Tasdiqlayman” Biologiya fakulteti dekani prof. X. O. Keldiyarov


Download 46 Kb.
Sana24.04.2023
Hajmi46 Kb.
#1394606
Bog'liq
oxirgi Malakaviy amaliyot shartnomasi


TASDIQLAYMAN
Biologiya fakulteti
dekani prof. X.O. Keldiyarov
____________________
2022-yil _____________



TASDIQLAYMAN’
Payariq tuman tibbiyot birlashmasi boshlig’i Safarov G’
____________________
2022 yil ______________




Samarqand davlat universiteti hamda Payariq tuman tibbiyot birlashmasi


UZLUKSIZ MALAKAVIY AMALIYOT BO’YICHA HAMKORLIK SHARTNOMASI




Samarqand shahri 2022-yil 26 Sentabr

Bir tomondan Samarqand davlat universiteti Biologiya fakulteti Genetika va biotexnologiya kafedrasi, ikkinchi tomondan Payariq tuman tibbiyot birlashmasi o‘rtasida tomonlarning to’la ixtiyoriy va teng huquqliligi asosida talabalarning malakaviy amaliyotini o’tkazish bo’yicha o’quv va ilmiy-amaliy hamkorlikni amalga oshirish hamda ta’lim sifati va samaradorligini ko’tarishga yo’naltirilgan ushbu shartnoma tuzildi.





  1. Umumiy qoidalar.

    1. 1.1. Tomonlar shartnoma majburiyatlarining bajarilishiga javobgardirlar.

    2. 1.2. Tomonlar o’rtasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar amaldagi qonunlar bo’yicha hal etiladi.


  1. Tomonlarning huquq va majburiyatlari.




    1. Samarqand davlat universiteti:

2.1.1. Samarqand shahridagi Payariq tuman tibbiyot birlashmasi sohasi bo’yicha har tomonlama ilmiy-uslubiy yordam ko`rsatadi.
2.1.2. Samarqand davlat universiteti dotsenti G.A.Dushanova va boshqalar rahbarligidagi Biologiya fakulteti talabasi Yaxshiyeva Marjonaning Payariq tuman tibbiyot birlashmasi ichki tartib-qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlaydi.


2.2. Payariq tuman tibbiyot birlashmasi:

2.2.1. Samarqand davlat universiteti Biologiya fakulteti talabalasining Payariq tuman tibbiyot birlashmasiga malakaviy amaliyot o`tishlarini tashkil etadi.


2.2.2. Biologiya fakulteti talabalarining amaliyot o`tishlari davrida moddiy-texnik bazasidan foydalanishlariga imkon yaratadi.
2.2.3. Talaba amaliyotiga Payariq tuman tibbiyot birlashmasining yuqori malakali xodimlarini jalb etadi hamda talabalarning amaliyot davridagi faoliyatini baholashda ularning faol ishtirokini ta’minlaydi.
2.2.4. Amaliyotning yuqori saviyada va samarali o’tishini ta’minlaydi.


3. Shartnomaning amal qilishi va qonuniy kuchga kirishi.

3.1. Mazkur shartnoma 2022-yil 26-sentyabrdan o’quv yili oxirigacha amalda bo`ladi va shartnoma taraflar tomonidan imzolangandan so`ng qonuniy kuchga kiradi.


3.2. Tomonlar o`rtasidagi munosabatlar ular tomonidan shartnomaning barcha shartlari bajarilgan taqdirda to`xtatiladi.
3.3. Shartnomani taraflarning o’zaro kelishuviga asosan muddatidan ilgari ham bekor qilish mumkin.

  1. Yakuniy qoidalar.

4.1. Mazkur shartnomaga kiritilgan har qanday o’zgartirish va qo’shimchalar yozma shaklda qayd etiladi hamda tomonlarning bunga yetarli vakalotga ega vakillari tomonidan imzolanishi sharti bilan haqiqiy hisoblanadi.


4.2. Mazkur shartnoma tomonlarning har biri uchun bir nusxadan, jami ikki nusxada tuzildi va ularning barcha nusxalari teng huquqiy kuchga egadir.
4.3. Mazkur shartnomaga kiritilgan o’zgarishlar, qo’shimchalar tomonlarning kelishuvi asosida amalga oshirilishi kerak.



  1. Tomonlarning yuridik manzili:




140104, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15, Samarqand davlat universiteti.
Tel. 235-19-38

Payariq tumani,
Samarqand ko’chasi 52-uy Payariq tumani tibbiyot birlashmasi






‘KELISHILDI’
Fakultet dekani:
_______________ dots. X.O. Keldiyorov

‘KELISHILDI’
Payariq tuman tibbiyot birlashmasi boshlig’i:
______________ Safarov G’



Kafedra mudiri:
________________dots. G.A.Dushanova










Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling