Tasdiqlayman” Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi direktori polkovnik I. M. Saidov


Download 9.75 Kb.
Sana06.11.2023
Hajmi9.75 Kb.
#1750466
Bog'liq
02-noyabr bayonnomasi. 2023-yil


TASDIQLAYMAN”
Jaloliddin Manguberdi nomidagi
harbiy-akademik litseyi direktori
polkovnik __________ I.M.Saidov

2-noyabr 2023-yil


O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyida Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti “Tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi S.J.Raxmanovning “O‘q va snaryadning harakati. Gornizontga burchak ostida otilgan jism harakati” mavzusida seminar-treningi


BAYONNOMASI


2.11.2023-yil Urganch shahri
Qatnashdi: Harbiy-akademik litsey direktori, fan
o‘qituvchilari va 1-bosqich o‘quvchilari
KUN TARTIBI:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyndagi “Jaloliddin Mangberdi nomidagi harbiy-akademik litsey faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-184-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mudofaa vazirligi Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti va Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi ilmiy-metodik faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil qilingan seminar-trening to‘g‘risida.


ESHITILDI:
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyida Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti “Tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi S.J.Raxmanov “O‘q va snaryadning harakati. Gornizontga burchak ostida otilgan jism harakati” mavzusida harbiy-akademik litseyning 102, 103 va 104-guruh o‘quvchilari bilan seminar-trening tashkillashtirdi. Seminar-treningni siyosiy yangiliklar va kutilayotgan maqsad bilan boshladi. Fizika fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi, uning kundalik turmushdagi tutgan o‘rni, bo‘lg‘usi harbiylarning faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishidagi ahamiyati haqida o‘z fikrlarini interfaol metodlar asosida ko‘rgazmalar yordamida yoritib berdi.
Dastlab o‘qituvchi darsda prizentatsiyasi bo‘yicha rejalar bilan darsni boshladi. O‘qituvchi mexanika bo‘limidan qiziqarli malumotlarni qisqa-qisqa tushuntirib o‘tdi. Dastlab fizikaning tabiatdagi o‘rni va fizikaning dastlabki tushunchalari, keyinchalik tekis harakat, notekis harakat, kinemanika, dinamika, statika bo‘limlarini tushuntirib o‘tdi. Keyinchalik aylana bo‘ylab harakat va qoidalari, impuls, energiya tushunchalariga to‘xtalib o‘tdi. O‘qituvchining barcha aytayotgan ma’ruzalari, asosan, mudofaa tizimi uchun zarur bo‘lgan harakatlar va qoidalardan iborat bo‘ldi. U har bir ma’ruzasida tinglovchilar bilan savol-javob o‘tkazdi. O‘quvchilarda ham darsga qiziqishi ortdi. Ayniqsa, o‘qituvchining gornizontga nisbatan burchak ostida otilgan snaryad harakati o‘quvchilar uchun juda qiziqarli bo‘ldi. O‘qituvchining harbiy harakatlarda ishlatadigan himoya kiyimlarining fizikaga aloqadorligi va fizika berayotgan yutuqlari haqida ma’lumotlar berdi. O‘quvchilar fizika fanini harbiy sohaga juda zarur ekanligini tushundilar. Dars yakunida o‘qituvchi o‘zining o‘tgan ma’ruzasi bo‘yicha takrorlash qildi.
Seminar-treningda harbiy-akademik litsey o‘quvchilaridan tashqari fizika fani o‘qituvchilari O.Yoqubov, N.Nurullayev va R.Ro‘zmetov, matematika fani o‘qituvchilari M.Masapayev va J.Xo‘janiyozov hamda ChQBT fani o‘qituvchisi B.Miskinovlar ishtirok etishdi.
Kotib: E.Yuldashev
Download 9.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling