boshlig‘i va xodimlari
|
|
Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarning joriy va istiqbolli rivojlanish dasturlarining talab ehtiyojlari asosida, birinchi navbatda, yuqori va innovatsion texnologiyalar sohasida yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
|
Yil davomida
|
Bo‘lim boshlig‘i va xodimlari
|
|
Mutaxassis kadrlar tayyorlashda manfaatdor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik va aloqa o‘rnatish, jumladan, korxona, tashkilot yoki muassasa ma’muriyatining tayyorlanayotgan kadrlar sifati va salohiyati to‘g‘risidagi fikrlarini o‘rganib borish.
|
Yil davomida
|
Bo‘lim boshlig‘i va xodimlari
|
|
Oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va ta’lim xizmatlari bozori borasidagi boshqaruv qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va amaliyotga tadbiq etish jarayonlarida ishtirok etadi. Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlash bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqarish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
|
Yil davomida
|
Bo‘lim boshlig‘i va xodimlari
|
|
Yosh mutaxassislardan kadrlar iste’molchilarining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda foydalanilishiga ko‘maklashish.
Kadrlar tayyorlash jarayonida buyurtmachilarning kadrlar sifatiga doir talablarini Termiz muhandislik-texnologiya instituti Kengashida muhokama qilish.
|
May
|
Bo‘lim boshlig‘i va xodimlari
|
|
Kadrlar tayyorlashda mutaxassislik kafedralari va iste’molchi (buyurtmachi) korxonalar hamkorligini ta’minlash.
|
Yil davomida
|
Dekanatlar va mutaxassis chiqaruvchi kafedralar, bo‘lim xodimlari
|
|
Bitiruvchi talabalar amaliyotini keyinchalik ishga joylashishi mumkin bo‘lgan korxona va tashkilotlarda tashkil etishga ko‘maklashish.
|
Yil davomida
|
Bo‘lim boshlig‘i va xodimlari
|
|
Belgilangan muddatlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga Termiz muhandislik-texnologiya institutining joriy yildagi bitiruvchilari to‘g‘risida ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar), ishga yo‘llanadigan vazirlik, idora (korxona va tashkilotlar) hamda hududlar kesimida shakllantirilgan ma’lumotlarni taqdim etib borish.
|
Noyabr
|
Bo‘lim boshlig‘i va xodimlari
|
|
Mehnat bozori konyukturasini o‘rganish, qabul parametrlariga takliflarni iste’molchilarning bitiruvchilarga bo‘lgan buyurtmalari asosida shakllantirish, qabul, talabalar kontingenti, bitiruvchilarni ishga yo‘naltirish to‘g‘risidagi Termiz muhandislik-texnologiya institutining ma’lumotlar bazasini tashkil etishga doir hujjatlarni o‘z vaqtida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etib borish.
Bitiruvchilarni iste’molchilar va mutaxassislik kafedralarining yosh mutaxassis to‘g‘risidagi tavsiya va takliflarini e’tiborga olgan holda taqsimlash.
|
Yil davomida
|
Mutaxassis chiqaruvchi kafedralar , bo‘lim xodimlari
|
|
Talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha korxona, muassasa va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda shartnomalar imzolash.
|
Avgust
|
Bo‘lim boshlig‘i va xodimlari
|
|
Talabalar amaliyotini ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislikka mos korxona, muassasa va tashkilotlarda tashkil etilishini ta’minlash.
|
Yil davomida
|
Bo‘lim boshlig‘i va xodimlari
|
|
Talabalar amaliyotini korxona, muassasa va tashkilotlarda tashkil etish jarayonlarini o‘rganish, o‘rganish natijalarini tahlil qilish hamda muammo va takliflarni ishlab chiqib Termiz muhandislik-texnologiya instituti| rahbariyatiga taqdim etib borish.
|
Yil davomida
|
Bo‘lim boshlig‘i va xodimlari
|
|
Talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy va milliy tajribalarni o‘rganish hamda tadbiq etish yuzasidan takliflar tayyorlash.
|
Yil davomida
|
Bo‘lim boshlig‘i va xodimlari
|
|
Talabalar amaliyotini tashkil etish yuzasidan tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.
|
Yil davomida
|
Bo‘lim boshlig‘i va xodimlari
|